BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI filologiya fakulteti lingvistika mutaxassisligi II
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI filologiya fakulteti, lingvistika mutaxassisligi II bosqich magistranti Muqimova Gulnora HOZIRGI O`ZBEK ADABIY TILIDA SIFATLARNING SEMANTIK FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI Ilmiy rahbar: f. f. n, dotsent T. Asadov
I BOB. SO`Z TURKUMLAR TIZIMIDA SIFAT VA UNING LINGVISTIK TABIATI 1. O`zbek tilshunosligida sifat so`z turkumi 2. Sifat leksemalarining etimologiyasi 3. Sifatda konversiya hodisasi 4. Narsa asosida shakllangan sifat leksemalar
II BOB. SIFAT MA’NOVIY GURUHLARINING LEKSIK VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI 1. Xususiyat, holat, shakl bildiruvchi sifatlar 2. Rang-tus, maza-ta’m, hid bildiruvchi sifatlar 3. Hajm-o`lchov, o`rin va paytni bildiruvchi sifatlar
III BOB. SIFAT MA’NOVIY GURUHLARINING SEMANTIK VA USLUBIY XUSUSIYATLARI 1. Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari 2. Holat bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari 3. Rang-tus bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari 4. Hajm-o`lchov bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari
5. Shakl bildiruvchi sifatlarning semantik - uslubiy xususiyatlari 6. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari 7. Hid bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari 8. O`rin va payt bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari
O`zbek tilshunosligida sifat so`z turkumi: • Sifatning atash semasi belgi bildirishidir; • Sifatning eng asosiy morfologik xususiyati uning yasalishi va darajalanishi; • Sifat sintaksisda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi, ot -kesim, shuningdek, tarz (ravish) holi bo`lib keladi. Otga xos kategoriyani olsa, boshqa gap bo`laklari ham bo`lib keladi.
Sifat asosida paydo bo`lgan kishi ismlari • 1. Xususiyat sifatlari asosida shakllangan atoqli otlar: Abay, Kuzan, Bayri, Chevar, Bakir, Daler, Chaqqon, O`ktam, O`tkir; • 2. Holat sifatlari asosida shakllangan atoqli otlar: Uljon, To`qboy, Toshbotir, So`lim, Suyarbek, Olqinboy, Yorqin, Yolqin, Bo`kay, Gajir, Bayan, Barlos, Bayna, Bayot, Abjir, Barchin, Bokira; • 3. Rang-tus asosida shakllangan atoqli otlar: Qorajon, Oqqiz, Sari(sariq sochli), Sariboy, Qoraqiz, Yashil, Qoracha, Ko`kqiz;
Sifat asosida paydo bo`lgan kishi ismlari • 4. Shakl - ko`rinish asosida shakllangan atoqli otlar: Oyday, Oydona, Oycha; • 5. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar asosida shakllangan atoqli otlar: Chuchuk, Shirin, Laziz, Bolbibi, Bolqiz, Totli; • 6. Hajm-o`lchov sifatlari asosida shakllangan atoqli otlar: Kattabek, Uzoq, Uzun, Mittigul, Ortiq va b.
I. 2. Ayrim sifat leksemalarining etimologiyasi
I. 3. Sifatda konversiya hodisasi
Narsa asosida shakllangan sifatlar • Simobi. Anvar bolani Ra’noga bergandan keyin simobi shohi sallasini olib, yostiqqa tashladi va ro`moli bilan qop-qora bo`lib ketgan murtini tuzatdi. • Jigarrang – qizg`ish, qizil • Binafsharang • Lojuvard –qimmatbaho ko`k tosh, odatda rang ifoda semasini bildiradi. • Lojuvard ko`kda sayrashib uchayotgan qushlar, daraxtlarga qo`nib saxiy quyoshga madhiya aytayotgandek, basma-basga chug`urlashardilar.
