Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti 2 kurs Ozbekiston
Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti 2 - kurs O’zbekiston tarixi
18 asr boshida Amir Ubaydulloxon II tomonidan hokimiyatni o'z qo'liga olishga intilishi Buxoro Amirligida o'zaro kelishmovchiliklarni yuzaga keltrib chiqardi. Bu Farg'ona qabilalarining , ayniqsa, Ming qabilasi boshliqlarini faolligini oshishiga sabab bo'ldi.
1709 yil ular nomigagina mustaqil bo'lgan Chodak bekligini boshqargan ruhoniylar hokimiyatini ag'darib tashlaydilar va Farg'onada butun hokimlikni o'z qo'llariga oladilar. Ming aymog'idan bo'lgan Shoxruxbiyni hukmdor deb e'lon qiladilar. Ma'lumki, faqat Afrosiyob yohud Chingizxon avlodidan bo'lgan odamgina xon deb atalishga haqlidir. Shuning uchun saroy ahli oltin beshik haqidagi afsonani xalq ichra tarqatishadi. Unga ko'ra Shoxruxbiy Bobur qobulga ketayotib tilla beshikda qoldirgan, va ming oqsokollari voyagayetkazgan, o'g'lining o'ninchi avlodi deyilgan. Shoxruxbiyning vorislari xonlik hududini kengaytirishni davom etdilar. 18 a. oxiriga kelib Qo'qon xonligi o'ziga hozirgi Farg'ona, Namangan, Andijon, Toshkent viloyatlari, Xujand, Qirg'iziston, Janubiy Qozog'istonni qamrab olgan edi. Xonlikning shimoliy chegarasida Qq-masjid shahri qad ko'tarilgan edi. Orenburg va Omsk xonlik bilan Rossiyaning chegarasida joylashgan edi.
Ming sulolasi shajarasi (1709 -1875 yy) Shohrux (1709 -1721). Abdurahim (1721 -1733). Abdulkarim (1733— 1750). Abdurahmon (hukmronligi 9 oy). Erdona (1751 -1752). Bobobek (1752 -1753). Erdona (ikkinchi marta: 1753— 1762). Sulaymon (1762 -1763). Norbӯta (1763 -1798). Olimxon (1798 -1810). Umarxon (1810 -1822). Muhammadalixon (1822— 1842). Sheralixon (1842— 1844). Murodxon (1845 -yil). Xudoyorxon (1845— 1858). Mallaxon (1858— 1862). Xudoyorxon (ikk. marta: 1862— 1863). Sulton Sa’idxon (1863— 1865). Xudoyorxon (uch. marta: 1865— 1875).
Ushbu vaqt ichida shahar tobora rivojlanar va o'sar edi. Vengriyalik sayohatchi Vamberi yozishicha, "Xokand" shahri Xivadan 6, Texrondan 4, Buxorodan esa 2 barobar katta edi. U uzunasiga 17 km, eniga esa 5, 3 km cho'zilgan edi. Shahar 12 ma'muriy qismlarga bo'lingan edi. Qo'qon xonligining Rossiyaga qo'shilishi arafasida shaxarda 10 000 ta hovli, 120 ta maktab, 40 ta madrasa bo'lgan. 1800 yilga kelib shaharda 2 000 ta savdo do'koni, 6 ta bozor, 9 ta karvon saroy bo'lganligi, bu yerda savdo-sotiq ishlari yaxshi rivojlangani haqida dalil bo'la oladi.
Qo'qon savdogarlarining karvonlari Hindiston, Rossiya, Xitoy, Eron, Turkiya, Arabiston, Afg'oniston kabi davlatlarga safar qilar edi. Me'morchilik ham rivojlanar edi. Qo'qon ustalari o'ta mohir va qo'li gul bo'lgan. "Musulmon" g'ishtning, xusniga vaqt ta'sir eta olmaydigan bo'yoqlarning sirini bilar edilar. Amir Umarxon va uning xotini, Nodirabegim rahnamoligi ostida xonlikda ilm, madaniyat va san'at gullab yashnaydi. Bu xukmdorlar Qo'qonda Maxmur, Amiriy, Gulxaniy, Zavqiy, Nizomiy, Dilshodi Barno, Uvaysiy, Fazliy kabi usha davrning eng taniqli shoirlari mansub bo'lgan adabiy muhitni takshil etdilar. Amir Umarxon, o'ziga Turkiston va Orol yerlarini bo'ysundirib, Oq masjid (Qizil o'rda), Avliyo ota (Jambul), Pishpak (Bishkek) shaharlarini qurdirgan.
Qo'qonda Norbutabiy(1799), Muxammad Alixon, Kamol Qozi (1820), Miyon hazrat, Moxlar oyim, Ming oyim madrasalari, Jome'(1817) va Norbutabiy(1827) masjidlari qurildi. Amir Umarxon va uning o'g'li Muxammad Alixon davrlarida xonlikning harbiy qudrati keskin ortadi. Qo'qon xonligida istalgan vaqtda qo'shimcha 60 000 kishilik qo'shin to'plana olar edi. 1826 dan 1831 yillarda Muxammad Alixon Qashg'ar uchun Xitoyga qarshi urush olib boradi. So'ng u Xitoy imperatori bilan juda ham manfaatli bo'lgan tinchlik haqida sulx tuzadi
Xulosa qilib aytganda, o'lkadagi ijtimoiy adolatsizlik, yerlilarni jaholat botqog'ida, qashshoqlikda qoldirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan chorizmning mustamlakachilik siyosati mahalliy xalq ilg'or fikrli ziyolilarining tabiiy ravishda noroziligini keltirib chiqarar edi. Unga ko'ra Qashg'arni Muhammad Alixon Xitoyniki deb tan oladi. Xitoy imperatori esa xonlik savdogarlarini savdo to'lovlaridan ozod qiladi, boshqa savdogarlardan yig'ilgan soliqlar Qo'qon g'aznasini to'ldirar edi. Xonlik davrida xunarmandlik ham rivojlangan edi. Shahar ahli misgarlik, zargarlik, temirchilik, buyoqchilik, kulolchilik, uymakorlik, tikuvchilik kabi hunarlar bilan shug'ullanganlar. Shaharning aholisi 80 000 dan ortiq edi. o'zbek, qirg'iz, qipchoq, qoraqalpoq, uyg'ur, tojik xalqlari tinch, ahil-inoq va totuv yashar edilar.
Qo’qon xonligi tangalari
- Slides: 12