Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy Universiteti Biologiya Tuproqshunoslik
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Biologiya Tuproqshunoslik fakulteti Ixtiologiya yo’nalishi Soatov Bahrom Baxtiyorovich
Acipenser nudiventris-Шип-Бакра Tana uzunligi 2 metrgacha va undan ortiq. og'irligi 50 kg gacha. Orol kaspiy, Qora va Azov dengizlari havzalari. Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan. Kattalari molyuskalar, mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Urchishi martdan may oyigacha tubi shag'alli joylarda kechadi. 2 -yilda 1 marta Ko'payadi. Serpushtligi 1 mln dan 200 -400 ming uvildirig'gacha. Uvildirig'i qora. Juda noyob Ovlash taqiqlangan. O'zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Oncorhynchus mykiss -Радужная форель. Гулбалиқ Tana uzunligi 50 sm, og'irligi 3 kg va undan ortiq. Tabiiy areali Rossiya(Kamchatka), Shimoliy Amerika. O'zbekistonda iqlimlashtirilgan(Tovoqsoy forel xo'jaligi, Chorvoq suv ombori). Suv umurtqasizlari va baliqlar bilan oziqlanadi. 2 -3 yoshda jinsiy voyga yetadi Urchishi yanvardan mart oyida. Serpushtligi 1500 -1000 dona sariq rangli uvildiriqdan iborat. Qimmatli ovlanadigan turga kiradi. Ko'pgina mamlakatlarda xovuz baliqchiligi obektidir.
Pseudoscaphirhynchus hermanni -Малый амударьинский лжелопатонос-Амударё кичик куракбуруни (тошбакра) Tana uzunligi 27 smgacha. Amudaryo havzasi , daryolarining Termiz atrofidan to uning quyilish joylarida tarqalgan. Suv tubidagi hayvonlar, kichik baliqlar bilan oziqlanadi. 6 -7 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi mart-aprel oylarida. Orol dengizi endemigi. Juda noyob ovlash taqiqlangan. O'zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Pseudoscaphirhynchus kaufmanni-Большой амударьинский -Катта амударё курaкбуруни (қилқуйруқ) Tana uzunligi 75 sm gacha, og'irligi 2 kg atrofida. Amudaryo va uning irmoqlarida tarqalgan. Suv tubi hayvonlari bilan ozilanadi. 6 -7 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi Mart -aprel oylarida. Suv oqimi tez bo'lgan joylarga tashlaydi. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlash taqiqlangan. O'zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Salmo trutta- Кумжа, лосось- Гулмой Tana uzunligi 60 sm, og'irligi 3, 5 -4 kg gacha. Amudaryoning hamma tog'li irmoqlarida uchraydi. Qora daryoning Qirg'iziston hududiga tegishli qismida iqlimlashtirilgan. Sгм osti umurtqasiz hayvonlari va hashoratlar bilan oziqlanadi. Yiriklari Yirtqichlik qiladi. 3 -4 toshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi Daryolarning tog'li qismida sentabroktabr oylarida. Noyob baliq. Amudaryo endemigi. Ovlash taqiqlangan. O'zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Salmo ischchan-Ишхан, бахтак, гегаркуни-Севан гулбалиғи Tana uzunligi 60 sm, og’irligi 3. 5 -4 kg gacha. Tabiiy areali –Sevan ko’li(Armaniston), Sevan ko’lidan Keltirilib iqlimlashtirilgan va u yerdan Chorvoq suv omboriga keltirilgan. Asosan suv umurtqasozlari, ba’zan esa baliqlar bilan oziqlanadi. 3 -4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Noyabr –dekabr oylarida uvildiriq tashlaydi. Serpushtligi 1000 -6500 dona. Qimmatli ovlanadigan turga kiradi.
Coregonus peled-Пелядь, сырок-Пелядь Tana uzunligi 50 sm, og’irligi 5 kg gacha. Urg’ochilari erkaklariga nisbatan yirikroq. Tabiiy areali Sibir daryolari bo’lib Yevro osiyoning ko’plab daryolariga iqlimlashtirilgan. Chorvoq Suv omboriga Sonko’l(Qirg’iziston)1982 -84 -yillari olibkelingan. Asosan plankton qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Toza va sovuq suvlarda Yashaydi. 2 -3 yoshda voyaga yetadi. Urchishi noyabrdan yanvargacha. Serpushtligi 50 -100 ming Uvildiriq. Qimmatli ovlanadigan turga kiradi.
