Nizomiy nomidagi TDPU Biologiya oqitish metodikasi kafedrasi katta
Nizomiy nomidagi TDPU Biologiya o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi U. E. Raxmatov • Toshkent 2019
Botanika 5 -sinf Biologiya fanidan laboratoriya ishlarining elektron versiyalari - virtual laboratoriyalarni yaratish mavzular ro‘yxati. 1 -laboratoriya mashg‘uloti: «Gulli o‘simliklarning organlari bilan tanishish» . Bu mavzuda gulli o‘simliklarning organlari: ildiz, poya, barg, guli bilan tanishtiriladi. Buning uchun kompyuterga gulli o‘simliklar rasmlari kiritiladi. Rasmda tasvirlangan o‘simlikning ildizi, poyasi, bargi, guli to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Tasvirlangan rasmlar tagiga ildiz, poya, barg, gul so‘zlari yozilib, shu so‘zlarga kursor olib borilib bosilganda ildiz, poya, barg, gul tuzilishlari ekranda namoyon bo‘lishi kerak. O‘simlik organlarini o‘rganishda qo‘l lupasidan foydalaniladi.
2 -laboratoriya mashg‘uloti: «Mikroskonning tuzilishi bilan tanishish» . Biologiyadan laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan o‘simlik va hayvon organlari, to‘qima ho‘jayralarning morfologiyasini, mikroorganizmlarning tuzilishini o‘rganishda optik asbob mikroskopdan foydalaniladi. Kompyuter ekraniga mikroskopning rasmi joylashtiriladi. Rasm tagiga mikroskop qismlari: obyektiv, okulyar, tubus, shtativ, makrovint, mikrovint, buyum stolchasi, ko‘zgu, kondensor so‘zlari yoziladi. Kursorni yozilgan har bir so‘z ustiga olib borib bosilganda mikroskopning shu qismi ekranda namoyon bo‘ladi.
Mavzu: Mikroskop bilan tanishish va ishlash qoidalarini o‘rganish. Kerakli jixozlar va materiallar: Mikroskop MBR 1, MBI 3, “Biolam” doimiy preparatlar, rasm chizish uchun albom, oddiy va rangli qalamlar, chizg‘ich, o‘chirg‘ich. Maqsad: Mikroskopnig tuzilishi va ishlash tartibi bilan tanishish. Mikropreparatlarning rasmini chizish qoidalarini o‘rganish.
Ishni borish tartibi: Mikroskop kichik ob’ektlarni kattalashtirib ko‘rsatadigan optik asbobdir. O‘simliklarning xujayra va to‘qimalarini o‘rganishda MBR 1, MBI 3, “Biolam” kabi yorug‘lik mikroskoplaridan foydalaniladi. Bu mikroskoplar, ob’ektlarni 1400 1800 martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi. Mikroskop asosan optik va mexanik qisimlardan tashkil topgan. ( 1 rasm) Mikroskopning optik qismi 3 ta yoritqich apparati, ob’ektivlar va okulyarlardan iborat. Ob’ektiv va okulyarlar o‘rtasida tubus joylashgan. Bu qisimlarning barchasi juda to‘g‘ri markazlashgan bo‘lib, mikroskopning mexanik qismi bo‘lgan shtativga o‘rnashtirilgan. Yoritqich apparati diafragmali kondensor va ko‘zgudan iborat. kondensor mikroskop stolining tagidagi xalqada joylashgan bo‘lib, qisqa naysimon ustunchaga o‘rnashtirilgan ikki yoki uchta linzadan tashkil topgan. Kondensor o‘rganilayotgan preparatni yaxshiroq yoritib berish uchun xizmat qiladi. Kondensarning linzalari mikroskop stoli bilan bir tekislikda yoki bir oz pastroqda joylashgan bo‘lishi kerak.
