QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TIBBIY BILIM ASOSLARI KAFEDRASI BOGLAM
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TIBBIY BILIM ASOSLARI KAFEDRASI BOG‘LAM QO‘YISH MAVZUSIDA AMALIY MASHG’ULOTNI BAJARISH TEXNOLOGIYASI TAYYORLOVCHILAR: M. Xo’janov, Z. Aminova, E. Safarov
MAVZU BOG‘LAM QO‘YISH AMALIY MASHG’ULOTNING BAJARISH TEXNOLOGIYASI
• Mashg`ulotning maqsadi: • 1. Bog‘lam qo‘yish, turlari, ahamiyati. Tananing turli sohalariga bog`lam qo`yish haqida tushuncha berish. • 2. Mashg`ulotni bajarish tartibi bilan tanishtirish. • 3. Mavzuga taalluqli jadvallar, rasmlar, mulyajlar, asboblar, yordamchi materiallarni ko`rsatib tushuntirish.
• Ishni bajarish tartibi: • Bog‘lam qo‘yish, turlari, ahamiyati. Tananing turli sohalariga bog`lam qo`yish. • Bog‘lam qo`yish deganda bemor tanasining shikastlangan joyiga tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida bint (doka, ro`mol), kosinka, taxtakach bilan bog‘lash tushuniladi. • Bog‘lam qo‘yishda qo‘llaniladigan materiallar turiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: • 1. Yumshoq bog‘lamlar. • 2. Qattiq bog‘lamlar.
• Yumshoq bog‘lamlarga - bintli, kosinkali, yelimli, leykoplastirli bog‘lamlar kiradi. • Leykoplastirli yoki yelimli bog‘lam - uncha katta bo‘lmagan jarohatlarga qo‘yiladi (yopishtiriladi). • Kosinkali bog‘lam uchun uchburchak shakldagi bog‘lov materiali (surp, doka, ro`mol) ishlatiladi. Bu bog‘lamni boshga, yelkaga, sut bezi sohasiga, qo‘lga va oyoqqa qo‘yiladi.
• Kosinkalar ko`pincha yelka va bilak suyaklari singanda, yelka va tirsak bo`g`imlari shikastlanganda, o`mrov suyagi singanda qo`lni osib qo`yish uchun ishlatiladi. • Tibbiyot amaliyotida bintli bog`lamlar eng ko`p ishlatiladi. Bog`lam bintlangan qismni qismasligi lozim. Bintli bog‘lamni gavdani hamma joyiga qo‘yish mumkin.
• Bintni o‘rash qoidasi: • - bemor o`tirgan holatda bo‘lishi kerak; • - bint o‘raladigan joy qimirlamay turishi kerak; • - bintni pastdan yuqoriga qarab o‘raladi; . • - bint bir yo‘nalishda (chapdan o‘ngga qarab) o‘raladi; • - har bir yangi o‘ram avvalgi o‘ramni uchdan ikki qismini qoplashi lozim.
• Bintli bog‘lamning turlari. Eng oddiy bog`lam aylanma (sirkulyar) bog`lamdir. Aylanma (sirkulyar) bog`lam qo`l panjasini, boldirning pastki qismini, peshonani bintlashda qo`llaniladi
• Spiral bog`lam qayrilgan va qayrilmagan bo`lishi mumkin. Gavdaning yo`g`on qismlari (yelka, son) ni bintlash uchun bintni qayirmasdan o`rash kerak. Gavdaning konussimon qismlari (boldir, bilak) ni bog`lashda bintni mahkamlab olgach, spiral shaklda avvalgi o`ramni 2/3 qismini qoplab o`raladi.
• Krestsimon yoki sakkizsimon bog`lam. Bunda bint sakkiz raqamiga o`xshatib o`raladi. Bu bog`lam bosh, bo`yin, boldir-tovon, bilak-qo`l panjasi bo`g`imi sohalariga, yelkaga, oraliqqa qo`yish uchun juda qulay hisoblanadi.
• Boshga qo`yiladigan bog`lamlar. • Yuz va bosh sohasiga qo`yiladigan bog‘lamlarga ko`zga qo`yiladigan bog`lam, burun va iyakka qo`yiladigan sopqonsimon, yugancha shaklidagi bog`lamlar kiradi.
• • • Qattiq bog‘lamlarga shinali (taxtakachli), gipsli, kraxmalli bog‘lamlar kiradi Bu bog`lamlar quyidagi maqsadlarda qo`llaniladi: 1. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida: suyaklar singanda, bo`g`imlar chiqqanda vaqtincha immobilizatsiya qilish uchun. Buning uchun shinalar (Kramer, Diterixs) va taxtachalar (tekis tayoq, faner karton va boshqalar) dan foydalaniladi.
• 2. Davolash maqsadida: suyaklarni to‘g‘ri bitishini ta’minlash uchun taxtakachli bog‘lamlar qo‘llaniladi.
- Slides: 14