Navoiy Davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti oqituvchisi Xoliqulova

  • Slides: 24
Download presentation
Navoiy Davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti oqituvchisi Xoliqulova Shaxnoza Boymuxammadovnaning Navoiy viloyati xalq ta’limi

Navoiy Davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti oqituvchisi Xoliqulova Shaxnoza Boymuxammadovnaning Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Navoiy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi Karmana tumani 1 -umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazgan ochiq dars ishlanmasi Mavzu: Jadidchilik harakati namoyodalari va ularning faoliyati

Reja: 1. Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyondalari 2. Jadidlarharakatini milliy xususiyatlari.

Reja: 1. Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyondalari 2. Jadidlarharakatini milliy xususiyatlari.

“Аsrimiz boshlаridа jаdidlаrning o`z hisobidаn mаktаblаr, kutubxonаlаr, qiroаtxonаlаr, teаtrlаr, ro`znomаlаr tashkil etgаnliklаrini, dаrsliklаr, qo`llаnmаlаr

“Аsrimiz boshlаridа jаdidlаrning o`z hisobidаn mаktаblаr, kutubxonаlаr, qiroаtxonаlаr, teаtrlаr, ro`znomаlаr tashkil etgаnliklаrini, dаrsliklаr, qo`llаnmаlаr nashr qilgаnliklаrini, ulаrni Turkiston bolаlаrigа bepul tаrqаtgаnliklаrini eslаylik”. Islom Kаrimov.

Jadidlar harakati • "Jadid" arabcha so’z bo’lib, "yangi" degan ma'noni bildiradi. Ismoilbek g'oyalarini qabul

Jadidlar harakati • "Jadid" arabcha so’z bo’lib, "yangi" degan ma'noni bildiradi. Ismoilbek g'oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari "jadidlar", uning g'oyalari esa jadidchilik nomini oldi. Ismoilbek Gaspirali darslik yaratdi, o’zining "Tarjimon" (1883 -1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida targ'ib qildi. Bu gazeta Turkiston olkasi shaharlarida, shuningdek Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham tarqala boshladi.

Ismoil G`aspirali Bey (1851 -1914) O`rta Osiyoda jadidlar harakatini Rivojlantirishda katta hissa qo`shgan Istambulda

Ismoil G`aspirali Bey (1851 -1914) O`rta Osiyoda jadidlar harakatini Rivojlantirishda katta hissa qo`shgan Istambulda ta’lim olgan Siyosat va jamoat arbobi (Qirimlik). U tarjimon gazetasi (1883 -1914) Rossiya musulmonligi (1881), Ovropa madaniyatiga bir nazar muvozini (1885) asarlari va bir nechta darsliklari Turkistonga yetib keldi.

Jadidchilikning asosiy vazifalari. Jadidchilik Turkistonda madaniyma'rifiy harakat sifatida rivojlandi va asosiy maqsadi milliy hayotni

Jadidchilikning asosiy vazifalari. Jadidchilik Turkistonda madaniyma'rifiy harakat sifatida rivojlandi va asosiy maqsadi milliy hayotni zamonaviylashtirishga qaratildi. Bu jumladan quyidagilarni anglatar edi; -xalq ta'limini isloh qilish; -adabiyotni rivojlantirish; -zamonaviy matbuotni yaratish; -islom aqidaparastligi va mutaassiblikni rad etish; -zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish; -tarix fanini rivojlantirish va o’zbek xalqining yangi tarixini yozish.

Yangi usul maktablarining ochilishi

Yangi usul maktablarining ochilishi

 1903 yilga kelib birgina Turkiston o’lkasida 100 dan ziyod boshlang'ich jadid usuli maktablari

1903 yilga kelib birgina Turkiston o’lkasida 100 dan ziyod boshlang'ich jadid usuli maktablari ochilgan edi. Turkiston jadidlariga Maxmudxqja Bexbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o’nlab milliy ziyolilar rahnomolik qildilar. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar ham yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning "Usto’zi avval" (1903), Munavvarqorining "Adibi avval" (1907), Abdulla Avloniyning "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim" (1912) darsliklari alohida e'tiborga molikdir. Jadidlar yoshlarni chet ellarga o’qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg'or vakillari jadidlarning bu harakatini ma'qullab tegishli mablag' bilan komaklashdilar. Ko’pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga o’qishga yuborildi. 1910 yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va boshqalar "Bolalar tarbiyasi" xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911 yilda 15 ta, 1912 yilda 30 ta talabani Turkiyaga o’qishga jo’natdi

Jadidlarning xalqparvarligi Jadidlar etiqodli, izchil va chinakam musulmonlar bo’lib, hech mahal Turkistonda islom dini

Jadidlarning xalqparvarligi Jadidlar etiqodli, izchil va chinakam musulmonlar bo’lib, hech mahal Turkistonda islom dini arkonlarini taftish qilishni istamaganlar. Jadidlar islomni bar xil soxtaliklardan tozalab, xaqiqiy dinni qaror toptirish va dunyoviy bilimlami egallash yo’li bilan jamiyatda uning ta'sirini mustahkamlashga erishmoqchi edilar. Jadidlarga mutaassib ruxoniylar qarshilik ko’rsatdilar. Ular jadidlarni padarkushlar, maktablari haqida esa «bu xil maktabda O’quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o’qiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarni taxtdan ag'darib turmaga tiqib qo’yishadi» , -der edilar.

“Oyna gazetasining 1 -soni.

“Oyna gazetasining 1 -soni.

Milliy g'oya va milliy mafkura

Milliy g'oya va milliy mafkura

Jadidlar boy tarixiy merosida milliy g'oya va milliy mafkura alohida o’rin tutadi. Jadidchilik faqat

Jadidlar boy tarixiy merosida milliy g'oya va milliy mafkura alohida o’rin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo’lib qolmasdan, u, avvalo, siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o’z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo’lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.

Mahmudxo`ja Behbudiy (18741919) madrasa mudarrisi oilasida dunyoga keldi. Avval maktabda so`ng madrasada ta'lim olgan.

Mahmudxo`ja Behbudiy (18741919) madrasa mudarrisi oilasida dunyoga keldi. Avval maktabda so`ng madrasada ta'lim olgan. U arab va fors tillarini yaxshi o`rgangan. Ko`p hamkasblaridan farqli ravishda rus tilini yaxshi bilgan hamda dunyoviy fanlarni o`rgana boshlagan. U dastavval mahalliy qozi huzurida mirzalik qiladi, shariat va fiqhni o`rgandi hamda musulmon huquqi bo`yicha maslahatlar bera boshladi. 1907 yilda Rossiyaga, so`ng O`rta Sharqqa sayohat qildi, Qohira, Damashq, Istanbul shaharlarida bo`ldi. Yangiusul maktablarida ishlab, geografiya bo`yicha 8 ta darslik yaratdi.

Abdulla Avloniy (1878 -1934) o`zbek xalqining atoqli shoiri, muallimi va mutafakkiri, jadidchilarning yetuk vakillaridan

Abdulla Avloniy (1878 -1934) o`zbek xalqining atoqli shoiri, muallimi va mutafakkiri, jadidchilarning yetuk vakillaridan biridir. U o`z tarjimoi holida: “Turli gazeta va jurnallar o`qishga tutindim. 1904 yilda jadidlar to`dasiga kirdim. Mirobodda “usuli jadid” maktabi ochib o`qituvchilik qila boshladim”, deydi. Abdulla Avloniy o`zi ochgan maktab uchun to`rt qismdan iborat “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi darsliklar va o`qish kitobini yaratdi. Maktabmaorif ishlariga ko`mak ko`rsatuvchi “Jamiyati xayriya” tashkil etdi. “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “Maktab kutubxonasi” kitob do`konini ochadi.