Kondensordan pastda asosiy o‘qqa aylanma tarzida xarakatchan bo‘lib birikkan, birqancha yupqa plastinkalardan iborat, diafragma joylashgan, uning qisqa richagi yordamida diafragmaning teshigini o‘zgartirib oynadan kondensorga kelayotgan yorug‘likni kuchaytirish yoki kamaytirish mumkin bo‘ladi. Diafragmaning tagidagi xalqada joylashgan yorug‘likni pasaytirib beruvchi turli rangdagi filtrlar mavjud. Kondensordan pastda bir tomoni botiq, bir tomoni teks o‘z o‘qida xarakatchan ko‘zgu o‘rnashtirilgan. Oyna yorug‘likni kondensor orqali mikroskopning stolchasidagi preparatga yetkazib beradi. Oynaning teks tomoni preparatni 60 x , 90 x ob’ektivlarida qaralganda botq tomoni 8 x, 10 x, 20 x, 40 x ob’ektivlarda qaralganda foydalaniladi.
Ob’ektiv metall ustunchaga o‘rnatilgan bir necha linzalardan tashkil topgan. Eng kuchli ob’ektiv ob’ektlarini 120 marotaba kattalashtirib ko‘rsatadi. Laboratoriya darslarida ko‘proq 8 x, 20 x, 40 x ba’zida 90 marotaba kattalashtirib ko‘rsatiladigan ob’ektivlar foydalaniladi. Okulyar ob’ektivga nisbatan ancha soddaroq tuzilgan bo‘lib, metal ustunchaga o‘rnatilgan ikkita linza va diafragmadan tashkil topgan. Tubus ichi bo‘sh naydan iborat bo‘lib, yuqorgi tomoniga okulyar joylashtiriladi uning tubusning ikkinchi tomoni ob’ektivlar o‘rnatiladigan uyachalari bo‘lgan aylanma xarakatli revolverga o‘rnatilgan.
Mikroskopning stolchasini markazi qismida kondensor orqali yorug‘lik o‘tadigan teshigi bo‘ladi. Stolcha ikki qismdan iborat bo‘lib, ostki qismi xarakatsiz, ustki qismini esa yon tomonlarida o‘rnatilgan vintlar yordamida o‘nga, chapga, oldinga, orqaga xarakat qildirish mumkin. Stolchaning ustki qismida preparatni ushlab turadigan prujinali qisqichlar joylashtirilgan. Tubus shtativga xarakatchan o‘rnatilgan uni yuqoriga va pastga xarakat qildirish mumkin. Makrovintlar ob’ektivni preparatga yaqinlashtirish uchun xizmat qiladi. Mikrovintlar esa katta ob’ektivlardan foydalanilganda buyumlarni aniq ko‘rish uchun ishlatilinadi.
Mikroskop bilan ishlash qoidalari 1. Mikroskopning optik va mexanik qismlarini ishga tayyorligini tekshiriladi. 2. Mikroskopni ish stolining ustiga chekkasidan 6 7 sm ichkariroq joyga shtativi chap yelkaga to‘g‘rilab siljimaydigan etib qo‘yiladi. 3. Ish stolining o‘ng tomoniga kerakli jixozlar ( predmet va qoplag‘ich oynachalar, preparal nina, cho‘tka, penset, skalpel, kichikroq qilib qirqilgan filtr qog‘oz, yumshoq latta, cho‘tka, suv va turli bo‘yoqlar, reaktivlar, rasm albomi, qalamlar, ishlash uchun kerak bo‘lgan ob’ktlar qo‘yiladi. 4. Mikroskopning optik qisimlari ( okulyar, ob’ktiv va kondensor) toza latta bilan artiladi. Agar juda iflos bo‘lsa lattani benzin yoki spirt efir aralashmasi bilan xo‘llab artiladi. 5. Kondensor yuqoriga qo‘tarilib, diafragma ochiladi. 6. Mikroskopning kichik ob’ektivi (8) buyum stolchasining teshigi ro‘parasiga keltirilib, stolchadan 1 sm balandlikda tutiladi.
