NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI UMUMIY TARIX

  • Slides: 37
Download presentation
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI “UMUMIY TARIX” KAFEDRASI TAYYORLADI: kat. o`q. F. SHIRINOVA

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI “UMUMIY TARIX” KAFEDRASI TAYYORLADI: kat. o`q. F. SHIRINOVA

IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG XALQARO MUNOSABATLAR. Reja: 1. "Sovuq urush“ siyosatining boshlanishi 2. Yevropaning

IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG XALQARO MUNOSABATLAR. Reja: 1. "Sovuq urush“ siyosatining boshlanishi 2. Yevropaning birlashuvi 3. Mustamlaka tizimining parchalanishi 4. Kuch ishlatish siyosatining yemirilishi

o 1. "Sovuq urush"ning boshlanishi o 1945 yil 6 va 9 avgustda AQSH harbiy

o 1. "Sovuq urush"ning boshlanishi o 1945 yil 6 va 9 avgustda AQSH harbiy havo kuchlari bombardimonchilari Xirosima va Nagasaki nomli yapon shaharlariga atom basi tashladi. Bu, bemisl qudratli yangi ommaviy qirg'in quroli edi. Xirosimada 90 ming, Nagasakida esa 75 ming tinch aholi halok bo'ldi. Ikkala shahar to'liq vayron etildi, yuz minglab kishilar radioaktiv nurlanishga duchor bo'ldi, nurlanish kasalligi ularni sekin va azobli o'limga olib keldi. Bu, AQSHning urushdan so'nggi dunioga yakkahokimlikka da'vosi edi.

Rasman "sovuq urush"ning boshlanishi 1946 yil 5 martda sobiq Angliya bosh vaziri Cherchillning Fultondagi

Rasman "sovuq urush"ning boshlanishi 1946 yil 5 martda sobiq Angliya bosh vaziri Cherchillning Fultondagi amerika universitetida so'zlagan nutqida e'lon qilindi. U. Cherchill "sharqiy kommunizm" bilan kurash uchun ingliz amerika harbiy inttifoqini tashkil etishga chaqirdi. U urushdan so'ng totalitarizm ta'siriga tushib qolgan Sharqiy Yevropani erkin demokratik g'arbdan ajratib turuvchi "temir parda" haqida so'zladi. SSSR bilan natsizmga qarshi birlashgan Yevropa endi SSSRning o'ziga qarshi birlashdi. o "Sovuq urush" — Sharq va G'arb marnlakattariga nis batan (1945— 1991 yy. ) qarama qarshilik, biriga dush manlik, o'zaro ishonchsizlikni ifodalovchi bosqich. o Biroq Sovet xavfi oldidagi qo'rquv soxta bo'lib, asos ga emas edi. Sovet Ittifoqi urush paytida ko'p talafot ko'rgan bo'lib, yangi qarama qarshilikka jur'at etmasdi. g'arb davlatlarining hukmron doiralari bundan yaxshi xabardor edi. Buning ustiga 1949 yilgacha AQSH atom bombasiga monopol hukmron bo'lib, uni qo'llash haqidagi birgina do'q po'pisaning o'zi har qanday tajovuzkorlikni to'xtatish uchun yetarli edi. o

Gap bunda emas edi. G'arb mamlakatlarining o'zida aholi o'zgarishlarni kutardi. Osiyo va Afrika siyosiy

Gap bunda emas edi. G'arb mamlakatlarining o'zida aholi o'zgarishlarni kutardi. Osiyo va Afrika siyosiy erkinliklar berilishini talab etmoqda edi. Cherchill aslida mavjud ahvolni saqlab qolishga chaqirdi. o Yadro quroli "sovuq urush" vositasi bo'ldi. AQSH uni ishlab chiqarish va bu sohadagi tadqiqotlar ustidan xalqaro nazorat o'rnatish rejasini ishlab chiqdi. Bu reja 1946 yilda BMTga taqdim etildi va u istalgan mam lakatda bunday tadqiqotlarni tekshirish huquqini ko'zda tutdi. SSSR bu rejani inkor qildi va 1949 y. Ma o'z atom bombasini ilk bor sinovdan o'tkazdi. Shundan boshlab "sovuq urush" yadroviy qurollanish poygasi darajasiga ko'tarildi. o AQSH va SSSrdan tashqari atom qurolini boshqa mamlakatlar ham yaratishga kirishdi, ular buning uchun moliyaviy va texnik imkoniyatga ega bo'lishdi. 1952 yilda Angliya, 1960 yilda Fransiya, 1964 yilda Xitoy o'z atom bombasini sinovdan o'tkazdi. 1974 yilda Hindiston, 1999 yilda Pokiston o'z atom bombalariga ega bo'ldi. o

Yadro quroli takomillashib bordi. 60 yillarda endi taktik qurol turlari yaratila boshladi, ulardan odatdagilari

Yadro quroli takomillashib bordi. 60 yillarda endi taktik qurol turlari yaratila boshladi, ulardan odatdagilari bilan bir qatorda kichik miqyoslarda foydalanish mumkin edi. 1953 yilda SSSRda ilk marta vodorod bombasi yaratildi, u o'z vayronagarchilik kuchiga ko'ra atom va neytron bombasidan minglab marta kuchli edi. o Yadro quroli bilan bir qatorda ularni nishonga yetka zib berish vositalari ham ishlab chiqildi. Jumladan, 1948 yili AQSH 20 km balandlikda 12 ming km uzoqlikka qadar ucha oladigan B 52 qifalararo bombardimonchi samolyotga ega bo'ldi, u yetti yildan so'ng SSSRda ham yaratildi. 1957 yili Sovet Ittifoqida Tinch okeani akva toriyasida 10 ming kmudan ziyodroq masofada nishonni aniq uruvchi qifalararo ballistik raketa sinovdan o'tkazil di, bir yildan so'ng AQSHda ham shunday raketa yaratil di. Deyarli bir paytning o'zida AQSH va SSSRda uzoq masofaga suzuvcbi atom suvosti kemalari yaratildi. Shu munosabat bilan raketaga qarshi mudofaa tizimlarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Ular SSSRda 1966 yilda, AQSHda 1974 yilda barpo etildi. o

