OQUV FANI PEDAGOGIKANING KONTSEPTUAL ASOSLARI 1 KURS PEDAGOGIKA

  • Slides: 38
Download presentation
O‘QUV FANI: PEDAGOGIKANING KONTSEPTUAL ASOSLARI, 1 -KURS, PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI МАВЗУ: PEDAGOGIK KONTSEPSIYALARNING

O‘QUV FANI: PEDAGOGIKANING KONTSEPTUAL ASOSLARI, 1 -KURS, PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI МАВЗУ: PEDAGOGIK KONTSEPSIYALARNING UMUMIY TAVSIFI, MAZMUNI VA MOHIYATI Ma’ruzachi: p. f. d. , prof. B. X. Xodjayev

Tallin texnologik universitetining texnoparki O‘QUV FANI: PEDAGOGIKANING KONTSEPTUAL ASOSLARI, 1 -KURS, PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA

Tallin texnologik universitetining texnoparki O‘QUV FANI: PEDAGOGIKANING KONTSEPTUAL ASOSLARI, 1 -KURS, PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI МАВЗУ: TA’LIM PARADIGMALARI Mashg’ulot shiori: Ilojsiz ishni bajarish uchun yana bir yaxshi kun Ma’ruzachi: p. f. d. , prof. B. X. Xodjayev

REJA: Ta’limning falsafiy kontsepsiyalari Ta’limning psixologik kontsepsiyalari Ta’limning sotsiologik kontseptsiyalari Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy kontseptsiyalari

REJA: Ta’limning falsafiy kontsepsiyalari Ta’limning psixologik kontsepsiyalari Ta’limning sotsiologik kontseptsiyalari Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy kontseptsiyalari

ADABIYOTLAR: Pedagogika. // M. X. Toxtaxodjayeva umumiy tahriri ostida. – T. : O’zbekiston faylasuflari

ADABIYOTLAR: Pedagogika. // M. X. Toxtaxodjayeva umumiy tahriri ostida. – T. : O’zbekiston faylasuflari jamiyati, 2010. Xodjayev B. X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T. : SANO-STANDART, 2017. Xodjayev B. X. , Saliyeva Z. T. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi. – T. : IQTISODIYOT DUNYOSI, 2018. Ушаков Е. В. Введение в философию и методологию науки. – М. КНОРУС, 2008. Мынбаева А. К. Современные образовательные концепции. – Алматы: Қазақ университеті, 2012. Caesares, J. , et al. (2012) Future of teaching and learning in higher education. Report, 13 th version, USA

TAYANCH SO’ZLAR Paradigma Kontsepsiya Nazariya Metanazariya Doktirna Dalil Qoida

TAYANCH SO’ZLAR Paradigma Kontsepsiya Nazariya Metanazariya Doktirna Dalil Qoida

Paradigma – ma’lum bir vaqt davomida ilmiy jamoatchilikka muammolarni qo’yish va hal etish modeli

Paradigma – ma’lum bir vaqt davomida ilmiy jamoatchilikka muammolarni qo’yish va hal etish modeli sifatida xizmat qiluvchi ilmiy yutuqlar, nazariyalar, g’oyalar, me’yorlar yig’indisi. Kontsepsiya – pedagogik obyekt mohiyati, tamoyil va metodlari mohiyatini ochib beruvchi yetakchi g’oyalar tizimi Nazariya – pedagogik voqelik va jarayonlarni tushuntirish va bayon etishga doir ilmiy bilimlarning ishonchli shakli Metanazariya – ilmiy nazariyalarni ishlab chiqishning tahliliy tuzilmasi, metodlari, usullari va o’ziga xosliklarini asoslovchi nazariya Doktrina – biror-bir rasmiy organ tomonidan tasdiqlanuvchi qarashlar tizimi, yo’nalishlar va harakatlar majmui. Qoida – pedagogik voqelikning umumiy va maxsus belgi, xususiyatlarini umumlashgan va abstraktlashgan tarzda aks ettiruvchi fikr

Ta’limning falsafiy kontsepsiyalari Ekzistentsionalizm Neotomizm Pozitivizm va neopozitivizm Pragmatizm va neopragmatizm Dialektik materializm

Ta’limning falsafiy kontsepsiyalari Ekzistentsionalizm Neotomizm Pozitivizm va neopozitivizm Pragmatizm va neopragmatizm Dialektik materializm

