Fargona Davlat Universiteti Boshlangich talim uslubiyot kafedrasi oqituvchisi

Farg’ona Davlat Universiteti Boshlang’ich ta’lim uslubiyot kafedrasi o’qituvchisi ZAMIRA OTAXONOVANING Matematika o’qitish metodikasi fanidan laboratoriya mashg’ulotini elektron versiyasi Farg’ona-2008 1

Laboratoriya ishi № 1 Mavzu: 1 -sinf matematika darslarini kuzatish va tahlil qilish. Mavzuning maqsadi: Тalabalarga 1 -sinf matematika darslarini kuzatish va tahlil qilish bo’yicha yo’llanmalar berish. Kerakli jihozlar: Namunali dars konspektlari, dars kuzatish va tahlil namunalari. 2

MASHG`ULOTNING BORISHI. Mashg`ulotni tashkil qilish. Bu mashg`ulotda talabalarni o`rta maktabga olib boriladi. sinflar o`qitiladigan sinflarga talabalarni bo`libkiritiladi. Talabalar 1 -sinfda matematika darslarini kuzatadilar. 3

MASHG`ULOTNING ASOSIY MAZMUNI. Dars o`tish metodikasini egallab olishda tajribali o`qitubchilarning darslariga qatnashish va shu darslarni tahlil qilish katta ta`sir ko`rsatadi. Talabalar dars kuzatish jarayonida nimalarga e`tibor berishlari kerakligi aytib o`tiladi. 4

Bunda quydagilar e`tiborga olinadi: Sinf xonasini jihozlanishi, darsga tayyorligi va ekalogikestetik darsga tayyorgarligini jihatdan tayyor ekanligi. 2. O`qituvchi va o`quvchilarning nazorat qilish. 3. O`qituvchi tomonidan darsni qanday tashkil qilinishini kuzatish. 1. 4. O’qituvchi darsni nimadan boshlashni va asosan nimalarga e’tibor berganligini kuzatish. 5. O’quvchilar darsni qanday tinglayotganligini kuzatish. 5

KUZATILGAN DARS JARAYONIGA TALABALARNING FIKR MULOHAZALRI. 1. Talabalar yuqoridagi talablar asosida darslarni qanday kuzatganliklari va tahlil qilganliklari haqida o’zaro bahs- munozara yuritadilar. 2. 1 -sinfga mos keladigan didaktik o’yinlardan namunalar keltiradilar, ularni o’tkazish mazmunini yozib beradilar. Mavzuni yakunlash; 1) Uyga vazifa; 1 -sinf matematika darsiga ko’rgazmali qurollar tayyorlash. 2)Talabalarni baholash va rag’batlantirish. 7

Laboratoriya ishi № 2. Mavzu: 1 -sinf rahbarlarining hujjatlarini o’rganish va ulardan andoza olish. Mavzuning maqsadi: 1. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarini o’qitadigan fanlari bo’yicha ish hujjatlarini o’rganish. 2. Sinf rahbarlik hujjatlarini o’rganish. Kerakli jihozlar: Ish hujjatlaridan namunalar. 8

MASHG’ULOTNI MAZMUNI. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari bir nechta fannio’zlari o’qitganliklari sababli ularda shu fanlarning jumladan; ona tili o’qish va matematika fanlariniish hujjatlari bo’ladi. Ish hujjatlariga quyidagilar kiradi; 1) Fanning dasturi (DTStalabi asosida) 2) Fanningbir yillikish rejasi. 3) Dars konspektlari (ishlanmalari). 4) O’zaro dars tahlillari daftari. 5) O’z ustida ishlash daftari a)metodika bo’yicha; b) siyosiy bilimini oshirish 6) Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash daftari. 7) Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlash daftari. 8) Sinf jurnali. 9

FANLAR BO’YICHA TA’LIMIY ISH REJA JADVALI Katta mavzular Mavzular № Soati MSTI Kitob Kalen beti dar vaqti O’tilgan vaqti DTS talablari 10

DARS TAHLILI JADVALI Sana Sinf Fan, Maqsad o’qi-tuv chi Darsning borishi Yutuq va kamchilik lar Takliflar va xulosa ba ho 11

FARG’ONA SHAHAR, “SHODLIK” GIMNAZIYASI 1 “А” – SINF O’QITUVCHISI NAFISA ODILOVANING IQTIDORLI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH DAFTARI 12

MAQSADI 1. 2. 3. 4. Izoh: har bir fanga maqsadlar alohida – alohida qo’yiladi 13

QATNASHUVCHI O’QUVCHILAR № Ismi, sharifi O’qish Ona tili matematika 1. Akbarov A - - + 2. Boltaboyev H + + - 3. Valiyev Sh + + + 14

FANLAR BO’YICHA QO’SHIMCHA ISH REJA № O’tiladigan mavzular Soat Muddati Foydalanilgan adabiyotlar 15

Sinf rahbarlik ish hujjatlari alohida yuritiladi. Sinf rahbarining ish hujjatlari quyidagilardan iborat bo’ladi: 1. O’quvchilar haqida umumiy ma’lumot. 2. Ota-onalari haqida umumiy ma’lumot 3. Tarbiyaviy yillik ish reja. 4. Tarbiyaviy soatlarning konspekti (dars ishlanmasi ) 5. Sinf faollari haqida ma’lumot. 6. Tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlash daftari. 7. Sinf yig’ilishining qarorlari. 8. Ota-onalar yig’ilishining qarorlari. 9. Ota-onalar bilan aloqa daftarlari. 10. O’quvchilarning o’quv tabeli. 16

O’quvchilar haqida umumiy ma’lumot. № 1 Ismi, sharifi Ahmedova N Tug’ilgan yili Jinsi. Telefon raqami. Yashash manzili. 1998. 07. 16 24 -15 -17 Farg’ona shahar, Bobur ko’chasi 10 -uy. qiz 2 3 4 17

Ota-onalar haqida umumiy ma’lumot. № O’quvchilarni Ota—onasining Ota-onasining ng ismi, ish joyi. sharfi. Tug’ilganyili. 1. Ahmedova Nilufar. Ahmedov Sardor 1967. 11. 30 Ahmedova Nima. 1971. 07. 12. Bolalar shifoxonasi 10 -maktab Kim bo’lib ish laydi. Shifokor Ish telefoni. 23 -46 -76 o’qituvchi 18

TARBIYAVIY ISH REJA OYLAR № IX 1. 2. 3. QILINADIGAN ISHLAR MAVZYSI SOATI VAQTI MUSTAQILLIK BAYRAMI VA BILIMLAR KUNIGA BAG’ISHLAB TADBIRLAR OTKAZISH SINF XONASINI JIXOZLASH. XONANI GULLAR BILAN TO’LDIRISH. X 19

ТАРБИЯВИЙ СОАТЛАР РЕЖАСИ № Mavzular Soati Vaqti Ko’rsatma materiallar 1. 2. 3. 20

MASHG’ULOTNI MUSTAHKAMLASH. Talabalar har bir ish hujjatlarini diqqat bilan o’rganib chiqadilar. O’zlari uchun andoza oladilar. Davlat ta’lim standarti asosida 1 -sinf matematika faniga 1 - choraklik ish reja tuzadilar. Mashg’ulotni yakunlash; a) darsda faol ishtirok etgan talabalarni baholash va izohlash; b) uyga vazifa berish ; 1 - sinf matematika darslariga tarqatma materiallar tayyorlash. 21

Laboratoriya ishi № 3. Mavzu: Matematika fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlar, ertaliklar va kechalarning senariysini yaratish. Mavzuning maqsadi: Talabalarga sinfdan tashqari mashg’ulotlar tayyorlashni, ertaliklar va kechalarning senariysini yaratishni o’rgatish. Kerakli jihozlar: Sinfdan tashqari mashg’ulotlar ishlanmasidan namuna, ertaliklar, kechalarning senariysidan namunalar. 22