o Qurollanish poygasi yildan yilga tezlashib bordi. Yangidan yangi mamlakat va qifalar unga tortildi,

o Qurollanish poygasi yildan yilga tezlashib bordi. Yangidan yangi mamlakat va qifalar unga tortildi, 70 yillarning birinchi yarmida jahonda harbiy xarajatlar har yili 350 milliard dollarni, o'n yillik oxiriga kelib esa 400 milliard dollarni tashkil etdi, 80 yillarda insoniyat har yili qurollanish uchun 600 milliard dollarni sarf etdi. Qurollanish poygasi dunio xo'jaligi rivojlanishiga ulkan zarar yetkazdi, insoniyat salomatligiga zarar keltirdi. Har yili yuzlab yadro qurollari sinovdan o'tkazildi va yadroviy changlar barcha qifalar bo'ylab atmosferaning yuqori qatlamlariga tarqaldi. Bu hol xavfli kasalliklarning tarqalishi va tuproqning buzilishiga olib keldi.

o 2. Yevropaning birlashuvi Yevropada urushdan keyingi vaziyat Ikkinchi jahon urushi tufayli Yevropada yuzaga

o 2. Yevropaning birlashuvi Yevropada urushdan keyingi vaziyat Ikkinchi jahon urushi tufayli Yevropada yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy inqiroz jahon siyosatida Yevropa davlatlari rolining pasayishiga olib keldi. Bir paytlar jahon miqyosida yuqori mavqeli bo'lgan Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiya ikki buyuk davlat oralig'ida qolib, 50 yillar oxirlarida oddiy "Yevropa" davlatlariga aylandi va to'liq mustaqil davlatlar bo'lmay qoldi. "Marshall rejasi", NATO amerika yadro quroli Yevropa siyosati va iqtisodiyoti rivojlanishida uzoq vaqt ustuvor rol o'ynashini anglatardi. Yevropa, xususan, Germaniya Sovet Ittifoqi va AQSH o'rtasidagi davomiy qarama qarshiliklar maydoniga aylandi va ular taqdtri bu ikki buyuk davlat munosabatlaridagi keskinlik darajasiga bog'liq bo'lib qoldi. o Xalqaro munosabatlardagi bipolyar tlzim — ikki buyuk davlat qarama qarshiligiga asoslangan va ular tomonldan yaratilgan harbiy siyosiy bloklar tizlmidir. o

Yevropa qit'asining asosiy muammosi Germaniya edi. Koreya urushi boshlanishi bilan AQSH nemis qurolli kuchlarini

Yevropa qit'asining asosiy muammosi Germaniya edi. Koreya urushi boshlanishi bilan AQSH nemis qurolli kuchlarini yaratish uchun faol harakatlar qildi. Amerikalik strateglarning fikricha, bu qurolli kuchlar amerikaliklar Uzoq Sharqda urush olib borayotgan paytda Yevropani muhofaza qilishlari lozim edi. Angliya Germaniyani qayta qurollantirish bo'yicha amerikaliklar loyihasini to'liq ma'qulladi. Biroq yangi variantning paydo bo'lishi istiqboli Fransiyani mutlaqo qoniqttrmasdi. o Yevropa hamkorligi asosan iqtisodiy sohada mavjud bo'ldi. Bunday hamkorlik suverenitetni yo'qotishni ko'zda tutmasdi. Aksincha, undan olingan foyda hukumat tomonidan xalq ehtiyojini qo'llab quvvatlashi mumkin edi. Yevropa mamlakatlari rahbarlari o'rtasida iqtisodiy cheklanishlardan voz kechibgina mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish mumkin, degan fikr ustuvor turdi. Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert Shuman (1886 — 1963), GFR kansleri Konrad Adenauer (1876— 1967), Italiya bosh vaziri Algido de Gasperi (1881— 1954) va Belgiya bosh vaziri Pol Anri Spaak (1899— 1972) kabilar Yevropadagi bu yangi harakatda yetakchi siymolar bo'lishdi. o

1950 yili R. Shuman g'arbiy Yevropada ko'mir va po'latni birlashgan holda ishlab chiqarishni yaratish

1950 yili R. Shuman g'arbiy Yevropada ko'mir va po'latni birlashgan holda ishlab chiqarishni yaratish taklifi bilan chiqdi. Fransiya, Italiya, g'arbiy Germaniya va Benilyuks (Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg) mam lakatlari Yevropa ko'mir va po'lat birlashmasi (YKPB)ni tashkil qildi. Uning faoliyati faqat bir soha bilangina bog'liq bo'lsa da, biroq butun sanoat ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga edi. o Yevropa ishlab chiqarishi yuksala boshladi. 1955 yilga kelib ko'mir ish lab chiqarish 23 foiz, temir va po'lat ishlab chiqarish qariyb 150 foizga o'sdi. Hamjamiyat bu mahsulotni ish lab chiqarishdan ham, g'arbiy Yevropa iqtisodiyoti umumiy o'sishidagi bevosita ulushidan ham rivojlanib bordi. Uning yutug'i ko'p jihatdan muvofiqlashtirish va iqtisodiy integratsiyalash konsepsiyasi tarafdorlari qarashlarini kuchaytirdi. o

YKPB — Yevropa ko'mir va po'lat birfashmasi 1951 yiti Fransiya, GFR, Italiya, Belgiya, Gollandiya