7. Mikroskop bir tubusli bo‘lsa chap ko‘z bilan ikki tubusli (MBI 3) bo‘lsa ikki ko‘z bilan qarab, oynani yorug‘lik kelayotgan deraza tomonga burib yorug‘lik ko‘rish maydonchasiga to‘liq tekis to‘planilanadi. 8. Yorug‘lik yoritqich asbobi (OI 19, OI 24) yoki elektr lampasidan foydalanilganda yorug‘lik tekis tarqalishi uchun xira matovыy filtrdan foydalanish kerak bo‘ladi. 9. Tayyor yoki tayyorlangan preparat buyum stolchasiga qisqichlar yordamida joylashtiriladi. 10. Tubus ob’ektivi bilan makrovint yordamida bir – oz ko‘tariladi. so‘ngra chap ko‘z bilan okulyarga qarab turib preparatlardagi tasvir aniq ko‘ringuncha makrovintlar sekin xarakatlantiriladi.
11. Agar ko‘rilayotgan jismni bir qismini katta ob’ektivda (20 x, 40 x) ko‘rish zarur bo‘lsa, tubusni ko‘tarmasdan turib, revolverni katta ob’ektiv tomon sekin –asta aylantiriladi. Ob’ektiv stolga to‘g‘ri vertikal turish kerak, ob’ektivning to‘g‘ri joylashganligini yana sekin chiq etib tovush chiqarib to‘xtaganidan xam bilish mumkin. Revolverni katta ob’ektivga o‘tkazilganda predmet oynasidagi jismni tasviri yo‘qoladi. Bu vaqtda mikrovintni tasvir aniq ko‘ringunga qadar sekin yarim aylanma xarakat qilish kerak bo‘ladi. 12. Tasvirni aniq ko‘rinishini yana diafragma yordamida uni kattaroq ochib yoki yopib ham to‘g‘rilash kerak bo‘ladi. 13. O‘rganilayotgan ob’ekt katta ob’ektivda kuzatib bo‘lingach, revolver yordamida yana kichik ob’ektivga (8 x) sekin –asta o‘tkaziladi. Preparat stolchadan olinadi, buyum stolchasi yumshoq latta bilan artiladi. 14. Mikroskopning ob’ektiv qismi toza va mayin paxta tolasidan to‘qilgan latta bilan artiladi.
15. Mikroskopning optik qisimlarini linzasi hech vaqitda qo‘l bilan, qog‘oz bilan yoki sintetik iplardan to‘qilgan lattalar bilan artish mumkin emas, chunki ularning iplari dag‘al bo‘lib, linzalarni tirnab, ishdan chiqaradi. 16. Ish tomom bo‘lgandan keyin mikroskopning kichik ob’ektiviga o‘tkazgan xolida ichiga chang kirmasligi uchun yashikchaga yoki shisha qalpoq tagiga yig‘ishtirilib qo‘yiladi. 17. Mikroskop bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilganda albatta ikki qo‘l bilan ushlash zarur. Bir qo‘l bilan mikroskopning to‘g‘ri yoki egilgan tubusni ushlab turuchi qismini, ikkinchi qo‘l bilan mikroskopning ostki qismidan ushlash kerak. 18. Agar mikroskopning biror qismini ishlatish qiyin bo‘lsa. kuch ishlatish yaramaydi. Bu vaqtda o‘qituvchi yoki uni biladigan usta yordamida sababini aniqlash kerak bo‘ladi. 19. Mikroskopning optik qismini turli urilishlardan, ximik aktiv moddalarni (ishqor, turli kislotalar, turli eritmalar) tegishidan saqlash kerak.
3 -laboratoriya mashg‘uloti: «Piyoz po‘stidan va chigit tuklaridan preparat tayyorlash va ularni mikroskopda ko‘rish» . Piyozni qurigan po‘stidan tozalab, etli po‘stidan bir bo‘lakni kesib olinadi. Pinset bilan po’stdagi yupqa shaffof pardani ajratib olinadi, uni buyum oynasi ustidagi bir tomchi suvga suyiladn. Usti qoplagich oyna bilan yopilib, ortiqcha suv filtr qog’ozi yordamida shimdirib olinadi va mikroskopning buyum stolchasiga qo’yib ho’jayra tuzilishi kuzatiladi. Namlangan chigit tuklaridan ajratib olinadi va buyum oynasidagi bir tomchi suvga kuyiladn, usti qoplagich oyna bilan yopiladi, ortiqcha suvfiltr kogozi bilan shimdirib olinadi va mikroskopda kuzatiladi.