MASHG’ULOTNING MAZMUNI. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’lumotini oshirish va darslarni o’zlashtirish darajasini ko’tarishga ko’maklshish uchun sinf mashg’ulotlari bilan bir qatorda sinfdan tashqari ishlarni ham o’tkazish zarur. Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulot deganda o’quvchilarni maatematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg’ulotlarni tushunamiz. 23

Maktab tajribasida matematikadan kichik yoshdagi o’quvchilar bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: 1. Qiziqarli matematika soatlari va daqiqalari. 2. Matematik to’garaklar uyushtirish. 3. Matematika gazetasi chiqarish. 4. Ekskursiya o’tkazish. 5. Matematik burchak tashkil qilish. 6. Matematika kechalarini o’tkazish 7. Boshlang’ich sinflarda matematikadan fan olimpiadasi o’tkazish. 24

SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISHDA QUYIDAGI QOIDALARGA ASOSLANISH KERAK. 1. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning darsda oladigan bilimlarni, malaka ko’nikmalarni hisobga olgan holda o’tkaziladi. 2. Sinfdan tashqari ish ixtiyoriylik, tashabbuskorlik prinsiplari va o’quvchilarni harakatlari asosida tuziladi, hamda o’quvchilarning individual talablarini hisobga olish. 3. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazilish shakliga ko’ra darslardan farq qiladi va ko’pincha qiziqarlilik harakteriga ega bo’ladi. 25

MATEMATIK KECHALARGA VA ERTALIKLARGA SENARIY YARATISHGA YO’NALISH. Matematik kecha yoki ertaliklarni senariysini yaratishda quyidagilarga asoslanish mumkin. 1. Tanishtirish; Bunda guruhlar o’zlarini tanishtiradilar. Guruh nomlarini izohlaydilar. O’z guruhlariga chizilgan emblema yoki tamg’alarini tahlil qilib beradilar. 2. Birorta matematik olim haqida ma’lumotlar berish yoki hayoti va ijodi haqida lavhalar, sahna ko’rinishi ijro etilishi mumkin. 3. She’r bilan aytiladigan masalalar yechish. 4. Hazil masalalar yechish. 5. “Aql charxi’’ o’yini 26

6. Boshqotirmani yechish. 7. Tezkor usullar. 8. Matematik topishmoqlardan foydalanish. 9. Matematik maqollardan foydalanish. 10. Arifmetik jumboqlar. Masalan: 5 ta 3 raqamdan foydalanib 37 sonini yozing; 37=33+3+3: 3 11. Yulduzchalar o’rniga kerakli solarni qo’ying; 3 xx 4 x x 43 x 2 ----112097 12. To’g’ri tenglikni hosil qiling; Masalan; xxxxx-xxxx=1 10000 -9999=1 Shunga o’xshagan bir nechta o’yinlarni tanlab olish mumkin 27

Mavzuni mustahkamlash; Talabalar yuqoridagi bosqichlarga asoslanib matematik kechalar, ertaliklar yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarni senariysini mustaqil yozib beradilar. Mashgulotni yakunlash; 1. Uyga vazifa berish. 2. Talabalarni bajargan ishlarini baholash va izohlash. 28

Laboratoriya ishi № 5 1. Mavzu: 3 -sinflarda matematika darslarining kuzatish va 2. 3. taxlil qilish. Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarga 3 -sinf matematika darslarini ilmiy va didaktik jihatdan tahlil qilishni o'rgatish. 4. 5. Kerakli jihozlar: 3 -sinf darsligi. 6. Dars konspektlaridan namunalar. Dars taxlillaridan namunalar. 29

Mashg'ulotlar borishi I. Mashg'ulotni tashkil qilish. Talabalar o'rta maktabga olib boriladi. 3 -sinflar o'qitiladigan sinflarga talabalarni bo'lib kiritiladi. Talabalar 3 -sinfda matematika darslarini 2 soat kuzatadilar. Talabalar ilmiy, didaktik jixatidan tahlil qiladilar. 30

II. Mashg'ulotning asosiy mazmuni 1. Ilmiy tahlil. Berilayotgan bilimlarning ilmiy nazariy jixati, o'quvchi bajarayotgan mustaqil ishining maqsadga muvofiq yo'nalishi jixatdan to'g'riligini aniqlash demakdir. 1. O'qituvchining shu kungi darsga ilmiy-metodik jixatdan tayyorlanganlik xolati. 2. O'z mutaxassisligini oid fan bo'yicha eng yangi ilmiynazariy axborotlar bilan qurollanganligi. 31

3. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta'riflarining to'g'ri bayon etilishi hamda ilmiy amata malarning o'quvchilar ongiga sindirib borilishi. 4. Darslik materiallarining qo'shimcha adabiyotlar materiallari bilan boyitilishi. 5. O'quvchi va o'qituvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmi y-nazariy jixatidan maqsadga muvofiqligi. 6. O'quvchilar mavzuni ilmiy jixatdan to'g'ri qisqa va mukammal bayon etishini o'qituvchi tomonidan nazorat qilinishi. 7. Dars davomida yangi mavzuni bayon etishini o'qituvchi tomonidan nazorat qilinishi ta'limni tarbiya bilan bog'liq olib borilishi. 32

Bu o'qituvchining o'z darsini ta'lim tamoyillariga amal qilgan xolda olib borganligi ta'lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonun va qoydalarning, atama nomlarning darsda qanchalik to'g'ri xamda mukammal bayon etilganligini taxlil qilish demakdir. 1. Darsni o'qituvchi tomonidan yangi pedagogik texnologiya asosida olib borganligi. 2. O'qituvchi bayoning g'oyaviy jixatidan ta'limtarbiya talabalariga mos bo'lganligi. 33

3. O'qituvchi fikrining sinf o'quvchilari jamoasiga to'la tushunarli bo'lish va bayonning izchil ravishda o'quvchi ongiga yetib borishi. 4. Barcha o'quvchilarning o'qituvchi berayotgan mavzuni yengil ravishda o'zlashtirishlari. 5. O'qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta'limning mavjudligi. 6. O'qituvchi fikrining izchilligi. 7. Dars jarayonida ko'rsatmali qurollardan, tarqatma materiallardan, Tvdan foydalanishi ning qanchalk maqsadga muvofiqligi. 8. Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarda maqsadga erishilganligi. 9. Darslik bilan ishlashning to'riligi. 10. Misollarning ta'lim-tarbiya birligi asosida yo'nalishi. 11. Darsning ma'lum bir tizimda olib borilishi. 34

Kuzatilgan dars jarayoniniga talabalarning fikr mulohazalari. 1. Talabalar yuqoridagi talabalar asosida darslarini 2. 3. qanday kuzatkanliklarini va tahlili iilganl iklari haqida o'zaro baxs munozara yuritadilar. Ilmiy tahlil bilan didaktik tahlilning farqini tushuntirib beradilar. 35

IV. Mustaqil ish. 3 -sinf darsligidan yangi mavzuning bayoni asosida bo'lib berilgan mavzular bo’yicha yangi materialni yoritib beradilar. V. Mavzuni yakunlash. 1. Uyga vazifa: 3 -sinf darsligidagi uyga topshiriqlarni o'quvchilarga tushuntirish yo'llarini yozib keladilar. 2. Talabalarni baholash va izohlab berish. 36

Labaratoriya ishi № 6 1. Mavzu: Boshlang'ich sinfda matematika darsini 2. rejalashtirish va o'tkazish xususiyatlari. Ishning maqsadi: Talabalarga boshlang'ich sinfda matematika darslarini an'anaviy va noan'anaviy usulda rejalashtirishni o'rgatish. 37

Bizga ma'lumki yangi materiallarni o'rganish darslari ko'proq an'anaviy usulda mustahkamlash darslari esa noan'anaviy usulda o'tiladi. I. Biz quyida yangi materalni va mustahkamlash darslarini rejalashtirishni keltiramiz. Fan matematika. Sinf: 2. Mavzu: Ko'paytirish 38