YKPB — Yevropa ko'mir va po'lat birfashmasi 1951 yiti Fransiya, GFR, Italiya, Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg o'rtasida tuzllgan shartnoma bo'lib, bu mam lakatlar uchun ko'mir va po'lat umumiy bozortni yaratish va bojxona to'lovlarini man etishni ko'zda tutgan. o 1956 yil Yevropa mamlakat lari uchun urushdan keyingi voqelikni qayta baholash yili bo'ldi. Mamlakatlar yo'1 boshchilari integratsiya jarayonini tezlashtirishga qaror qilishdi. 1957 yil YKPBga a'zo mamlakatlar Rim pro tokollari deb ataladigan hujjatlarni imzolashdiki, bu hoi Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH) yoki "Umumiy bozor"ga asos soldi. Bu hujjatlarga imzo chekkan mam lakatlar 12 yil mobaynida bojxona to'siqlarini tugatish, umumiy soliqlarni o'rnatish, keyinchalik esa umuman yo'q qilish, ishchi kuchi erkin harakat qilishini ta'minlash majburiyatini olishdi, shuningdek, bir xil ijtimoiy kafolatlar va yagona ish haqi to'g'risida kelishib olishdi. o Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH} "Umumiy bozor" — 1957 yilda tashkil etilgan bo'lib, ishtirokchi mamlakatlar o'rtasida savdoda barcha cheklanishlarni sekin asta bar taraf etish va bojxona siyosatini otib borishni ko'zda tutadi. o

Rim protokollari imzolangan dastlabki yillar umidli natijalarni bera boshladi. 1968 yilga kelib "Umumiy bozor"

Rim protokollari imzolangan dastlabki yillar umidli natijalarni bera boshladi. 1968 yilga kelib "Umumiy bozor" mamlakatlari o'rtasida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi. Bu hoi rejalashtirilgan muddatdan oldin roq ro'y berdi. Yevropaning bundan keyingi birlashuvi Fransiya va Germaniya o'rtasidagi zid diyatlarga duch keldi. Umumiy siyosiy manfaatlar ikkala tomonni bk bitimga kelishga majbur etdi. 1958 yili Fransiya prezidenti bo'lgan general de Goll va 1949 yildan GFR kansleri bo'lib kelgan KAdenauer murosaga kelishga qaror qi lishdi. KAdenauer Fransiyaga Yevropada siyosiy gege moniyaga erishishga, prezident de Goll esa SSSR bilan german masalasida hech qanday kelishuvlarga yo'l qo'ymaslikka yordam berishga majburiyat oldi. o 1958 yil 14 sentabrda Fransiya prezidenti de Goll va kansler Adenauer muzokaralari natijasida mazkur mam lakatlar o'rtasidagi kelishmovchiliklarning tugagani e'lon qilingan qo'shma bayonotnoma qabul qilindi. o

o Bonn va Parij ittifoqi Yevropa integratsiyasiga siyosiy tus berdi va Yevropaning bundan keying!

o Bonn va Parij ittifoqi Yevropa integratsiyasiga siyosiy tus berdi va Yevropaning bundan keying! birlashishi yo'lidagi muhim to'siqlarni olib tashladi. Keying! 5 yil ichida bu ittifoq chuqurlashdi va Yevropa integratsiyasining muhim rag'batchisiga aylandi. To'g'ri, ular o'rtasida kelishmovchiliklar ham bo'ldi, biroq ikkala taraf ham ularga alohida urg'u bermay, har qanday qarama qarshilikdan qochishga harakat qi lishdi. Ayniqsa, ikki muammo — NATO va Angliya bilan munosbatlar muhim bo'ldi. De Goll Fransiyaning bu harbiy blokda ishtirok etishiga qafiy qarshi bo'lgan va 1966 yil iyulida uning barcha tash kilotlaridan Parijni tark etishni talab qilgan. 1967 yilda NATOning shtab kvartirasi o'zining barcha bo'lin malari bilan birga Bryusselga ko'chib o'tadi. Fransiya esa blokning harbiy tuzilmalaridan chiqqanini e'lon qiladi. Fransiya g'arbiy Yevropa mamlakatlari orasida Amerika vasiyligidan ozod bo'lgan va o'z mustaqil tashqi siyosatini yuritgan dastlabkisi bo'ldi.

o Ayni paytda Fransiya YIHga yangi a'zolar oqimi kelishiga qarshilik ko'rsata olmadi. Uning qarshiligiga

o Ayni paytda Fransiya YIHga yangi a'zolar oqimi kelishiga qarshilik ko'rsata olmadi. Uning qarshiligiga qaramay, YIHga 1973 yil Angliya, Irlandiya va Daniya, 1981 yilda Gretsiya, 1986 yilda Ispaniya va Portugaliya qabul qilindi. 1991 yil dekabrda YIH inte gratsiyani chuqurlashtirishga yana bir muhim qadam qo'ydi. Hamjamiyatning 12 a'zosi golland shahri Maastrixtda yagona Yevropani yaratishni ko'zda tutuvchi Maastrixt bitimlari deb ata luvchi hujjatlarni imzolashdi. Maastrixt bitimlarida uch guruh shartnomalar — yagona Yevropa valyutasi tashkil etish, Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini tasdiqlash ko'zda tutildi.

o YIH o'z nomini Yevropa hamjamiyati (YH) deb o'zgartirdi. YH mamlakatlari Yevropa siyosiy ittifoqi

o YIH o'z nomini Yevropa hamjamiyati (YH) deb o'zgartirdi. YH mamlakatlari Yevropa siyosiy ittifoqi (Yevroittifoqi)ni yaratish yo'li bilan tashqi siyosat va mudofaani muvofiqlashtirish hamda bu yo'nalishda yagona asoslarni ishlab chiqishni mo'ljal qilishdi. Kelgusida yagona tashqi va umumiy harbiy siyosatni shakllantirish ko'zda tutilgan Maastrixt bitimlarining uchinchi guruhi Yevropa komissiyasini tuzishga tegishli. U Bryusselda ishlay boshlashi va YH mamlakatlari sog'liqni saqlash, xalq ta'limi, qishloq xo'jaligi va ekologiya sohalari siyosatini tartibga soluvchi muassasa bo'lishi lozim edi. Yevropa komissiyasi davlat ustidan turuvchi hukumat boshqaruvi funksiyalariga ega bo'la bordi va YHning barcha mamlakatlari unga o'z vakolat larini berishi lozim edi. Bu milliy suveren huquqlarni cheklash bo'lardi, biroq YH mamlakatlari yo'lboshchi lari bu yo'ldan yagona Yevropani mustahkamlash uchun borishdi.