Ekzistentsionalizm Ekzistentsiya – insonga induviduallikning xosligi, o’z “Men”iga egalik. Maktabning maqsadi: o’quvchini shaxs sifatida

Ekzistentsionalizm Ekzistentsiya – insonga induviduallikning xosligi, o’z “Men”iga egalik. Maktabning maqsadi: o’quvchini shaxs sifatida o’zo’zini rivojlantirishga o’rgatishdan iborat. Ta’lim muhitidagi asosiy pedagogik shartsharoit – erkin atmosferani yaratish, o’quvchining o’z-o’zininnamoyaon qilish imkoniyatini cheklamaslik. Tarbiyaviy ta’sir markazida ong osti turadi: kayfiyat, his-tuyg’u, intuitsiya.

SWOT - tahlil S W O T

SWOT - tahlil S W O T

Neotomizm Neotomiya inson ta’lim-tarbiyasida dinning muhim rol tutishini isbotlashga urinadi. Asosiy tezisi: tarbiya –

Neotomizm Neotomiya inson ta’lim-tarbiyasida dinning muhim rol tutishini isbotlashga urinadi. Asosiy tezisi: tarbiya – butun umr yashashga tayyorlash. Asosiy tushunchasi – ma’naviyat. Tarbiyaning asosiy yo’nalishi – diniy qadriyatlar vositasida o’quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish. Neotomizm pedagogikasining asosiy qoidasi – inson tabiatining ikki tomonini hisobga olish: moddiy va ma’naviy.

Pozitivizm va neopozitivizm Pozitivizm tabiiy fanlar va metodlarni asosiy o’ringa qo’yadi, neopozitivizm – yangi

Pozitivizm va neopozitivizm Pozitivizm tabiiy fanlar va metodlarni asosiy o’ringa qo’yadi, neopozitivizm – yangi gumanizm, ikkinchi yo’nalishi stsientizm. Tarbiyaning maqsadi: ratsional fikrlovchi insonni shakllantirish. Inson ratsional mantiq yordamida o’z-o’zini namoyon qilish qobiliyatini egallashi mumkin. Shuning uchun tarbiyada eng asosiysi insondagi shaxslik xususiyatini rivojlantirishdir. Ta’lim mazmuni mafkuradan xoli bo’lishi kerak, ya’ni dunyoqarashga doir g’oyalarga asoslanishi lozim.

Pragmatizm va neopragmatizm Asosiy tezisi: maktab – hayot instrumenti. Shiori: tajriba orqali o’rganish. Bilimlar

Pragmatizm va neopragmatizm Asosiy tezisi: maktab – hayot instrumenti. Shiori: tajriba orqali o’rganish. Bilimlar amaliy mustaqil faoliyat va shaxsiy tajriba orqali o’zlashtiriladi. Amaliy mashg’ulotlarning o’quvchilarda haqiqiy o’rganishga shakllantiruvchi faoliyatga jalb etish. maqsadi: qiziqishni

Dialektik materializm Asosiy tezisi: turmush tarzi ongni aniqlab beradi. Asosiy tushunchasi – shakllantirish. Insonga

Dialektik materializm Asosiy tezisi: turmush tarzi ongni aniqlab beradi. Asosiy tushunchasi – shakllantirish. Insonga yaxlit tizim sifatida mavjudlik sifatida qaraydi. emas, ijtimoiy Ta’limning maqsadi jamiyat va davlat tomonidan belgilab beriladi. Tarbiyaning maqsadi o’quvchida aniq nelgilab qo’yilgan sifatlarni maqsadga yo’naltirilgan tarzda shakllantirishdir. Ta’lim jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchi: o’qitish va ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qashilikda aks etadi.

Ta’limning psixologik kontsepsiyalari Ta’limning assosiativ nazariyasi Bixeviorizm Geshtalt nazariyasi

Ta’limning psixologik kontsepsiyalari Ta’limning assosiativ nazariyasi Bixeviorizm Geshtalt nazariyasi

Ta’limning assosiativ nazariyasi Assosiatsiya – uyg’unlikni hosil qilish. Hissiy bilish – ko’rgazmali obrazlarga asoslanadi.

