NDPI Tarix fakulteti Tarix oqitish metodikasi yonalishi 4

  • Slides: 18
Download presentation
NDPI Tarix fakulteti Tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi 4 -kurs talabasi Tohirova E’tiborning “QOYATOSH TASVIRLARI

NDPI Tarix fakulteti Tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi 4 -kurs talabasi Tohirova E’tiborning “QOYATOSH TASVIRLARI O’LKA TARIXINI O’RGANISHDA MANBA SIFATIDA” mavzusida tayyorlagan Taqdimoti

Mavzu: QOYATOSH TASVIRLARI O’LKA TARIXINI O’RGANISHDA MANBA SIFATIDA Reja: Kirish I BOB. QOYATOSH TASVIRLAR

Mavzu: QOYATOSH TASVIRLARI O’LKA TARIXINI O’RGANISHDA MANBA SIFATIDA Reja: Kirish I BOB. QOYATOSH TASVIRLAR - IBTIDOIY SANA’TNING ILK NAMUNALARI 1. 1. Qoyatosh tasvirlar shakllanishi shart-sharoitlari va rivojlanish omillari 1. 2. O’rta Osiyodagi qoyatosh tasvirlar umumjahon merosi sifatida II BOB. O’LKA TARIXINI TADQIQ ETISHDA QOYATOSH TASVIRLARI TARIXIY MANBA SIFATIDA (Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy misolida) 2. 1. Sarmishsoy qoyatosh tasvirlari- Navoiy viloyatidagi “Zangori osmon ostidagi muzey” 2. 2. Sarmishsoy qoyatosh tasvirlarining qiyosiy tavsifi. XULOSA.

Kirish n Prezident Islom Karimovning “har qaysi xalq yoki har qaysi millatning ma’naviyatini uning

Kirish n Prezident Islom Karimovning “har qaysi xalq yoki har qaysi millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urfodatlari va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi: n Tariximizni noyob yodgorliklari, ilk sivilizatsiya o’choqlaridan biri o’lkamizdir. O’lkamizning eng

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi: n Tariximizni noyob yodgorliklari, ilk sivilizatsiya o’choqlaridan biri o’lkamizdir. O’lkamizning eng qadimgi tarixi haqida guvohlik beruvchi qoyatosh suratlar bunga yorqin misol bo’la oladi. Mamlakatimizdagi tabiiy-tarixiy yodgorliklarni o’rganish, tarixini yoritish olimlarimiz oldida turgan dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Ilk sivilizatsiyani boshlang’ich nuqtasi inson ma’naviy dunyosini aks ettirgan qoyatosh tasvirlarini o’rganish va uni ijodkorlari bo’lishi ilk ajdodlarimiz ko’z oldimizda gavdalantirilishi asosida o’lkamiz qadimgi tarixini qayta jonlantirish yosh avlodni milliy o’zlikni anglash ruhida tarbiyalash omillaridan biri bo’lib xizmat qiladi.

Tadqiqot mavzusining maqsad va vazifalari: Mustaqillik sharofati bilan yurtimiz tarixini yoritib beruvchi moddiy manbalarni

Tadqiqot mavzusining maqsad va vazifalari: Mustaqillik sharofati bilan yurtimiz tarixini yoritib beruvchi moddiy manbalarni tadqiq etish, tarixiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalarida yoritish, o’lkamiz tarixiga oid manbalarni avvalo yoshlar ongiga yetkazish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Tarixiy asori atiqalar va milliy qadriyatlarni uyg’unlashtirgan holda keng targ’ib etish yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash masalasiga ushbu tadqiqot mavzusining asosiy maqsad va vazifalaridan biri hisoblanadi. O’lkamiz tarixini yoritib beruvchi qoyatosh yodgorliklarini o’rganish, mavjud muammolarni hal etish olimlarimiz oldida turgan dolzarb masala bo’lib qolmoqda.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: XX asrdan boshlab dunyoning boshqa qit’alarida mavjud bo’lgan bunday tabiiy-tarixiy yodgorliklarni

