SINTAKSIS SOZLARNING TENG VA TOBE BOGLANISHI SOZ BIRIKMASI
SINTAKSIS. SO’ZLARNING TENG VA TOBE BOG’LANISHI. SO’Z BIRIKMASI, UNING TURLARI, XUSUSIYATLARI REJA: Sintaksis haqida ma’lumot. 2. So’zlarning teng va tobe bog’lanishi. 3. So’z birikmasining ta’rifi. 4. So’z birikmasining turlari. 5. So’z birikmasining so’z, sintagma, ibora va gapga o’xshash tomonlari va ulardan farqi. 6. Hokim va tobe so’zlarning birikish usullari
SINTAKSISNING BO’LIMLARI SO’Z BIRIKMSI SINTAKSISI Bunda so’z birikmasining xususiyatlari o’rganiladi GAP SINTAKSISI Bunda gapning xususiyatlari o’rganiladi
ING O’ZARO GAP TARKIBIDAGI SO’ZLARNING O’ZARO BOG’LANISHI BOG’LANISH USULLARI TENG BOG’LANISH Akbarali unga tikilib turdi yu, indamadi TOBE BOG’LANISH Akbarali unaqa odamni bilmasdi.
TENG BOGLANISHNI TA’MINLOVCHI VOSITALAR TENG BOG’LOVCHILAR: Yoz boshining kuchga to'lgan quyoshi …, dehqon va korandalarni soya salqinga hayday bosh lagandi. OHANG: Mendan awal o'tgan avlod ajdodlarim uni jamiki betakror jozibasi bilan, tuganmas xazinalari bilan menga meros qoldirgan. TENG BOG’LOVCHILAR VAZIFASIDAGI VOSITALAR: Nodir mirshab bilan Sodir mirshabning aslida xizmat joylari shaharda.
TENG BOG’LOVCHILAR YORDAMIDA TENG BOG’LANISH BIRIKTIRUVCHI BOGLOVCHILAR YORDAMIDA TENG BOG’LANISH: Yana bir orzusi dono va hozirjavob odam sifatida dovrug' taratish edi. ZIDLOV BOGLOVCHILAR YORDAMIDA TENG BOG’LANISH: Hoshim shunday deb o’yladi yu, ammo sir boy bermadi. AYIRUV BOGLOVCHILAR YORDAMIDA TENG BOG’LANISH: Sodir mirshab esa ularning bittasiga ham qaramas, goh yerga, goh osmonga tikilarkan, g'o'ng'illab xirgoyi'qilardi. INKOR BOGLOVCHILAR YORDAMIDA TENG BOG’LANISH: Ammo u na telefon qiladi, na qorasini ko’rsatadi.
TENG BOG’LOVCHILAR VAZIFASIDAGI VOSITALAR YORDAMIDA TENG BOG’LANISH KO’MAKCHILAR YORDAMIDA TENG BOG’LANISH: Katta opamlar bilan oyimlar o'choq atrofida kuymalanib yurishar edi. YUKLAMALAR YORDAMIDA TENG BOG’LANISH: Dadamlar ichkariga kirib ketdilar u darhol qaytib chiqdilar.
TOBE BOG’LANISHDA QO’LLANADIGAN VOSITALAR KELISHIK QO’SHIMCHALARI: Dadamlarga kiyinishni buyurdilar. EGALIK QO’SHIMCHALARI: Mirzacho'lning azamat paxtakorlaridan Sizga otashin salom. ERGASHTIRUVCHI BOG’LOVCHILAR: Bu uy bir burchakka tiqilgan, shunin g uchun ko’rinmas edi.
SO’Z BIRIKMASINING TA’RIFI KAMIDA IKKITA MUSTAQIL SO’ZNING MA’NO, GRAMMATIK VA OHANG JIHATIDAN BIRIKISHIDAN HOSIL BO’LGAN SINTAKTIK BIRLIK SO’Z BIRIKMASI DEB ATALADI: SOVUQ KUN, BESHTA DAFTAR, BU UY, TEZ YURMOQ, SEKIN JAVOB BERMOQ.
HOKIM VA TOBE SOZLAR So’z birikmasi har doim 2 qismdan iborat bo’ladi: 1. Ma’nosi izohlanayotgan so’z hokim so’z hisoblanadi: bilimdon talaba, uch kishi. 2. Hokim so’zning ma’nosini izohlayotgan so’z tobe so’z hisoblanadi: og’ir yuk, bahorda ekmoq, shu kitob.
