Mavzu Ichki sekretsiya bezlarining yosh hususiyatlari Reja 1
Mavzu: Ichki sekretsiya bezlarining yosh hususiyatlari. Reja 1. Bezlar to`g`risida umumiy tushuncha. 2. Ichki sekrechiya bezlari. 3. Ichki sekresiya bezlarining yosh hususiyatlari va kasallaklari
ODAM TANASIDAGI BEZLARI TASHQI SEKRESIYA BEZLARI ter, yog‘, sut, so‘lak hamda oshqozon va ichak bezlar BEZLAR ARALASH BEZLAR oshqozon oosti va jinsiy bezlar ICHKI SEKRESIYA BEZLARI gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon va buyrak usti
1 -Epifiz; 2 -Gipofiz; 3 -Qalqon oldi bezi; 4 -Jigar; 5 -Moyak; 6 -Qalqonsimon bez; 7 -Ayrisimon bez; 8 -Buyrak usti bezi; 9 -Meda osti bezi; 10 -Tuxumdon.
Ichki sekresiya bezlarining chiqarish yo’llari bo’lmaydi, shuning uchun ular endokrit bezlar deb ataladi. Bu so’z grekcha endon—ichki va krino ajratish, chiqarish so’zlaridan olingan. Ichki sekresiya haqidagi tushuncha birinchi marta fiziologiyaga Klod Bernar 1855 yilda maxsus tekshiruv o’tkazib, jigarning ovqat xazm organlariga o`t suyuqligi chiqarib berishni va qonga glikogen chiqarishi aniqlangan. Ichki sekresiya bezlaridan ajralib chiqadigan gormonlar faoliyati fanda yaxshi o’rganilgan bo’lib, ular sanoatda sintez yo’li bilan ham ajratib olinadi. Tabiiy yo’l bilan va sintez yo’li bilan ajratib olingan gormonlardan dori tayyorlash sanoatida xayvonlar va insonlar salomatligini saqlash uchun turli xil dori-darmonlar ishlab chiqariladi.
Gormonlar ximiyaviy jixatdan turli moddalar guruxidan iborat bulib, tarkibida xolestrin unumlari - steroit va aminokislotalar peptid va oksillarni o`z ichiga oladi. Ular organlarga o`ziga xos ta’sir kursatadi, boshka moddalar bunday ta’sir kursatishga layokatli emas. Xar bir endokrin bez uz gormonlarini sintez kiladi va ekskretlaydi. 1. Jismoniy, jinsiy va aqliy rivojlanishga imkon beradi va uni ta’sirlaydi; GORMON FUNKSIYASI 2. Turli organlar va fiziologik sistemalar aktivligini organizmni tashki muxit sharoitiga moslashtirish maksadida uzgartirish imkonini beradi va uni ta’minlaydi; 3. Ayrim fiziologik kursatkichlarni uzgarmas darajada saklashni tay’minlaydi.
Gipofiz no'xatsimon, massasi 0, 5 -0, 6 g ga teng bo'lib, bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi deb atalgan qismida joylashgan. U ishlab chiqaradigan gormonlar organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonini uyg‘unlashtirishda katta ahamiyatga ega.
Gipofiz organizmdagi barcha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron bez hisoblanadi. Uning funksiyasi markaziy nerv tizimi tomonidan , ya’ni oraliq miyada joylashgan gipotalamusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi.
Somototrop gormoni (STG) Lyuteinlovch i gormon Laktotrop gormon OLDINGI QISMI Adrenokortikotrop gormon Tireotrop gormon Gonadotrop gormon
Somototrop gormoni (STG) bolalar va o'smirlarning o'sishini, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. ko'p ishlab chiqarilsa, bo'y me'yoridan ortiq o'sib ketadi. Bu holatga gigantizm, bunday odam esa gigant deb ataladi. kamroq ishlab chiqarilsa, bo'y o'sishi sekinlashadi, bunday holga nanizm deyiladi. Bunday bo'yi past odam gipofizar pakana deyiladi. Ularning bo'yi past bo'lsa ham aqliy faoliyati normal bo'ladi. Bo'y o'sishi to'xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko'p ishlab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo'ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo'l va oyoq panjalarining hajmi kattalashadi. 1.
2. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining ishini boshqaradi, ya'ni kortikosteroid gormon ishlab chiqarilishini tartibga soladi. 3. Tireotrop gormon qalqonsimon bezning ishini, ya'ni undan tiroksin gormoni ishlab chiqarilishini boshqaradi. 4. Gonadotrop gormon erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini boshqaradi, o'smirlarda esa balog'atga yetish belgilari paydo bo'lishida ishtirok etadi. 5. Laktotrop gormon ayollarda sut bezlarining funksiyasini boshqaradi. 6. Lyuteinlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini boshqaradi.
Gipofizning oraliq bo'lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment hosil bo'lishini boshqaradi. KO`ZNING QAYSI QISMIDA PIGMENT XUJAYRALARI JOYLASHGAN? Tashqi pardaning ichki qismida yani rangdor pardada
Gipofizning orqa bo'lagidan Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bachadon muskullarining qisqarishini kuchaytirib, tug'ish jarayonini osonlashtiradi. Vazopressin organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya'ni u buyrakning egri-bugri kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98, 5 -99% i qonga qayta so'rilishini (reabsorbsiya jarayonini) boshqaradi. Bu garmon kam hosil bo’lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi suydikning qonga so’rilishi buziladi, natijada qandsiz diabet kasalligi kelib chiqadi. Bunda odam ko’p suv iste’mol qiladi, ko’p siydik ajratadi (5 -10 l).
Epifiz bosh miyaning asosida, ya'ni o'rta miya sohasida joylashgan bo'lib, uning massasi 0, 2 g. Unda melatonin gormoni ishlab chiqariladi, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. melatonin gormon gipofizning gonadatrop funksiyasini tormozlab, bolada vaqtidan ilgari balog’atga etish jarayonini susaytiradi. Uning funksiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib boradi, undan keyin uning faoliyati asta-sekin pasayib, balog‘atga etish oldidan butunlay to‘xtaydi. Agar bu bezning funksiyasi oldinroq pasaysa, gipofizning gonadotrop funksiyasi kuchayib ketib, bolada vaqtidan ilgari balog‘atga yetish belgilari paydo bo‘ladi.
Qalqonsimon bez bo'yinning oldingi qismida joylashgan bo'lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi. Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5 -10 yoshli bolalarda 10 g, kattalarda 25 -30 g gacha bo'ladi. Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi.
Qalqonsimon bez Tiroksinning 65% dan ko'prog'i yod moddasidan iborat. Bu gormon organizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o'tishida muhim rol o'ynaydi. U yurak ishining gumoral yo'l bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Tiroksin bolalarning o'sishi va rivojlanishida, asab tizimi funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega
Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar GIPOTIREOZ, ya'ni qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi bola tug'ilgandan keyin turli yoshlarda va, hatto, katta odamda ham ayrim sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin. BELGILARI: odamda terining quruqlashganligi, ich qotishi, hatto issiqda ham sovqotishi, doimo bo’shashganlik, kunduzlari ham uyqusirash kabi belgilari bor. Kasallikning og'ir ko'rinishlarida bemorning tanasi shishadi, aqliy faoliyati zaiflashadi, ya'ni esda saqlash, o'zlashtirish qobiliyati pasayadi
TIREOTOKSIKOZ qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi tiroksin gormoni normadan ko'p sintezlanishi natijasida sodir bo'ladigan. Uni aniqlagan olimning nomi bilan Bazedov kasalligi deb ham yuritiladi. BELGILARI: Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, ba'zan bo'yinning oldingi sohasi bo'rtib chiqadi. Bemorda ko'zning chaqchayishi, ko'p terlash, asabiylashish, uyqusizlik, ozish, yurak o'ynash holatlari sodir bo'ladi. Kasallik o'z vaqtida davolanmasa, bemor asabiylashadi, juda ozib ketadi. Kasallikning og'ir turida bemor jarrohlik yo'li bilan davolanadi (qalqonsimon bezning bir qismi olib tashlanadi).