Dars natijalari: 1. Ko'paytirishni qanday hosil bo'lishini tushuntirish. 2. Ko'paytirish qoidasini bilish. 1. 3. Ko'paytirish belgisini ko'rsatish 4. Ko'paytirishga oid misollarni o'qiy olishni bilish. 5. Qo'shishga oid misollarni ko'paytirishga oid misollar bilan almashtira olishlari kerak. 6. Ko'paytirishga oid misollarni qo'shishga oid misollar bilan almashtirishni bilishlari. 7. Rangi rasmlar, deametrik figuralar har xil narsa-buyumlar yordamida ko'paytirishga oid masalalar tuza olishlar lozim. 8. Ko'paytirishga oid masalalarni yechadilar. 39

№ O'qituvchi faoliyati 1)Sinf xonasini darsga tayyorlash 1. 2) Darsga oid ko'rgazmalar tayyorlash. Xonani jixozlashda yordam beradilar. 1) O'qituvchilarni darsga tayyorgarligini 2. tekshirish 2) Uyga berilgan vazifani tekshirish Sinf navbatchilar axborot beradilar. Aylanma daftarlarni almashtiradilar. Vaqt 2 Nazorat ishi olinadi. Shunday sonlar Berilgan nazorat ishini ajratilgan 5 tanlab olinki, vaqt ichida bajaradilar. 3. yozuvlar to'g' bo'lishi. 1 -qator 96 -6 1 soat -? min 2 -qator 65 -50 65 - 10 sm= mm 3 -qator 30 -4 39 - 24 mm = sm mm. Yangi mavzuni o'tishga tayyorgarlik. 4. Turli xil ko'rgazmalar orqali ko'rsatib tushuntirib beriladi. Diqqat bilan kuzatib turadilar. 5 40

5. Yangi mavzuning bayni bilan tanishtiriladi. 3+3+3=15 3*5=15 Bir xil qo'shiluvchilarni qo'shishni ko'paytirish deyiladi. . . va xakozo. Mavzuni tinglab asosiy tushunchalar kerakli ma'lumotlarni yozib oladilar. 10 6. Darslik bilan ishlash. Misollarni yechish yo'llari tushun tiriladi. Masala sharti bilan tanishtiriladi. Qisqa yozuviga yordam beriladi. Masalani yechish rejasi tuziladi. Sinf doskasida yechadilar. Masalani qisqa yozuvini yozadilar va masalani yechadilar. 10 7. Yangi mavzuni mustahkamlash. Turli xil narsauyumlar rasmi chizilgan yoki yopishtirilgan kartichkalar tarqatiladi: O'zlariga berilgan kartochkalarga og'zaki masalalar tuzadilar va yechadilar. 6 8. Darsni yakunlovchi savollar bilan murojaat qiladi. Savollarga javob beradilar. 5 9. Baholash va izohlash. Darsda passiv qatnashgan 'quvchilarga e'tibor berish. faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish Olgan baholarni kundalik daftarlariga qo'ydiradilar. 2 41

Mustaqil ish. 1. 2 -3 -sinf matematika darsligidan mavzular 2. tanlab olinadi. Shu mavzular asosida darsni rejalashtiradilar. 42

№ O'qituvchi faoliyati 1 1)Sinf xonasini darsga tayyorlash 2) Darsga oid ko'rgazmalar tayyorlash. 3) 3 guruhga bo'lish uchun kartochkalar tayyorlash sinf partalarini kichik guruhlarni bir -biriga xal aqit bermaydigan qilib 3 guruhga bo'lib joylashtirish. Har bir guruh o'zlariga nom tanlab, nomla riga moslab emblemalar tayyorlab qilinadi. Matematik topishmoqlardan, maqollar va she'rlardan yod olib keladilar. Matematik olimlar haqida ma'lumotlar yig'adilar. O'zaro savol-javobga savollar tayyorlab keladilar. Mavzularga oid referatlar tayyorlab keladilar. Vaq t 43

2 3 O'quvchilarni 3 guruhga bo'lishi uchun qizil, sariq, yashil doiralarni teskarisi qo'yib qo' yiladi. O'quvchilarga bittadan kelib olishlari taklif qilinadi. O'z guruhlariga nom tanlash imklni beriladi. Tanlangan nomlarini va embelemalarini ta 'riflab berishlari aytiladi. Doirachalarni birma-bir 2 oladilar. Qizil doiracha olganlar 1 -guruh, sariq doiracha olganlar 2 -guruh va yashil doiracha olganlar 3 -guruh bo'ladilar. O'z markazlariga o'tiradilar. Guruhlar o'zlariga qo'ygan 9 nomlarini va embelemalarini iz ohlab beradilar. Guruh sardorlarini saylaydilar. 44

4 Sirli sandiqchadan 'ar bir guruhga 3 tadan savol tortish taklif qilinadi. 5 Matematik topishmoq beriladi. 6 "Kim chiqqan" o'yini tashkil qilinadi. Guruhlar test savollarini 5 yechib savatchani to'ldiradilar. 7 Matematik maqollaridan boshlab beriladi. Guruhlarga krasvordlar beriladi. Maqollarni davom ettiradilar 5 Krasvordlarni yechadilar 5 8 Olgan savollar 12 ga tayyorlanib javob beradilar. Misol, masalalarni doskada yechib ko'rsatadilar. Topishmoqni javobini 3 topadilar. 45

9 Guruh sardorlariga tezkor savollar beriladi. Masalan: 1. 2 soat-necha minut? 2. O'zbekiston qachon mustaqil bo'ldi? 3. Dunyoda nechta okean bor? . . . 10 Baholash G'olib guruhni rag'batlantirish Barcha o'quvchilarni rag'batlantirish Sardorlar javob beradilar. 2 2 46

Mashg'ulotni yakunlash. 1. Mutaqil ishlarini baholash. 2. Vazifa: Matematik olimlar haqida referatlar yozing. 47

Laboratoriya ishi № 7 1. 2. 3. 4. 5. 6. Mavzu: Didaktik o'yinlar. Mantiqiy va matematik o'yinlar. Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarga didaktik mantiqiy va matematik o'yinlar haqida ma'lumot berish. Darslarda o'yinl ardan o'z o'rinda foydalanishga o'rgatish. Kerakli jihozlar: Turli xil o'yin namunalari: "1 -sinfda didaktik o'yinlar" kitobchasi, "Yuz bilan yuzma yuz" kitobchasi. 48

I. Mashg'ulotning asosiy mazmuni 1. Didaktik o'yin timsolida bolalar jamoa bo'lib yashashga, uyushqoqlikka, birgalikda ijod qilishga, hamkorlikda ishlashga va mustaqillikka o'rganadilar. Axloqiy sifatlari va tushunchalari fazilatlari tarkib topadi. O'yin qoidalariga qat'iy rioya qilishga, intizomga o'rganadilar. Ularda do'stlik, inoqlik his-tuyg'ulari rivojlanadi. Didaktik o'yinlar asosan ta'lim jarayonini bolalarning yosh xususiyatlari va tayyorgarliklarga qarab samarali tashkil qilishga, ularga bilim va ma'lumot berishi yengillashtirishga, ta'limda ko'rgazmalikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, 49

bolalarni o'quv materiallari bilan ortiqcha band qilib qo'ymaslik, toliqtirmaslik va zeriktirmaslik imkoniyatini yaratadi, dastur materiallarini o'zlashtirishda qulaylik tug'diradi. Didaktik o'yinlar bolalarning oqliy faoliyatini, ongini o'stirishga, ularning fikriy tashabbuskorligini oshirishga hizmat qiladi. Didaktik o'yinlar xilma-xil materiallar asosida tashkil qilinadi. Qo'g'irchoqlar, o'yinchoqlar, maxsus rang-barang rasm va kartochkalar, turli kubik va buyumlar, geometrik shakllar, sanash va hisoblash asboblari tabiiy materiallar ana shular jumlasidandir 50