SO’Z BIRIKMASINING TASNIFI HOKIM SO’ZNING TURKUMIGA KO’RA TOBE SO’ZNING QAYSI GAP BO’LAGIGA MANSUBLIGI JIHATIDAN TUZILISHIGA KO’RA
HOKIM SO’ZNING TURKUMIGA KO’RA SO’Z BIRIKMASINING TURLARI 1. Hokim so’zi fe’lning sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi shakllari bilan ifodalangan birikma fe’lli so’z birikmasi hisoblanadi: kitobni o’qimoq, binoni ko’rib, bugun kelgan. 2. Hokim so’zi ot, sifat, son, olmosh, ravish yoki otlashgan so’zlar bilan ifodalangan birikma otli so’z birikmasi hisoblanadi: uchta uy, barchadan chiroyli, vazifaning hammasini, bolalardan uchtasi, gapning ozi
TOBE SO’ZNING QAYSI GAP BO’LAGIGA MANSUBLIGI JIHATIDAN SO’Z BIRIKMASINING TURLARI ANIQLOVCHILI SO’Z BIRIKMASI: ozod yurt, po’lat sandiq, bu ip, o’qigan bola, besh uy, ko’p odam TO’LDIRUVCHILI SO’Z BIRIKMASI: uyni tozalamoq, unga gapirmoq, qo’lda bajarmoq, onasidan eshitmoq HOLLI SO’Z BIRIKMASI: yaxshi ishlamoq, jo’shib kuylamoq, ertaga kelmoq, uyda o’tirmoq
• So‘z birikmasi zanjiri. Ba’zan gap takibidagi so‘z bir so‘zga nisbatan hokim, boshqa so‘zga nisbatan esa tobe holatda bo‘lishi yoki bir hokim so‘z bir necha tobe so‘zga, bir tobe so‘z esa bir necha hokim so‘zga bog‘langan bo‘lishi mumkin. So‘z birikmalarining bu tarzdagi holati so‘z birikmasi zanjiri deb ataladi: Hozir hamrohining yuzidan hеch qanday ma'no uqib bo‘lmasdi. Bu gapda quyidagi so‘z birikmalari mavjud: • 1) hozir uqib bo‘lmasdi; 2) hamrohining yuzidan; • 3) yuzidan uqib bo‘lmasdi; 4) hеch qanday ma'no; • 5) ma'no uqib bo‘lmasdi;
TUZILISHIGA KO’RA SO’Z BIRIKMASINING TURLARI SODDA SO’Z BIRIKMALARI BOSHQA SO’Z BIRIKMALARIGA BO’LINMAYDI: ajoyib inson, har kuni kelmoq, yengil tabiat odam, hayratdan yoqasini ushlamoq. MURAKKAB SO’Z BIRIKMALARI KAMIDA IKKITA SO’Z BIRIKMASINING MA’NO JIHATIDAN YAXLITLANISHIDAN TUZILADI: bugun kelgan mehmon, katta mevali daraxt.
Misol: . Shaharda, akasining uyida bir hafta yashadi. Sintagmalar: So’z birikmalari: 1) shaharda; 2) akasining uyida; 3) bir hafta yashadi. 1) shaharda yashadi; 2) akasining uyida; 3) uyida yashadi; 4) bir hafta yashadi.
Misol: Shu kuni Uzoq Sharqdan telegramma orqali javob qildi. Qo’shma so’zlar: So’z birikmalari: 1) shu kuni; 2) Uzoq Sharqdan; 3) javob qildi. 1) Shu kuni javob qildi; 2) Uzoq Sharqdan javob qildi; 3) telegramma orqali javob qildi.
Misol: Kuni bitganini bilgandan keyin qo’lga tujshmaslik uchun tinkasini quritib yer bilan yakson qilmoqchi boldi. So’z birikmalari: Iboralar: 1) kuni bitganini; 2) qo’lga tujshmaslik; 3) tinkasini quritib; 4) yer bilan yakson qilmoqchi boldi. 1) kuni bitganini bilgandan; 2) bilgandan keyin yer bilan yakson qilmoqchi boldi; 3) qo’lga tujshmaslik uchun yer bilan yakson qilmoqchi boldi; 4) tinkasini quritib yer bilan yakson qilmoqchi boldi
Misol: Qish. Sovuq havo yuzlarni chimchilaydi. GAPLAR: 1) Qish. 2) Sovuq havo yuzlarni chimchilaydi. SO’Z BIRIKMALARI: 1) sovuq havo; 2) yuzlarni chimchilaydi.
SO’Z BIRIKMASINING QO’SHMA SO’Z, SINTAGMA, IBORA, GAPGA O’XSHASH TOMONLARI VA FARQLARI Birliklar № Xususiyatlari So’z birikma si Sintagma Qo’shma so’z Ibora Gap 1. Kamida 2 ta mustaqil so’zdan iborat bo’ladi + + 2. Qismlari ma’no jihatdan bog’lanadi + + + 3. Qismlari grammatik jihatdan bog’lanadi + + + 4. Qismlari ohang jihatdan bog’lanadi + + 5. Ko’chma ma’no ifodalaydi 6. Tugallangan mazmunga ega + + +
UYGA VAZIFA 1. Tegishli adabiyotlardan mavzuni konspektlashtirish. 2. “Ona tilidan mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish. 3. LTQdagi mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.
- Slides: 20