o YH bu orada yangi a'zolar — Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya bilan to'ldi. Endi

o YH bu orada yangi a'zolar — Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya bilan to'ldi. Endi uning tarkibida 15 davlat bor va bir necha davlat qabul qilinishini kutmoqda. o 2002 yil 1 yanvardan e'tiboran Maastrixt bitimlariga muvofiq Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida (Angliyadan tashqari) Yevropaning yangi pul birligi— "yevro" muo malaga kiritildi. 15 mamlakat xalqlari hech bk afsus nadomatsiz o'zlarining eski valyutalari — gulden, frank, marka, taler, shillinglari bilan xayrlashishdi va yangisini qabul qilishdi. o Yevropa siyosiy ittifoqini yaratish sohasida muvaf faqiyatlarga erishildi. NATOning 1998 yil Serbiyaga qarshi harbiy operatsiyasi Yevropa davlatlarining birga likdagi siyosatini ishlab chiqish jarayonini tezlashtirdi. Shu bois, 1999 yil dekabrda Xelsinkidagi Yevropa Ittifoqi sammitida unga kiruvchi 15 g'arbiy Yevropa davlatlari rahbarlari inqirozli joylarda tinchlikni saqlash uchun o'z Yevropa qurolli kuchlarini yaratish haqida qaror qabul qildi, Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlari ken gashi qoshida harbiy masalalar va xavfsizlik bo'yicha doimiy qo'mita tashkil etildi, unga YH mamlakatlari bosh shtablari rahbarlari kirgan.

Yevropaning birlashish jara yoni boshqa yo'nalishga ham Yevropa Kengashi ega va Yevropa Kengashi bilan

Yevropaning birlashish jara yoni boshqa yo'nalishga ham Yevropa Kengashi ega va Yevropa Kengashi bilan bog'liq. Mazkur hukumatlararo va xalqaro tashkilot nizomiga 1949 yil 5 mayda imzo chekildi va u 3 avgustdan kuchga kirdi. Dastavval unga g'arbiy Yevropaning 10 davlati kirdi, 1978 yildan uning ishtirokchilari 21 taga yetdi. 90 yillar da Sharqiy Yevropaning barcha mamlakatlari unga a'zo bo'lib kirishdi. 1996 yilda Rossiya ham unga a'zo bo'lib kirdi. Hozirda Yevropa Kengashiga qariyb butun Yevropa kiradi (40 ga yaqin davlat). o Yevropa Kengashining oliy organlari Tashqi ishlar vazirlari qo'mitasi va Parlament assambleyasi bo'lib, ularga milliy parlamentlar o'z deputatlarini a'zolik badallarining proporsional miqdoriga mos sonda jo'nata di. Parlament assambleyasi fraksiyasi milliy emas, balki siyosiy belgisiga ko'ra shakllanadi. Yevropa Kengashi demokratiya va qonunchilik, shuningdek, inson huquqlarini rivojlantirish va himoya qilish uchun tashkil etildi. Vazirlar Qo'mitasi va Parlament assambleyasi davlatlar qabul qilgan majburi yatlarga rioya qilishni nazorat qila boshladi. Ular hukumatga doir qarorlarni qabul qilishga ham kirishdi va hatto qo'pol xatolar yo'l qo'yilsa, biror bk davlatni tashkilotdan chiqarish masalasini qo'yishgacha bo'lgan huquqqa ega bo'ldi. Yevropa Kengas. M rahbarlik organ lari Strasburg (Fransiya) shahrida joylashgan. o

o 3. Mustamlaka tizimining parchalanishi o Milliy ozodlik harakati Ikkinchi jahon urushi tugashi va

o 3. Mustamlaka tizimining parchalanishi o Milliy ozodlik harakati Ikkinchi jahon urushi tugashi va mustamlakachilik bilan mustamlakalar va ularga qarshi harakat da yashovchi aholi taqdiri jahon siyosatida muhim muammolardan biriga aylandi. Bu mamlakatlardagi mil liy ozodlik harakati xususiy yon berishlar emas, balki to'liq ozodlik va suverenitet berish bilan o'lchanar edi. Yevropadagi ko'plab mustamlaka mulklari Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya, Portugaliyaga to'g'ri kelardi. Ulardan birortasi ham mustamlakalaridan o'z ixtiyoricha ketish va xalqlarga ozodlikni berishni istamadi. Biroq ular bunga majbur edi. o 1947 yilda mustamlakachilik tizimida yirik parcha lanish yuz berdi — Angliya Hindistonga ozodlik berdi. Ilgarigi ingliz mustamlakasi o'rniga Hindiston va Pokiston nomli ikki mustaqil davlat pay do bo'ldi. 1948 yilda boshqa ingliz mustamlakasi — Birmaga ozodlik berildi. 1949 yilda Niderlandiya Indoneziya mustaqilli gini tan olishga majbur bo'ldi.