Coregonus sardinella-Сибирская ряпушка Tana uzunligi 36 sm gacha, og’irligi 1 kg. Tabiiy areali Sibir suv havzalari bo’lib, Karadan to Kolimgacha tarqalgan. Chukotga va Bering dengizida uchraydi. Qirg’izistonda Iqlimlashtirilgan. Chorvoq suv omboriga Pelyad balig’I bilan kelib qolgan. Plankton va suv tubidagi umurtqasizlar bilan oziqlanadi. 2 -36 yoshda voyaga yetadi. Urchish davri dekabr-yanvar oylarida. Ovlanadigan turga kiradi.
Rutilus aralensis -Аральская плотва-Орол қизилкўзи Tanasining uzunligi 36 sm gacha, ogirligi 1 kg gacha va undan ortiq. Respublikamizning hamma tekislik suv havzalarida uchraydi. Asosan o’simliklar, shuningdek suv osti hayvonlari bilan oziqlanadi. 2 -3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi mart- aprelda. Serpushtligi 10 -70 ming uvildiriq. Ovlanadigan turga kiradi. Orol dengizi havzasi endemigi.
Rutilus rutilus-Плотва-Оддий қизил кўз Tana uzunligi 36 sm gacha, og’irligi 1 kg. Respublikamizning hamma tekislik suv havzalarida uchraydi. Asosan o’simlik, shuningdek suv osti hayvonlari bilan oziqlanadi. 2 -3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi Mart-Aprel oyida. Serpushtligi 10 -60 ming uvildiriq. Bu ham ovlanadigan turga kiradi.
Leuciscus lehmanni-Зарафшанский елец-Зарафшан оқ чебаги. Tana uzunligi 22 sm gacha ogirligi 160 gr. Amurdaryo va Zarofshon daryolari havzasidagi tekislik suv larida uchraydi. Asosan suv hashoratlarining lichinkalari va jonivorlarning chirindilari bilan oziqlanadi. 3 -4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi mart-aprelda. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlanish ahamiyatiga emas.
Scardinius erythrophthalmus-Краснопёрка-Қизил қанотли балиқ. Tana uzunligi 25 sm gacha, og’irligi 500 gr. Odatda Respublikamizning barcha tekislik suv havzalarida uchraydi. Sгм omborlari va ko’llarda ayniqsa ko’p sonlidir. Kattalari asosan o’simliklar bilan oziqlanadi. 2 -3 yilda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi davri martdan iyungacha. Uvildiriqlarini suv o’simliklariga tashlaydi. Ovlanish ahamiyati unch katta emas. Havaskor baliq ovlovchilar obyekti.
Ctenopharyngodon idella-Белый амур-Оқ амур Tana uzunligi 1 metr, og’irligi 32 kg gacha. Tabiiy areali-Amur havzasi, Xitoy suv havzalari. O’rta Osiyo va Qozog’iston suv havzalarida iqlimlashtirilgan. O’zbekistonning barcha tekislik suv havzalarida uchraydi. Suv o’simliklari va quruqlik o’simliklarining suv ostida qolgan Qismlari bilan , ba’zan baliq chavoqlari bilan oziqlanadi. 5 -6 yilda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi aprel-may oylarida. Serpushtligi 1 mln va undan ortiq , uvildirig’i pelagik. Qimmatli Ovlanadigan turga kiradi. Baliq xo’jaliklarida suniiy yo’l bilanko’paytiriladi. Suv havzalarini (kanallar, hovuzlar)suv o’simliklaridan tozalashda biomelorator baliq sifatida foydalaniladi.
Aspius aspius-Жерех-Оққайроқ Tana uzunligi 80 -1 metr gacha, og’irligi 5 kg. Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon havzalarining tekislik qismida joylashgan suv havzalarida tarqalgan. Yirtqich baliq, asosan mayda baliqlar bilan oziqlanadi. 4 -5 yilda jinsiy voyaga yetadi. Urchish davri mart-aprel oyida, qumli-balchiqli joylarda suv oqimli joylarda o’tadi. Serpushtligi 25 -250 ming uvildiriqqacha. Qimmatli ovlanadigan baliq turi hisoblanadi.
Aspiolucius esocinus-Щуковидный жерех, жерехлысач-Чўртансифат оққайроқ (калбалиқ, чўртанмарка) Tana uzunligi 58 sm gacha, og’irligi 5 kg. Amudaryo va Sirdaryoning o’rta oqimlari hamda ularning irmoqlari, Qashqadaryo va Zarafshonning quyi qismidagi suv havzalarida tarqalgan. Yirtqich, baliqlar bilan oziqlanadi. 6 -7 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi fevral- mart oylarida daryolarning tubi toshli vaqumli joylarda o’tadi. Serpushtligi 22 -190 ming uvildiriqqacha. Orol dengizi havzasi endemigi. Oxiri yillarda soni keskin kamayib ketgan. Ovlash taqiqlangan. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Opsariichthys uncirostris-Троегуб, трегубка-учлаб, Tana uzunligi 20 smgacha. Tabiiy areali-Amur havzasi, Yaponiya, Xitoy, Koreya suv havzalarida tarqalgan. Toshkent viloyati suv havzalariga Xitoydan o’simlikxo’r baliqlarni keltirilib iqlimlashtirish paytida tasodifan kelib qolgan. Yirqich-baliqlar va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Uvildirig’I pelagik. Ovlash ahamiyatiga emas.
Pseudorasbora parva-Амурский чебачек, малая псевдорасбора Tanasining uzunligi 12 sm gacha. Tabiiy areali – Amur havzasi, Xitoy suv havzalari. Xitoydan o’simlikxo’r baliqlarni iqlimlashtirish paytida tasodifan kelib qolgan. Suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. 2 yoshda jinsiy voyaga yetadi, urchishi apreldan-sentabrgacha. Erkaklari Joy tanlaydi va nasl to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Ovlanmaydigan tur. Xovuz baliqchiligida xashaki baliq hisoblanadi.
Gobio gobio lepidolaemus-Туркестанский пескарь. Туркистон қумбалиғи. Tana uzunligi 10 sm gacha, og’irligi 15 gr atrofida. O’zbekiston suv havzalaridakeng tarqalgan. Ko’pincha suv osti umurtqasizlari , suv o’tlari va boshqa baliqlarning uvildiriqlari bilan oziqlanadi. Urchishi-porsiyali, apreldan-sentabrgacha Serpushtligi 500 -3000 uvildiriq atrofida. Gala bo’lib suzishadi. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlanishahamiyatiga emas.
Pseudogobio rivularis-Китайский лжепескарь-Aмур сохта Кум балиғи. Tana uzunligi 12 sm gacha. Tabiiy areali-Amur havzasi, Xitoy suv havzasilari, O’zbekistonga xitoydan o’simlikxo’r baliqlarni iqlimlashtirish paytida tasodifan keltirilgan. Suv osti hayvonlari va so’v o’simliklari bilan oziqlanadi. 1 yilda jinsiy voyaga yetadi Urchishi posiyali, apreldansentabrgacha. Erkagi urg’ochisidan kattaroq bo’lib uya quradi va uni qo’riqlaydi. Ovlanish ahamiyatiga emas. Ko’pgina suv havzalaridan Turkiston qumbalig’ini siqib chiqarmoqda.
Varicorhinus capoeta Heratensis n. Steidachneri. Самаркандская храмуля-Самарканд храмуляси. Tana uzunligi 50 sm gacha, og’irligi 2 kg. Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sir daryo havzalarida uchraydi. Keyingi yillarda kamayib ketgan. Yemishning asosini suv osti qattiq gruntlarini qoplagan so’v o’tlari, jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlari va baliqlar tashkil qiladi. 3 -4 yilda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi may-iyunda, shag’alli oqimlarda o’tadi Serpushtligi 100 ming uvildiriq. Uvildirig’i yirik, diametri 4 mm atrofida. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlanadigan turga kiradi.
Barbus capito conocephalus-Туркестанский усач. Туркистон мўйловли балиғи, (шимбалиқ, қаяз) Tana uzunligi 70 sm, og’irligi 12 kg gacha. Sirdaryo va Amudaryo havzalarida, Kaspiy dengizida uchraydi. Suv osti hayvonlari, o’simliklar va baliqlar bilan oziqlanadi. 3 -4 yoshda jinsiy yetiladi. Uvildiriq tashlashi bir vaqtda kechadi. Urchishi May-iyunda. Serpushtligi 40 -100 ming uvildiriqqacha. Orol dengizi havzasi endemigi. Keyingi yillarda soni keskin kamayib ketdi. Ovlash taqiqlangan. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Barbus brachycephalus-Короткоголовый (аральский) усач-Мўйловли балиқ Tana uzunligi 1. 5 m, og’irligi 4 kg gacha. Amudaryoning o’rta va quyi oqimi havzalarida uchraydi. Ilgari Orol dengizi va Sirdaryoda ham bo’lgan. Suv osti hayvonlari, suv o’simliklariva molyuskalar bilan oziqlanadi. 7 -8 yilda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi aprel-iyul oyida. Serpushtligi 100 -200 ming uvildiriqqacha. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlash taqiqlangan. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Schizothorax intermedius-(Обыкновенная) Маринка. Ширмойи, қорабалиқ Tana uzunligi 45 sm, og’irligi 1, 5 kg gacha. O’zbekistonda keng tarqalgan, asosan tog’oldi va tog’li daryolarda, kanallar kollektorlar va ba’zi buloqlarda uchraydi. Suv o’simliklari, bulqchilar va xironimid lichinkalari, hashoratlar bilan oziqlanadi. 2 -3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi apreldan-avgustgacha. Serpushtligi 550 ming uvildiriqqacha. Havaskor baliqchilik ob’ekti. Qornining ichki qismini qoplagan qora pardasi va uvildirig’I zaxarlash xususiyatiga ega.
