Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi Doklad Topshirdi: Abdusalomova Sevara Toshkent 2011
Reja: Kirish “BAL RAQSI” tarixi haqida O’zbekistonda “BAL RAQSI” ning o’rni Foydalanilgan adabiyotlar
Bal raqslari olamga qadimdan ma’lum. U asosan XVIII-asr oxirida Angliyada mo’daga kira boshladi. Avvalam bor bal raqslari yuqori martabali shahsalar o’rtasida katta tadbirlarda, tantanalarda ijro etilardi. So’ngra XX-asr boshida o’rta miyor aholi ham u bilan tanishib, raqs zallarida ijro eta boshlashdi.
Bal raqslari o’zining xilma-xilligi va jozibaligi bilan 1924 -yili keng tarqaldi. Osha Angliyada, Imperiya raqs oqituvchilari jamiyatida birinchi raqs bo’imi tashkil topdi. Bo’lm vazifasiga malum musiqa mezonini yaratib, qadam qo’yish va raqs texnikasi asosida ijro etish edi. Bu raqs turi avvaliga butun Yevro’pada, so’ngra esa Osiyo va Amerikaga tarqaldi.
Yuqori martabali shaxslarning dam olish mashg’uloti bo’lgan raqs, tobora keng rivojlanib bellashadigan sport turlariga aylandi. Yillar davomida bal raqslaridan eng qiziqarli ritm mazmuniga ega bo’lgan turlari saralanib olindi. So’ngra yaqin vaqt ichida ikki dasturga bo’lindi. Bular Yevro’pa va Lotin Amerikasi bal raqslari yo’nalishlaridir.
Yevropa dasturida ijrochilar raqs davomida birga zich bog’lanib harakat qilishadi. Bu albatta qo’l va tanani tuta bilish va bir ma’romda harakatida paydo bo’ladi. Lotin Amerika dasturida esa ijrochilar erkin harakatda bo’lib, raqs jarayonida o’zaro birlashishi kuchlanadi va susayadi. ma’lum jarayonda hatto ajralib raqsga tushadi
Bal raqslarining rivojlanish tarixini etnik guruxlarining xilma –xil harakatlari boyitib bordi, dunyo profisional raqsiga asos soldi. Klassik bal raqslariga yorqin o’zgarish yaratgan, Afrika va Lotin Amerikasi raqs madaniyati bo’ldi. Hozirgi kunda deyarlik hamma bal raqslarida Afrika texnikasiga oid yashirin harakatlar mavjud.
O’zbekistonda “BAL RAQSI” ning o’rni XX asrda O’zbekistonda har xil millat xalqlari mavjud edi. Shunga qaramasdan bu millat vakillariga keng imkoniyatlar ilm – fan, urf – odat va sa’natda ham katta o’rin egallar edi.
XX asr 60 yillarida esa Maskvada bal raqslarini Sovet itifoqi mamlakatlarida, shu jumladan O’zbekiston ham rivojlantirishni oldinga maqsad qilib qo’yilgan edi. Moskva shaxridan Toshkentga juda ko’p pedagoglar seminar va o’quv amaliyotini o’rgatish uchun kelisha boshlashadi. Shu jumladan Nina Prokofevna Dmitrenko ham. Nina sobiq rus balerinasi edi. U haqda birinchi va ikkinchi avlod sovet pedagoglari yaxshi tanishar edi. U Toshkent shaxridada butunlay qolib ketadi.
Bu studiyaning nomi “Raduga” deb nomlangan edi. Bu sudiya Toshkent va butun O’zbekistonda birinchi ball raqslari studiyasi edi. Toshkentda Nina bal raqslari “Onasi” edi. Uning o’quvchilari taniqli pedagoglari bo’lib yetishishgan.
Nina – Norveyshey, Kamaytison, Lyudmila Popovix, keyinchalik esa Chebotoryevlar, Torchinovlar va boshqa taniqli bal raqoslarini yulduzlik darajasiga ko’tarib butun Yevropa gastrollarida qatnashish imkoniyatiga ega qilgan pedagogdir. “Raduga” studiyasi eski luna parkda yani hozirgi eski zoopark yonida joylashgan edi. Bu klub hozirda sedan chiqqan bo’lsa ham lekin juda ko’p ish faoliyatini yuritgan ansambllaridan biri edi.