Abdurauf Fitrat (1886 -1938) jadidichilik harakatining yirik namoyondalaridan biridir. U hali 1909 -1913 yillarda

Abdurauf Fitrat (1886 -1938) jadidichilik harakatining yirik namoyondalaridan biridir. U hali 1909 -1913 yillarda o`qishni Istanbulda davom ettirib yurgan kezlarida F. Xo`jaevning bergan ma`lumotiga ko`ra Abdurauf Fitrat hamyurtlari bilan birgalikda «Buxoro ta`limi (umumiy) maorif jamiyati» ni tuzgan. Bu jamiyat Buxoroliklarning o`zaro moddiy-ma`naviy uyushmasi vazifasini bajargan. Bu davrda Turkiya «Yosh turklar» inqilobidan mast davrni o`z boshidan kechirardi. Turkiyadagi bunday inqilobiy muhit albatta yosh Fitratga ham ijobiy ta`sir ko`rsatdi. U siyosat maydoniga sho`ng`ib ketdi.

Tavallo(To’lagan. Xo’jamyorov) ijodida jadidichilik harakati va adabiyotining ta`siri kuchli bo`ldi. Shoirning 1913 yilda «Bayoz»

Tavallo(To’lagan. Xo’jamyorov) ijodida jadidichilik harakati va adabiyotining ta`siri kuchli bo`ldi. Shoirning 1913 yilda «Bayoz» , 1917 yilda «Ravnaqul islom» to`plamlari bosmadan chiqqan. Tavallo asarlari asosan, Vatanni sevishga, ardoqlashga, xalqni, millatni hurmatlashga, ilm-ma`rifatni, san`atni sevishga dav`at etadi. U yashagan o`z davridagi xalq, millat holiga achinadi, dardli alam chekadi, sasidan o`t shaqnaydi;

Cho’lpon(1897) taniqli adabiyotshunos olim, O’zbekiston Qahramoni Ozod Sharafuddinov: «Mazkur maktubni o’qib chiqqan har bir

Cho’lpon(1897) taniqli adabiyotshunos olim, O’zbekiston Qahramoni Ozod Sharafuddinov: «Mazkur maktubni o’qib chiqqan har bir adabiyot ihlosmandi hayajonga tushmasdan qolmaydi. Chunki unda biz uchun g’oyatda qimmatli, g’oyatda muhim ma`lumotlar bor. Buni qarangki, Cho’lpon 1914— 1915 yillardayoq ya`ni 17— 18 yasharligidan boshlab mustabid chorizm zulmiga qarshi kurashga qo’shilgan, uning tevaragida esa, o’sha davrdagi Andijondagi yetuk ziyolilardan bir qanchasi bo’lgan ekan» .

Turkiston xalqining milliy g`ururi Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga to’g'anoq bo’lsa, ularni

Turkiston xalqining milliy g`ururi Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga to’g'anoq bo’lsa, ularni ozodlik uchun kurashdan chalg'itsa, hammasini qo’llabquvvatlagan holda, istiqlolga xizmat qiluvchi barcha intilishlarning payini qirqdilar. Rossiya mustamlakachilarining og'ir asorati sharoitida ham xalqimiz o’zligini, milliy qadriyatlarini, ma'naviyatini, madaniyatini, urf odatlari va turmush tarzini saqlab qola oldi.

Аbduqodir Shаkuriy. Ubаydullаxo’jа Аsаdullаxo’jаyev. Tavallo Axmad Zakiy Validiy To’g’on

Аbduqodir Shаkuriy. Ubаydullаxo’jа Аsаdullаxo’jаyev. Tavallo Axmad Zakiy Validiy To’g’on

Xulosa qilib aytganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik xarakati Turkiston xalqlarining milliy ozodlik, mustaqillik

Xulosa qilib aytganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik xarakati Turkiston xalqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so’ngra sovet mustamlakachiligiga qarshi kurashda milliy qadriyatlarimizni, xalqimiz ma’naviyatini saqlab qolishda muxim o’rin tutadi.

Savollar bormi ?

Savollar bormi ?

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!