Milliy goya manaviyat asoslari huquq talimi yonalishi 402

  • Slides: 21
Download presentation
Milliy g’oya ma’naviyat asoslari huquq ta’limi yo’nalishi 402 guruh talabasi Talibova Ziyodaning MILLIY G‘OYA

Milliy g’oya ma’naviyat asoslari huquq ta’limi yo’nalishi 402 guruh talabasi Talibova Ziyodaning MILLIY G‘OYA VA MAFKURANI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIMTARBIYANING ROLI fanidan Mustaqil ishi

12 -MAVZU: MILLIY G‘OYA VA MAFKURANI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM-TARBIYANING ROLI • Reja • 1. Milliy

12 -MAVZU: MILLIY G‘OYA VA MAFKURANI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM-TARBIYANING ROLI • Reja • 1. Milliy ta’lim-tarbiyaning istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish imkoniyatlari. • 2. Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirishda Yangi pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari. • 3. Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning rolini oshirish masalalari.

 • Inson va insoniyat hech qachon tashqi dunyodan o‘zini qurshab turgan olamdagi o‘zgarishlar,

• Inson va insoniyat hech qachon tashqi dunyodan o‘zini qurshab turgan olamdagi o‘zgarishlar, rivojlanishlar, ro‘y berayotgan hodisalar, voqealar, jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda yashay olmaydi. Dunyodagi davlatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyyosi kuchlar, ular o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ijtimoiy jarayonlardagi mafkuraviy ta’sirlar odamlar ongi, tafakuri va dunyoqarashiga ta’sir etmasdan qolmaydi.

 • Bu boradagi eng dolzarb vazifa – talaba yoshlar qalbi va ongiga ona

• Bu boradagi eng dolzarb vazifa – talaba yoshlar qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat hamda sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish, milliy g‘ururni tarbiyalash masalasidir. Ushbu vazifa bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muammo – yoshlarning faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, hayotga ongli munosabat, doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash tuyg‘usini oshirishdir.

 • Shu ma’noda olib qaralganda har qanday jamiyat o‘z istiqbolini kishilarni e’tiqod darajasiga

• Shu ma’noda olib qaralganda har qanday jamiyat o‘z istiqbolini kishilarni e’tiqod darajasiga aylangan muayyan g‘oyasida ko‘ra oladi. Chunki, «jamiyatning, jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi bo‘lmasa, o‘z oldiga qo‘ygan aniq bir maqsad-muddaosi bo‘lmasa, u muqarrar ravishda inqirozga yuz tutadi» . • G‘oyaviy-mafkuraviy ta’lim-tarbiya o‘zining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga ko‘ra murakkab hodisadir. Unda g‘oyaviy dushmanlarning:

 • 1) mustaqil O‘zbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan mamlakatlarning barchasida

• 1) mustaqil O‘zbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan mamlakatlarning barchasida mavjud bo‘lgan umumiy muammolarni «faqat O‘zbekistonda bor» deb talqin qilish, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yutuqlari mohiyatini, hukumatimizning tashqi va ichki siyosatini soxtalashtirish, buzib ko‘rsatish; • 2) ayrim mamlakatlar turmush tarzi, siyosiy tizimini bir yoqlama ko‘kka ko‘tarish; milliy g‘oyalarimizni obro‘sizlantirish;

 • 3) to‘qilgan afsonani astoydil takrorlayverish; • 4) ko‘pmillatli O‘zbekiston aholi o‘rtasida ijtimoiy

• 3) to‘qilgan afsonani astoydil takrorlayverish; • 4) ko‘pmillatli O‘zbekiston aholi o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni buzishga qaratilgan kayfiyatlarni tarqatish va nizolar keltirib chiqarishga urinish; • 5) odamlarning diniy tuyg‘ularini junbushga keltirish, diniy ksenofobiyani paydo qilish kabi usullariga qarshi turiladi;

 • Zero, jamiyat mafkurasi, o‘tmish bilan xozirgi davr va kelajakni, kechagi kun bilan

• Zero, jamiyat mafkurasi, o‘tmish bilan xozirgi davr va kelajakni, kechagi kun bilan ertangi kunni bog‘lab, tutashtirib, aloqadorligini mustahkamlab turish uchun xizmat qilishga qodir ijtimoiy g‘oyalar majmui bo‘lib, ularning mohiyatini belgilovchi ustuvor tamoyil, bu jamiyatimiz tabiatiga, millatimiz mentalitetiga xos bo‘lgan insonparvarlik tub negizi hisoblanadi.

 • Yurtimizda har bir yilning muayyan ijtimoiy masalaga bag‘ishlanishida ham chuqur ramziy ma’no

• Yurtimizda har bir yilning muayyan ijtimoiy masalaga bag‘ishlanishida ham chuqur ramziy ma’no bor edi. Zotan, har bir narsaga, inson qalbidagi oliy tuyg‘u mehr bilan yondashilmasa kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu bois milliy g‘oya va mafkuraga ham ixlos bilan munosabatda bo‘lish, uning tarixiy, falsafiy, diniy, ahloqiy ildizlarini muntazam o‘rganib borish, ajdodlarimiz merosini ta’limning har bir bo‘g‘inida yoshlarimiz ongi tafakkuriga singdirish muhimdir.

 • Fikrimizcha, har bir yilda ustuvor vazifani belgilab olish milliy mustaqillik g‘oyasining insonparvarlik

• Fikrimizcha, har bir yilda ustuvor vazifani belgilab olish milliy mustaqillik g‘oyasining insonparvarlik tomoyillaridan ko‘zlangan asosiy maqsaddir. Shuning uchun ham tarbiya jarayonida xuddi shu konkret maqsaddan kelib chiqqan vazifalarga jiddiy e’tibor berish zarur.

 • Ta’lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo‘lgan eng muhim

• Ta’lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo‘lgan eng muhim dolzarb vazifa bo‘lib turgan. Shuningdek, u odamlarning amal qilib kelayotgan tajribalari, yutuqlari, urf-odatlari va an’analari asosida tashkil qilingan. YA’ni, ta’lim-tarbiyaga doir shakllangan urf-odatlarimiz, boqiy an’analarimiz ko‘p. Bugungi kunda ham ulardan yoshlarni tarbiyalashda keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.

 • Ta’lim-tarbiyaga oid milliy merosimizni o‘rganishning dolzarbligi nazariy jihatdan asoslidir. Xususan, kadrlar tayyorlash

• Ta’lim-tarbiyaga oid milliy merosimizni o‘rganishning dolzarbligi nazariy jihatdan asoslidir. Xususan, kadrlar tayyorlash milliy dasturida zikr etilgan uzluksiz ta’limning milliy modeli tamoyillari mohiyatan ta’limning milliy-ma’rifiy, milliy tarix, xalq an’analari, milliy merosimiz bilan uyg‘unlikda olib borilishini anglatadi.

 • Shuning uchun «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning 4 -bobida, ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy

• Shuning uchun «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning 4 -bobida, ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlarni takomillashtirish, uning zamonaviy tarbiyaviy shakl va vositalarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etish, milliy tarixiy an’analar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanish muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etilgan. Umuman ta’lim-tarbiyaning milliy modeliga ko‘ra, ta’lim tizimini yangilash – tabiiy ravishda milliy merosimizni o‘rganish va uni pedagogik tafakkur iste’moliga olib kirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda.

 • Farobiy ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan mutafakkir sanaladi. Ta’lim degan so‘z insonga

• Farobiy ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan mutafakkir sanaladi. Ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya - insoniy fazilatni hamda ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim. IX-X asrdan keyingi davrlarda yashab o‘tgan allomalar ham inson axloqi, yoshlar tarbiyasi masalasiga oid ko‘p ish olib borganlar.

“Har bir inson uchun, - deb ta’kidlagan edi I. A. Karimov, - Vatan tushunchasi,

“Har bir inson uchun, - deb ta’kidlagan edi I. A. Karimov, - Vatan tushunchasi, avvalo oiladan boshlanadi. Shu bois, oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog‘liqdir. Oilaning jamiyatdagi o‘rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan, oilaga milliy manfaat nuqtai-nazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz» . Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib: “Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning to‘rni va ta’siri beqiyosdir”, deydi.

 • Binobarin, jamiyat faqat o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlaydigan odamlar yig‘indisidan iborat emas. Umumiy

• Binobarin, jamiyat faqat o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlaydigan odamlar yig‘indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash, kishilarning jamiyat bo‘lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‘ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o‘tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 • Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‘lida birlashtirish

• Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‘lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O‘zining Vatan deb atalmish ulug‘ bir oilasiga mansubligini his etish tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki muttasil va izchil g‘oyaviy tarbiya samarasi o‘laroq, yuzaga keladi.

Diqqat qilinsa, ta’limning milliy modelida ilgari surilgan maqsadlarning mohiyati aynan milliy g‘oya va mafkuradagi

Diqqat qilinsa, ta’limning milliy modelida ilgari surilgan maqsadlarning mohiyati aynan milliy g‘oya va mafkuradagi asosiy tamoyillar bilan uyg‘unligini anglab olish qiyin emas.

 • Shunday ekan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ilgari surilgan ta’limning milliy modeli

• Shunday ekan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ilgari surilgan ta’limning milliy modeli masalasi, avvalo, jamiyatimiz hayotining o‘ziga xos mazmuniga aylangan, xalq tayanadigan kuch bo‘lmish milliy g‘oyadagi asosiy tamoyillarni ham o‘zida aks ettirgan.

ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. 2. O‘zbekiston Respublikasining”Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. 3. O‘zbekiston Respublikasining

ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. 2. O‘zbekiston Respublikasining”Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. 3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g‘oya va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qarori. 5. Karimov I. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. 6. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy maqsad va vazifalari.

 • ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

• ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!