Ayrim mustamlakalarda xalq o'z ozodligiga uzoq davom etgan va qonli kurashlar orqali erishgan. Fransiya

Ayrim mustamlakalarda xalq o'z ozodligiga uzoq davom etgan va qonli kurashlar orqali erishgan. Fransiya mustamlakalari — Aljir va Vyetnamda shunday bo'ldi. Vyetnamda aholining Qarshilik ko'rsatish harakati — fransuz mustamlakachilariga qarshi olib borgan kurashi 1945 yildan 1954 yilgacha davom etdi va Denbenfu pstonasida Fransiya o'z qo'sh. Marini mamlakatdan olib chiqib ketishga majbur bo'ldi. 1954 yildan 1962 yilgacha olib borilgan qaqshatg'ich urush natijasida Aljir xalqi Ijam o'z mustaqilligiga erishdi. o 1949 yilda Xitoyda xalq inqilobi g'alaba qozondi va xalq hokimiyati o'rnatildi. o Xitoy, Hindiston, Pokiston, Seylon (1972 yildan Shri Lanka) tashabbusi bilan Indoneziyaning Bandung shahrida Osiyo va Afrikaning 29 ta mustaqil davlati shtirok etgan konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiya mustamlakachilik, irqiy kamsitish va segregatsiya siyosa tini qoraladi hamda mustamlakachilikning tugatilishida katta rol o'ynagan Bandung Bayonotnomasini qabul qildi. o

o o Osiyo va Afrika xalqlarining mustamlakachilik tizimi ni to'liq tugatish uchun kurashi va

o o Osiyo va Afrika xalqlarining mustamlakachilik tizimi ni to'liq tugatish uchun kurashi va ular talabining xalqaro hamjamiyat tomonidan qo'llab quvvatlanishi 1960 yil 14 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining "Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish haqida bayonotnoma" qabul qilinishiga olib keldi. Irqchilik va aparteidni ham o'z ichiga oluvchi mustam lakachilikning barcha ko'rinishlarida davom etishi BMT Nizomiga mos kelmasligi e'lon qilindi. Jahon siyosatida hal qiluvchi burilish ro'y berdi. Osiyo va Mrika mamlakatlari xalqaro munosabatlarda mustaqil rol o'ynay boshladi. Mustamlakachilikni bar taraf etish haqidagi 1960 yil bayonotnomasi qabul qilin gandan o'tgan o'ttiz yil mobaynida aholisi 80 million kishi bo'lgan 80 ga yaqin sobiq mustamlaka hududlari mustaqillikka erishdi va suveren a'zolar sifatida BMTga qabul qilindi. Sobiq mustamlaka Yevropa davlatlari mustammamlakatlarini lakalarmi yo qotdi, biroq «g'arblashtirish" baribir iqtisodiy mavqemi jarayoni saqlab qoldi. Transmilliy korporatsiyalar sobiq mustamlakalarda xomashyo manbalari va foydali qazilmalar usti dan hokimiyatni saqlab qoldi. Texnik ustunligi tufayli yirik Yevropa davlatlari bu mamlakatlarning tashqi sav dosida ustunlik qilishda davom etdi. Rivojlangan Yevropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tayyor mah sulot va sobiq mustamlakadan olinadigan xomashyo narxlaridagi farq Yevropa mamlakatlariga ulkan foyda keltirdi. Bu farq doimo oshib bordi. Yevropa rivojlana yotgan mamlakatlarda madaniy va texnologik ta'sirini ko'p jihatdan saqlab qolmoqda, ularga g'arbcha turmush tarzini singdiruvchi va g'arb olamining tarkibiy qismiga aylantiruvchi "g'arblashtirish" ("vesternizatsiya") jara yonini tezlashtirishga harakat qilmoqda. Ayni paytda g'arb mamlakatlari iqtisodiyoti ham ko'p jihatdan sobiq mustamlakalarga bog'liq bo'lib qoldi.

o 4. Kuch ishlatish" siyosatining yemirilishi o NATO tashkil etilishi bilan AQSH dunioda o'tkir

o 4. Kuch ishlatish" siyosatining yemirilishi o NATO tashkil etilishi bilan AQSH dunioda o'tkir inqirozli vaziyatlarni sun'iy ravishda yuzaga keltira bosh ladi, o'z ittifoqchilarini "kommunistik tajovuz" mavjudligiga ishont. Msh va ularni o'z tashqi siyosati doirasiga chuqurroq tortishga urindi. o 1950 yil iyunda boshlangan Koreyadagi fiiqarolik urushi bu boradagi ilk faoliyat maydoni bo'ldi. Harbiy harakatlar bu yerda 25 iyunda boshlandi, iyundayoq Amerika flot va aviatsiyasi Janubiy Koreyaga yordamga keldi. AQSH BMTga Shimoliy Koreyaga qarshi chora ko'rish haqidagi iltimos bilan murojaat etdi, amerikalik diplomatlarning fikricha, u Janubiy Koreyaga qarshi tajovuz qildi. Shimoliy Koreya qo'shinlari hujumiga qarshi turish uchun Janubiy Koreyaga BMT kuchlarini jo'natish haqida Xavfsizlik Kuchlaridan rezolyutsiya olingach, AQSH BMT bayrog'i ostida urush olib bordi. Biroq Xitoyning urushga aralashishi amerika qo'shinini mag'lubiyatga olib keldi va ular avvalgi marraga qaytish ga majbur bo'ldi. Koreya xalq demokratik respublikasi (KXDR) va Janubiy Koreya o'rtasida 1953 yil 24 iyulda murosaga kelishildi. 38 parallel bo'yicha, ya'ni ilgarigi chegara chizig'i bo'ylab demarkatsiya chizig'i va demili tarizatsiyalashgan zona o'rnatildi.

Demarkatsiya — davlatlar o'rtasidagi chegarani qonun chilik tartibida o'rnatish. o Demilitarizatsiyalashgan zona — xalqaro