4 -laboratoriya mashg‘uloti: «Ildizning tizimlari bilan tanishish» . Ildiz tukchalari joylashgan qismidan skalpel yordamida kesibolinib, buyum oynasiga qo’yiladi. Tomizgich yordamida bir tomchi suv tomiziladi va qoplagich oyna bilan yopiladi. Tayyor bo’lgan vaqtinchalik preparat mikroskopda ko’riladi. Ildiz qinchasi va uchidan tayyorlangan doimiy mikropreparatlardan hujayralari ko‘rib ular o’rtasidagi farqlar aniqlanadi.
Biologiya 9 - sinf 1 -laboratoriya mashg‘uloti: "1. Pichan tayoqcha bakteriyasini mikroskopda ko'rish" Asbob va materiallar. Mikroskop va u bilan ishlash uchun zarur jihozlar, pichan ivitmasi, metilen ko'k bo'yog'i, akvarium devori yoki ko'lmak suvdan olingan suv o'tlar. 1. Kolbaga suv bilan birga bir necha pichan bo'laklardan soling va kolbaning og'zini paxta bilan berkiting. 2. Kolbadagi aralashmani 15 daqiqa davomida qaynating. 3. Qaynatilgan aralashmani filtrlab 20 25 °C haroratda bir necha kun saqlang. 4. Hosil bo'lgan aralashmani sirtidagi yupqa pardadan shisha naycha yordamida bir bo'lagini olib uni buyum oynasiga joylashtiring. 5. Buyum oynasini qoplag'ich oyna bilan berkitib uni mikroskop ostida kuzating. 6. Qoplagich oyna ostiga suyultirilgan siyoh yoki metilen sinkasi (ko'k bo'yoq) tomizing. 7. Havo rang ostida harakatchan bakteriyalar bilan birga yaltiroq ovalsimon tana chalar ya'ni, sporalar ham ko'rinadi.
"2. Ko'k-yashil suv o'tini mikroskopda ko'rish" 1. Akvarium devori yoki boshqa ko'lmak suv tubidagi suv o'tlari hosil qilgan yupqa pardani nina yordamida oling. 2. Undan preparat tayyorlab mikroskopning avval kichik, so'ngra katta obektivlarida kuzating. 3. Yupqa parda ingichka ko'phujayralilardan tashkil topganiga e'tibor bering. 4. Ipchalar ko'k yashil rangda bo’lib ularning tebranayotganligini kichik va katta obektivlarda kuzating. 5 Katta obyektivda har bir ipcha bir xildagi mayda yadrosiz va xloroplastsiz hujayralardan tuzilganligiga e'tibor bering. 6. Hujayraning o'rta qismi rangsiz va chekkalari esa pigmentlardan iborat biroz to'qroq rangda ekanligini kuzating.
2 -Laboratoriya mashg'uloti: "O'simlik va hayvon hujayralarini o'rganish" Asbob va materiallar: mikroskop, buyum va qoplovchi oyna, filtr qog'oz, qizil piyoz epidermisi, odamning og'iz bo'shligidagi shilliq qavat hujayralari, yod eritmasi, toza qoshiqcha. 1. Piyoz epidermisi hujayralarini kuzatish. O'simlik hujayrasi holatining rasmini chizing. 2. Og'iz boshligidagi shilliq qavat hujayralarini kuzatish. a) Toza buyum va qoplag'ich oynalarni tayyorlab, buyum oynasi o’rtasiga ikki tomchi yod eritmasidan tomizing. b) Og'zingizni oching va toza qoshiq bilan yuz lunjining ichki tomoni yuzasidan qoshiqchani bir necha marta yurgazib olingan namunadan mikropreparat tay yorlab uni mikroskopda kuzating. d) Hujayraning shakli, donador sitoplazma va yadroga etibor bering. e) O'simlik va hayvon hujayralarining farqini aniqlang.