La’l, aqiq, yoqut so`zlarining lirik asarda keltirilishi • Telba ko`nglim yor zulfi toridan ayrilmagay, Joni zorim la`lining guftoridan ayrilmagay. (A. O`tar) • Shu cho`lpon ko`zlarning buyuk hurmati, • Shu aqiq lablarning rost so`zi diya, • So`ylang-chi, vafoning nadir qimmati, • Siz ham kutganmisiz biror soniya? ! (A. Oripov)
Xarakter-xususiyatni bildiruvchi sifatlar tuzilishi jihatidan 4 ga bo`linadi Sodda Tub sifatlar: dadil, go`l, daydi, dangasa, jo`n, zab, zukko, ziyrak, mahmadona, mechkay, mudhish, muttaham, muqaddas, nodir, nodon, noyob, no`noq, odil, odmi, oddiy, ojiz, olifta, puch, Yasama sifatlar: aqlli, kuchli, ichishli, aloqador, aybdor, manfaatdor, bedin, beg`ubor , noumid, noinsof, noo’rin; nomard, noma’lum, nomunosib, kurashchan, yashovchan, unutuvchan, erinchoq,
Xarakter-xususiyatni bildiruvchi sifatlar Juft sifatlar: aql-hushli, pishiq -puxta, telba-teskari, mo`min -qobil, ezma-churuk, tepsatebranmas, dali-g`uli, bo`shbayov, toparmantutarman, yengil-yelpi. Qo`shma sifatlar: dilorom, dilozor, kafangado, otashnafas, xomkalla, sho’rpeshona, kaltafahm, shirinsuxan, sho’rtumshuq, balandparvoz, otabezori, Takror sifatlar: Bir qarasangiz qiziq-qiziq gaplarni aytib, odamlarni kuldirib o`tiradi; bir qarasangiz, gung bo`lib boshini egib oladi. (X. To`xtaboyev)
Xarakter-xususiyatni bildiruvchi sifatlarning sintaktik vazifasi: • Sifatlovchi-aniqlovchi, ega, qaratqichaniqlovchi, to`ldiruvchi, undalma bo`lib keladi: Odobli bola elga manzur. • Yaxshi oshini yer, yomon – boshini. • Saxiyning ehsoniga baxilning boshi og`rir. • Yaxshidan adashma, yomonga yondashma. • Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz.
Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlarning semantik-uslubiy xususiyatlari. • Bilsang men ham chaman o`lkamning, • Sho`x va quvnoq, shod o`g`ilchasi. • (A. Oripov) • • Yosh burgut uchmoqda ko`kda shiddatkor, Kumush bulutlarning to`zg`itib parin. Uchmoqda, qalbida mag`rur ishonch bor. Qaqshagan qoyalar, cho`qqilar sari.
Holat sifatlarining uslubiy xususiyatlari. Yumshoq yostiq Yumshoq odam Yumshoq ko`ngil Yumshoq jazo
Holat sifatlarining uslubiy xususiyatlari • Munavvar “o`ta intelligent”, yumshoq bir odamga dag`allik qilib, ozor berganiga o`ksindi. (S. Anorboyev). • Ochil qanchalik tez va ko`ngli yumshoq bo`lsa, Mahkam shunchalik vazmin edi. • Quturmay ham nima qilsin, chayqovchilikdan ayblanganlarning ustidansudlar shu qadar yumshoq hukm chiqaradiki, bilmaysan kishi: jazo berdimi, nasihat qildimi? (A. Qahhor)
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlarning semantik-uslubiy xususiyatlari. Shirin so`z Shirin orom Shirin bola Shirin qovun Shirin tabassum Shirin xayol Shirin oila
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar • Voy-voy bu shirin bolani, naq bug`ursoqni o`ziku. (G`. G`ulom) • Shirin xayoling buzdimmi? (R. Parfi) • Shirin so`z shakardan shirin. (Maqol) • Goh sen shirin oromga makon, • Goho qaynab toshgan buloq ko`zisan. • (A. Oripov)
