Nizomiy nomidagi TDPU ozbek tili va adabiyoti fakulteti
Nizomiy nomidagi TDPU o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 404 guruh talabasi Nurullayeva Maftunaning “Amaliyotchi -2013” ko‘riktanloviga tayyorlagan ochiq darsiga xush kelibsiz!!! Metodist: R. Niyozmetova
Sana: 21. 01. 2013 Fan: Adabiyot tarixi Guruh: 202 Mavzu: Mirzo G‘olib hayoti va ijodi Ta’limiy: o‘quvchilarda Mirzo G‘olib hayoti va ijod yo‘li, g‘azallarida ifodalangan yuksak badiiy mahorat, ularning ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida bilimlarni shakllantirish; Tarbiyaviy: O‘quvchilarni komil insonlik ruhida tarbiyalash, insonparvarlik g‘oyalarini singdirish; Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, fikrlarni umumlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish. Dars turi: Noan’anaviy Dars metodi: “ Tezkor savol-javob” , “Tarmoqlash”, “Auksion”, “Oltin meros”, “Sirli so‘z”, “Bahrubayt”, “G‘azal tahlili”. Dars jihozi: Darslik, qo ‘shimcha adabiyotlar, ko‘rgazmalar, slaydlar.
Darsning borishi Tashkiliy qism: (15 daqiqa) a) salomlashish b) davomatni aniqlash d) ma’naviyat daqiqasi 2. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash (30 daqiqa) O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi: 1 -guruh nomi: “Fuzuliy” 2 -guruh nomi: “Mirzo G‘olib”
I bosqich: “Guruhlar o‘rtasida savol-javob” Bunda o‘quvchilar Fuzuliy hayoti va ijodi bo‘yicha savoljavob o‘tkazadilar. Har bir guruh raqib guruhga 2 tadan savol beradi.
II bosqich: “Auksion” Bunda o‘quvchilar Fuzuliy hayoti bo‘yicha berilgan fikrlar ichidan to‘g‘ri va arzon narxdagisini tanlab olishlari kerak
III bosqich: “Oltin meros” Bunda o‘quvchilarga Fuzuliy g‘azali bo‘yicha kuylangan qo‘shiq eshittiriladi. Ular qo‘shiq nomini va ijrochisini topishlari kerak.
IV bosqich: “Bahrubayt” Bunda guruhlar Fuzuliy g‘azallari bo‘yicha bahrubayt o‘tkazadilar.
Dars shiori: Yaxshi fikrni ifodalash uchun og‘iz ochishing lozim, yomon gap uchun og‘izni berk tutgin! (Husayn Voiz Koshifiy)
Yangi mavzu bayoni: (20 daqiqa)
Reja: 1. Mirzo G‘olib hayoti 2. Mirzo G‘olibning tarixiy asarlari 3. Mirzo G‘olib g‘azallari
O‘zining beqiyos ijodi bilan urdu adabiy tiliga asos solgan va hind she’riyatining mumtoz davrini yakunlagan, ham Pokiston, ham Hindistonning faxr-u g‘ururiga, har ikki millatning timsoliga aylanib ketgan otashnafas shoir Mirzo Asadulloxon G‘olib asli turkistonlik — o‘zbeklarning oybek urug‘idan bo‘lgan.
Uning bobosi Mirzo Qo‘qonbek Samarqand amirzodalaridan bo‘lgan otasi Tursunxon bilan arazlashib, XVII asr o‘rtalarida Hindistonga borib qoladi. Mirzo G‘olib ana shu kishining o‘g‘li Abdullabek va Buxorodan Hindistonga kelib qolgan Xoja G‘ulom Husaynning qizi Izzatunnisodan Agra shahrida tug‘iladi. Ma’lum bo‘ladiki, hind zaminida tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, Mirzo G‘olib ota tomonidan — samarqandlik, ona tomonidan esa — buxorolik. Binobarin, uni nafaqat hind va urdu, balki o‘zbek xalqining ham shoiri deyishga haqlimiz.
G‘olibni “Suxanvorlik bo‘stonining bulbuli va ma’no shakkaristonining to‘tisi”- deb lutf etadilar. Urdu munaqqidi Abdurahmon Bijpuriyning yozishicha, Hindistonda eng o‘qimishli kitoblar bu — muqaddas «Veda» va Mirzo G‘olibning devoni hisoblanadi.
Shoir she’rlarini urdu va fors tillaridan Yong‘in Mirzo, Rahmonberdi Muhammadjonov, Mirtemir, Vasfiy, Chustiy, Shoislom Shomuhamedov, Sulton Qo‘qonbekov, Hamid G‘ulom, Po‘lat Mo‘minlar tarjima qilishgan.
«Dastanbu» Asarlari «Mehri nimro‘z» «Panji ohang»
Ma’lumki, Hindistonda yashab ijod etgan mashhur fors-tojik shoiri Xusrav Dehlaviyning kelib chiqishi ham asli Shahrisabzdan bo‘lib, o‘zbeklarning lochin urug‘idan edi. Shuni nazarda tutib, Mirzo G‘olibga zamondosh bo‘lgan shoir Nayyar yozgan edi: «Hindistonda fors she’riyati lochin urug‘idan bo‘lgan turkdan boshlanib, oybek urug‘idan bo‘lgan turkda nihoyasiga yetdi» .
“G‘azallar” «Shaydo» 1965 O‘zbek tilida nashr etilgan to‘plamlari 1975
Hindiston hukumati, shaxsan Indra Gandi tashabbusi bilan Dehlida tashkil etilgan G‘olib uyi va G‘olib akademiyasidagi kitob javonlari jahonning turli mamlakatlarida chop etilgan shoir haqidagi risolalar va asarlarining turli tillardagi tarjimalari bilan to‘la.
Hindiston va Pokiston xalqlarining ulkan va sevimli shoiri Mirzo G‘olib she’rlari shu qadar ko‘p ma’noli, serqatlam va nozikki, ularni sharhlash uchun urdu va ingliz tillarida 14 ta katta kitob yaratilgan.
Mirzo G‘olibning bir she’riy majmuasi Hindistonda 100 martadan oshiqroq chop etilganligi, Hindistonda adib hayotga bag‘ishlangan 18 qismdan iborat “Mirzo G‘olib” telefilmi ishlanganligi shoir shaxsiyati jozibasi va she’riyatining badiiy qudrati qanchalik ekanligini ko‘rsatadi.
Desam, G‘olib, yerim — pok xoki Turon, Asl zotim bilan bag‘rim farahmand. O‘zim turkzoda-yu naslim-da turkzod, Buyuklar qavmi birla asli payvand. Urug‘ bo‘lmish menga oybeklar aslan, Kamolan oyga nisbat, balki o‘nchand. Otam kasbin desam dehqonchilikdir, Bobom bo‘lmish zamindori Samarqand.
Yangi mavzuni mustahkamlash (25 minut) V bosqich: “Sirli so‘z” Bunda o‘quvchilar Mirzo G‘olib hayotiga oid ma’lumotlarni xronologik jihatdan to‘g‘ri joylashtirib, sirli so‘zni topishlari kerak.
VI bosqich: “G‘azal tahlili” Bunda har bir guruh tayanch so‘zlar yordamida Mirzo G‘olib g‘azallaridan ikki misra tahlil qiladi.
Baholash: Bunda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi.
Uyga vazifa: 1. Mirzo G‘olib hayoti va ijodini o‘rganish. 2. Shoir g‘azallaridan yod olish va uni mustaqil tahlil qilishni o‘rganish
- Slides: 25