3 -Laboratoriya mashg'uloti: "O'simlik hujayrasida plazmoliz va deplazmolizni kuzatish" Hujayra shirasida suvda eriydigan birikmalar ko'p bo'Iadi. Agar biz hujayrani tuzli eritmaga botirsak, hujayra tarkibidagi suv, hujayra tashqarisiga chiqa boshlaydi. Bunda hu jayra tarangligi yo'qolib hujayra pardasi asta sekin burisha boshlaydi. Bu hodisa plazmoliz deb alaladi. Agar shu hujayra yana toza suvga botirilsa, u o'zining avvalgi holatiga qaytadi, ya'ni deplazmolizhodisasi ro'y beradi. Asbob va materiallar: qizil piyoz, Na. CI eritmasi, mikroskop. 1. Elodeya epidermisidan o'tkir pichoq bilan 3 x 4 mm qalinlikda bo'lakchalar tayyorlanadi. Pinset yordamida uni ajratib olib, predmet oynasidagi bir tomchi suvga botiriladi. Qoplovchi oyna bilan yopib mikroskop ostida kuzatiladi. Hujayra holatining rasmini chizing. 2. Buyum oynasining bir tomoniga osh tuzi eritmasidan bir tomchi tomiziladi. Ikkinchi tomondan esa filtr qog'oz yordamida qoplovchi oyna tagidan suv tortib olinadi. 5 7 daqiqadan so'ng hujayra pardasi torayib, burisha boshlaydi. Bunda plazmoliz ro'y beradi. 3. Buyum oynasidagi osh tuzi eritmasi yana yuqorida ko'rsatilgan yo'I bilan toza suvga almashtiriladi. 5 7 daqiqadan keyin hujayra dastlabki holatiga qaytadi. Bu deplazmoliz hodisasi bilan bog'liq.
4 -Laboratoriya mashg'uloti: "Amilazaning kraxmalga ta'siri" Amilaza fermenti kraxmalni shakargacha parchalaydi. Amilaza fermenti unayotgan donlarning tarkibida va odam so'lagida ko'p bo'ladi. Shuning uchun ferment shirasini unayotgan don maysalaridan (sumalakni eslang) yoki solakdan tayyorlash mumkin. Buning uchun og'izni bir ikki xo'plam suv bilan yaxshilab chayqaymiz, so'ng bir xo'plam suvni 2 3 daqiqa davomida og'izda ushlab turiladi va bo'sh stakanga solinadi. Shu yo'l bilan tayyorlangan so'lak eritmasi amilaza fermenti shirasi hisoblanadi. Tajriba uchun yana yodning 1% li va kraxmalning 0, 5% li eritmasi tayyorlanadi. 1. Ikkita quruq probirka olamiz. 2. Birinchi probirkaga 1 2 ml suv va 1 2 ml kraxmal eritmasi quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Uning ustiga 1 tomchi yod tomiziladi. Ko'k rang hosil bo'ladi. 3. Ikkinchi probirkaga 1 2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1 2 ml kraxmal eritmasidan quyamiz va 5 daqiqa o'tgandan keyin 1 tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkada ko'k rang emas, balki qizg'ish yoki sariq rang paydo bo'ladi. Bu kraxmalni ferment ta'sirida parchalanganidan darak beradi.