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: XX asrdan boshlab dunyoning boshqa qit’alarida mavjud bo’lgan bunday tabiiy-tarixiy yodgorliklarni ilmiy-amaliy tadqiq qilish keng miqyosda ilgari to’plangan tajribalar asosida fundamental tadqiq qilina boshlandi. Bizning vatanimiz ilk odam yashagan qadimiy maskanlardan biri hisoblanadi. Ilk odamlar yaratgan tasviriy san’at namunalari O’rta Osiyoning turli hududlaridan topilgan. O’lkadagi qadimiy tasvirlar haqidagi dastlabki ma’lumotlar o’rta asrning mashhur allomasi Abu Rayhon Beruniy asarlarida uchraydi. Beruniy kimaklar mamlakatidagi sirli rasmlar ustida gapirib, bu tasvirlar mahalliy aholining diniy e’tiqodi bilan bog’liq bo’lishi mumkinligini bayon etadi. Hozirda O’zbekiston hududida 140 dan ortiq qoyatosh tasvirlari yodgorliklari mavjud.

Qoyatosh tasvirlari jonli tarix guvohi

Qoyatosh tasvirlari jonli tarix guvohi

San’atning yuzaga kelishi insoniyat taraqqiyotida buyuk bosqich bo’ldi. Ibtidoiy jamoa ichida ijtimoiy aloqalarni yuzaga

San’atning yuzaga kelishi insoniyat taraqqiyotida buyuk bosqich bo’ldi. Ibtidoiy jamoa ichida ijtimoiy aloqalarni yuzaga kelishiga, ma’naviy olamni, ularning go’zallik haqidagi tushunchalarini shakllanishiga xizmat qilgan san’at o’z rivojida animizm (tabiat hodisalariga insoniy fazilatlarni berish) va totemizm (hayvonlarga sig’inish, urug’ jamoasining kelib chiqishini biror hayvonga taqalishi) kabi afsona va qarashlarga tayangan. Dastlab sodda shakli, belgi tarzidagi tasvirlardan asta-sekin hayvonlar xususiyati, ko’rinishi, xarakterini haqqoniy va to’laqonli tasvirini yaratishga o’tishdan va shular asosida kishilar hayoti, yashash tarzi haqida keng mulohaza yuritadigan murakkab kompozitsiyalar yaratish jarayoniga yetib borgan, realistik shakllar zaminida esa soddalashtirilgan handasiy shakllar darajasiga qadar ko’tarilgan belgi va siymolar orqali murakkab his-tuyg’u, fikrlarni ifodalovchi naqsh mujassamotlari va yozuvlar paydo bo’lishiga olib kelgan.

l Qoyatosh rasmlari dunyoning barcha joylarida ma’lum bo’lib, paleolitdan to o’rta asrlargacha bo’lgan davrda

l Qoyatosh rasmlari dunyoning barcha joylarida ma’lum bo’lib, paleolitdan to o’rta asrlargacha bo’lgan davrda yaratilgan. Afrika (Sahroi Kabir va jan. tog’larda), Amerika (Alyaska, And va boshqa tog’lar), Yevropa va Avstraliyaning tog’liq hududlarida ko’p uchraydi; Rossiya (Amur, Lena, Yenisey, Ob, Irtish, Baykal ko’li sohillari), Qozog’iston, O’rta Osiyo (Qoratog’, Bo’kantog’, Tomditog’, Tyanshan. Pomir, Nurota va boshqa hududlar)dan topilgan petroglif qoyatosh rasmlari diqqatga sazovor. Fransiya, Ispaniya, Italiya, Hindiston, Rossiya (Lena, Amur, Baykal ko’li sohillari, Ural, Dog’iston), O’zbekiston (masalan Zarautsoy rasmlari, Sangijumon, Oqsoqolotasoy rasmlari)da rangli qoyatosh rasmlari topib o’rganilgan.

l Yurtimizda ushbu noyob san’at o‘rta va yangi tosh davrlarida, ya’ni bugungi kunimizdan chamasi