Demarkatsiya — davlatlar o'rtasidagi chegarani qonun chilik tartibida o'rnatish. o Demilitarizatsiyalashgan zona — xalqaro shartnoma yoki bitim bilan o'rnatilgan shunday hududkl, unda harbiy sanoat korxonalari, istehkomlari qurlsh, belgilangan miq dordan ortiq qurolli kuchlar saqlash man etiladi. o Jeneva bitimi Vyetnam, Laos va Kampuchiya xalqla riga mustaqillik berishni ko'zda tutdi, ular neytralitetini kafolatladi, ular hududiga chet el qo'shinini kiritish, har biy bazalarni yaratish va yangi qurol aslahalarni olib kirishni man etdi. Amerika hukumati Jeneva konferen siyasi qarorlariga qarama qarshi o'laroq, Janubiy Vyetnamga harbiy yordam ko'rsatish haqida qaror qabul qildi. o AQSH Janubi sharqiy Osiyoda o'z pozitsiyasini kuchaytirishga intilib 1954 yil 8 sentabrda Manilada Janubi sharqiy Osiyo mudofaasi to'g'risidagi Shart nomani (SEATO) imzolashga muvaffaq bo'ldi. SEATOga AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstra liya, Yangi Zelandiya, Pokiston, Tailand va Filippin a'zo bo'lib kirdi. Hindiston, Indoneziyaj Birma va Seylon unda ishtirok etishdan bosh tortdi. o

o SEATO AQSHning harbiy havo va harbiy dengiz floti kuchlariga tayanar edi. o SEATO

o SEATO AQSHning harbiy havo va harbiy dengiz floti kuchlariga tayanar edi. o SEATO — Janubi Sharqiy Osiyo sharmomasi tashkiloti (ingliz. ) — milliy ozodlik harakatlari bilan kurashish uchun tasbkil etilgan harbiy siyosiy guruh. U 1954 yil 8 sentabr da tashkil etiigan bo'lib, 1977 yil iyundan o'z faoliyatini to'xtatgan. o Ingliz amerika zo'ravonligi ko'pgina arab va boshqa mamlakatlar, hatto AQSHning ayrim tarafdorlari tomonidan keskin qoralandi. Shundan so'ng BMTning favqulodda sessiyasi chaqirilib AQSH va Angliya qo'shinlarining zudlik bilan Yaqin Sharqdan olib chiqib ketilishi talab etildi. 1958 yil oktabr oxirida Amerikaning oxirgi dengiz piyodalari Livan hududini tark etishga majbur bo'ldilar. AQSHning Osiyodagi siyosati mag'lubiyatga uchradi. o Ayni paytda ushbu mintaqada Sovet Ittifoqi faol harakat boshlab yubordi. U Misr, Suriya, Iroq bilan mazkur mamlakatlar sanoati rivojlanishiga ko'makla shuvchi muhim bitimlar tuzdi. Sovet Ittifoqi qayd etilgan mamlakatlarni to'liq zamonaviy qurol aslaha bilan ta'minlashga yordam berdi. Ularning harbiy qo'shinlari safida zamonaviy reaktiv samolyotlar, tanklar va artilleriya pay do bo'ldi. Amerika diplomatiyasining Yaqin Sharqdagi xatosi tufayli Sovet Ittifoqi bu yerda mustahkam mavqega bo'ldi.

o Karib inqirozi 1959 yil 1 yanvarda Fidel Kastro boshchiligidagi hukumat tasdiqlanishi AQSH Va

o Karib inqirozi 1959 yil 1 yanvarda Fidel Kastro boshchiligidagi hukumat tasdiqlanishi AQSH Va Kuba munosabatlarining yomonlashuviga olib keldi. Kubaning yangi rahbariyati Amerika diktatiga bo'ysunishdan bosh tortdi va AQSH uni ag'darib tashlashga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Sovet Ittifoqi esa Kuba hukumatini qo'llab quvvatlab unga iqtisodiy va harbiy yordam ko'rsata bordi.

o 5. Xalqaro keskinlikning yumshashi o 1962 yildan keyin "sovuq urush" holatidan chiqish ten

o 5. Xalqaro keskinlikning yumshashi o 1962 yildan keyin "sovuq urush" holatidan chiqish ten densiyasi yuzaga keldi. 1963 yil iyulida Moskva va Vashington (bevosita Kreml va Oq uy) o'rtasida ushbu mamlakatlar rahbarlari har qanday paytda aloqa qilishi mumkin bo'lgan to'g'ridan to'g'ri telefon liniyasi o'rnatildi. Bu biriga bo'lgan ilk o'zaro ishonch edi. Shu yilning avgust oyida Moskvada g'arb davlatlari va Sovet Ittifoqi o'rtasida yadro qurolini atmosferada sinashni taqiqlovchi sharmoma tuzildi. o G'arb duniosida boshqa muhim o'zgarishlar ham yuz berdi. Angliyada funt sterling devalvatsiyasi (pulning bekor qilinishi yoki qiymatini tushirish) va moliyaviy tanglik uning xalqaro munosabatlardagi pozitsiyasining keskin kuchsizlanishiga olib keldi. Qurollanish poygasi va "sovuq urush"dagi ishtiroki uning rezervlarining juda kamayib ketishiga olib keldi. Angliya xorijdagi harbiy bazalaridan voz kechishga va harbiy harakatlarni qisqar tirishga majbur bo'ldi. Bu bazalarni Fransiya va AQSH egalladi.

o Iqtisodiy muammolar AQSHni ham o'z pozitsiyasini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi. Harbiy majburiyat

o Iqtisodiy muammolar AQSHni ham o'z pozitsiyasini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi. Harbiy majburiyat lar bo'yicha xarajatlar ichki bozorda oltin bahosining keskin oshishiga sabab bo'ldi. Oltin juda tez sotilib ketadigan bo'ldi va bu hoi oltin zaxirasining kamayib ketishiga hamda dollarning oltin nisbatidagi standartidan voz kechishga olib keldi. Tanglikdan chiqib olindi, biroq Amerika hukumatiga "sovuq urush"dagi raqobati juda qimmatga tushishi ayon bo'ldi. o o Karish tangligi "Sovuq urush" xavfmi korsatdi. Sovet ittifoqi va AQSH xalqaro tanglikni yumshatish yo'lini izlashga tushdi. 1968 yil R. Nikson AQSH prezidenti etib saylangach, har ikki davlat o'rtasida madaniy aloqalar, delegatsiyalar almashuvi kengayib, ilmiy aloqalar va iqtisodiy munosa batlar faollasha bordi. 1969— 1979 yillar oralig'ida ular o'rtasidagi munosabatlarning ijobiy tomonga o'zgarish jarayoni kuchaydi va u detant (fransuz. — yumshatish) deb nom oldi. R. Niksonning 1972 yil Moskvaga, L. I. Brejnevning 1973 yil AQSHga tashrifi qishloq xo'jaligi, savdo sohasida va yadro qurollarini qisqartirish borasida hamkorlikning kuchayishiga olib keldi.