Dipthycus maculatus -Чешуйчатый осман-Тангачали осман Tana uzunligi 50 sm, og’irligi 1 kg atrofida Xind, Sirdaryo, Tarim va Chu daryolarining yuqori qismlari, Issiqko’lning irmoqlarida tarqalgan. O’zbekistonda uchramaydi. Suv osti umurtqasizlari bilan oziqlanadi. 4 yilda jinsiy yetiladi. Urchishi apreldan sentabrgacha. Serpushtligi 1000 -5000 uvildiriqqacha. Ikrasining diametri 3 mm. Havaskor baliq ovlovchilar ob’ekti.
Diptycus dybowskii -Голый осман-Яланғоч осман Tana uzunligi 50 sm gacha. Sirdaryo havzasining tog’li daryolari, Chirchiq , Talas daryolarining yuqori qismi Chu va uning irmoqlari, Balxash ko’li irmoqlari, Olako’l va Zaysan, Issiqko’l havzalarida tarqalgan. Sгм umurtqasizlari bilan oziqlanadi. 3 -4 yoshda jinsiy yetiladi. Urchish davri may-iyulda. Serpushtligi 1 -10 ming Uvildiriqqacha. Havaskor baliq ovlovchilar ob’ekti.
Chalcalburnus chalcoides aralensis-Аральская шемая. Орол мойбалиғи. Tana uzunligi 34 sm, og’irligi 370 gr gacha Amudaryo, Sirdryo, Zarafshon, shuningdek tekislikda joylashgan suv omborlari va kanallarda uchraydi. Ilgari Orol dengizida ham bo’lgan. Asosan zooplankton, ayrim hollarda baliq chavoqlari bilan oziqlanadi. 2 -3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi Aprel-iyunda. chuchuk va sho’r (11 g/l)gacha suvlarda o’tadi. Orol dengizi havzasi endemigi. Qimmatli ovlanish ahamiyatiga ega bo’lgan baliq. Havaskor baliqchilar ob’ekti. Hozirda Xitoyning Shimoliy hududi suv havzalarida intraduksiya qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
Alburnoides teaniatus-Полосатая быстрянка. Быстрянка. Tana uzunligi 11 sm gacha. Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon daryolarining oldi qismlari. Norin va Qoradaryo va O’zbekistonning barcha tekislik suv havzalarida tarqalgan. Asosan bentos , zooplankton va suv o’tlari bolan oziqlanadi. 2 -yilda jinsiy voyaga yetadi. Urchish davri Mart-may oylarida. Uvildirig’ini o’simliklar ustiga tashlaydi. Serpushtligi 500 -9000 uvildiriqqacha. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlanish ahamiyatiga emas.
Abramis brama orientalis-Восточный лещ-Орол оқчаси. Tana uzunligi 45 smgacha, og’irligi 3 kg. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari havzasi va ko’llari, suv omborlari, kanallarida uchraydi. Bu baliq Rossiyaning O’ral daryosidan 1963 -yili tasodifan keltirilgan. Ilgari Orol dengizida ham bo’lgan. Asosan bentofak, kam sonda zooplankton va o’simliklar bilan oziqlanadi. 2 -3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi mart-mayda. Qimmatli ovlanadigan baliq.