l Yurtimizda ushbu noyob san’at o‘rta va yangi tosh davrlarida, ya’ni bugungi kunimizdan chamasi V ming yillar ilgari paydo bo‘lgan. Suratlar asosan ikki xil usul — urib cho‘kichlash va tabiiy bo‘yoqlar yordamida ishlangan. Birinchi usulda rasmlar uchi o‘tkir, tig‘li temir va po‘lat asboblar bilan toshlarni o‘yib ishlangan. Bu yer yuzidagi ko‘pgina qoyatosh tasvirlarga xos uslub bo‘lib, fan tilida nuqtali usul deb ataladi. Keyingisida ilk rang-tasvir ustalarining mahorati ko‘zga tashlanadi. Ular qizil kesak — angobni hayvon tanasidagi ma’lum bir suyuqlikka qo‘shib bo‘yoq tayyorlaganlar. Rasmlarga cho‘p, qamish, suyak va qushlarning pati vositasida jilo berilgan. Bu turdagi qoyatosh suratlarining deyarli hech bir o‘zgarishsiz hozirgi kunimizgacha saqlanib qolishi, ajdodlarimiz aqlzakovatining mahsuli bo‘lgan ilk bo‘yoqlarning sifati juda yuqoriligidan dalolat beradi. O‘zbekistonda 100 dan ortiq ana shunday nodir san’at namunalari aniqlangan.

§ Qoyatosh rasmlarini davrlashtirishdagi muhim omillardan biri tasvirlarning ishlanish uslubi va texnikasini o’rganish bilan

§ Qoyatosh rasmlarini davrlashtirishdagi muhim omillardan biri tasvirlarning ishlanish uslubi va texnikasini o’rganish bilan bog’liqdir. San’at tarixidan ma’lumki qadimgi odamlar tabiatdagi barcha narsani o’z holicha, ya’ni qanday ko’rishsa shu holda chizib qoldirishga harakat qilishgan. Davrlar o’tishi bilan bu aniqlik holati soddalashib boradi. Demak, turli davrlarda chizilgan rasmlarning ishlanish uslublari ham o’zgarib borgan. Bunday holatni Qoraqiyasoy qoyatosh rasmlarining chizilish texnikasi va uslublari ustida olib borilgan kuzatishlarimiz ham tasdiqladi. Bir rasm ustidan ikkinchi rasmning ishlanishi ham rasmlarning turli davrlarda ishlanganligidan dalolat beradi.

Qoraqiyatosh tasvirlari • Qoraqiyasoy qoyatosh rasmlari ustida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari shuni

Qoraqiyatosh tasvirlari • Qoraqiyasoy qoyatosh rasmlari ustida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari shuni ko’rsatadiki, ular orasida er. avv. 1 ming yillikgacha bo’lgan davrda ishlangan qadimiy rasmlar ko’pchilikni tashkil etadi. Bu rasmlar orasida odam, ibtidoiy buqa, kiyik, qulon, jayron, tog’ echkisi, mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqichlar (qoplon, leopard, gepard), it, bo’ri va boshqa shu kabi hayvonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Undan tashqari geometrik romb shaklidagi belgilar, sodda va murakkab yoy tasvirlari mavjuddir. Bu davrga mansub bo’lgan rasmlarning sirti quyosh nuri, shamol, yog’ingarchilik va xilma-xil tabiat hodisalari natijasida toshning tabiiy sirti kabi qorayib, kuyib uniqib ketgan, nuragan, yemirilib darz ketgan va birmuncha silliqlashgan. Shuning uchun tosh sathidagi tasvirlarni darhol payqab, ajratib olish mushkul.

 • Turli davr hayvonlari tasviri.

• Turli davr hayvonlari tasviri.

QORAUNGURSOY RASMLARI Nurota tog’lari Qoratog’ tizmasining janubiy yon bag’ridagi Qoraungursoy qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy

QORAUNGURSOY RASMLARI Nurota tog’lari Qoratog’ tizmasining janubiy yon bag’ridagi Qoraungursoy qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Navbahor tumani hududida. X. Muhamedov topgan. N. Toshkanboyev, A. Kabirovlar tomonidan o’rganilgan. Rasmlar (250 dan ortiq)ning asosiy qismi mil. av. 1 -ming yillikning 2 -yarmiga mansub, ilk o’rta asrlarga oid rasmlar ham uchraydi. Rasmlar uslub jihatidan har xil bo’lib, bu ularning turli davrlarda yaratilganidan darak beradi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan urib-o’yib soyali oddiy chiziqlar uslubidan ishlangan. Qoyalarda chavandozlar, ot, it, echki, qo’y, to’ngiz, arxar, yirtqich hayvonlar va boshqalar tasvirlangan.

