Mavzu Oyin turlari Reja 1 Oyinning bola faoliyati
Mavzu: O'yin turlari
Reja: 1. O’yinning bola faoliyati sifatidagi mohiyati va o’ziga xosligi. 2. O’yinning maktabgacha ta’lim muassasasi pedagogik jarayonidagi o’rni 3. Ijodiy o’yin turlari 4. Qoidali o’yinlar.
O’yin faoliyati shu qadar universial, shu qadar ko‘p qirrali va qudratli faoliyatdirki, barcha yoshdagi bolalar o‘yin faoliyatida aktiv harakat qiladilar. O‘yin fakat tashki muxitdagi narsa va xodisalarni bilish vositasi bulibgina kolmay balki, kudratli tarbiya vositasi xamdir. Etakchi faoliyat shunday faoliyatki, bu faoliyat tufayli bolaning psixik jihatdan o‘sishida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, mana shunday asosiy faoliyat jarayonida bolaning barcha psixik prosesslari anchagina o‘sadi.
O‘yin faoliyatida bola harakatining rivojlanishi o‘yin mazmuniga ko‘proq bog‘liqdir. CHunki bolaning xatti-harkati qanchalik ihcham va umumlashgan bo‘lsa, u kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishdan shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-biriga munosabatini amalda bajarishga o‘tadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning ijtimoiy munosabatlarini to‘g‘ri ifodalashga intiladi.
“Bolalar o’yini ko’p asrlik tarixiga ega”- deb yozgan edi. K. D. Ushinskiy “Insonni o’zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita shuning uchun xam unda inson tabiatining haqiyqiy extiyoji ifodalangan” biroq, K. D. Ushinskiy o’yinning paydo bo’lishini inson hayotining biror bir tarixiy davri bilan bog’lamaydi.
O’yining kelib chiqishini birinchi bor G. V. Plexanov “Aderessiz xatlar” nomli asarida shunday talqin qilgan edi: U san’atning kelib chiqishini tadqiq qilayotganda bolalar o’yinlariga etibor qiladi. U tarixda o’yinlar san’at kabi mexnat paydo bo’lgandan keyin, ayni chog’da uning asosida vujudga kelgan degan fikirni aytish imkonini beradi. O’yinda insonlarni mexnat faoliyati o’z aksini topadi. “O’yin mexnat farzandi. U mexnatdan oldin paydo bo’lgan xodisadir” O’yin turli avlodlarni bog’laydigan va madaniy qadiryatlarni avlodan avlodga o’tgazuvchi zanjir bo’lib xizmat qiluvchi vosita” deb xisoblaydi.
Yan. Amos. Komenskiy O’yinga quvnoq bolalik va bolani uyg’un rivojlanish sharti sifatida qaraydi, kattalarga bolalar o’yinlariga e’tiborli munosabatda bo’lishini, ularga oqilona raxbarlik qilishni maslaxat beradi.
Rus pedagogi A. S. Makarenko “Bola o’yinda qanday bo’lsa, o’sib ulg’aygach xam ko’pincha shunday bo’adi” deydi.
A. M. Gorkiy “O’yin bolalar yashayotgan va o’zgartirishi lozim bo’lgan dunyoni bilish yo’lidir” deydi.
Psixolog D. V. Elkonin O’z tadqiqotlarida ro’lli o’yinlarni sujeti bilan bir qatorda uning mazmuni xam mavjut ekanligini yozadi. Uning fikricha o’yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jixatini aks etirishi o’yin mazmunini tashkil etadi.
2. O’YINNING MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI PEDAGOGIK JARAYONIDAGI O’RNI O’yin xalq pedagogikasida, maktabgacha ta’lim va maktabdan tashqari muassasalarida keng qo’llaniladi. MTMda tarbiyachilar bolalar o’yiniga raxbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi lozim: 1) o’yin bilan mehnat o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatish 2) o’yinda bolalarning bo’lajak mehnat axliga xos bo’lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash. Shunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o’yinning tutgan o’rni juda katta bo’lib o’yindan maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Zero: - o’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi; - o’yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir; - o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir
- o'yin bolalarga ta'lim va tarbiya berishning metod va usulidir; - o'yin bolalarni o'quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir; Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari o'yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o'yinning mazmuni, tashkil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o'yinining rivojlanish darajasiga ta'sir etish mumkinligini ko'rsatadi. Bolalarga ta'lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o'yinni tanlay bilishi, unga to'g'ri rahbarlik qilish "MTM ta'lim va tarbiya dasturi"da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlaydi.