Yevropa xavfsizlik choralari bo'yicha Xelsinki bitimining imzolanishi detant jarayonining kulminatsiyasi bo'ldi. 1975 yil 1

Yevropa xavfsizlik choralari bo'yicha Xelsinki bitimining imzolanishi detant jarayonining kulminatsiyasi bo'ldi. 1975 yil 1 avgustda Yevropadagi 35 davlat, AQSH va Kanada o'rtasida konferensiya akti imzolandi. U quyidagi uchta bitimni o'z ichiga olgan edi: ikki qara j ma qarshi blok o'rtasidagi tasodifiy to'qnashuvlarni bartaraf etish usullari, iqtisodiy va texnik hamkorlik bo'yicha takliflar, xalqlar o'rtasida aloqalarni ken gaytirish yo'llari. o Biroq keskinlikni yumshatish bu ikki davlat o'rtasidagi ta'sir doirasini kengaytirish uchun kurashni to'xtata olmadi. Bu holat yer sharining turli mintaqalarini qam rab oluvchi lokal darajaga o'zgardi. Qarshi kurashayotgan bar ikki tomon diplomatiyasi raqib xatosidan foydalanib, zarba bera bordi. Bir birining ittifoqchilarini parchalashga, o'zlari tomoniga og'dirishga intildilar. Burring uchun iqtisodiy va harbiy yordam, muxolifat kuchlarni qo'llab quvvatlash, to'ntarish va inqiloblarni tashkil etish, qo'zg'olonchi tashkilotlarga yordam berish kabi har qan day vositalardan foydalanishga harakat qilindi. o

1972 yili prezident R. Nikson rasmiy vizit bilan XXRga keldi va ikki davlat o'rtasida

1972 yili prezident R. Nikson rasmiy vizit bilan XXRga keldi va ikki davlat o'rtasida diplomatik munosa batlar o'rnatildi. Bu o'z maqsadi yo'lida Sovet Ittifoqi va Xitoy o'rtasida kelishmovchilik tug'dirish yo'lidagi uri nish edi. Ayni holat amerikalik diplomatlar qo'liga zo'ravonlik siyosatini amalga oshirish uchun muhim vositani berib qo'ydi. Amerika kreditlari, savdo munosa batlarining rivojlanishi Xitoy tashqi siyosatini o'zgartirish va uni jahon siyosatida AQSH b. Uan ittifoqchiga aylan tirishi lozim edi. R. Nikson, J. Ford, J. Bush, R. Reygan kabi AQSH prezidentlari, shuningdek bir guruh senator lar va biznesmenlarning ko'p martali. Jc Xitoyga tashrifi ham kutilgan natijani bermadi. Xitoy hech ham SSSR bilan ziddiyatga borishni istamadi. o Bundan tashqari Xitoy Amerika munosabatlaridagi eng to'sqinlik qiladigan narsa Tayvan masalasi edi. Xitoy rahbariyati Tayvanni o'z mamlakati hududining ajralmas qismi deb hisoblar va ushbu muammoni hal etishni talab qilar edi. AQSH esa Tayvan hukumati b. Uan 1954— 1998 yillarga mo'ljallangan harbiy shartnomani imzolagan. Shu sababli Xitoy tomonining orolni qo'shib olish to'g'risidagi barcha so'roviga rad javobi berib kelindi. o

AQSH uchun qulay sherik — bu Fors ko'rfazida "jandarm" roli berilgan Eron edi. Eron

AQSH uchun qulay sherik — bu Fors ko'rfazida "jandarm" roli berilgan Eron edi. Eron shohi ushbu mintaqadagi AQSH manfaatlarini himoya qilishni qizg'in qo'llab quvvatladi. U Amerikadan ko'plab qurol aslaha sotib olib o'z armiyasini ta'minladi. Qolaversa, Eron o'rta Osiyo mamlakatlari bilan umumiy chegaraga ega bo'lib, kelajakda ushbu mintaqa uchun kurashda ulkan strategik ahamiyatga ega bo'lgan. o Mamlakatning barcha kuchlari harbiy strategik qurol turlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. 1985 yil AQSH va SSSR o'rtasida strategik jihatdan tenglikka erishildi. Agar 1965 yil yadro kallaklari soni bo'yicha nisbat 10: 1 ni tashkil etgan bo'lsa, 1985 yilda u 11: 10 ga teng bo'ldi. Ayni paytda SSSR strategik hujum qurollari borasida ilgarilab olgan edi. o

Jahondagi umumiy ahvol Sovuq urush» ning butunlay o'zgardi. Endilikda 9 ' so'zsiz g'alaba qozonish

Jahondagi umumiy ahvol Sovuq urush» ning butunlay o'zgardi. Endilikda 9 ' so'zsiz g'alaba qozonish mumkin bo'lgan biror tomon ortiqcha ustunlikka ega emas edi. Urush har ikki tomon uchun birini qirib tashlashni anglatardi. Ikki hukmron davlat o'rtasida raketa yadro qurollarini qisqartirish to'g'risida muzoka ralar boshlandi, chunki yangi sharoitda ular ilgarigi ahamiyatini yo'qotdi. 1987 yil SSSR Prezidenti M. S. Gorbachevning AQSHga tashrifi chog'ida kichik va o'rtacha olislikdagi raketalarni yo'q qilish to'g'risida Shartnoma imzolandi. o Ushbu Shartnomaga ko'ra Sovet tomoni 1572, amerikaliklar esa 599 raketani yo'q qildilar. Shuningdek, strategik hujum qurollarini 50 foiz qisqartirish to'g'risidagi kelishuvga ham erishilganligini qayd etish lozim. Har ikki tomon qirg'in qurollarini demontaj qilishga kirishdi. AQSH prezidenti J. Bush 1991 yil yanvarda Kongressga yo'llagan murojaatno masida "sovuq urush" tugaganligini e'lon qildi. Bu to'g'rida yanada oldinroq, 1990 yil Londonga yig'ilgan NATO yetakchilari ma'lum qilgan edi. o