Ta’limning assosiativ nazariyasi Assosiatsiya – uyg’unlikni hosil qilish. Hissiy bilish – ko’rgazmali obrazlarga asoslanadi. “Bo’sh bosh” fikrlamaydi. Fikrlash uchun katta miqdordagi bilimlar zahirasi bo’lishi lozim. O’quv materialini anlash jarayonini faollashtirish uchun o’qitish jarayoni qulay, mantiqiy aloqador, tushunchalar to’g’ri shakllantirilgan va zarurat asoslanishi lozim. Nazariyaning kuchsiz tomoni: o’quvchida ijodkorlikni rivojlantirmaydi, yangi bilimlarni mustaqil egallashga o’rgatmaydi.

Bixeviorizm Asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi turadi. Formulasi: stimul – reaktsiya – mustahlamlash. Ta’limning

Bixeviorizm Asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi turadi. Formulasi: stimul – reaktsiya – mustahlamlash. Ta’limning bosh maqsadi: o’zining diqqat markazida mazmunni emas, o’quvchilarning turli turdagi bilimlarni o’zlashtirishining samarali usullarini qo’yadi. Ta’lim muassasasining roli har qanday ta’lim muassasasi – bu yashash muhitiga moslashtirishning ta’limiy mexanizmi. Ta’lim mazmuni ta’lim oluvchilarda ijtimoiy me’yorlar, milliy madaniyat talablari va natijalariga muvofiq, moslashuvli «xulq-atvor majmui» ni shakllantirishga yo’naltiriladi.

Geshtalt nazariyasi Asosida ko’p darajali maydonlar nazariyasi turadi. Bilishdagi subyektivizmga asoslanadi. Geshtalt ta’limotiga ko’ra,

Geshtalt nazariyasi Asosida ko’p darajali maydonlar nazariyasi turadi. Bilishdagi subyektivizmga asoslanadi. Geshtalt ta’limotiga ko’ra, obyektni yaxlit idrok etish orqali bilimlarni o’zlashtirish mumkin. Geshtalt ta’limotida o’rganish kognitiv fenomen. Organizm o’ylangan muammo hal etilgandan keyin “ishlay boshlaydi”. Muammolarni hal etish insayt holatida yuzaga chiqadi.

Ta’limning sotsiologik kontsepsiyalari Moralizm Institutsionalizm Funktsionalizm Nizo nazariyasi O’zaro birgalikdagi harakat nazariyasi

Ta’limning sotsiologik kontsepsiyalari Moralizm Institutsionalizm Funktsionalizm Nizo nazariyasi O’zaro birgalikdagi harakat nazariyasi

Ta’limda inqilobiy o’zgarishlar Ta’limdagi inqilobiy o’zgarishlarning ijobiy jihatlari Ta’limdagi inqilobiy o’zgarishlarning salbiy jihatlari

Ta’limda inqilobiy o’zgarishlar Ta’limdagi inqilobiy o’zgarishlarning ijobiy jihatlari Ta’limdagi inqilobiy o’zgarishlarning salbiy jihatlari

Moralizm (Lester Frank Uord, Djon Dyui, Djorj Edgar Peyn ) Taraqqiyotga erishishda bilim hamma

Moralizm (Lester Frank Uord, Djon Dyui, Djorj Edgar Peyn ) Taraqqiyotga erishishda bilim hamma uchun ochiq bo’lishi kerak. Maktab ta’limi bepul va majburiy bo’lishi kerak. Formal ta’limning maqsadi – ijtimoiy-foydalilik mezoni, shuning uchun ta’lim ijtimoiy xarakter kasb etishi lozim. Mazkur yo’nalish markazida ijtimoiylashuv va uning ta’lim bilan aloqadorligi, ya’ni o’qituvchi va o’quvchilar, shuningdek ta’lim tuzilmalarining o’zaro mosligi turadi. Kishilar ijtimoiy taraqqiyotda muhim rol egallaydi, biroq rivojlanish evolyutsion xarakter kasb etishi lozim. Yo’nalish tarafdorlari ta’lim revolyutsiyasiga qarshi turishgan.