5 -Laboratoriya mashg'uloti: "O'simlik bargida organik moddalarning hosil bo'lishi" Ma'lumki, o'simlik barglarida hosil bo'ladigan asosiy organik modda kraxmaldir. U quyosh nuri ta'sirida hosil bo'ladi. Agar biron bir usul bilan bargning ma'lum qismiga quyosh nurining ta'siri to'sib qo'yilsa, o'sha joyda kraxmal hosil bo'lmaydi. Bu hodisani quyidagi tajribada tekshirib ko'rish mumkin. Asbob va materiallar: Etil spirti, yodning 1% li eritmasi, yorongul, xona o'simligi, ochiq joyda o'sayotgan barg sathi katta birorta o'simlik (otquloq yoki chinor daraxti). Ish tartibi: 1. O'simlik bargini ostki va ustki tomonini to'sadigan qora qog'oz olib, har ikkala tomonidan bir xil ko'rinishga ega shakl (uchburchak, to'rtburchak) kesib olinadi va u bilan bargga qistirg'ichlar yordamida biriktirib qo'yiladi. 2 soat o'tgandan keyin barg kesib olinadi, qog'oz olib tashlanadi va qaynab turgan suvda 2 3 daqiqa ushlanadi, so'ngra pigmentlardan tozalash uchun spirtga solinadi, keyin spirtdan olib suvda yuviladi. So'ngra bargni yod erilmasi solingan idishga olamiz. Shisha tayoqcha yordamida barg tekislansa bargning ochiq joyida ko'k rangli dog' hosil bo'lganini ko'ramiz. Bargni yopib qo'yilgan joylari rangsiz bo'ladi, chunki kraxmal hosil bo'lmaydi.
6 -Laboratoriya mashg'uloti: "G'o'za, pomidor, nomozshomgulning chatishtirish natijasini gerbariy asosida o'rganish" Ishning maqsadi: o'quvchilarga irsiylanishga oid bilimlarni gerbariyiar asosida mustahkamlash. Kerakli jihozlar: G'oza, pomidor, nomozshomgulning har xil navlaridan tayyorlangan gerbariylar, g'o'zaning oq, qo'ng'ir, mallarang, novotrang lolalari, pomidorning turli shakl va rangdagi mevalari. Ishning borishi: O'quvchilar 3 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh alohida o'simliklar ustida ishlab, ish natijalarini e'lon qilib, himoya qiladi. Topshiriqlar 1. Pomidor o'simligining har xil navlari gerbariylarini o'rganib chiqing. Domi nant, resessiv belgilarini aniqlang, poya, barg, meva shakllarini o'rganib chi qing va taqqoslang. 2. G'o'za o'simligini har xil navlaridan tayyorlangan gerbariylarni o'rganib chiqing. Dominant, resessiv, oraliq belgilarini aniqlang. Tola ranglarini turlicha bo’lish sababini o'rganing. 3. Nomozshomgul o'simligini qizil, oq, pushti gulli navlarini gerbariylar asosida o'rganing. Poya, barg, gul tuzilishini taqqoslang. Ish natijalari asosida quyidagi jadvalni to'ldiring va masalani eching. 1. Go'zada malla rangli tola oq tola ustidan dominantlik qilgani uchun F, bo'ginda novvot rang tolasi forma hosil bo'ladi. Agar F, duragaylar resessiv organizmlar bilan o'saro chatishtirilsa F bda qanday natiga olinadi. 2. Nomozshomgulning qizil va oq gultojibargli formalari o'zaro chatishtirilsa F 1 va F 2 bo'g'inda qanday ajralish knzatiladi? Tahliliy chatishtirish o’tkazilsa chi?
Dominant Resessiv O'simlik turi belgi G'o'za Pomidor Nomozshom gul Oraliq holda hosil bo'ladigan belgi
7 -8 -Laboratoriya mashg'uloti: "Genetikadan masala va mashqlar yechish" Genetikadan masala yechish yoki bajarish nazariy bilimlar qay darajada o'zlastirilganligiga uzviy bo'g'Iiqdir. Agar o'quvchi genetikadan zarur nazariy bilimga ega bo'lmasa, masala yoki mashqlarni mustaqil ravishda yecha olmaydi. Shunga ko'ra, o'qituvchining masala, mashq yechishni o'rgatishi ularga puxta va atroflicha bilim berishdan boshlanishi kerak. Dastur (alablariga mos bilimlarni o'quvchilar puxta o'zlashtirishlari uchun har bir mavzu o'tilayotganda o'qituvchi jadval, diafilm yoki kinofilmlami ko'rsatish orqali tayyor bilim bermasdan, balki o'quv mate rialini qismlarga (fragmentlarga) ajratgan holda, ularning faolligini oshirish kerak. Ya'ni muammoli savollar berish, dialog usulda dars o'tish, doskadan keng foydalanish, ma salan, ota ona va duragaylar turii tog* interning genotipini va fenotipiti yozish, mono-, di -, poliduragaylardan gametalar olish, duragaylar orasidagi xilma xillikni doskada tahlil qilish yoki genlarning o'zaro ta'sir mexanizmini yozib tushuntirish muhim ahamiyatga ega.