Bolalar o’yinlarining turkumlari Ijodiy o’yinlar Qoidali o’yinlar
Ijodiy o’yinlar turlari Syujetli rolli o’yinlar Sahnalashtirilgan o’yinlar Qurish yasash o’yinlari
IJODIY O'YINLAR “Ijodiy o`yin” tushunchasi syujetli-roli o`yinlarni, sahnalashtirilgan o`yinlar Qu rish konstruktsiyalash o`yinlarni o`z ichiga oladi. Ijodiy o`yinlarda bolalarning atrof-muhitdagi hayot haqidagi ta'surtlari u yoki bu hayotiy hodisalarni tushunish darajalari aks etadi. Ijodiy o`yinlarning mazmuni bolalarning o`zlari o`ylab topadilar. Bu guruh o`yinlarida bolalarning erkinligi, mustaqilligi o`z-o`zini uyushtirish va ijodiyligi namoyon bo`ladi. Rang-barang hayotiy ta'surotlar aynan takrorlanmaydi , ular bolalar tomonidan qayta ishlanadi, ularning biri ikkinchisi bilan almashinib turadi va xokazo. Har qanday ijodiy faoliyat uchun hos bo`lgan jonli xayolot o`yinchoqlar va hokazolarni tanlashda nomoyon bo`ladi.
Ijodiy o`yinlarning o`ziga xos sabablar bordir; Eng umumiy sabab-bolalarning kattalar bilan birgalikda ijtimoiy xayot kechirishga intilishidir. Bu intilish bir tomondan bolaning uni amalga oshirishga tayyor emasliklariga, ikkinchi tomondan ularning o`sib kelayotgan mustaqilligiga duch keladi. Vujudga keladigan ziddiyatlar esa ijodiy o`yin chog`ida xal etiladi: unda bola o`ziga katta kishi rolni qabul qilib, uning xayotini, faoliyati va munosabatlarini qayta aks ettiradi.
Syujetli-rolli o`yin Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaning asosiy o`yin turidir. Syujetli -rolli o`yin o`z ifodasiga ko`ra inson faoliyatidir. Bola o`yinini oziqlantiruvchi manba bu, borliq dunyo kattalar va tengdoshlarining hayoti hamda faoliyatidir. Syujetli rolli o`yin keng asosiy hususiyati unda hayolni vaziyatning mavjud bo`lishidir. Xayoliy vaziyatlar bolalar o`yin chog`ida qabul qiladigan syujet va rollardan tarkib topadi, ular buyum va narsalarning o`ziga xos qo`llanilishini o`z ichiga oladi. O`yin syujeti bir-biriga hayotiy aloqador bo`lgan qator voqealarning yig`indisidir. Syujetda o`yinning mazmuni ochiladivoqealar ishtirokchilari bilan bog`liq bo`lgan xarakatlar va munosabatlar ifodalanadi.
Qoidali o’yin turlari Didaktik o’yinlar Harakatli o’yinlar Musiqiy o’yinlar
Qoidali o`yinlar kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi. Mazmuni qoidalarining murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mo`ljallangan bo`ladi. Tayyor qoidali o`yinlarning katta guruhni xalq o`yinlari tashkil etadi, ularning ko`plari avloddan avlodga o`tib, bizga etib kelgan.
O`yinning bola tarbiyasidagi ahamiyati o`tmish va hozirgi zamonning ko`plab pedagogik sistemalarida tadqiq etilgan. Ko`pchilik pedagoglar o`yinni bola uchun juda jiddiy va muhim faoliyat sifatida baholaydilar. Bola tarbiyasida o`yinning ikki yo`nalishi tarkib topgan: 1) o`yindan bolani har tomonlama uyg`un rivojlantirish maqsadida foydalanish; 2) o`yindan didaktik maqsadlarda foydalanish.
Didaktik o'yinlar 1. Narsa va o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar. 2. Stol ustiga qo’yib o’ynaladigan o’yinlar. 3. Og’zaki didaktik o’yinlar.
Shunday qilib, o`yin ijtimoiy faoliyat sifatida jamiyatda muayyan vazifalarni bajaradi - boshqa tarbiya vositalari qatorida to`plangan ijtimoiy tajribani bir avloddan ikkinchi avlodga o`tkazilishini, bola shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. O`yinning ijtimoiy tabiatini shundan ham bilsa bo`ladiki, u faqat muayyan ijtimoiy sharoitda voqe bo`la oladi. Jamiyatning katta a'zolari bolalarning yashashi va o`sishi uchun zarur moddiy sharoit yaratish asnosida o`yinlarning rivojlanishi uchun ham ob'ektiv imkoniyatlar yaratadilar.
Adabiyotlar ro’yhati Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T. : Sharq, 1997 y. P. Yusupova. Maktabgacha pedagogika. – T. : O‘qituvchi. , 1993 y. N. Qayumova. Maktabgacha pedagogika. – T. : Ilm-ziyo. , 2013 y. U. Qoraboev. O‘zbek halq bayramlari. T. : Sharq, 2000 y. T. Usmonxo‘jaev. Ming bir o‘yin. T. : O‘qituvchi. 2004 y.
- Slides: 24