Ijtimoiy institutlar – bu … 1. 2. 3. 4. 5. 6. …

Ijtimoiy institutlar – bu … 1. 2. 3. 4. 5. 6. …

Institutsionalizm (Gerbert Spintser, Uilyam Samner) Nazariyaning markazida ta’lim va boshqa institutlar – oila, iqtisodiyot,

Institutsionalizm (Gerbert Spintser, Uilyam Samner) Nazariyaning markazida ta’lim va boshqa institutlar – oila, iqtisodiyot, din, boshqaruv kabilarning o’zaro ta’siri turadi. Institutsionalizm uning universal xarakter kasb etishi uchun jamiyat ichidagi va boshqa jamiyatlar o’rtasidagi institutlarni qiyosiy o’rganishga asoslangan. Institutsionalizm tufayli ta’lim funktsiyasi, uning dinamikasi, ta’lim subyektlari, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ta’limning roli va hissasi, ta’limda sanksiyalardan foydalanisn tizimi, ta’limdagi o’zgarishlarga qarshi turish manbalari tushunchalari aniqlashtirildi. Institutsionalizm bo’yicha ta’limning funktsiyasi oldindan aniqlashtirilmaydi, fluktatsiya asosiga quriladi.

A. Djensen tadqiqoti yoki IQ testining o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga ta’siri haqida nimalarni bilasiz?

A. Djensen tadqiqoti yoki IQ testining o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga ta’siri haqida nimalarni bilasiz?

Funktsionalizm (E. Dyurkgeym, T. Parsons, R. Merton) Ta’limga jamiyatning ijtimoiy instituti sifatida qaraladi, ta’limning

Funktsionalizm (E. Dyurkgeym, T. Parsons, R. Merton) Ta’limga jamiyatning ijtimoiy instituti sifatida qaraladi, ta’limning asosiy funktsiyasi jamiyatning yaxlitligini ta’minlash uchun shaxs va jamiyat o’rtasidagi aloqani qo’llab -quvvatlashdan iborat. Yo’nalish doirasida ijtimoiy tizimlarning universal sxemasi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy tuzilmaning asosini ta’lim, oila va diniy muassasa tashkil etadi. Ta’lim eng avvalo, 4 ta funktsiyani bajarishi kerak: akademik (universal kognitiv ko’nikmlar va ilmiy bilimlar), distributiv (kishilarni turli rollar va mehnat taqsimotiga tayyorlash), iqtisodiy (ishchi kuchi birligi sifatida individning samaradorligini oshirish), siyosiy (siyosiy ijtimoiylashuv). Tizimli-funksional tahlil qoidalari ijtimoiy sinf va tashkilotlarning qiziqishlarini alohida hisobga olgan holda ta’limni amalga oshrishning mikro- va makrodarajadagi mexanizmlarini tushunishga xizmat qiladi.

Korruptsiyasiz ta’limga erishish mumkinmi? Ta’lim olishda tengsizlik mavjudmi?

Korruptsiyasiz ta’limga erishish mumkinmi? Ta’lim olishda tengsizlik mavjudmi?

Nizolar nazariyasi (Maks Veber, Georg Zimmel, Torsteyn Veblen ) Ta’limdagi nizolar jamiyatdagi nizoli holatlarni

Nizolar nazariyasi (Maks Veber, Georg Zimmel, Torsteyn Veblen ) Ta’limdagi nizolar jamiyatdagi nizoli holatlarni oldindan aniqlashga xizmat qiladi. Ta’lim konservativ kuchlardan iborat deb tushuniladi. Ta’lim yoshlarni hukmron ijtimoiy tartiblarga taalluqli me’yor va qadriyatlar, munosabat va ishonchga o’rgatadi. Shuning uchun ijtimoiy tartiblarda hal qilinadigan nizo ijtimoiy natija uchun ijobiy xarakter kasb etadi. Ijtimoiy radikalizm bosqichiga ko’ra farqlanuvchi ikkita davrni o’z ichiga oladi: radikalizm va plyuralizm. Mazkur yo’nalish tadqiqotchilardan o’quv rejalarini, moliyalashtirish kanallari va tamoyillarini, ta’lim olish imkoniyatlaridagi tengsizlikni, standart testlardagi adolatsizlikni, ta’limdagi korrupsiya tufayli o’quvchilarning “qobiliyati”ga ko’ra guruhlashtirish yoki taqsimlashning ta’sirini tadqiq etishni talab etadi.

Hech o’ylab ko’rganmisiz, o’quvchilarga qo’yiladigan laqablar, turli nomlarning ta’siri maxsus nazariyalarda tahlil etilishi mumkinmi?