Didaktik o'yin mazmuni o'z ichiga asosan quyidagi to'rt omili oladi: 1. O'yinning vazifasi. 2. O'yin harakati. 3. O'yin qoidasi 4. O'yin yakuni. 51

"Kimniki xuddi shuncha" o'yini. Uyinning maqsadi: sonlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash. O'yin uchun jihozlar: Sonli kartochkalar, o'quvchilarga narsalarning rasmi chizilgan kartochkalar beriladi. 52

O'yinning borishi: O'qituvchi bolalarga sonli kartochkani ko'rsatadi. Kartochkada bolalarga tanish bo'lgan raqamlar ifodalangan bo'lishi lozim. Ya'ni 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8. kimning kartochkasida xuddi shuncha narsaning rasmi tasvirlangan bo'lsa, o'sha bolalar kartochkalarni ko'rsatadilar. To'g'ri ko'rsatgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. Xato qilgan o'quvchiga tushuntiriladi. 53

"Bir sonning o'rniga ikki son" o'yini. O'yinning maqsadi: Sonlarning tarkibini to'rt raqami bilan mustahkamlash. O'yin uchun jihozlar: Raqamli kartochkalar. O'yinning borishi: Hamma o'quvchilarning oldida raqamli kartochkalar bo'ladi, o'qituvchida esa kattaroq raqamli kartochka bo'ladi. O'qituvchi 4 raqamini ko'rsatadi. O'quvchilar esa tarkibi to'rt bo'ladigan: 2 va 2, 3 va 1, 1 va 3 raqamlarni ikki qo'llariga ushlab ko'rsatadilar. To'g'ri ko'rsatgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. 54

Mantiqiy o'yin. Bu o'yinlar o'quvchilarning aqliy faoliyatini, ongini o'stirishga, ularning fikrlash qobilyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Bola miyasini "mashq" qilishga, tafakkurini teranlashtirishga o'rgatadi. Uning idroki, zehni, fahm-farosati, xotirasi, irodasi, bilim olish ishtiyoqi va ehtiyoji mustahkamlana boshlaydi, ziyrakligi, ixtiyoriy diqqati, topqirligi, tashabbuskorligi oshib boradi. Bola iste'dodi, ijodiy qobiliyati namoyon bo'la boshlaydi. Olgan bilimlarini o'z faoliyatida mehnat va o'yinda sinab ko'rish ehtiyoji paydo bo'ladi. 55

Mantiqiy o'yinlardan ko'proq mustahkamlash darslarida, matematik kecha va ertaliklarda foydalaniladi. Mantiqiy o'yinlarni bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda beriladi. Mantiqiy o'yinlarga matematik viktorinalar kiradi. Matematik viktorinalar 2 ga bo'linadi: I. Uzoq vaqt davom etadigan viktorina. II. Qisqa vaqt ichida viktorina o'tkazishlar. 56

Matematik viktorinalar o'tkazish usullaridan ba'zilarini keltiramiz. 1. Savollar o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga beriladi. Javob berishni istagan o'quvchilar qo'l ko'taradilar. 2. Agar berilgan savolga javobni yozib ko'rsatish imkoniyati bo'lsa, o'qituvchi o'quvchilarga javoblarini daftarlarga yozib, keyin qo'l ko'tarish kerakligini aytadi. 3. O'qituvchi doskaga viktorina uchun tayyorlab kelingan bir necha savol, misol masalalarni yozib, ularni yechish vaqti va balini belgilaydi. 4. O'qituvchi uyida savol, misol va masalalarning viktorinaga qadar nomer qo'yilgan kartochkalarga yozib keladi, bu kartochkalarda har qaysi misol-masalalarning bali ko'rsatiladi. 57

5. Matematik viktorina uchun maktab zalida maxsus doska ajratilib, unga har kuni 2 -5 tadan savol va masalalar yozilib, ularga javob berish vaqti ko'rsatiladi. 6. Matematik viktorinada belgilangan savol, misol masalalarning hammasini, ballari ko'rsatilib bir varaqqa yoziladi. 7. Devoriy gazeta orqali ham viktorinalar o'tkazish mumkin. 8. Maktab radio uzeli orqali o'tkaziladigan viktorinalarda tanlangan savol, misol, masalalarni, viktorina shartlarini radio orqali e'lon qilinadi. 9. Matematik lotereya. 10. Matematik ruletka. 58

Arifmetikaga doir og'zaki (yarim og'zaki) viktorinalar o'tkazish uchun savol va masalalardan namunalar. 1. Yuzni yarimga bo'lsak, natija necha bo'ladi. 2. Agar nechasi soat 12 da yomg'ir yoqqan yomg'irning jami yoki yarmi qancha bo'ladi? 3. Men bir son o'yladim, uning yarmiga choragini qo'shsak, 18 hosil bo'ladi. Men qanday son uylabman? 59

Matematik o'yinlarni darslarning dam olish daqiqasida, matematik kechalarda o'tkaziladi. Matematik o'yinlar o'quvchilarni va tamoshabinlarning diqqatini jalb qiladigan, matematik mazmunga ega bo'lgan, qiziqarli, shartlari unga murakkab bo'lmagan ijro qilganda hammaga ko'rinib turadigan bo'lishi kerak. Matematik o'yinlardan ba'zilarini keltiramiz: 60

“Xo'p" o'yini. A) sahnaga 2 ni undan ortiq o'quvchi chiqadi. Ular tartib bilan 1, 2, 3, va hakozo natural sonlarni sanay boshlaydilar. Sanash natijasida 3 yoki 7 ga bo'linadigan sonlar o'rniga "xo'p" so'zini aytishlari kerak. Kim shu shartni buzsa, o'yindan chiqariladi. Oxirida qolgan o'quvchi yutgan hisoblanadi. 61

B) sanash vaqtida 3 ga va 5 B) 3 ga: xo’p, 2, xo’p; ga bo'linadigan sonlarning 5 ga: xo’p, 2, 3, 4, xo’p; o'rniga "xo'p" aytiladi. V) 4 ga va 5 ga; V) 4 ga: xo’p, 3, xo’p; G) 5 ga va 7 ga; 62

2. "Qalpoq" o'yini. Bu o'yini o'tkazish uchun oldin qo'g'ozdan uchta qora va ikkita oq qalpoq yasaladi. Zaldan uch bola chiqarilib, ularning ko'zi bog'lanadi va beshta qalpoqdan (3 ta qora va 2 ta oq) uchtasi kiygiziladi. Kim o'z boshidagi qalpoqning rangini oldin bilsa, o'sha yutgan bo'ladi. Bunda birsafar ikkita qora, bitta oq, ikkincha safar uchta qora qolpoqlarini kiygizib, o'yinni bir necha marta takrorlash mumkin. Har safar g'olibni qoldirib, uning yoniga boshqa ikki bolani chaqirish kerak. 63

3. "Matematik terminlar" o'yinida sahnaga zaldagilardan bir necha kishi chaqiriladi. O'yin sharti bunday: 1 -kishiga biror matematik termin yoki matematikaga doir asboblar, buyum matematiklarning nomlari va hakozolarni aytish topshiriladi. (masalan, uchburchak so'z). Ikkinchi kishi birinchi kishining aytganini takrorlab, yana bitta so'z (masalan, parallelogramm) qo'shib aytadi. (ya'ni, uchburchak, parallelogramm deydi). 64

Uchinchi kishi birinchi va ikkinchi kishilarning aytgan so'zlari (uchburchak, parallelogramm)ni takrorlab, yana bir so'z (masalan, romb) qo'shib aytadi. (ya'ni uchburchak, parallelogramm, romb) va hakozo. O'yin shu tartibda davom etadi. O'yinni boshqaruvchi yoki boshqa biror kishi doskaga so'zlarni tartib bilan yozib boradi. Uykovchilardan birortasi so'zlarning tartibida yanglishsa yoki biror so'zni tashlab ketsa, yangi termin qo'sha olmasdan qolsa, o'yindan chiqariladi va o'yin yangidan boshlanadi. Eng oxirida qolgan kishi yutgan hisoblanadi. 65