o o o 6. BMTning urushdan so'ng jahondagi roli I kki yirik hukmron davlat

o o o 6. BMTning urushdan so'ng jahondagi roli I kki yirik hukmron davlat o'rtasidagi qurolli ziddiyatning oldini olishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining hissasi juda katta. BMT tashkil etilgan kundan boshlab dunioda tinchlikni saqlash va xalqaro keskinlikni yumshatish borasida muhim vositachilik rolini o'ynab kelmoqda. Hozirda unga 186 mamlakat a'zo. BMT tashkilotlarida yadro xavfining oldini olishdan tortib ekologiya va madaniy aloqalar muammolarigacha bo'lgan yirik dunioviy masalalar hal etiladi. "Birlashgan millatlar" atamasi ilkbor 1942 yil 1 yan vardagi Vashington deklaratsiyasida paydo bo'ldi. Unga ko'ra SSSR, AQSH, Angliya, Xitoy va boshqa 22 davlat fashizmga qarshi kurashda biri bilan hamkorlik qilish hamda bir tomonlama sulh tuzish yoki umumiy dushman bilan kelishish majburiyatini olgan edi. Millatlar ligasi o'rnini bosish mumkin bo'lgan Xalqaro tashkilotni tash kil etish to'g'risidagi masala 1943 yil oktabrda tashqi ish lar vazirlarining Moskva konferensiyasida muhokama qilingan edi. Unda qabul qilingan deklaratsiyaga asosan 1944 yilgi Dumbarton — Oks (Vashington) konferen siyasida SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy vakillari mazkur tashkilot Nizomi to'g'risida muzokaralar olib bordilar. Konferensiyada qabul qilingan takliflar 1945 yil iyunda qabul qilingan va 1945 yil 24 oktabrdan kuchga kirgan BMT Ustavining asosini tashkil etdi. 24 oktabr — butun jahonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilgan kun sifatida nishonlanadi.

1960 yil 14 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi mus tamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish

1960 yil 14 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi mus tamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish to'g'risida Deklaratsiya qabul qildi. Bu esa dunio miqyosida mustamlakachl. Likni tugatish uchun zarur xalqaro huquqiy baza yaratdi. BMT yadro urushi xavfmi kamaytirishda katta rol o'ynadi. 1981 yili BMT Bosh Assambleyasi "Yadro katastrofasining oldini olish to'g'risida" va 1983 yili— "Yadro urushini qoralash" haqida deklaratsiya qabul qildi. Unda qat'iy ravishda yadro urushidan xalos bo'lish g'oyasini targ'ib qilish muhokama qilindi. BMT pozi tsiyasi AQSH va SSSR o'rtasida bir qator muhim bitim lar qabul qilinishiga sabab bo'ldi va yadro xavfidan uzoqlashishga yordam berdi. o 1990— 1999 yillar BMT va xalqaro huquq o'n yilligi davri, deb e'lon qilindi. Ilgari hukmronlik qilgan kuch huquqi o'rniga jahonda gumanizm va adolatga asoslangan huquq kuchi tamoyili o'rnatildi. o

Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar: o Sovuq urush munosabatlari Sotsialistik haker turuten doktirinasi

Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar: o Sovuq urush munosabatlari Sotsialistik haker turuten doktirinasi marshal rejasi NATO Varshiva shartomasi UIEK umumiy bozor milliy ozodlik harakati demokratsiya demilitorizim, CEATO.

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: o Mustamlaka tuzumi yemirilishining boshlanishi qaysi o o

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: o Mustamlaka tuzumi yemirilishining boshlanishi qaysi o o o davrga tegishli? Mustaqillik uchun kurashda milliy ozodlik harakatining dastlabki yutuqlarini aniq misollarda ko'rsatib bering. "Irqchilik", "aparteid", "mustamlakachilik", "segregatsiya" tushunchalarini ta'riflab bering. Yevropa davlatlari Yevropa Kengashi tuzishni qanday maqsadlarda taklif etishdi? AQSHning Koreya va Hindistondagi urushida qatnashishi uning ushbu mintaqalarga ta'sir ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan, degan fikrga qo'shilasizmi? 1954 yilgi Jeneva bitimi. Hindixjtoyda tinchlik o'rnatishning qanday shartlari ko'rib chiqilgan edi?

o SEATO bloki qanday maqsadda tuzilgan va unga qanday o o o mamlakatlar a'zo

o SEATO bloki qanday maqsadda tuzilgan va unga qanday o o o mamlakatlar a'zo bo'lib kirgan? Fikringizcha, Karib inqirozining yuzaga kelishida qanday mamlakatlar (yoki mamlakat) ig'vogarlik qilishdi? Xalqaro munosabatlarda keskinlikning yumshash jarayoni boshlanganligi qanday faktlar orqali tasdiqlangan edi? Keskinlikni yumshatish jarayonini chuqurlashtirish bo'yicha R. Nikson ma'muriyati tomonidan qanday amaliy qadamlar qo'yildi? SSSR va AQSH harbiy kuchlari o'rtasidagi strategic muvozanatga qanday, qachon erishilgan? Xalqaro keskinlikni yumshatishda Xelsinki bitimi qanday rol o'ynadi?

Alohida g`urur va iftixor bilan ta’kidlab o`tmoqchimanki, O`zbekistonning boyliklari ko`p, lekin eng katta bo`yligimiz,

Alohida g`urur va iftixor bilan ta’kidlab o`tmoqchimanki, O`zbekistonning boyliklari ko`p, lekin eng katta bo`yligimiz, eng yuksak qadriyatimiz bu – jamiyatimizda hukm suryotgan tinchlik, millatlararo do`stlik va hamjihatlik. I. А. Karimov o

o E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR

o E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR