Buxoro davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiy gumanitar fakulteti tarix
• Buxoro davlat universiteti Ijtimoiy –iqtisodiy gumanitar fakulteti tarix yo’nalishi II bosqich magistranti Sabirov Azizbekning dissertatsiya ishi bo’yicha taqdimoti
Mavzu: Seydi Ali Raisning “Mirotul mamolik” asarida Yaqin va O‘rta Sharq • • • • Reja I bob. Mirotul mamolik tarixiy-memuar asar. I. 1. Asar muallifi haqida ma’lumot. I. 2. Asarning yozilish sabablari. II bob. Eron va Turkiyaga qilingan safar xotiralari. 2. 1. Erondagi voqealar to‘g‘risida 2. 2. Hindiston safari tafsilotlari III bob. “Mirotul mamolik”da O‘rta Osiyoning ijtimoiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 3. 1. Movarounnahr ijtimoiy-madaniy hayoti. 3. 2. Xuroson ijtimoiy-madaniy hayotining aks ettirilishi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Mavzuning dolzarbligi. XVI asr o‘rtalarida Eron, Afg‘oniston, Movarounnahr, Xuroson, Hindiston kabi mamlakatlarning ijtimoiyiqtisdoiy, siyosiy, madaniy hayoti haqida qimmatli manba hisoblangan”Mirotul mamolik” asari tarixshunosligimizda hali biror bir mustaqil tadqiqotga asos bo‘lmagan. Ushbu nuqtainazardan qaraganda men tanlagan magistrlik dissertatsiya ishi mavzusi dolzarbdir.
• Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. “Mirotul mamolik” o‘rta asr tarixi, etnografiyasi va geografiyasini o‘rganish nuqtai nazaridan ham qimmatli asardir. Mana shuning uchun ham Seydi Ali Rais va uning “Mirotul mamolik” asari sovet va G‘arbiy Yevropa sharqshunos olimlarining diqqatini bir necha bor o‘ziga jalb qilgan. Bu asar dastlab, Genrix fridrix fon Diz tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib, 1815 -yili uning “Osiyo memuarlari”da bosilib chiqdi. So‘ngra “Aziatik” jurnalida Morezning fransuz tiliga qilgan tarjimasi ham bosildi. Nihoyat 1899 -yili Vamberi uning ingliz tiliga tarjima qildi.
• Sovet arabshunoslarining otasi, marhum I. Y. Krachkovskiy o‘zining “Arab adabiyoti” nomli asarida Seydi Ali Raisning geografiyaga oid boshqa mashhur kitobi “Muhit”ning ahamiyatiga to‘xtab, Seydi Ali rais hayoti va ilmiy faoliyatiga doir chuqur ilmiy mulohazalar yuritgan I. Y. Krachkovskiy G‘arb olimlarining Seydi Ali Rais ilmiy faoliyati haqidagi ko‘pgina chalkash mulohazalariga chek qo‘ydi. Ko‘pdan – ko‘p ilmiy dalillar asosida Seydi Ali Raisning Sharq adabiyotida tutgan katta o‘rnini qayta tikladi. Seydi Ali Rais o‘z davrida fanning ko‘p sohalariga, xususan, geografiya, dengizchilik ilmi, adabiyot, tarix, hatto, astronomiya ilmlariga o‘z hissasini qo‘shgan bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik Sharq va G‘arb olimlari uni faqat Ummon dengiziga bag‘ishlangan mashhur “Muhit” asari tufayli taniganalar, xolos.
Tadqiqot ob’yekti • Seydi Ali Raisning “Mirotul mamolik” asari tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Dissertatsiyaning ilmiy-nazariy yangiligi • Ushbu tadqiqot nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlari tarixi to‘g‘risida shaxsiy kuzatuvlar natijasida yozilganligi bilan ham ahamiyatlidir. • Ushbu ma’lumotlar davr tarixni yoritishgan bir guruh manbalar bilan qiyosiy tarzda tahlil qilinganligi ishning ilmiy-nazariy yangiligiga xizmat qiladi.
Dessertasiyaning xronologik chegarasi. • Dessertatsiya mavzusining davriy chegarasi XVI asrning ikkinchi yarmi etib belgilandi. Chunki, tadqiq etilgan manba ushbu davrda yozilib hamda asardagi tarixiy ma’lumotlar ushbu davrda sodir bo‘linganligi bilan xarakterlidir.
Dessertasiyaning nazariy – metodologik asosi. • Tadqiqotning nazariy-metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tarixiy xotira va ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma’naviy meros masalalari xususidagi asarlari va nutqlari tashkil etadi. Dessertasiya tarixiy tadqiqot olib borishning tarixiylik, xolislik, pragmatik, senergetik, obyektivlik tizimlilik medotlari qo‘llanildi. Tadqiqotni medodologik jihatdan mustahkamlashdan XVI asr Yaqin va O‘rta sharq xususan O‘rta Osiyo mintaqasidagi tarixi masalalarga oid manbalar, shu bilan birga davriy hamda internet nashrlarda mavjud ilmiy maqolalardan foydalanildi.
Tadqiqi predmeti. • “Mirotul mamolik” asarida Yaqin va O’rta Sharq, xususan O‘rta Osiyo mintaqasi davlatlarining ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy tarixi masalalari ishning predmetini tashkil etadi.
Dissertasiyaning ilmiy-amaliy ahamiyati. • Ushbu magistrlik dissertatsiyadan kelib chiqilgan ilmiy xulosalar va tadqiqot natijalaridan kelib chiqilgan tavsilardan Tarixshunoslik va manbashunoslik, O‘zbekiston xalqlar tarixi, Osiyo va Afrika davlatlarning yangi davr tarixi kabi fanlarining doir ma’ruza va amaliy mashg‘ulotda qo‘shimcha ma’lumot sifatida hamda ilmiy risola, o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlashda foydalanish mumkin.
“Mirotul mamolik” asarida tarixiy atamalar Boshqa asarlarda uchramaydigan Movarounnahrdagi ziyoratgohlar: Ø Tojush Shar’iya, Sardush Shar’iya, Ø Chahorshanba-Denov (Surxandaryo) Dashti Ko‘laki – Qo‘rako‘l, Ø Seydi Alining yo’nalishlari Bozorinav Chahorshanba Ø Chag‘oniyon Ø Atamalar; Obiomu (Amudaryo, Oks, Araks, Jayhun)
• Ostanayi saodat – Istambul • Mulloyi Rum – Jaloliddin Rumiy • Burhonuddin Valad – Jaloliddin Rumiyning otasi – (xalq orasida Sultonul ulamo) qabrlari - Ko‘niya shahrida • Bahri muhiti – Hind okeani • daryoyi Qulzum – Kaspiy dengizi • Hiri – Hirot
“Mirotul mamolik” asarida dengiz ilmiga oid atamalar Ø Filondra – kema machtasiga o‘rnatilgan uzun kambar bayroq Ø Tiramula – yelkan arqonlarini bir ko‘ntra (ustun)dan yechib olib boshqa ustunga bog‘lash Ø Agar quruqlikdagi jangda bir davlatning ikkinchi davlatga jangdan so‘ng qilich topshirishi yoki oq bayroq ko‘tarishi mag’lubiyat belgisi bo‘lsa, dengiz jangida esa tiramula mag’lubiyat belgisidir. Ø Isqandil – dengiz chuqurligini o‘lchaydigan asbob Ø Saran – machtada yelkanni tikib qo‘yadigan yog‘och Ø Opozlama – kemaning yelkani shishib, gohi o‘nga; gohi chapga burilib sekin-sekin ketishi Ø Po‘pa puruva – Kemaning esib turgan shamolga muvofiq harakati Ø Duman – kema ruli
Ilmiy yangilik • Agra universitetining tarix va siyosiy ilmlar kafedrasi professori Ashirbodi Lal Srivastava “Dehli sultonligi” nomli muhim asarida Gujarot viloyatining 1297 -yili Alouddin Xiljiy tomonidan Dehli sultonligiga qo‘shib olinganligidan, to 1572 -yili Bobur Mirzo nabirasi Akbarshoh o‘z imperiyasiga qo‘shib olguncha bo‘lgan davrdagi tarixiy vaziyatni bayon qilib, shu o‘tgan 300 yilga yaqin tarixiy davr ichida Gujarot viloyatining 3 ta tadbirli hokimi nomini keltiradi. • - The Sultanate of Delhi bq Ashirbadi Zul Srivastova, C Agra, 1950, b. 179. • Seydi Ali Rais ma’lumoti: • Sind poytaxti Patnada Iso tarxonga qarshi feodallarning bosh ko‘tarishi
• Seydi Ali yozib qoldirgan bu ma’lumotlarning ahamiyati shundaki, ular O‘rta Osiyo temuriylar davlatida keng tarqalgan tarxonlik lavozimining Hindistondagi Sind viloyatiga ham yoyilganligi, u yerda ham bu lavozim egasi bo‘lgan feodallarning huquqlari nihoyat bepoyon ekanligi va XVI asr o‘rtalarida Hindistonning shimoliy qismida tarxonlar davlati katta kuchga ekanligidan dalolat beradi.
E’tiboringiz uchun tashakkur
- Slides: 20