Abramis sapa bergi n. aralensis-Аральская белоглазка. Орол оқ кўзли балиқ (оқ сазан ) Tana uzunligi 39 smgacha, og’irligi 800 gr. Amudaryo va Sirdaryo havzalarining quyi vao’rta oqimlari. Kaspiy, Qora , Azov va Boltiq dengizlari havzalarida tarqalgan. Ilgari Orol dengizida ham bo’lgan. Suv osti hayvonlari va o’simliklar bilan oziqlanadi. 3 -4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi Mart-aprel oylarida. Serpushtligi 3 -30 ming uvildiriqqacha. Keyingi yillarda soni keskin kamayib ketgan. Ovlash taqiqlangan. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Capoetobrama kuschakewitschi-Остролучка-Орол парраги Tana uzunligi 21 sm gacha, og’irligi 145 gr. Amudaryoning yuqori qismidan to etagigacha, Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshonning o’rta oqimidagi suv havzalarida uchraydi. Yemishning asosini hayvon qoldiqlari, suv tubidagi o’simtalardir. Loyqa va oqar suvlarni xush ko’radi. 3 yilda jinsiy yetiladi. Urchishi apreldaniyungacha. Serpushtligi 2 -30 ming uvildiriqqacha. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlash taqiqlangan. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Parabramis pekinensis-Белый амурский лещ. Tana uzunligi 20 -21 sm gacha. Tabiiy areali –Amur havzsi, Xitoy suv havzalari. O’zbekistonga Xitoydan O’simlikxo’r baliqlarni iqlimlashtirish paytida tasodifan keltirilgan. Amudaryoning o’rta va quyi oqimlarida uchraydi. Sгм osti umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Dryoda urchiydi, Uvildirig’I pelagik. Ovlanadigan turga kiradi.
Hemiculter leucisculus, -Обыкновенная(уссурийская) востробрюшка-Кирракорин. Tana uzunligi 25 sm, og’irligi 220 gr gacha Tabiiy areali-Amur havzasi, Xitoy suv havzalari. O’zbekistonga Xitoydan tasodifan kelib qolgan. Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan. Bu baliqlar ayniqsa Baliqchilik hovuzlari va irrigatsiya kanallarida ko’plab uchraydi. Qisqichbaqasimonlar va hashoratlar, suv o’tlari va baliqlar chavoqlari bilan oziqlanadi. 2 -3 yoshda uzunligi 7 -10 sm bo’lganda jinsiy yetiladi. Serpushtligi 15 -50 ming uvildiriqqacha. Ovlanish ahamiyatiga emas.
Pelecus cultratus-Чехонь-Қиличбалиқ Tana uzunligi 48 sm gacha, og’irligi 1. 5 kg Amudaryoda-uning quyi qismidan to Panjgacha, Sirdaryodan to Qoradaryogacha , Zarafshon daryosida tarqalgan. Ilgari Orol dengizida ham bo’lgan. Lichinkalar va katta hashoratlar, yonsuzarlar, qisman baliq chavoqlari bilan oziqlanadi. 3 -yoshda jinsiy yetiladi. Urchish davri apreldan-iyulgacha. Serpushtligi 10100 ming uvildiriqqacha. Qimmatli ovlanadigan turga kiradi.
Rhodeus ocellatus-Глазчатый горчак-Кўзли тахир балик Tana uzunligi 7 sm gacha. Xitoydan o’simlikxo’r baliqlarni iqlimlashtirish paytida tasodifan keltirilgan. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida tarqalgan. Urg’ochilari uvildiriqlarini uzun tuxum quygich nayi orqali tirik ikki pallali chig’anoqlar ichiga qo’yadi. Qo’yilgan uvildiriqlar chig’anoq ichida inkubatsiya davrini o’taydi. Ovlanmaydigan tur.
Carassius auratus gibelio-Серебряный карась-Кумуш товонбалик Tana uzunligi 37 sm gacha, og’irligi 2 kg. Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon daryolarining suv havzalarida tarqalgan. Mahalliy turidan tashqari Toshkent va Samarqand viloyati baliqchilik xo’jaliklariga 1951 -yili Moskva viloyati Sevan baliqchilik xo’jaligidan kumush tovonbaliq zoti keltirilib iqlimlashtirilgan. Suv organizmlarining barcha guruxlari, detrit, o’simliklar bilan oziqlanadi. 3 -4 yoshda jinsiy yetiladi. Urchishi apreliyunda. Serpushtligi 40 -240 ming uvildiriqqacha. Erkaklari partenogenetik yo’l bilan ko’payadi. Ovlanadigan baliq. Sun’iy yo’l bilan dekorativ Zotlar(teleskop, vualexvost, orandalar)chiqarilgan.