TIREOTOKSIKOZ qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi Qizlar balog'atga yetishi davrida (12 -15 yoshda) qalqonsimon bezning funksiyasi ma'lum darajada kuchayadi. Shuning uchun ularda tireotoksikoz holatining yengil ko'rinishlari yuzaga kelishi mumkin, BELGILARI: ya'ni tez jahl chiqishi, uyquning buzilishi, ishtahaning pasayishi, terlash, ayniqsa, qo'l kaftining ko'p terlashi va hokazo. Bunday vaqtda ko'proq ochiq havoda sayr qilish, aqliy mehnatni kamaytirish tavsiya etiladi, bu holat dorisiz asta-sekin o'tib ketadi
ENDEMIK BUQOQ Ba'zi joylarda, ayniqsa, buloq suvidan foydalaniladigan joylarda suv va tuproq tarkibida yod moddasi kam bo'ladi. Shuning uchun bu joylarda yashovchi aholi o'rtasida endemik buqoq ko'p uchraydi. BELGILARI: Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, bo'yinning oldingi qismida shish (buqoq) hosil bo'ladi. Ichiladigan suvga va tuzga kaliy yodid qo’shish hamda antistrumin dorisi ichish olqali davolanadi.
Qalqon oldi bezi Bu bez to'rtta bo'lib, qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ularning umumiy og'irligi 100 -150 mg ni tashkil qiladi. Qalqon oldi bezlaridan paratgormon ishlab chiqariladi. Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga solib turadi.
Qalqon oldi bezi Gormon kam ishlab chiqarilsa, nerv-muskul tizimining qo'zg'aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo'llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch to'kiladi, suyaklar yumshab, egiluvchan, mo'rt bo'lib qoladi, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi ortib ketib, odam tanasining umumiy qaltirashi, ya'ni tutqanoq (tetaniya) holati yuzaga keladi. paratgormon ishlab chiqarilishi ko'paysa, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi pasayib, tana muskullari bo'shashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi, tez charchaydi.
Ayrisimon bez to'sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo'lib, to balog'atga yetish davrigacha, ya'ni 1415 yoshgacha kattalashib, 30 -40 g ga yetadi. So'ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boradi va yog’ moddasiga aylanadi. 25 yoshda 25 gr, 60 yoshda 15 gr, 70 yoshda 6 gr. 14 -15 yoshda CHAQALOQ DA 12 g 30 -40 g 25 yoshda 25 g 60 yoshda 15 g
Ayrisimon bez timozin gormonini ishlab chiqaradi. U bolalarning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib, bolaning me'yorida balog'atga yetishishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, timozin limfotsitlar hosil bo'lishini kuchaytirib, organizmning immunitet xususiyatini oshiradi. Balog’at yoshida jinsiy bezlarning faoliyati kuchayib, ayrisimon bezning faoliyati susayadi. Balog’at yoshiga etishdan oldin pasaysi 8 -10 yoshli bolada soqol chiqidi, qizlarda ko’krak bezining kattalashishi kuzatiladi.
Buyrak usti bezlari Bu bezlar ikkita bo'lib, nomiga monand o'ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi. Ularning birgalikdagi og'irligi 10 -20 g. Buyrakusti bezlari ikki qavat: ustki po'stloq va ichki - miya qavatidan iborat. Buyrakusti bezining po'stloq qavatida mineralokortikoid, glukokortikoid, androgen va esterogen gormonlari, ichki qavatida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi.