Hech o’ylab ko’rganmisiz, o’quvchilarga qo’yiladigan laqablar, turli nomlarning ta’siri maxsus nazariyalarda tahlil etilishi mumkinmi?

O’zaro birgalikdagi harakat nazariyasi (manfiy baholar, almashinuv va kodlar nazariyasi) Mazkur nazariya ta’limdagi ijtimoiy-psixologik

O’zaro birgalikdagi harakat nazariyasi (manfiy baholar, almashinuv va kodlar nazariyasi) Mazkur nazariya ta’limdagi ijtimoiy-psixologik jihatlar, o’quvchilar, o’qituvchilar, ma’muriyat o’rtasidagi o’zaro harakatlar, ustanovka, qadriyatlar, o’quvchilarning maqomi va o’quv yutuqlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni o’rganishga yo’naltirilgan. Manfiy baholar nazariyasi o’quvchilarga “yopishtiriladigan” yorliqlar (“dangasa”, “tushunmasdan yodlovchi”, “kitob qurti”, “komyuter qurti”)ni aks ettiradi. Bunday manfiy baholar ta’lim jarayoni uchun risk indikatori bo’lib xizmat qiladi. Almashinuv nazariyasining muhim tushunchalari – “baho” va “foydali”. Foyda qachonki, rag’batning sifati va hajmi bahoni oshirganda yuzaga chiqadi. Kodlar nazariyasi sotsiolog va lingvist Bezil Bernshteyn tomonidan kiritilgan. U muloqot mazmuni, ishchi dasturlar, ta’lim metodlari, ijtimoiy tuzilmalarni ishlab chiquvchilar nutqida uchraydigan kodlarning ijtimoiy qatlamning o’ziga xosligi bilan aloqadorligini aniqlagan.

Quyida keltirilgan savollarga matn asosida javob yozing. 1. “Aqliy rivojlanish” deganda nimani tushunasiz? 2.

Quyida keltirilgan savollarga matn asosida javob yozing. 1. “Aqliy rivojlanish” deganda nimani tushunasiz? 2. Rivojlantiruvchi ta’lim rivojiga qaysi pedagog-psixolog olimlar o’z hissasini qo’shgan? 3. Rivojlantiruvchi ta’lim nazariyalarining paydo bo’lishiga nima sabab bo’lgan?

Quyida keltirilgan tushunchalar bilan tanishing va ularga izoh bering. 1. Fikrning teranligi – 2.

Quyida keltirilgan tushunchalar bilan tanishing va ularga izoh bering. 1. Fikrning teranligi – 2. Fikriy faoliyatning sustligi – 3. Fikrning moslashuvchanligi – 4. Fikrning barqarorligi – 5. Fikriy faoliyatning anglanganligi – 6. Fikrning mustaqilligi – 7. Fikrning tejamkorligi –

Rivojlantiruvchi ta’lim kontsepsiyalari L. V. Zankovning rivojlantiruvchi ta’lim kontsepsiyasi V. V. Davidov va D.

Rivojlantiruvchi ta’lim kontsepsiyalari L. V. Zankovning rivojlantiruvchi ta’lim kontsepsiyasi V. V. Davidov va D. B. Elkoninning mazmunli ta’lim kontseptsiyasi Muammoli ta’lim kontsepsiyasi Z. I. Kalmikova kontsepsiyasi

L. V. Zankovning rivojlantiruvchi ta’lim kontsepsiyasi Yuqori darajadagi qiyinchilikka o‘rgatish tamoyili. L. V. Zankov

L. V. Zankovning rivojlantiruvchi ta’lim kontsepsiyasi Yuqori darajadagi qiyinchilikka o‘rgatish tamoyili. L. V. Zankov fikricha, qiyinchilikning “o‘rtacha me’yori”dan oshib ketish, eng avvalo, bolaning ma’naviy kuchini uyg‘otadi, unga erkinlik beradi va yo‘naltiradi. Dastur materialini o‘rganishdagi yuqori sur’at tamoyili. Bir xil o‘tilganlarni takrorlashdan voz kechadi. Shuning uchun eng muhimi – o‘quvchilarda yangi-yangi bilimlarni tarkib toptirish. Boshlang‘ich maktabdayoq ko‘nikma va malakalarni egallash negizida rivojlanishning asosiy vositasi sifatida yuzaga chiquvchi nazariy bilimlarning hal qiluvchilik roli. O’rganish jarayonining anglanganligi tamoyili. O‘quvchining rivojlanishining muhim sharti uni anglash obyektidan kelib chiquvchi bilim va ko‘nikmalarni egallash jarayonida aks etadi. L. Zankov tizimida hamma o‘quvchilarni, ko‘proq past o‘zlashtiruvchilarni rivojlantirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan va tizimli ishlar asosiy o‘rin tutadi.