Mustaqil yechish uchun masalalar. 1. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy loj resessiv (a). Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli ho'rozlar bilan chatishtirifdi. F, duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo'ladi? A) Agar F, o'zaro chatishtirilsa, F 2 da qanday natija kutish mumkin? B) F, oddiy tojli ho'rozlar bilan qayta chatishtirilsachi? 2. Quyonlarda yungining normal uzunligi dominant (B), qisqaligi resessiv belgi (b) hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatishtirilganda qanday fcnotipli organizmlar olinadi? Bbx. Bb; BBxbb; Bbx. BB. 3. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ota ona organizmlar qizil rangga edi, iekin ular chatishtirilganda 3/4 qizil, 1/4 sariq pomidor hosil bo'ladi. Ota onaning va F, duragaylarning geno tipini aniqlang. 4. Odamda qo'yko'/lik dominant, ko'kko'zlik resessiv belgi. Nikohlangan yigit va qizning bin qo'yko'z, ikkinchisi esa ko'kko'z bo'lsa, ular farzandlarining ko'zi qanday bo'ladi? 5. G'o'zaning och antosianli gulli o'simliklari o'zaro chatishtirilishida 680 ta o'simlik olindi. Shundan 340 tasi och antosian rangi. Qolgan o'simliklarning qanchasi yashil rangli bo 4!gan? 6. Kulrang andaluz tovuqlari o'zaro chatishtirilganda, naslda qora, oq va kulrang path formalar hosil bo. Mdi: a) bu hodisani qanday tushunish mumkin? b) agar kulrang tovuqlar qora path ho'rozlar bilan chatishtirilsa, qanday natija chiqishi mumkin? 7. Makkajo'xorining so'tasi 20 va 8 sm. Dominant gen 5 sm, resessiv gen 2 sm uzunlikni namoyon etsa, u holda: a) F, da sovtaning uzunligi qancha bo'ladi? b) 3 ta dominant genii formalar F 2 dagi 960 ta o'simlikdan nccha qismini tashkil etadi?
8. Quyonlarning Baron zotining quloq suprasi uzunligi 28 sm, boshqa zotniki 12 sm ga teng. Quyonlarning Baron zotining genotipi D, D, D 2 D 2 ikkinchi zotniki d, d, d 2 d 2 bo'lsa, ularni o'zaro chatishtirish natijasida F, duragaylarning quloq suprasi necha sm bo'ladi? Agar F, duragay quyonlarning urg'ochi va erkagi o'zaro chatishtirilsa, F 2 da qanday natija kutilishi mumkin. 9. Pomidor mevasining yumaloq shakli (A), noksimon shakli (a), qizil rangi(B), sariq rangi (b) bo'lsa u hoida quyidagi genotipga organizmlar mevasining shakli va rangini aniqlang: a) aa. Bb; b)Aa. Bb; d) Aa. BB; e)aa. BB; 0 AABB; g) Aa. BB; h) aabb. 10. No'xatning uzun poyali, oq gultojibargli formasi kaita poyali, qizil gultojibargli formasi bilan chatishtirilgan, F, da 120 ta uzun poyali, qizil gultojibargli, F 2 da 720 ta o'simlik hosil bo'ladi. a) F, necha xil genotipga ega bo'ladi? b) F, necha il gameta liosil qiladi? d) F 2 dagi o'simlikning nechtasi uzun poyali, qizil gultojibargli bo'ladi? e) F, dagi o'simliklarning nechtasi uzun poyali, oq gultojibargli bo'lai? 11. Qovoq mevasining oq rangi — W, sariq rangi — Y, yashil rangi — у gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagicha gcnotipga cga qovoqlar chatishtirilsa, ulaming fenotipi qanday bo'ladi? a) ww. Yy x ww. Yy; e) WWYy x wwyy; b) Ww. Yy x Wwyy; 0 Wwyy x Ww. YY; d) Ww. YY x Wwyy; g) Ww. Yy x wwyy.