Cyprinus carpio- Карп(сазан)Tana uzunligi 80 sm, og’irligi 16 kg gacha. O’bekistonning barcha suv havzalarida uchraydi. Sazanning mahalliy populyatsiyalari Rossiya, Ukraina va Vengriyadan keltirilgan karpning zotlaridir. Ilgari Orol dengizida ham bo’lgan. Oziqlanishi turli xil, asosan suv ostiumurtqasizlari, suv o’simliklari zooplankton bilan oziqlanadi. 3 -4 yoshda jinsiy yetiladi. Urchish davri apreldan-iyulgacha. Xaqiqiy fitofildir. Serpushtligi 500 ming uvildiriqqacha. Asosiy ovlanadigan tur. Sazanning madaniy formasi-Karphovuz baliqchilikninh asosiy ob’ekti hisoblanadi.
Mylopharyngodon piceus- Черный амур-Қора амур Tana uzunligi 1 m gacha, og’irligi 30 kg. Tabiiy areali-Amur havzasi, Xitoy suv havzalaridan 1960 –yillarda O’zbekistonga tasodifan keltirilgan. Amudaryo, Sirdaryoda uchraydi. Hamma yashash joyalrida kam sonlidir. Asosan molyuskalar bilan oziqlanadi. Daryolar oqimida urchiydi. Uvildirig’I pelagik bo’lib suv qatlamida suzib yuradi. Ovlanadigan turga kiradi.
Hypophthalmichthys molitrix -Белый (обыкновенный) толстолобик-Оқ дўнгпешона балиқ Tana uzunligi 1, 5 m, og’irligi 36 kg gacha. Tabiiy areali Amur havzasi, Xitoy hisoblanadi. O’rta Osiyova. Qozog’iston suv havzalarida iqlimlashtirilgan. O’zbekistonga 1961 yili Xitoydan keltirilgan. Sirdaryo va Amudaryoda tarqalgan. Mikrosuv o’tlari(fitoplankton)bilan oziqlanadi. 4 -5 yildavoyaga yetadi. Sirdaryoda aprel oylarida urchiydi. Serpushtligi 3 mln Uvildirig’i pelagik. Ovalnish ahamiyatiga ega bo’lgan baliq. Asosan baliqchilik xo’jaligida o’stiriladi
Hypophthalmichthys nobilis-Пестрый(южный) толстолобик-Чипор дўнгпешона. Tana uzunligi 1, 5 m, og’irligi 75 kg gacha. Tabiiy areali-Amur havzasi, Xitoy. O’rta Osiyo va Qozog’iston suv havzalarida iqlimlashtirilgan. O’zbekistonga Oq do’ngpeshona bilanbirga 1961 -yilda Xitoydan tasodifan keltirilgan. Oq do’ngpeshonaga nisbatan kam uchraydi. Fito va zooplanktonlar (qisqichbaqalar, kolovratklar) bilan oziqlanadi. 4 -5 yoshda jinsiy yetiladi. Serpushtligi 1, 5 mln uvildiriqqacha. Urchish davri Aprel-may oylariga to’g’ri keladi. Ovlanadigan baliq. Xovuz baliqchilik xo’jaligi ob’ekti. Oqdo’ngpeshona bilan duragay hosil qiladi.
Noemacheilus kuschakewitschi-Голец Кушакевича. Кушакевич ялангбалиғи Tana uzunligi 11 sm gacha. Sirdaryo , Norin, Chirchiq va ularning irmoqlarida tarqalgan. Daryolarning yuqori qismini xush ko’radi. Urchishi yozda shag’allarda kechadi. Serpushtligi 100 -200 ta yirik Uvildiriqdan iborat. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlash ahamiyatiga emas.
Siluris glanis-Обыкновенный, европейский сом. Лаққа Tana uzunligi 5 metr, og’irligi 300 kg gacha O’zbekistonning hamma tekislik suv havzalarida uchraydi. Yirtqich, asosan baliqlar va qurbaqalar, yirik ikki pallali molyuskalar, suv qushlari bilan oziqlanadi. 3 -4 yilda 45 -50 sm bo’lganda jinsiy yetiladi Urchishi apreldan iyungacha. Serpushtligi 1 mln uvidiriqqacha. Urg’ochisi suv o’simliklariga uvildirig’ini tashlaydi. Ekaklari chavoqlari ochib chiqquncha qo’riqlaydi. Qimmatli ovlanadigan turga kiradi.