V. V. Davidov va D. B. Elkoninning mazmunli ta’lim kontseptsiyasi V. V. Davidov va

V. V. Davidov va D. B. Elkoninning mazmunli ta’lim kontseptsiyasi V. V. Davidov va D. B. Elkonin o‘zining rivojlantiruvchi ta’lim kontsepsiyasini eng avvalo, o‘quv fanlari mazmuni va ta’lim jarayonida uning mantiqini kengaytirish bilan bog‘laydi. Inson bilimlardan foydalanishni aniq fikriy harakatlar yordami bilan amalga oshiradi. Fikrlashning muhim tarkibiy qismlari ikki asosiy shakl – empirik-formal va nazariy mazmunga ega bo‘lgan analiz, rejalashtirish, refleksiya sifatidagi harakatlarda aks etadi. Nazariy-mazmunli refleksiya shu bilan xarakterliki, u muhim munosabatlarni aks ettirish, haqiqiy borliqning muhim asoslarini izlash va muhokama qilish bilan bog‘liq. Mazmunli tahlil xususiy o‘ziga xosliklardan yaxlit obyektdagi muhim ba’zi alohidalilikni izlashga yo‘naltirilgan. Mazmunli rejalashtirish optimal(maqbul) harakatlarni aniqlash va bajarilishi joiz harakatlarni tashkil etishni izlab topish bilan tugallanadi.

V. V. Davidov empirik va nazariy fikrlashning quyidagi asosiy farqlarini aniqlashtirgan: Empirik bilish narsa-hodisalarni

V. V. Davidov empirik va nazariy fikrlashning quyidagi asosiy farqlarini aniqlashtirgan: Empirik bilish narsa-hodisalarni tasavvur etish va taqqoslash natijasidir; nazariy bilish esa ichki yaxlit tizim munosabatlari funksiyasi va rolini tahlil qilish jarayonida paydo bo‘ladi. Taqqoslash jarayonida aniqlangan barcha narsa-hodisalarning rasmiy umumiy xususiyatlarini ajratib olish kelib chiqadi; tahlil qilish esa, uning butun asosini yoki mohiyati sifatida yaxlit tizimning boshlang‘ich munosabatini ochishga imkon beradi. Empirik bilim kuzatishga asoslanadi, narsa-hodisalarning tashqi xususiyatlarini tasavvur etishda aks etadi; nazariy bilim esa, narsa-hodisalarni fikriy qayta tiklash asosiga hosil bo‘ladi. Rasmiy umumiy xususiyat narsa-hodisalarning o‘ziga xos va umumiy xossalari bilan bir belgili sifatida anialanadi, bu vaqtda nazariy bilimlar uning turlicha namoyon bo‘lishi bilan butun tizimning real umumiy munosabatlari aloqasini qayd etadi. Empirik bilimlarni aniqlashtirish jarayoni narsa-hodisalarni sinflash bilan bog‘liqlikdan kelib chiquvchi misollar, illyustratsiyalarni yig‘ib olishdan; nazariy bilimlarni aniqlashtirish uning umumiy asosidan kelib chiqib, yaxlit tizimning o‘ziga xosligi va birligini ajratib ko‘rsatish va tushuntirishdan iborat Empirik bilimlarni qayd etishning zaruriy vositasi atama so‘zlarda aks etadi; nazariy bilim turli ramz-belgili vositalarning yordami bilan aqliy faoliyat usullarida ko‘rinadi.