Mustaqil ish. Talabalar didaktik o'yinga 1 ta, mantiqiy o'yinga 1 ta, matematik o'yinga 1 ta o'yin namunalari yo zadilar. Mashg'ulotni yakunlash. 1. Talabalarga topshiriq beriladi. 2. Baholanadi va izohlanadi. 66

Laboratoriya ishi № 8 Mavzu: Misol, masalalar yechishda ko'rgazmalar tayyorlash va undan foydalanish. Mashg'ulotning maqsadi: Ko'rgazmali qurollar haqida ma'lumot berish, turli xil ko'rgazmali qurollar tayyorlarni o'rgatish. Kerakli jihozlar: Har xil ko'rgazma namunalari. 67

Mashg'ulotning mazmuni Ko'rsatmalilikning boshlang'ich ta'limdagi ro’li o'quvchilarning abstrakt tafakkurlarini ham, konkret tafakkurlarini ham rivojlantirishdan iboratdir. Bundan tashqari, ko'rsatmalilikdan foydalanish o'quvchilarni aktivlashtiradi, ularning e'tiborini, diqqatini qo'zg'atadi, o'rganilayotgan materialni puxtaroq o'zlashtirish imkonini beradi, o'quv prosessini boshqarish uchun yaxshi sharoit yaratadi, vaqtni tejash imkonini beradi. 68

Ko'rsatma-qo'llanmalar ikki turga bo'linadi: I. Tabiiy ko'rsatma qo'llanmalar. II. Tasviriy ko'rsatma qo'llanmalar. Tabiiy-ko'rsatma qo'llanmalarga turmushda uchraydigan atrofimizdagi narsalar (jihozlar, daraxtlar, qalamlar, kubchalar, cho'plar va boshqa narsalar) kiradi. 69

Tasviriy-ko'rsatma qo'llanmalarga: 1. Raqamlar, amal ishoralari, munosabat belgilari. 2. Ko'rsatmali rasmlar 3 Geometrik figuralar modeli. 4 Sonli figuralar(1 -rasm. ) 1 - rasm 5. Grafik modellar (rasmlar, sxemalar) 6. Priborlar va chizmalar. a) sinf cho'tlari; b) abaklar; v) tarozi va mayda qadoq toshlar; g) chizish va o'lchov asboblari. 70

71

7. Jadvallar. 8. Perfokartalar, perfopapkalar. 9. Matematik kassa. (Bu ko'rgazmali qurollar namunasi ilova qilinadi). Ko'rsatma qo'llanmalar ma'lum talablarga muvofiq bo'lishi, chunonchi ular o'quv dasturiga, o'quvchilarning yosh xususiyalariga muvofiq bo'lishi lozim. 72

73

74

Mustaqil ish. Talabalar tasviriy-ko'rsatma qo'llanmalarning turlaridan o'zlari tayyorlaydilar. Mashg'ulotni yakunlash. 1. Talabalarning bajargan ishlari baholanadi va izohlanadi: 2. Uyga vazifa beriladi. 75

Mashg'ulotlar borishi I. Mashg'ulotni tashkil qilish. Bu mashg'ulotda talabalarni o'rta maktabga olib boriladi. 4 -sinflar o'qitiladigan sinflarga talabalarni bo'lib kiritiladi. Talabalar 4 -sinfda matematika darslarini 2 soat kuzatadilar. 76

Laboratoriya ishi № 9 Mavzu: 4 -sinflarda matematika darslarining kuzatish va tahlil qilish. Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarga 4 -sinf matematika darslarini kuzatish va tahlil qilish bo'yicha 77

II. Mashg'ulotning asosiy mazmuni Dars o'tish metodikasini egallab olishda tajribali o'qituvchilarning darslariga qatnashish va shu darslarni tahlil qilish katta ta'sir ko'rsatadi. 78

DARS KUZATUVCHI UCHUN YOÚRIQNOMA 1. Sinf xonasining ko'rinishi. 2. O'qituvchining tashqi ko'rsatishi. 3. Darsni tushkillash. 4. Darsning ko'rgazmaliligi. 5. O'qituvchining uslubiy mahorati. 6. O'qituvchining faoliyati va fundametal bilimlar darajasi. 7. Vaqt taqsimoti va undan foydalanish. 8. Darsda noan'anaviy uslublar. 79

9. Test, tarqatma va didaktik ashyolardan faydalanishi. 10. Darsda boshqa fanlar bilan bog'lanish. 11. Doskadan foydalanish. 12. Uy vazifasi nazorati. 13. O'qituvchilar bilimining sifati va uni baholash. 14. Darslarning saqlanishi va undan foydalanish. 15. Darsda ma'naviy tarbiya. 16. Darsda milliy g'ururni shakllantirish. 80

17. Darsda estetik tarbiya. 18 Darsda qo'yilgan maqsadga erishish. 19. Darsda ekalogik tarbiya. 20. Texnika vositalaridan foydalanish. 21. Darsning ilmiy va nazariy jihatdan to'g'riligi. 22. Darsda ta'lim-tarbiya birligi, o'quvchilarga tarbiyaviy elementarning singdirilishi. 23. Ilg'or pedagogik tajribalarning darsda tadbiq etilishi. 81

24. O'qituvchining dars davomida o'qituvchsilar bilan ommaviy va yakka tartibda ishlashi. 25. Darsda qo'llangan ish turlarining mavzu talabiga qanchalik mos ekanligi. 26. O'quvchilarga muammoli ta'lim bo'yicha malaka va ko'nikma hosil qilish. 27. Darsda nazariy va amaliy ishlar hamda og'zaki va yozma mashg'ulotlarning birligi. 28. O'qituvchi tomonidan dastur materiallarining to'liq berilishi. 29. O'quvchilar mustaqil ishlarining tashkil qilinishi. 30. Dars DTS talablariga javob veradimi? 82

Sana__ Fan o'qituvchi _____ sinf__ Maqsad: O'qituvchini ish faoliyatini o'rganishi. Maqsad: Darsda yangi ped tex fo'dalanish DTS talablarini bajarilishini aniqlash Darsning borishi. Yutuq va kamchiliklar Takliflar, xulosa Baho 83

III. Kuzatilgan dars jarayoniniga talabalarning fikr mulohazalari Talabalar yuqoridagi talablar asosida darslarni qanday kuzatkanliklari va tahlil qilganliklari haqida o'zaro bahs-munozara yuritadilar. 84

IV. Mustaqil ish 4 -sinfga mos keladigan yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish namunalaridan yozib beradilar V. Mashg'ulotlar yakunlash; 1. Uyga vazifa; 4 -sinf matematika darslariga ko'rgazmali qurollar tayyo rlash. 2. Talabalarni baholash va rag'batlantirish. 85

Laboratoriya ishi№ 10. Mavzy; Boshlang'ich sinflarning matematika darsiga konspektlar tuzish. Maqsad ; a) Darslarning asosiy turlari haqidagi ma'lumotlarni umulashtirish, nisbatan keng tarqalgan matematika darslari turlarini ko'rib chiqish. b)Darslarni tahliliga qo'yiladigan talablarni mantiqan tushuntirish. v)Darsning yozilish sxemasi bilan tanishish, mo'jallangan dars konspektini tuzishni o'rganish. Kerakli jihozlar; Konspektlardan namunalar. 86

MASHG'LOTNING ASOSIY MAZMUNI. Dars- o'quv jarayoning asosiy tashkiliy formasidir. Dars haqida gapirganda, odatda mantiqan yetilgan, to'liq, ma'lum vaqt oralig'ida maqsadli chegaralangan o'quv - tarbiya jarayoni anglanadi. Bunda o'quv - tarbiya jarayonini asosiy elementlarining murakkab o'zaro munosabatlari o'z aksini topadi. Maqsad, mazmun, vosita, uslub va tashkillash kabilar. 87