12. Ikkita sariq rangli qovoq chatishtirilgan. 3: lnisbatda sariq va yashil qovoqlar hosil bo'lgan. Chatishtirishda ishtirok etgan qovoqlarning genotipini aniqlang. 13. Xushbo'y no'xat o'simligi gultojibarglarning qizil bo'lishi dominant gen ta'sirida ro'y bcradi. Digeterozigota qizil gulli xushbo'y no'xat ikki noallcl gen bo'yicha gomozigota bo'lgan oq gulli resessiv xushbo'y no'xat bilan chatish tirilgan. Hosil bo'lgan F, ning genotipi va fenotipini aniqlang. 14. Genotipi har xil bo'lgan oq pillali ikkita ipak qurtining kapalaklari chatish tirilgan. F, da duragaylar sariq pilla hosil qiigan. Ularning urg'ochi va erkak kapalaklari o'zaro chatishtirilganda F 2 da ikki xil fenotipik sinf 9/7 nisbatda sariq va oq pillali ipak qurtlari hosil bo'lgan. F 2 duragay tut ipak qurti kapa laklarning genotipini aniqlang.
9 -Laboratorlya mashg'uloti: "Oslmlik va hayvonlardagi o'zgaruvchanllknl variatslon qatorl va egri chizig'i" Mavzuning maqsadi: reaksiya me'yori, organizmlarning moslanuvchanlik chegarasi haqidagi o'quvchilarning bilimini chuqurlashtirish. Modifikalsion o'zgaruvchanlikning statistik qonuniyatiari to'g'risida bilimlarni shakllantirish, belgilarniiig o'zgaruvchanligini variatsion qatori, tajriba yo'li bilan variatsion qator olish va reaksiya me'yorining egri chizig'ini hosil qilish. Labaratoriya mashg'ulotining asosiy qoidalarini mustahkamlash. Organizm belgilarini tashqi muhit omillari ta'sirida o'zgarishi. Modifikasion o'zgaruvchanlikning statistik qonuniyatiari. Organizmda o'rtacha belgilarning ko'p uchrashiu sabablari. Jihozlar (har bir stolga): biologik ob'ektlar yig'indisi: loviya urug'i, dukkak, bug'doy boshoqlari, olma barglari, akatsiya barglari va boshqalar. Har biri 100 donadan kam bo'lmasligi kcrak. Uslubiy tavsiyalar: O'qituvchi modifikatsion o'zgaruvchanlikning statistik qonuniyatiari, namoyish qilinayotgan ob'ektlar haqida qisqacha ma'lumot bcradi. Mashg'ulotning borishi. 1. Labaratoriya mashg'uloti o 4 kazishning maqsadi, vazifasi, olinadigan xulosalar haqida ko'rsatmalar berish. 2. 2. Mashg'ulotni o'tkazish. 3. Labaratoriya mashg'ulotining yakuni haqida umumlashtiruvchi suhbat. Instruktiv kartochka: a) bitta o'simlik bargining urug'i, dukkagi va boshoqlarining uzunligiga qarab ket ma ket terib chiqing; b) barg uzunligini o'lchang, olingan ma'iumotlarni daftaringizga yozing. Barglarning bir xil uzunlikka ega bo'lganlarini sanang va jadvalga kiriting: d) o'zgaruvchanlikni grafik jihatdan aks cltiruvclii variatsion egri chiziqni chizing; e) formuladan foydalanib o'rtacha kattalikni keltirib chiqaring: M — o'rtacha kattalik, V — variantlar, R — uchrash tezligi, n — ob'ckt soni, E — tanlash belgisi.
- Slides: 29