GERONTOPSIXOLOGIYA Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha Biologik keksayish Keksayish
GERONTOPSIXOLOGIYA • • • Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha. Biologik keksayish. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari
GERONTOPSIXOLOGIYA • Gerontopsixologiya (yun. geron —qari, keksa va psixologiya) — gerontologiya va yosh psixologiyasi sohasi. Inson organizmining qarish jarayonini anglatadigan tibbiy va biologik fanlarning bir bo`limi hisoblanadi.
Fanning rivojlanish tarixi Umumiy psixologiya vositalari hamda usullaridan foydalanib, keksalar ruhiyati va feʼlining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganadi. Garchi olimlar kishilarda keksayish tufayli paydo boʻladigan ruhiy xususiyat va oʻzgarishlarga avvaldan qiziqib kelsalarda, gerontopsixologiya alohida fan sohasi sifatida XX asrning II yarmidagina shakllana boshladi.
• Gerontopsixologiya fani asoschisi Stenli Xoll hisoblanadi. XX asrning II yarmida jamiyatda keksalar soni ko`p bo`lib, ularning ijtimoiy hayotdagi roli ortib borgan. Bu esa “aholining qarishi” deyiladi. Aynan keksalik davrida inson organizmining jismoniy zaifligi va sog`liqning yomonlashuvi natijasida ruhiyatda ham o`zgarishlar kuzatiladi.
Uning vujudga kelishiga ijtimoiy omillar: keksalar sonining koʻpayishi, ularning ish layoqati va turmush sharoiti masalalari sabab boʻldi. Gerontopsixologiya qari kishilardagi umumfiziologik va psixofizik xususiyatlar bilan ularning xatti-harakatlari, feʼlining psixologik xususiyatlari oʻrtasidagi aloqadorlikni, shaxs faoliyati va boshqa omillar bilan bogʻliq oʻzgarishlarni oʻrganadi. Gerontopsixologiyaning umumiy vazifasi —kishilarning qariganda ham bardam, tetik yashashiga yordam beradigan vositalarni izlab topishdir.
• 55 -75 yosh Qariyalik Keksalik • 75 -90 yosh • 90 dan yuqori Uzoq umr ko`ruvchilar
Bromley bo`yicha gerontogenez bosqichlari Ishdan ajralish bosqichi • 55 -70 yosh. Yaqinlarga nisbatan bog`liqlik hissining ortishi, roller almashinishiga moslashish, muloqot ehtiyojining ortishi Shaxsiy keksayish • 70 -80 yosh. Salomatlik bilan bog`liq muammolar, psixik funksiyalarning susayishi, muloqot doirasining kamayishi Uzoq umr ko`rish • 80 yoshdan keyin. Alohida e`tibor talab etiladi
Bromley bo`yicha keksalikka moslashish tipi Konstruktiv ustanovka Tobelik ustanovkasi Himoyalanish ustanovkasi Dushmanlik ustanovkasi O`ziga nisbatan dushmanlik ustanovkasi
Kon bo`yicha keksalarning faoliyat bilan shug`ullanish darajasiga ko`ra turlari Faol ijodkor qariya Ishlamaydi, lekin faol qariya Uy bekasi Agressiv qarilar Hammaning aybini topib o`tiradigan, negative munosabati ustun qarilar
KEKSALIKNI O`RGANADIGAN FAN SOHALARI • Geroatriya - klinik tibbiyotning keksalarga xos kasalliklarini o`rganadigan hamda ularning oldini olish va davolash usullarini o`rganadigan fan sohasi. • Gerofarmokologiya - dori-darmonlar va ularning tarkibini keksaygan organizm uchun moslashtirish. • Gerogigiyena - katta yoshli kishilar gigiyenasi haqidagi soha. • Invalutsiya - o`sishdan orqaga qaytish. • Geteroxronlik - bir xil yoshdagilarda ruhiy jarayonlarning turlicha namoyon bo`lishi.
• Keksayish davri 61 yoshdan 74 yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu yoshdagi kishilar shaxslararo munosabatlarda boshqa yoshdagi kishilardan ajralib turadi. Ularni shartli ravishda ikki guruhga bo`lish mumkin: • 1) mutlaqo istefoga chiqqan, ijtimoiy faol bo`lmagan erkak va ayollar; • 2) nafaqaga chiqqan erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat ko`rsatayotgan keksalar.
Keksalik davri 75 -90 davrlarni o`z ichiga oladi. Keksalar jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko`nikkan qariyalar guruhiga ajratish mumkin. Biologik qarish, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda keskin o`zgarishlarni vujudga keltiradi. Sezgi organlari zaiflashadi, asab tizimi kuchsizlanadi. Ma`lumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash, mohiyatini anglash hamda ongni biror bir obyektda uzoq muddat ushlab turish qiyinlashadi.
v. Grekov so`z metodi assotsiyasi asosida xotira jarayonining xususiyatlarini o`rgangan. Uning ma`lumotlari quyidagicha: Ø 1. 70 dan 80 gacha bo`lgan keksalarda xotira ( mexanik xotira) zaiflashadi; Ø 2. 70 dan 80 gacha bo`lgan keksalarda mantiqiy-ma`noli xotirada miqdorning ahamiyati saqlanadi; Ø 3. obrazli xotira zaiflashadi; Ø 4. 70 -89 gacha yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma`noning ichki aloqadorligi yotadi; Ø 5. uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi; Ø 6. 90 yoshda nutqning ichki bog`lanishi buziladi; Ø 7. xotiraning obrazli-hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo`ysunmay qoladi.
- Slides: 15