Buyrakusti bezining po'stloq qavatida Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashinuvi boshqarilishida ishtirok etadi Glukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta'sirida qonda qand, jigarda glikogen miqdori ortadi. Allergik kasalliklarni susaytiradi, bu gormondan tayyorlangan dori (prednizolon, gidrokortizon) allergiya kasalliklariga qarshi ishlatiladi Androgen va esterogen gormonlari erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi
Buyrakusti bezlarining ichki - miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta'siri bir xil bo'lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Odam hayajonlanganda, achchiqlanganda, qo'rqqanda katexolamin hosil bo'lishi kuchayadi. Shuning uchun bunday holatlarda odamning arterial qon bosimi ortadi, teridagi qon tomirlari torayadi va rangi oqarib, yurak urishi tezlashadi.
Buyrak usti bezining ichki qavatida adrenalin ishlanib chiqishi kamaysa, Addison, ya'ni bronza kasalligi yuzaga keladi. BELGILARI: odam terisi bronza rangiga o'xshab qoladi, muskullari bo'shashadi, ozadi, qon bosimi pasayadi, tez charchaydi, jismoniy ish qobiliyati pasayadi. Buyrak usti bezining shish kasalligida (gipernefroma), uning tashqi — po'stloq qavatida ishlab chiqariladigan androgen gormoni ko'p hosil bo'ladi. Natijada yosh bolada balog'atga yetish belgilari paydo bo'ladi. Ba'zan keksaygan ayollarning bu bezida shish paydo bo'lsa, ularning iyagida soqol o'sadi, ovozi erkaklarnikiga o'xshab qoladi. Bemor jarrohlik yo'li bilan davolanadi
Me'daosti bezi Bu bez me'daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro'parasida joylashgan bo'lib, uzunligi 16 -20 sm, massasi 70 -80 g. Me'daosti bezi aralash bez bo'lib, to'qimasining 98 -99% i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Bez to'qimasining 1 -2% i, ya'ni Bezning Langergans orolchasida insulin gormoni ishlab chiqariladi. Insulin gormoni qondagi qand moddasining ortiqcha qismi jigar va muskul to'qimalarida glikogen moddasi sifatida zaxira holda to'planishini ta'minlaydi.
Me'daosti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida ko'p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Sog'lom odam qonida qandning normal miqdori 80120 mg % bo'ladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150 -250 mg % ga ko'tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin. Qondagi qandning miqdori normal bo'lganda, u buyrak orqali siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya'ni sog'lom odamning siydigida qand mutlaqo bo'lmaydi. Qonda qandning miqdori 140 -150 mg % dan oshaversa, u siydik bilan tashqariga chiqarila boshlaydi. Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko'p suv iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan ovqat tarkibidagi uglevodlar hujayra va to'qimalarda o'zlashtirilmasdan, siydik bilan tashqariga chiqib ketishi tufayli bemor tez och qoladi va tez-tez ovqat iste'mol qilishga majbur bo'ladi.
Aks holda teri ostidagi zaxira yog' moddalari parchalanib, glukozaga aylanadi, hatto hujayra va to'qimalar tarkibidagi oqsil, yog' moddalari ham glukozaga aylanib, qonga o'tadi va undan siydik bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi, kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi. 1921 -1922 yillarda kanadalik olimlar Banting va Best sigir va cho'chqaning me'da osti bezidagi Langergans orolchalari hujayralaridan maxsus preparat tayyorlab, uni insulin deb atadilar. Insulin hozirgi paytda qandli diabet kasalligiga uchragan bemorlarni davolashda keng qo'llanilmoqda.
Jinsiy bezlar Erkaklarning jinsiy bezlariga bir juft moyaklar (urug'don), moyak ortig'i, prostata bezi kiradi. Moyaklar ellipssimon bo'lib, massasi katta odamda 20 -36 g bo'ladi. Ularda erkaklik jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va erkaklik jinsiy gormoni (testosteron) ishlab chiqariladi. Moyaklarning bu funksiyasi o'smirlik davrida (12 -15 yosh) boshlanadi va keksayish davriga qadar davom etadi. Testosteron gormoni o'smirlarda balog'atga yetish belgilari yuzaga kelishiga ta'sir ko'rsatadi.
- Slides: 33