Bu studiya parkda joylashgani uchun ham ansambl qatnashchilari esa har xil shou programmalarida bal raqslari ijro etishga majbur bo’lishgan. Lekin buning yaxshi tomoni shunda ediki shou programmalarga katta mablag’ ajratilar edi. Lekin bu gonararning hammasini Nina sahna bezagi, ansambl kostyumlariga sarf qilar edi. Bu sarf harajatlar ansamblga kelajakda katta ro’l o’ynaydi, va o’z individualiga ega bo’ladi deb aytadi – Nina Projofevna. Chunki har xil Turnirlarda qatnashib o’zlarining jim –jimador raqs kostyumlari bilan ajralib turar edi va o’z mahoratlarini boshqa qatnashuvchilar orasida kuchaytirishga intilar edilar.
O’sha paytdayoq bal raqsi paralari “B” klass paralari ham paydo bo’ladi. Hozirgi kunda bu parani “M” klass deb nom olgan. O’sha davrning o’zida yo’q Farg’ona shaxrida Barbashov ikkinchi ball raqslari studiyasini tashkil qiladi. Nina Toshkentga birinchi kelgan bo’lsada, lekin butun O’zbekiston bo’yicha Barbashov pedagog sifatida liderlik o’rnini egallagan edi.
U o’z Farg’onasidagi studiyasini rivojlantirish uchun Leningrad (Piterburg) shaxridan mashhur bal raqslari paralarini taklif qilib, bal raqslari sirlarini o’z o’quvchilariga taxsil berishiga katta ahamiyat beradi. Bu studiya ham Toshkentdagi “Raduga” studiyasining filiali edi.
70 – yillarning oxirlarida “Raduga ” studiyasida bitirib tamomlagan Torchinlar oilasi o’zining kichik studiyasini tashkil qiladi. Bu klub Aviatsiya zavodiga tegishli bo’lgan va buning nomi “Vastok” deb nom olgan edi. Tashkilotchilar Valeriy va Tatyana Torchinlar edi. Bu studiya “Raduga” studiyasiga birinchi raqib ansambl edi. Chunki “Vastok” studiyasi katta imkoniyatlarga edi va Moskva va Leningrad (Piterburg) shaxarlaridan mashhur pedagoglarni ansamblni rivojlantirib mahoratini oshirish uchun yo’llaydi va bu katta yutuqlarga sabab bo’ladi.
Keyinchalik 80 – yillar boshida esa yana bir Toshkentda bal raqslari studiyasi ochiladi. Uning tashkilchisi Turchinlarning shogirtlaridan biri Habibulin Erik Anvarovich edi. Bu studiya Ado teatrida o’z studiyasini ochadi. Uning kichkintoy bolalar paralari juda ajoyib edi. Shu davrning o’zidayoq Turchinlarning yana bir shogirti Svetlana Mayeseyevna boshchiligida “Алые Тюлпаны” (Lola qizg’aldoq) nomli kichkintoylar uchun bal raqslari klubini ochadi. Bu studiya Akmal Ikromov tumani qoshidagi Pyonerlar uyi (Дом Пионеров) da tashkil qilingan edi.
1980 - yilda Respublika bo’yicha bal raqslari chempionati bo’lib o’tadi va unda 12 ta ansambl qatnashchilari faol ishtirok etishgan. Birinchi o’rinni – “Siluet” klubi g’olib bo’ladi Ikkinchi o’rinni – “Vastok” studiyasi Uchinchi o’rinni - “Raduga” studiyasi edi. 1989 – yilda esa O’zbekistonda bal raqslari Federatsiyasi tashkil qilingan edi. Uning prizidenti esa Rudolf Mixailovich Kan saylandi. Agar Lyubov Prokofevna tirik bo’lganida albatta uni prizident qilishgan bo’lar edi. Shundan so’ng hozirgi zamonga qadar ko’p bal raqslari ansambllari tashkil etila boshlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar: Dmitriy Lereriy biografiyasidan qisqa axborot olindi www. vitadance. uz
- Slides: 19