Fargona Davlat Universiteti Tabiiyotgeografiya fakulteti Biologiya yonalishi 230
Farg’ona Davlat Universiteti Tabiiyot-geografiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 230 -guruh talabasi YUNUSALIYEVA GULNOZAning umurtqasizlar zoologiyasi fanidan REFERATI.
Mavzu: Ssifoid meduzalar. Korall poliplar. Gidroid poliplar Reja: 1. Tuzilishi va ekologiyasi 2. Ko’payishi va rivojlanishi 3. Klassifikatsiyasi
Bo’shliqichlilar (Coelenterata) tipi 3 ta sinfni o’z ichiga oladi 1 • Gidrozoylar • Hydrozoa sinfi 2 • Ssifoid meduzalar • Scyphozoa sinfi 3 • Korall poliplar • Anthozoa sinfi
Ssifoid meduzalar soyaboni chetida 8 ta, ba’zan 16 ta ropaliyalar joylashgan
Tanasining asosiy massasi dildiroq mezogleyadan iborat. Mezoleyaning 98% ini suv tashkil etadi
Ssifoid meduzalar sinfi 5 turkumga bo’linadi. 1. Stavromeduzalar (Stauromedusae) turkumi 2. Kubomeduzalar (Cubomedusae) turkumi 3. Coronata turkumi 4. Semaeostomeae turkumi 5. Ildizog’iz meduzalar (Rhizostomida) turkumi
Ssifoid meduzalar erkin yakka yashovchi bo’shliqichlilar
Tanasining shaffof bo’lishi meduzalarni dushmanlardan saqlanishida katta ahamiyatga ega, faqat ayrim zararli meduzalar rangli bo’ladi.
Soyaboni chetida juda ko’p paypaslagichlari osilib turadi. Paypaslagichlari va xartumga o’xshash og’iz bo’laklari ektodermasida ko’p miqdorda otuvchi hujayralar joylashgan.
Korall poliplar 3 ta kenja sinfni o’z ichiga oladi. Sakkiz nurlilar (octocorallia) kenja sinfi Olti nurlilar (Hexacorallia) kenja sinfi Madrepor korallar
Ko’payishi va rivojlanishi Gidroid poliplar koloniyasi kurtaklanish orqali gidrantlarni va blastostil deb ataladigan meduza hosil qiladigan individlarni hosil qiladi. Blastostil periderma qobiq – gonoteka bilan o’ralgan. Uning uchki qismida qopqoqchasi bo’ladi. Blastostil kurtaklanish orqali jinsiy nasl meduzalarni hosil qiladi
Ko’pchilik ssifoid meduzalar ayrim jinsli. Jinsiy bezlar taqasimon shaklda bo’lib, oshqozon kameralari devorida joylashgan. Yetilgan tuxumlar va spermatazoidlar gastrovaskulyar sistema orqali suvga chiqadi. Tuxum hujayralar suvda urug’lanadi. Urug’langan tuxum xujayra to’liq va bir tekis bo’linadi.
Gastrulyatsiya invaginatsiya orqali sodir bo’ladi. Gastrulyatsiyaning bu xili ssifoid meduzalar va olti nurli korall poliplar uchun xosdir. Urug’langan tuxumdan planula lichinkasi chiqadi. Lichinka substratga yopishib mayda polip ssifistomni hosil qiladi. Ssifistom ko’ndalangiga kurtaklanish orqali strobilaga aylanadi. Strobila chetlari chuqur kesilgan bir nech diskdan iborat. Disklar ketma ket strobiladan ajralib chiqib efiralarga yosh meduzalarga aylanadi. Efiralardan meduzalar rivojlanadi.
Ba’zi meduzalar masalan, Pelagica notiluca qorong’uda fosforli nur taratadi.
Nerv sistemasi Meduzalarda nerv sistemasi poliplarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. tanasida tarqoq joylashgan nerv hujayralari bilan birga soyabon chetida nerv hujayralari to’plamidan iborat nerv tugunlari ya’ni gangliylar bo’ladi. Nerv gangliylari nerv hujayralari o’simtalari bilan birga yaxlit nerv halqasini hosil qiladi. Nerv halqasi soyabon yelkanchasi muskullari va sezgi organlari ishini boshqaradi.
Meduzalar xar hil organizmlar planktonlar bilan oziqlanadi.
Ildizog’iz meduzalar (rhizostomida ) turkumiga ancha yirik , tropik dengizlarda keng tarqalgan meduzalar kiradi. Soyaboni chetida paypaslagichlari bo’lmaydi.
Baxaybat meduza
Korall poliplar Anthozoa sinfi Korall poliplar faqat dengizlarda o’troq hayot kechiradigan 6000 dan ortiq bo’shliqichlilardan iborat. Ko’pchilik turlari koloniya hosil qiladi. Kattaligi xar hil , yakka yashovchi poliplar bir necha millimetrdan bir necha o’n santimetrgacha ayrim turlari bir metrgacha yetadi.
Qora dengizda ildizog’iz meduza Rhizostoma pulmo uchraydi. Ayrim turlari tuzlangan holda istemol qilinadi
Zoologiya E’tiboringiz uchun raxmat
- Slides: 34