O'quv - tarbiya jarayoning yuqorida ajratilgan elementlarini darslar klassifikasiyalarining asosi sifatida qarash mumkin. Masalan, darslarni asosiy didaktik maqsad bo'yicha quyidagi turlarga bo'lish mumkin; -Yangi material bilan tanishish darsi. -O'tilganlarni musthkamlashdarsi. -O'quvchilarning bilimlarini, o'quv malakalarini tekshirish darsi. 88

Ba'zan kombinatsion dars (ko'pincha shunday deb ataladi)ataluvchi dars ko'roq qo'llanadi. Odatda bu dars o'z ichiga yangi materialni tanishtirish va mustahkamlash jarayonini olish bilan amalga oshiriladi. Turli tipdagi darslarning strukturalariga ko'ra didaktik maqsadlardan ayrimlari bilan tanishamiz. 89

1. Yangi mavzu bilan tanishish darsi. Ta'limiy maqsad; Yangi materialni tushuntirish, bilim sifatini belgilash qoidalar bilan tanishtirish. Dars bosqichlari ; 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga berilgan vazifani tekshirish. 3. O'tilgan materialni takrorlash ; a)og'zaki hisob mashqi; b) mustaqil ish; 90

4. Yangi materialni o'rganishga tayyorlanish. 5. Yangi mavzuni bayoni. 6. Yangi mavzuni mustahkamlash. 7. Darsni yakunlash; a)uyga vazifa berish ; b)o'quvchilarni baholash va izohlash; 91

Mustahkamlash darsi. Ta'limiy maqsad ; O'tilgan mavzular yuzasidan o'quvchilar bilimlarini mustahkamlash. Dars bosqichlari; 1. Noana'naviy usulda darsni tashkillash. 2. Misol va masalalar yechish (ko'proq mustaqil bajariladi) 3. Yangi pedagogik usullardan foydalangan holda turli xil didaktik o'yinlar tashkil qilish. 4. Uyga vazifaga yo'nalish berish. 5. Darsni yakunlash, tugatish. 92

3. Bilim, malaka va ko'nikmalarni tekshirish darsi. Ta'limiy maqsad; O'quv materiallarini o'quvchilar qay darajada o'zlashtirganliklarini aniqlash va bilim saviya sini tekshirish. Dars bosqichlari; 1. Tashkiliy qism; 2. Dars maqsadini aytish; 3. Yozma ishning mazmuni bilan tanishtirish. 4. Ishni bajarishga oid qisqacha yo'l-yo'riq berish. 5. O'quvchilarning ishlarini mustaqil bajarishlarini ta'minlash. 6. Ishni yig'ib olish. 93

Matematika darsining asosiy metodik talablari: 1 Dars mavzusini aniqlash 2 dars maqsadlarini aniqlash: ta'limiy tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 3 Darsning har bir (etap) bosqich vazifalarini va dars tizimini aniqlash 4 Darsning har bosqichiga alohida vazifa va o'quv materialini maqsadga muvofiq tanlash 5 O'quvchilarning qiladigan ishlarini va uslublarini aniqlash 6 O'quvchilarning harakatini o'qituvchi tomonidan boshqarilishini aniqlash 94

7 Darsga ko'rgazmali qurollarni tanlash 8 O'quvchilarni o'zlashtirish darajasini tekshirish uchun material tayyorlash 9 O'quvchilar bajara oladigan uy vazifalarini o'ylab topish va darsni yakunlash Konspekt-darsning modeli U o'qituvchining harakatini ifodalaydi va qilinadigan ishlarni o'quvchilar tovonidan kutilishi 95

Laboratoriya ishi. № 11 Mavzu: Dars tahlili turlari. Maqsad : Talabalarni darsni tahlil qilish turlari bilan tanishtirish, umumiy pedagogik tahlil qilishga o'rgatish. Kerakli jihozlar: Dars tahlillaridan namunalar. Mashg'ulotning borishi. 96

Mashg'ulotning asosiy mazmuni. DARS TAHLILI TURLARI. 1. Ilmiy tahlil. Berilayotgan bilimlarning ilmiy nazariy jihati, o'quvchi bajarayotgan mustaqil ishining maqsadga muvofiq yo'nalishi jihatdan to'g'riligini aniqlash demakdir. Bunda quyidagilar e'tiborga olinadi: 1. O'qituvchining shu kungi darsga ilmiy metodik jihatdan tayyorgarlik holati. 2. O'z mutaxassisligini oid fan bo'yicha eng yangi ilmiy - nazariy axborotlar bilan qurollanganligi. 97

3. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta'riflarining to'g'ri bayon etilishi hamda ilmiy atamalarning o'quvchilar ongiga singdirib borilishi. 4. Darslik materiallarining qo'shimcha adabiyotlar materiallari bilan boyitilishi. 5. O'quvchi va o'qituvchi bajaryotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmiy-nazariy jihatidan maqsadga muvofiqligi. 6. O'quvchilar mavzuni ilmiy jihatdan to'g'ri qisqa va mukammal bayon etishini o'qituvchi tomonidan nazorat qilinishi. 7. Dars davomida yangi mavzuni bayon etishini o'qituvchi tomonidan nazorat qilinishi ta'limni tarbiya bilan bog'lab olib borilishi. 8. O'qituvchi va o'quvchilarning nutq madaniyati. 98

2. Metodik tahlil. O'qituvchining dars jarayonida qo'llagan usul va metodlarining maqsadga muvofiq ekanligini ta'limning turiga va uning o'ziga xos xususiyatlariga qarab belgilanadi, tahlil davomida aniqlanadi. 99

DARS METODLARINI TAHLIL QILISHDA QUYIDAGILAR HISOBGA OLINADI: 1. Dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining tashkiliy shakllariga ko'ra: hikoya usuli -og'zaki bayon usuli -suhbat usuli 2. O'quvchilarning o'zlashtirishiga ko'ra: -o'qituvchining so'zlash usuli -ko'rsatmali qurollardan foydalanish usuli -laboratoriya asboblari bilan ishlash usuli -sinf doskasidan, turli kartalardan, tarqatma materiallaridan foydalanish usuli 100

DIDAKTIK TAHLIL. Bu o'qituvchining o'z darsini ta'lim tamoyillariga amal qilgan holda olib borganligi ta'lim turlari samadorligi va uni belgilovchi qonun va qoidalarning, atama nomlarning darsda qanchalik to'g'ri hamda mukammal bayon etilganligini tahlil qilish demakdir. Darsni didaktik tahlil qilishda quyidagilarga e'tibor berish o'rinlidir: 101

1. Darsni o'qituvchi tomonidan yangy pedagogik texnologiya asosida olib orilganligi. 2. O'qituvchi bayonning g'oyaviy jihatdan ta'limtarbiya talablariga mos bo'lganligi. 3. O'qituvchi fikrining sinf o'quvchilari jamoasiga to'la tushunarli bo'lishi va bu bayonning izchil ravishda o'quvchi ongiga yetib borishi. 4. Barcha o'quvchilarning o'qituvchi berayotgan mavzuni yengil ravishda o'zlashtirishlari 5. O'qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta'limning mavjudligi 102

6. O'qituvchi fikrining izchilligi. 7. Dars jaryonida ko'rsatmali qurollardan, tarqatma materiallardan, TV dan foydalanishning qanchalik maqsadga muvofiqligi. 8. Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlar maqsadga erishganligi. 9. Darslik bilan ishlashning to'g'riligi. 10. Misollarning ta'lim-tarbiya birligi asosida yo'nalishi. 11. Darsning ma'lum bir tizimda olib borilishi. 103

4. UMUMIY PEDAGOGIK TAHLIL. Bu darsda hamma jihatlarning qisqa va o'zaro bog'liqligi tahlilidir. Bunda quyidagilarni hisobga olish kerak. 1. O'quv-sinf honasining dars o'tishga tayyorgarlik holati (dars jihozlari) 2. O'quv kabineti honasining sanitar-gigiena holati. 3. O'qituvchining dars mavzusi bo'yicha ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ta'lim bobidagi maqdadi. 104