Qora leksemasining ma’no ifodasi • 1) “motam” ma’nosida keladi: Yusufbek hoji xatmi qur’on qilib, yurtga osh berdi. O`zbek oyim qora kiyib, ta’ziya ochdi. (A. Qodiriy) • 2) “qayg`u” semasini: Ro`zg`oring qora qilmay. (E. Vohidov) • 3) “kun” semasini: O`tdi dahshatli kun/ Qora sahifa. (E. Vohidov) • 4) “ko`rinmay ketmoq” semasini: poezdning qorasi o`chguncha mo`ltirab qarab turdim, keyin yig`lab-yig`lab izimga qaytdim. (S. Siyoyev) • 5) “ko`rinish bermoq” semasini: Polvon bolam-ku, qorasini ko`rsatmay, suvga tushgandek g`oyib bo`ldi. (S. Ahmad) • 6) “ko`rmoq” semasini: qorasini ilg`amoq, Kunning o`zi peshin vaqti bo`lganda, poygachilar qorasini oladi. (Alpomish) • 7) “ayb, aybdorlik, gunohkorlik” semasini: Quchog`ini “o`zligi”ga ochdi deb/Oq ismimga qora zanjir ildingiz? (Cho`lpon)
Klassik asarlarda qora sifatining turli semantik xususiyatlari • Qora so’zi “kuygan, qora qon” ma’nosini ifodalaydi: • Kecha-kechadur har erta, ko’zum ashkidin yuvib yuz, • Jigarim ezib qilurmen qora qon ila g`arora. (Furqat). • Ikkinchi bir g`azalda oshiq ma’shuqasi oldida ma’lum bir ayb ish qilib yuzi qorayganligini ifodalaydi: • Agar o’zgani yuziga nazar aylasam ko’z ochib, • Bu orada haq tonuqdur, kelu qil yuzimni qora. (Furqat). • Oh, tim qaro ko’zlaring naqadar go’zal…
Ko`k rangining turli semalari: • 1. “Yashil, sabza, ko`k o`t” semasi: Qarshimda tebranar ko`k barglar har on. • 2. “Maysa, ko`kat” semasi. Yomg`irlar yog`ib, yerda o`t-o`lan ko`rina boshladi, hayvonlarni og`zi ko`kka tegdi. • 3. “Otquloq, yo`ng`ichqa, ismaloq kabi ko`katlarning umumiy nomi ”Ko`k terish bahonasi bilan dalalarni tusay boshlagan edi. (Cho`lpon) • 4. “Rezavor o`simliklar” Ko`k solib qatiqlangan mastavaning lazzatli hidi keldi. (A. Muxtor) • 5. “dollar” semasini bildiradi
Hajm-o`lchov bildiruvchi sifatlarning uslubiy xususiyatlari. • O`zbek tilining izohli lug`atida keng so`zining izohi quyidagicha berilgan. • 1. Ko`chma ma’noda. Mehr-muruvatli, yaxshilikni ayamaydigan kishi ma’nosida. Kengga keng dunyo, torga tor dunyo. (Maqol) • 2. Fe`li (yoki ko`ngli) keng. Ko`ngling keng bo`lsa, hujra ham saroyday. (Gazetadn) • 3. Yuragi keng. Tashvish tortmaydigan kishi. Yuragingiz muncha keng bo`lmasa, hayronman. (A. Qahhor) ko`zingizga uyqu kelganiga
Hajm-o`lchov bildiruvchi sifatlarning uslubiy xususiyatlari. • • • Bebosh edim bir vaqtlar men ham, Bo`shamasdi o`yindan qo`lim. Ko`p nasihat qilardi otam: - bir ozgina og`ir bo`l bolam. (A. Oripov) Yaldo kechasiday rutubatli qish, Soldi ruhimizga o`g`ir bir surur. (A. Oripov) Jajji she’rim qo`yurman baland. Xayol kabi keng erur olam, Mayda gapni ko`tarmagay she’r
Shakl bildiruvchi sifatlarning uslubiy xususiyatlari. • Lo`ppi so`zi asosan paxta so`ziga nisbatan ishlatilib, yetilgan, to`lishgan ma’nosini anglatadi; lo`ppi yuz • Kulcha, shirmoyi asosan nonga nisbatan ishlatilib, oliy navli undan sut va yog` solib tayyorlangan kichkina dumaloq non ma’nosini ifodalaydi. Insonning yuziga nisbatan esa kulchaga o`xshash, dumaloq, lo`ppi va qizil yuz ma’nosida ishlatiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat !!!
- Slides: 27