Soymalitosh rasmlari o Farg’ona tog’ tizmasining Ko’gart dovoni yaqini (Qirg’iziston hududi) dagi qoyatoshlarga ishlangan

Soymalitosh rasmlari o Farg’ona tog’ tizmasining Ko’gart dovoni yaqini (Qirg’iziston hududi) dagi qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar. 1902 - yilda topograf N. Xludov topgan. Dastlab I. Poslavskiy, keyinroq B. Zima, A. Bernshtam, Yu. Golyanduxin va boshqalar tomonidan o’rganilgan. Soymalitosh rasmlarining umumiy soni 10— 12 mingdan ortiq bo’lib, bu yerda eng ko’p qoyatosh rasmlari to’plangan. Soymalitosh rasmlari turli davrlarda yaratilgan: mil. av. 3 ming yillikda, yana bir qismi mil. av. 1 ming yillikning 2 -yarmida ishlangan; mil. 1— 8 -asrlar va undan keyingi davrlarga mansub rasmlar ham uchraydi. Soymalitosh rasmlari qattiq buyum, tosh bilan urib o’yib soya, oddiy chiziqlar, narsalar shakli va naqshdor uslubda ishlangan. Yovvoyi buqa, ot, it, tog’ echkisi, arhar, qoplon, quyosh tasviri, chayla, o’qyoy va boshqalar bor; yer haydash, raqs lavhalari, qandaydir diniy marosimlarni bajarayotgan kishilarning tasvirlari ham uchraydi.

Sarmishsoy § Zarafshon vohasini quyi oqimidagi Sarmishsoy qoyatosh tasvirlari XIX asrning 30 yillarigacha hech

Sarmishsoy § Zarafshon vohasini quyi oqimidagi Sarmishsoy qoyatosh tasvirlari XIX asrning 30 yillarigacha hech kimga ma’lum emas edi. Bu hududda (Navoiy regioni) mavjud petrogliflar haqida dastlabki ma’lumotlar 1838 yilgi ma’lumotlarda uchraydi. Navoiy shahridan 40 chaqirim narida Qoratog’ning janubiy yon bag’rida joylashgan Sarmishsoy qoyatosh tasvirlari X. I. Muhammedov tomonidan 1958 yil aniqlangan. Bu petrogliflarni birinchi bo’lib N. Toshkentboyev ilmiy tadqiq etdi. 1969 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va Arxeologiya instituti qoshida A. Kabirov boshchiligida respublika qoyatosh rasmlarini o’rganish maxsus otryadi tuzilgan. Bu otryad 1969 -1972 yillarda Sarmishsoyning o’rta qismida 6 -7 kmli masofada uning asosiy rasmlari joylashgan qismini o’rgangan. Dala ishlari vaqtida Qoratog’ oralig’idagi Tongotar, Bironsoy, G’o’rtut (Go’rtut), Qilichlik, Toytuyoq, Qoracharvoq, Umartol, Otchopgan va Naychaliksoy daralaridan qadimiy qoyatosh suratlarining yangi-yangi maskanlari topib, tekshirilgan va o’rganilgan.

Sarmishsoy qoyatosh trasvirlari na’munalari

Sarmishsoy qoyatosh trasvirlari na’munalari

n Sarmishsoy nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi dunyo fan olamidagi alohida va turli-tuman petroglifli

n Sarmishsoy nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi dunyo fan olamidagi alohida va turli-tuman petroglifli qoyatosh suratlarini o’zida jamlagan noyob tarixiy merosdir. Navoiy shahrida 2004 yilda Xalqaro arxeologik ekspeditsiya Sarmishsoyni o’rganishga kirishdilar. 2004 yil 9 -10 oktyabr kunlari “Sarmishsoy tabiiy-tarixiy va madaniy merosini asrab avaylash va uni o’rganishning yangi qirralari” mavzusida ilmiy konferensiya bo’ldi. Bu Sarmishsoyni o’rganishdagi yangi bosqich bo’ldi. Konferensiya ishida Ozarbayjon, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O’zbekiston, Yaponiyalik mutaxassis olimlar; arxeolog, petroglifist, konservator, biolog, ekolog, geolog va ekoturizmni rivojlantiruvchi mutaxassis ekspertlar qatnashdilar, shu bilan bir qatorda respublikamiz va viloyatdagi tashkilotlarning madaniyat, ilmiy xodimlari ishtirok etishdi.