Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani 27 umumtalim maktabi
Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani 27 - umumta’lim maktabi o’zbek tili o’qituvchisi Qahhorova Mavjudaning “Kasbim-mening faxrim” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi
Mavzu: Kasbim-mening faxrim • Darsning maqsadi: • Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga kasb-hunar egallash, hunarsiz kishi xor bolmasligi haqida uqtirish, kasbhunarlar va ularni mohiyati bilan tanishtirish. • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda mehnatsevarlik, izlanuvchanlik kabi hislatlarni tarbiyalash. • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning qobiliyati va layoqatiga qarab kasb tanlash lozimligini uqtirish. • Darsning uslubi: suhbat, tushuntirish. • Darsning jihozi: Turli kasb va hunar egalarining suratlari. • Dars turi: noan’anaviy.
Darsning borishi • • Sog’ – salomat bo’lib, rohatda yashashni istagan odam bir kasbga tutinishi, hunar o’rganishi kerakdir. Ko’rkam hulqli bolalar yoshlik chog’laridan boshlab ilm-u hunar o’rganishga qiziqib, uning kerakligini sezadilar. Kishiga sog’lik qanchalik kerak bo’lsa, hunar o’rganish ham tinch va rohatda umr kechirish uchun shunchalik zarurdir. Kasb nima? Kasb – ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyogarlik talab etadigan biror turi, sohasi. Hunar nima? Hunar- kishidan muayyan mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbayi hisoblangan mashg’ulot. Kasb turlarini sanab o’tamiz: O’qituvchi, shifokor, xirurg , akusherginekolog, terapevt, psixiatr, fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi, yurist , kompyuter va axborot tarmoqlari menejeri va hokazolar Hunar turlarini sanab o’tamiz: zardo’zlik, haykaltarosh, kasanachilik, naqqosh, etikdo’z, oshpaz, novvoy, qandolatchi, tikuvchi kulolchilik, chinnisozlik va hokazolar.
O’qituvchi-inson qalbining me’mori
• Dunyoda kasblar ko‘p, har birining hayotda o‘z o‘rni, o‘z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday bir ulug‘ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu olijanob kasbning nomi o‘qituvchilik, murabbiylikdir. Insonga ONA VATAN va boshqa ana shunday muqaddas so‘zlarni ilk bora ustozi o‘rgatadi. Go‘dak eng avvalo, dunyoga ustozining nigohlari bilan boqadi, uning so‘zlari bilan so‘zlaydi. Ustoz bergan ta'lim va tarbiya inson qalbida, ongu shuurida umrbod muhrlanib qoladi.
Shifokorlar- dard malhami
Aktyorlik – iste’dod maktabi
Osoyishtalik posbonlari
So’z ustalari
Me’morchilik
Zardo’zlik
Haykaltaroshlik
Dehqonchilik
Qishloq xo`jaligi yo`nalishi • • O`quvchilar qishloq xo`jaligi sohalari; dehqonchilik va chorvachilik, fermerlik va mulkdorlikning boshqa turlari; qishloq xo`jaligida tadbirkorlik; mahsulotlar bozori haqida tushunchalar; madaniy ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o`sishi va rivojlanishi; tuproqning tuzilishi, unumdorligi; yerga ishlov berish va bunda qo`llaniladigan mehnat qurollari, mashina, moslamalar va ularning umumiy tuzilishi hamda ishlash jarayonlari, ularga qo`yiladigan agrotexnik talablar; o`g`it turlari, o`g`itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar; urug`larni tayyorlash va ularga ishlov berish; urug` va ko`chat ekish usullari hamda mashinalari; g`alla, don, dukkakli, tugunakli va ildiz-mevali ekinlar; sabzavot, poliz, meva, moyli, tolali va ziravor ekinlar yetishtirishda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar majmuasi; yopiq joylarda (issiqxonalarda) ekin yetishtirishning ahamiyati, istiqboli, xususiyatlari va ularda ishlatiladigan kichik o`lchamli mashinalar; yetishtirilgan hosilni yig`ibterib olish, birlamchi ishlov berish va saqlashga oid bilimlar va amaliy ko`nikmalar; chorvachilik biologiyasi; chorva mollari, parrandachilik va boshqalar; chorvachilikda naslchilik; ozuqabop ekinlar; chorvachilikda sanitariya-gigiyena talablari, zootexnika, zooveterinariya asoslari; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari; qishloq xo`jaligi sohalari bo`yicha kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Dars yakuni • Xalqimizda shunday maqollar borki, insonni to’g’rilikka, ezgulikka, yaxshilikka undaydi. • Oltin topmagin-u o’rgangin hunar, Hunarning oldida xordir oltin, zar. • Hunarli kishi xor bo’lmas, Do’st-dushmanga zor bo’lmas.
Uyga vazifa: • “Men tanlagan kasb” mavzusida insho yozish.
- Slides: 16