Glyptosternum reticulatum-Туркестанский сомик. Туркистон лаққачаси Tana uzunligi 25 sm gacha. Amudaryo, Sirdaryo va Tarim havzalarining tog’li daryolarida tarqalagan. Suv osti hayvonlari bilan oziqlanadi. 2 -3 yilda jinsiy yetiladi. Asosan tog’li daryolarning tezoqar joylarida uchraydi. Urchishi maydan-iyungacha. Serpushtligi 200 -1000 uvildiriqqacha. Erkaklari urg’ochisidan yirikroq bo’lib, uvildiriqlarini qo’riqlaydi. Markaziy Osiyo endemigi. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Gambusia affinis holbrooki-Гамбузия Tana uzunligi 8 sm gacha. Tabiiy areali-Shimoliy Amerikaning janubi. Yevropada va O’zbekistonda iqlimlashtirilgan. Hozirda barcha suv havzalaridauchraydi, suv havzalarining Sayoz, qirg’oq oldi qismlarini yoqtiradi. Suv umurtqasizlari va suv o’tlari bilan oziqlanadi. 1 -2 yilda voyaga yetadi. Urchishi martdan -noyabrgacha(yiliga 2 -5 marta). Urug’lanishi ichki. Erkaklari urg’ochilarini gonopodiya yordamida otalantiradi. Urg’ochisi 10 -100 tagacha chavoqlar tug’adi. Chivin lichinkalariga qarshi kurashda foydalaniladi. Ovlash ahamiyatiga emas.
Atherina boyeri caspio-Черноморская (малая) атеринa-Каспий атеринаси. Tana uzunligi 14 sm gacha. Kaspiy dengizidan Orol dengiziga tasodifan keltirilgan bo’lib, hozirda ham uchraydi. Qoraqlpog’istonning sho’r ko’llarida qayd qilingan. Suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. 1 -yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi iyunda. 60 g/l sho’rlikka chidaydi. Ovlash ahamiyatiga emas.
Pungitius platygaster aralensis-Аральская колюшка. Орол санчари. Tana uzunligi 6 sm gacha. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlaridagi ko’llarda, Sarisu, Nura va Chu daryolari. Tengiz ko’li havzasida tarqalgan. Avvalari Orol dengizida ham uchragan. Yemishi aralash bo’lib, suv umurtqasizlari, suv o’tlari bilan oziqlanadi. Uvildirig’ini apreldan boshlab tashlaydi. Erkagi o’simlik qoldiqlaridan uya quradi va uni qo’riqlaydi. Orol dengizi havzasi endemigi. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Perca fluviatilis, --Обыкновенный окунь-Олабўға Tana uzunligi 50 smgacha, og’irligi 1 kg atrofida. Yevropada, shimoloy Osiyo, Boltiq va Oq dengiz havzalarida, Shimoliy muz okeani havzasi, Saris, Chu, Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan. Baliqlar va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. 2 -4 yilda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi bahorda. Uvildirig’I vegetatsiyalangan yoki nobud bo’lgan o’simliklar ustiga tashlaydi. Ovalanadigan turga kiradi.
Stizostedion lucioperca-Судак(Оқ сла) Tana uzunligi 1, 5 m, og’irligi 12 kg gacha va undan ortiq. Boltiq, Qora, Azov, Kaspiy dengizlari havzalari, Amudaryo va. Sirdaryo hamda Saris ko’llarida tarqalgaтю Surxondaryo viloyatiga 1963 -yilda. Ural daryosidan(Rossiya) keltirilib iqlimlashtirilgan. Hozirda hamma suv havzalarida uchraydi. Ilgari Orol dengizida ham bo’lgan. Yemishning asosini mayda baliqlar va qisqichbaqasimonlar tashkil etadi. 2 -3 yilda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi martdan-maygacha. Serpushtligi 1 mln Muhim ovlash ob’ekti. Suniiy baliqchilik hovuzlarida hashaki baliqlarga qarshi kurashda biomeliorator sifatida foydalaniladi.
Gymnocephalus cernuus-Ерш-Тошбош. Tana uzunigi 15 sm gacha. Boltiq va Oq degiz havzalari. Qora va Kaspiy dengizlarning Shimoliy qismiga quyiluvchi daryolari, Shimoliy muz okeani havzasi. Sirdaryo va Amudaryoda tarqalgan. Suv osti umurtqasizlari, baliq chavoqlari bilan oziqlanadi. 2 chi yili jinsiy voyaga yetadi. Urchishi apreldan-maygacha davom etadi. Ovlash ahamiyatiga emas. Hozirgi vaqtda juda ham kamyob hisoblanadi.
