Namangan Davlat Universiteti Filologiya fakulteti Ozbek tili yonalishi
Namangan Davlat Universiteti Filologiya fakulteti O’zbek tili yo’nalishi 1 -bosqich 102 -guruh talabasi HUSANOVA SURAYYOning “O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan TAQDIMOTI
Abu Rayhon Beruniyning “O`tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” (Osor ul-boqiya) Reja: Abu Rayhon Beruniyning hayoti. “O`tmish xalqlardan qolgan “Osor ul-boqiya” yodgorliklar” ning mazmun asarining mohiyati. yaratilish tarixi.
Abu Rayhon Beruniy, U. I. Karimovning ta'kidlashicha, milodiy 973 yilning 4 sentabrida (hijriy 362 yil zu-l-hijja oyining 2 kunida) Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyotda tavallud topadi.
1009 -1017 yillarda Xorazmshox Abu-l. Abbos Ma'mun ibn Ma'mun saroyida xizmat qilib, katta obro`-e'tibor topadi. 1017 yilda Mahmud G`aznaviy Xorazmni bosib olgandan so`ng Xorazmdagi bir qancha olimlar qatori Beruniy ham G`aznaga yo`l olishga majbur bo`ladi va umrining oxiriga qadar shu yerda ijod qiladi.
U o`z davridagi barcha fan tarmoqlari bo`yicha qalam tebratib, 150 dan ortiq asar qoldirdi. Bizgacha yetib kelgan asarlari orasida «Xronologiya» , «Hindiston» , «Geodeziya» , «Mineralogiya» , «Masud qonuni» , va «Saydana» nomi bilan mashhur bo`lgan «Kitob As-Saydana Fi-t-tibb» asarlari tadqiqotchilar tomonidan maxsus o`rganildi va arab, rus, ingliz, nemis va boshqa bir qator tillarga tarjima qilinib nashr etildi.
Al-Ma'mun AN ibn Muso ar. Ridga Navro'z to'g'risida aytib berishni so'ragan edi, u shunday javob berdi: "Bu kun — farishtalar qadrlaydigan kundir, chunki shu kuni farishtalar yaratilgan. Bu kunni payg'ambarlar ham qadrlaydilar, chunki shu kuni Quyosh yaratilgan. Bu kunni shohlar ham qadrlaydilar, chunki bu kun yilning birinchi kunidir".
Navro'zning bayram deb e'lon qilinishi to'g'risida shunday deb hikoya qiladilar: Jamshid o'ziga bir arava yasabdi. Bu aravaga birinchi marta o'tirganda, jinlar va iblislar bir kunda uni havoga olib chiqib, Dunbavand tog'idan Bobilga olib borgan ekanlar. Odamlar mo'jiza ko'rganlari uchun, bu kunni bayram deb e'lon qilibdilar. Odamlar Jamshidga taqlid qilib, arg'imchoq uchadigan bo'lgan ekanlar.
Ba'zilarning aytishicha, Jamshid sayohat qilishni yaxshi ko'rar ekan. Ozarbayjonga borishni xohlab qolganda, u o'zining oltin taxtiga o'tirgan ekan va odamlar yelkalaridan taxtni ko'tarib borgan ekanlar. Quyosh nurlari Jamshidning yuziga tushganda, odamlar buni ko'rib g'oyatda zavqlanibdilar va xursand bo'libdilar, bu kunni bayram deb e'lon qilibdilar. Forslarda Navro'z kuni bir-birlariga qand hadya qilish rasm bo'lgan ekan, Bag'dodlik Odorbodning aytishicha, buning sababi shuki, shakarqamish Jamshid davrida paydo bo'lgan emish, o'sha paytgacha shakar qamishni u yerda bilishmas ekan.
Jamshid shirin suyuqlik tomib turgan shakarqamish poyasini ko'ribdi. U suyuqlikdan tatib ko'ribdi va shirin ekanligini bilib, suyuqlikni ajratib olib qand tayyorlashni buyuribdi. Qand beshinchi kuni tayyor bo'libdi, odarnlar esa bir-birlariga yaxshilikka qand hadya qilishibdi. Mehrjon kuni shu tariqa rasm bo'lgan ekan.
Adabiyotlar: O`zbek mumtoz adabiyoti namunalari I jild. –T. , 2005. Nurmonov A. O`zbek tilshunosligi tarixi. – T. , O`zbekiston, 2002. O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 12 tomlik. www. ziyonet. uz
- Slides: 11