Muammoli ta’lim kontsepsiyasi Muammoli ta’limning bosh maqsadi: o‘quvchilarning ijodiy ko‘nikmalari va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;

Muammoli ta’lim kontsepsiyasi Muammoli ta’limning bosh maqsadi: o‘quvchilarning ijodiy ko‘nikmalari va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; faol izlanish va muammoni mustaqil hal etish davomida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashi; standart bo‘lmagan muammolarni ko‘rish, qo‘yish va hal etishga qodir faol ijodkor shaxsni tarbiyalash; yuqori darajadagi muammoli fikrlashni shakllantirishdan iborat. Muammoli ta’limning asosiy tushunchalari: muammo; faraz; muammoli vaziyat; muammoli savol; muammoli vazifa; ijodiy vazifa; mustaqil ish. Muammo javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va yechish usuli no’malum bo‘lgan masala. Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), noma’lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (o‘quvchilar tajribasi). Muammoli vaziyat – bu insonning yuz bergan hodisani, faktni, voqelik jarayonini qanday tushuntirishini bilmaydigan, unga ma’lum bo‘lgan harakat usullari bilan maqsadga erisha olmaydigan paytda vujudga keladigan intellektual qiynalishidir. Muammoli savol. Savol quyidagi holatda muammoli bo‘ladi: u ilgari o‘zlashtirilgan tushuncha va tasavvurlar bilan, ma’lum o‘quv vaziyatida o‘zlashtirish zarur bo‘lgan tushuncha va tasavvurlar bilan mantiqiy bog‘langan bo‘lishi; o‘zida bilish qiyinchiligi hamda ma’lum va noma’lumning aniq chegarasi mavjud bo‘lishi; yangini ilgari ma’lum bo‘lgan bilimlar bilan taqqoslaganda mavjud zahira bilimga, ko‘nikma va malakaga qanoatlanmaslik hissini uyg‘otish.

Z. I. Kalmikova kontsepsiyasi Z. Kalmikova bo’yicha, rivojlantiruvchi ta’lim quyidagi didaktik tamoyillarga asoslanadi: o‘qitishning

Z. I. Kalmikova kontsepsiyasi Z. Kalmikova bo’yicha, rivojlantiruvchi ta’lim quyidagi didaktik tamoyillarga asoslanadi: o‘qitishning muammmoligi; fikriy faoliyatning turli ko‘rinishlari (ko‘rgazmali, amaliy, ko‘rgazmali-obrazli, mavhum, abstrakt-nazariy)ning qulay rivojlanishi; ta’limni individuallashtirish va tabaqalashtirish; aqliy faoliyatning algoritmli va evristik usullarini maxsus shakllantirish; mnemonik(esga olishni osonlashtiradigan) faoliyatni maxsus tashkil etish. Z. Kalmikova aqliy faoliyat usullarini 2 ta turga ajratadi: algoritmik va evristik. Aqliy faoliyatning algoritmik usuli peproduktiv va ijodiy fikrlash elementlariga asoslanadi. Yetarli, biroq zaruriy shart emas. Evristik fikrlashning o’ziga xosligi: aniqlashtirish, abstraktlashtirish, variativlik va analogiya. Mazkur harakatlar formallikka emas, mazmunli tahlilga asoslanadi. Bu o’quv harakatlari hamma o’quvchilarda rivojlanmagan, shuning uchun ularni bunga o’rgatish kerak! Mnemonik faoliyatni maxsus tashkil etish tamoyili bilimlarning mustahkamligi va belgilangan vazifalarga muvoqiq ulardan foydalanishni ta’minlaydi. Mnemonik faoliyat usullariga quyidagilarni kiritish mumkin: esda saqlash ustanovkasi; tasniflash, guruhlashtirish, reja tuzish, asosiy (tayanch) tushunchalarni ajratish; materiallarni katta bloklarga ajratish, boyitish; o’quv materiallarini vizual signallarga aylantirish; materialni ko’p marta takrorlash va h. k.

Besh minutlik esse yozish topshirig’i Topshiriqni bajarishga doir ko’rsatma: 1. Bugun muhokama qilingan masalalar

Besh minutlik esse yozish topshirig’i Topshiriqni bajarishga doir ko’rsatma: 1. Bugun muhokama qilingan masalalar bo’yicha qanday yangi ma’lumotlarga ega bo’lganligingizni daftaringizga aniq va qisqa bayon eting. 2. Siz javobini bilishni xohlagan, biroq mashg’ulot jarayonida to’xtab o’tilmagan bitta savol ham yozing.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! RAHMAT

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! RAHMAT