Rhinogobius Similis-Риногобиус, амурский бычок. Амур буқабалиғи Tana uzunligi 6, 5 sm gacha. O’zbekistonga tasodifan Xitoydan keltirilgan. Respublikaning tekislik suv havzalarida keng tarqalgaтю Suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. 2 -yilda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi maydan-avgust oyigacha. Uvildiriqlarini qattiq substratga tashlaydi. Erkaklari nasl to’g’risida qayg’uradi. Ovlash ahamiyatiga emas.
Micropercops cinctus-Микроперкопс. Tana uzunligi 6 sm gacha. O’zbekistonga xitoydan tasodifan keltirilgan. Sirdaryo va uning irmoqlariida, Aydar-Arnasoy ko’llar sistemasida keng tarqalgan. Suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. 2 -yilda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi apreldan –sentabrgacha. Uvildirig’ini (30 -150) qattiq substratga tashlaydi. Erkaklari ularni qo’riqlaydi va g’amxo’rlik qiladi. Ovlash ahamiyatiga emas.
Channa argus warpachowskii -Амурский змееголов. Илонбош Tana uzunligi 1 metrgacha, og’irligi 12 kg. O’zbekistonga tasodifan Xitoydan 1961 yilda keltirilgan. Hozirgi vaqtda O’zbekistonning barcha suv havzalarida tarqalgan. Yirtqich, asosan baliqlarbilan, shuningdek baqalar, krevetkalar, hashoratlar lichinkasi bilan oziqlanadi. Oqmas, yaxshi isiydigan, suv o’simliklariga boy suv havzalarini xush ko’radi. 2 -3 yilda jinsiy yetiladi. Urchishi apreldan iyulgacha. Serpushtligi 20 -1000 ming. Erkak va urg’ochilari uvildiriqlarini 1 oy davomida qo’riqlaydi. Ovlanadigan turga kiradi.
Esox lucius Linnaeus-Щука-Чўртан балиқ Tana uzunligi 1 mgacha, og’irligi 10 kg. Sirdaryo va Amudaryoning o’rta va quyi oqimidagi suv havzalari, Yevropa, Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Yirtqich baliqlar bilan oziqlanadi. 2 -3 yoshdavoyaga yetadi. Urchish davri Fevral-mart oylarida. Serpushtligi 1001000 ming uvildiriqqacha. Suv o’tlari bilan qoplangan sekin oqar va oqmaydigan suv havzalarini xush ko’radi. Qimmatli ovlanadigan baliq turiga kiradi. So’ngi yillarda soni kamayib bormoqda.
Cottus spinulosus-Туркестанский подкаменщик. Туркистон тошбуқаси Gobiidae-Бычковые-Буқабалиқлар Tana uzunligi 10 sm gacha. Sirdaryoning yuqori oqimidagi tog’li daryolari, Norin va Qoradaryoda uchraydi. Hashoratlar lichinkalari, qisqichbaqasimonlar va baliq chavoqlari bilan oziqlanadi. Urchishi maydaniyungacha. Serpushtligi 100 -300 tagachato’q sariq rangli yirik uvildiriqdan iborat. Sirdaryo endemigi. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
Oryzias latipes –Медака-Хитой Медакаси. Tana uzunligi 4 sm gacha, Urg’ochilari erkaklaridan yirikroq. Tabiiy areali-Xitoy suv havzalari hisoblanadi. Qozog’iston suv havzalariga Xitoydan tasodifan kirib kelgan. O’zbekistonga chivin lichinkalariga qarshi kurash maqsadida Qozog’istondan keltirilgan. Amudaryo va Sirdaryoda uchraydi. Suv o’tlari va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Jinsiy voyaga 2 oyligida yetadi. Urchishi yilning issiq oylarida o’tadi. Uvildirig’I 10 -15 sutkada rivojlanadi. Chivin lichinkalariga qarshi kurashda foydalaniladi. Ovlash ahamiyatiga emas. Biologiyada eksperimentlar olib boruvchi hayvon sifatida qo’llaniladi.
Alburnoides oblongus-Ташкентская верховодка. Тошкент юзасузари. Tana uzunligi 11 sm gacha. Sirdaryoning o’rta oqimlarida tarqalgan. Qisqichbaqsimonlar, hashoratlar, suv o’tlari, jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlari, o’simliklar bilan oziqlanadi. 2 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi may-iyun oylarida o’tadi. Sirdaryo endemigi. Ovlashahamiyatiga emas. Hozirda juda kam uchraydi. Ovlash taqiqlangan. O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.
- Slides: 59