4. O'qituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik, umumiy pedagogik jihatidan tayyorlanganlik darajasi. 5. O'qituvchining darsni tashkil etishi va dars etaplaridan to'g'ri foydalanganligi. 6. O'qituvchining o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda pedagogik jihatdan namunaviy shaxs darajasiga ko'tarila olganligi. 7. O'quvchilar bilimiga qo'yiladigan bahoning adolatli izohli bo'lishi. 8. O'quvchilarning dardagi faolligi, intizomliligi, mustaqil fikr yuritishi, fan asosini o'zlashtirganligi. 9. O'quvchilarning o'qituvchi darsiga munosabati va hurmat bilan qarashi. 105

• 10. O'qituvchining darsdagi rahbarlik roli va ish • • uslubi, ta'limni tarbiyaga bog'lashi. 11. Dars jarayonida o'lkashunoslik materiallaridan foydalanishi. 12. Darsda o'quvchilarning o'zlashtirish sifati. 13. O'qitishning darsda asosiy maqsadga erisha olganligi. 14. O'qituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan yordamga muhtojligi. 106

5 Darsni psixologik -pedagogik jihatdan. 1 tahlili: • Darsni psixologik - peddagogik jihatdan tahlil qilish sxemasi: • 1. Darsni aniq maqsad vazifalariga bog'liq ravishda tuzilishida psixolagik baho berish. • 2. Darsning mazmuniga psixolagik jihatdan baho berish. • 3. Darsda o'quvchilar bilim faoliyatining namoyon bo'lishi va uni boshqarish. • 4. Darslarning o'quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga ta'siri. • 5. Darsda o'qituvchi shaxsi va faoliyatining tarbiyaviy ta'siri. • 6. Darsning natijalari. 107

Mustaqil ish. Talabalar yuqoridagi tahlil turlaridan kelib chiqib bitta asosiy yo'riqnoma tuza dilar. Mashg'ulotni yakunlash: 1. Talabalarni baholash va izohlan. 2. Uyga topshiriq berish 108

LABORATORIYA ISHI № 12 Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga 10 ichidagi sonlarni og’zaki hisoblash metodlarini o’rgatish. Kerakli jihozlar: Sanoq cho’plar, har xil geometrik shakllar, har xil rangli rasmlar. 109

110

Mashg’ulotning asosiy mazmuni YAngi boshlang’ich matematika kursida, avvaldagiga o’xshash arif-metika asosiy o’rinni egallaydi. 1 -4 sinflarning yangi dasturida arifmetik material mazmuni unchalik ko’p o’zgarmagan: arifmetika nazariyasi kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar bilan bog’lanishi yaanada mustahkamlangan: eng muhim tushinchalar (son sanoq sistemasi, arifmetik amallar) ni shakllantirishning birmuncha mukammal sistemasi ko’zda tutilgan. 111

O’quv materialini o’quv yillari bo’yicha taqsimlanishida o’rganilayotgan sonlar sohasining asta-sekin kengayib borishi ko’zda tutiladi: I sinf “ 1 dan 20 gacha sonlar”, II sinf “ 1 dan 100 gacha sonlar”, III sinf “ 1 dan 1000 gacha sonlar”, IV sinf “ 1 dan 1000. 000 ga cha sonlar”. 112

Bolalarni 10 gacha sanash ko’nikmalarini o’zlashtirishlari, tartib va sanoq sonlarning birikmalridan iborat tarkibi, sonning ikkita kichik sondan iborat tarkibi, qo’shish sonlar orasidagi munosabatlarni tushunish, to’g’ri va teskari sanoq tushunchalari bolalar bog’chalari va maktablarning boshlang’ich sinflar dasturida ko’rsatilgan. SHu sababli o’qituvchining birinchi navbatdagi vazifasi 1 – sinfga kelgan bolalarning matematik tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat. Bunday tekshirishni mashg’ulotlar boshlangunga qadar bolalarni maktbga qabul qilish vaqtida yo o’qishining birinchi xaftasi davomida amalga oshirish mumkin. 113

Bolalar bilimini, ko’nikma va ko’nikmalarini aniqlash va tekshirishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin: Siz sanay olasizmi? Sanangchi? Bu olmalarni, noklarni, sabzilarni sanang? Stolda nechta qalam yotgan bo’lsa, chap qo’lingga shuncha qalam ol (4 -7 dona). 114

115

Birinchi sinfga kelayotgan bolalarning aniqlangan bilimlari, malakalari, ko’nikmalarini ularni maktabda o’qitishning birinchi kunlaridanoq hisobga olinishi kerak, bunda ayrim bolalarda biror sababda mavjud bo’lgan kamchiliklarga alohida ehtibor berish kerak. Birinchi o’nlik sonlarini o’rganishda tayyorgarlik davri va tegishli raqamlar hamda sonlar bilan tashishtirish davri ajratiladi. 116

Tayyorgarlik davrida ushbu ko’rinishdagi mashqlar bajariladi: Predmetlar, tovushlar va xarakatlarini sanash. Ikkita to’plamni ularni hosil qilgan elementlarining soni bo’yicha taqqoslash va tenglashtirish. Tartib munosabatlari va sonlarning tartib qiymatlari. Qo’shish va ayirish amallarini o’rganishga tayyorlash. Masalan: 1. Partaga 3 ta uchburchak va 2 ta kvadrat qo’ying. Kvadratlarni uchburchaklarga yaqinlashtiring va partada hammasi bo’lib qancha figura borligini aniqlang. Raqamlarni yozishga tayyorlash, hoshiyalar, jiyaklar (nuqtalar, cho’plar doiralar, uchburchaklar va x. k. ) rasmini chizish bilan boliq bo’lgan mashqlar raqamlarni yozishga tayyorlash imkonini beradi. 117

Sonlar tarkibini mustahkamlash va takrorlashda “O’ylab top”, “Estafeta”, “Arifmetik labirint” kabi o’yinlrdan foydalanish maqsadga muvofiq. “O’ylab top” o’yinini o’tkazishda bolalarga, masalan, sonini qanday ikki qo’shiluvchidan hosil qilish mumkinligini topish taklif qilinadi. eng ko’p holni topgan o’quvchi yutib chiqadi. “Estafeta” o’yini qatorlar bo’yicha musobaqa tariqasida tashkil etilishi mumkin. Masalan uchta qatorning har biriga o’n soni tarkibining hamma hollarini yozish taklif qilinadi. (Hamma qator bir vaqtda ish boshlaydi). Birinchi o’quvchi bir misolni yozadi va topshiriqni boshqasiga uzatadi va h. k. Topshiriqni tez va bexato bajargan qator g’olib hisoblanadi. 118

MUSTAQIL ISH: 1. Darslikdan bolalarning sonlarni 1 - 10 natural qatori haqidagi tasvvurlarini shakllanitirishga yordam beradigan mashqlarni toping. 2. 2. Bolalarni YAngi sanoq birligi bilan tanishtirishga bag’ishlangan dars bulagini (qismini) ishlab chiqing. 1. 1 va 2 sinflar darsligidan bolalarning 1 - 100 sonlar ketma – ketligini 2 xonali sonning o’nli tarkibini va raqamlarning o’rin qiymatlari prinsipini o’zlashtirishga yo’naltirilgan xarakterli mashqlar misollarini toping. “ 1 -10 sonlarini nomerlash” temasiga oid didaktik o’yinlar ishlab chiqing va tanlang. 119

MASHG’ULOTNI YAKUNLASH: 1. Talabalarga 10 ichida sonlarni nomerlashga doir ko’rgazmalar tayyorlashni topshirish. 2. Talabalarni baholash va izohlash. 120

LABORATORIYA ISHI № 13 Mavzu: Og’zaki hisoblash metodikasi (100 ichida va 1000 ichida sonlarni nomerlashni o’rgatish). Laboratoriyaning maqsadi: Talabalarga 100 va 1000 sonlarini og’zaki nomerlash usullarini o’rgatish. Kerakli jihozlar: raqamlar, sanoq cho’plar, har xil narsalar, abak. 121

122

Mashg’ulotning asosiy mazmuni: 100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganishda o’qituvchining vazifasi bolalarga predmetlarni bittalab va gruppalab sanashga o’rgatish; 100 ichida sonlarni o’qish va yozishga o’rgatish; bolalarga o’ngdan chapga hisoblaganda birliklar (I xona birliklari) va o’nliklar (II xona birliklar) qaysi o’ringa yozilishini aniqlashni o’rgatish, u yoki bu xona birliklari yo’qligini qanday belgilashni ko’rsatish, shuningdek birnchi va ikkinchi xona birliklari, xona soni, xona qo’shiluvchilarining yig’indisi, bir xonali va ikki xonali sonlar kabi yangi tushunchalar va terminlarni o’quvchilar o’zlashtirib olishlariga erishmoq kerak. 123

Nomerlashni o’rganishda ikki bosqich ajratiladi: 11 -20 sonlarini nomerlash va 21 - 100 sonlarini nomerlash. Ammo shuni ta’kidlamoq kerakki, 20 gacha bo’lgan ikki xonali sonlarni va 20 dan katta bo’lgan ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga prinsipial o’xshash: bu sonlarni og’zaki va yozma nomerlash sanoqda birliklarni o’ntalab gruppalashga va sonlarini yozishda raqamlarning o’rin qiymatlari prinsipiga asoslaniladi. SHu sababli ikkinchi o’nlik sonlarining o’nli tarkibini o’zlashtirish va bu sonlarni o’rganishga tayyorgarlik bosqichi bo’lib xizmat qiladi. Bolalarni 20 ichida, so’ngra esa 100 ichidagi sonlar bilan tanishtirish ushbu reja asosida amalga oshiriladi: oldin tayyorgarlik ishi olib boriladi, keyin og’zaki nomerlash o’rganiladi. 124

Predmetlarni o’nlikdan o’tib sanashga oid mashqlar kiritiladi. I qatorda nechta o’quvchi bor? II qatordachi? Sinfdagi o’quvchilarning hammasi qancha? va h. k. Bolalarga birliklarni sanashdan o’nliklarni sanashga o’tishni yengillashtirish uchun predmetlar gruppasini sanashga oid bir nechta mashqni qarab chiqish foydalidir. Bitta partada nechta o’quvchi o’tiribdi? Ikkita, bir juft. I qatorda necha juft o’quvchi o’tirganini sanang. Xuddi shunday yo’l bilan cho’t donalarini juftlab, uchtalab, beshtalab sanash mumkin va x. k. zo. Misol tariqasida ikkinchi o’nlik sonlarining nomini aytishga oid mashqlardan foydalanish ‘am mumkin: Sanoqda 3 sonidan keyin qaysi son aytiladi? 30 sonidan keyinchi? 6 sonidan oldin qaysi son aytiladi? 16 sonidan oldinchi? 20 ga 1 qo’shilsa, qanday son ‘osil bo’ladi? . . . 125

SHundan keyin ko’rsatma qo’llanmalarga tayanilgan ‘olda va ularga tayanmagan ‘olda sonlarning o’nli tarkibi aqida olingan bilimini musta’kamlashga oid mashqlar kiritiladi. • 12 ta cho’pni sanab ajrating, 10 ta cho’pni o’nlik qilib bog’lang, bu nechta o’nlik va nechta birlik bo’lishini biling; • Uzunligi 13 patak bo’lgan qatorni o’rang, o’nta katakni bo’yang. Nechta katak bo’yalmagan? • Bir o’nlik va yana 5 ta cho’p oling ‘ammasi bo’lib qancha cho’p oldingiz? • 16 sonida nechta o’nlik va birlik bor? • Qanday son 1 o’nlik va 9 birlikdan iborat? 126

№ 1000 ichida sonlarni nomerlashni o’rgatish. • 1000 ichida sonlarni nomerlashni o’rgatishda o’qituvchining vazifasi bolalarni • • • quyidagilarga o’rgatishdan iborat: a) Predmetlarni bittalab, o’ntalab va yuztalab gruppalarga birlashtirib sanash; b) 1000 ichida sonlarni o’qish va yozish ‘amda ularning natural qatorda kelish tartibini bilish; v) Sonlarni yuzliklardan, o’nliklardan va birliklardan ‘osil qila olish (ya’ni sonlarning o’nli tarkibini bilish); g) O’ngdan chapga ‘isoblaganda birliklar (I xona birliklari), o’nliklar (II xona birliklari) va yuzliklar (III xona birliklari) qaysi o’ringa yozilishini aniqlash; d) Sonni (ikki xonali va uch xonali) xona qo’shiluvchilarining yig’indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda, istalgan xona birligining umumiy sonini topish. 1000 ichida sonlarni og’zaki nomerlashga doir ishni bir necha bosqichga bo’lish mumkin. 127

1. Tayyorlash ishi. 2. YAngi sanoq birligi – minglik bilan tanishtirish. Og’zaki nomerlashni o’rganishda navbtdagi qadam o’quvchilarni natural qatorining 100 dan 1000 gacha bo’lgan sonlari bilan tanishtirishdan iborat. 4. Uch xonali sonlarning o’nli tarkiblarini, ya’ni ularning yuzliklardan, o’nliklardan va birliklardan ‘osil bo’lishini qarash. Yirik birliklarda ifodalang. Sonlarni maydaroq birliklarda ifodalangan sonlar bilan almashtirishga va aksincha almashtirishga bog’liq bo’lgan mashqlar ‘am uch xonali sonlarning o’nli tarkiblarini o’zlashtirishga yordam beradi. Quyidagidek mashqlar nazarda tutiladi: 128

1000 ichida sonlarning nomerlashni o’rganish natijasida o’quvchilar qo’yidagi bilimlar malakalar va ko’nikmalarni eggalab olishlari kerak. 1) 1000 ichida sonlarni nomlarini bilish sonlar qatoridagi ‘ar bir navbatdagi sonning qanday xosil bo’lishini’ar bir berilgan son bevosita o’zidan oldin keladigan sondan qancha kttaligini va o’zidan bevosita keyin keladigan sondan qancha kichikligi tushunish. 2) Har bir sonning sonlar qatoridagi o’rnini bilish. 3) Raqamlarning o’rin qiymatini bilgan ‘olda sonlarni o’qiy va yoza olish. 4) Sonlarning xona tarkiblarini bilganlikdan foydalanib 2 ta soni ularning sonlar qatoridagi olgan o’rinlari buyicha taqqoslay olish. 5) Sonni uning xona qushiluvchilarining yig’indisi bilan aralashtira olish. 6) Sonlarning natural ketma – ketligi va o’nli tarkibini bilganlik asosida sonlarni qo’shish va ayra olish. 7) «Uch xonlai son» , «Uchinchi xona birliklari» terminlarini bilish. 129

Ko’p xonali sonlarni nomerlash jadvali Mingliklar sinfi Birliklar sinfi YUz Un Bir YUz Unla Birl min min lar r ar glar 130

MUSTAQIL ISH 1000 ichida sonlarni nomerlashni o’rganishga asos bo’ladigan Mashqlar misollarini keltiring. Bolalarning sonlarini 1 -1000 gacha bo’lgan natural qatori haqidagi uch xonali sonlarning o’nli tarkibi ‘aqiagi tassavurlarini shakllantirish va musta’kamlashga imkon beradigan mashqlar misollarini keltiring. Uch xonali sonlarni nomerlashni o’rganishga bag’ishlangan darsning bir bo’lagini keltiring. Shu mavzuga oid didaktik o’yinlar o’ylab toping va nlang. 131

MASHG’ULOTNI YAKUNLASH: 1. Talabalarni baholash va izohlash. 2. Qushimcha topshiriq berish. 132
- Slides: 131