Kasbhunar tarbiyalash kollejlarida quvchilarni Reja 1 Kasb hunar

Kasb-hunar tarbiyalash. kollejlarida о‘quvchilarni Reja: 1. Kasb - hunar kollejlarida о‘quvchilar tarbiyalashning maqsad va vazifalari, kasb - hunar kollejlarida о‘quvchilar tarbiyalashga qо‘yiladigan talablar. 2. О‘quvchilarni о‘rganishning pedagogikpsixologik metodlari. 3. Kasb-hunar kollejlarida о‘quvchilarni tarbiyalash metodlari.

Kasb - hunar kollejlarida о‘quvchilar tarbiyalashning maqsad va vazifalari, kasb - hunar kollejlarida о‘quvchilar tarbiyalashga qо‘yiladigan talablar. Buyuk kelajakni yaratuvchi yangi avlodni tarbiyalash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri. Fundamental о‘zgarishlar natijasida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy asoslar о‘zgardi. Lekin bu о‘zgarishlar kо‘pgina hollarda “yuqori”da sodir bо‘ldi va asosan qonuniy darajalarda yuz berdi. Ammo odamlar ongi va munosabatida о‘zgarishlar juda sekinlik bilan kechmoqda. Olimlarning e’tirof etishicha, davlat tomonidan qо‘yilgan maqsadga erishish uchun yosh avlodni yangi qonunlar asosida tо‘g‘ri tarbiyalash kerak.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar jarayoni, boshqarishning demokratik va bozor iqtisodiga о‘tish, shuningdek ta’lim, ayniqsa tarbiya maqsadi va usullarining yangilanishi kasbhunar tizimidagi о‘quvchilarning ma’naviy qiyofasini mutlaqo о‘zgartirib yubordi. Endi oldindan belgilangan stereotip (о‘xshash) bо‘yicha yosh avlodlarni tarbiyalash vaqti о‘tdi. Hozirgi vaqtda shaxsni shakllantirish uni jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tendensiyalari bilan tanishtirish asosida amalga oshiriladi. Yangi maqsadlarga muvofiq holda о‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari о‘zgarmoqda, ta’limning variativ usullari, pedagogik texnologiyalar keng qо‘llanilmoqda. Tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad va vazifasini belgilash bu ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi faoliyatining mazmunini aniqlaydi.

Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy tizimning konseptual g‘oyasi – shaxs rivojlanishini maqsadga yо‘naltirilgan holda boshqarish. Buning uchun esa yaxshi shart-sharoit yaratilishi va avtoritarizmdan voz kechishi zarur. Bunday hamkorlik pedagogikasai juda qо‘l keladi. Hamkorlik pedagogikasining mazmuni о‘quvchi-yoshlarning о‘z kuchiga ishonishini ifodalovchi munosabatlar yordamida unga tanlash erkinligini berishda namoyon bо‘ladi. Demak, bunda pedagogik jamoa tomonidan о‘quvchi-yosharning о‘z-о‘zini belgtlash, mustaqil faoliyat kо‘rsatishi uchun vaziyatlar yaratilib berilishi nazarda tutiladi. Bu degan sо‘z, ular о‘z oldiga maqsad qо‘yish va unga erishish yо‘llarini belgilashda, о‘z faoliyatini boshqarish usullarini tanlashda ham erkin bо‘ladilar. О‘qituvchi unga faqat rahbarlik qilib, yо‘l-yо‘riq kо‘rsatib turadi. Tarbiya–tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini о‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilan va tarbiyaga ega bо‘lgan kishilar tarbiyalanuvchilar bilim va tajriba о‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyon darajada aktiv faoliyat kо‘rsatmasalar tajriba va bilim о‘rgana olmaydilar.

Tarbiya vazifalari 1. О‘z vatani fuqarosini tarbiyalash. Tarbiyaning bu vazifalarni amalga oshirish quyidagilarni taqozo etadi; Milliy vatanparvarlik, о‘z vataniga, tarixiga, madaniyatiga iftixor tuyg‘usi; Millatlararo madaniy munosabatlar, siyosiy madaniyat. 2. Shaxsning ma’naviyatini shakllantirish. Ma’naviyat-kishining ichki dunyosi bо‘lib, uning jamiyat va tabiatdagi «Men» i, obrazi, taqdiri va rolini ifoda etadi. Ma’naviyat darajasi - bu, ma’lum ma’noda, insoniylik mezonidir. Ma’naviyatni shakllantirish bu uning shaxsiy harakatlari, intilishlari, refleksiyasi bilan kishining ichki dunyosini vujudga keltirishdir. tarbiyalash mehnatga, kasbga hurmat va ijtimoiy-psixologik jihatdan yoshlarda mustaqillik, ijod, ishchanlik, faollik, yuqori kasbiy tayyorgarlik sifatlarini kuchaytirish zarur. 3. Ruhiy-jismoniy sog‘lomlikni tarbiyalash. Bu axloqiy–hayotiy muvozanat va psixologik qulaylik holatini ushlab turish hamda jismoniy rivojlanish meyoridan uzoqlashib 4. Mehnatkash insonni iqtisodiy tafakkurini ketishga yо‘l qо‘ymaslik kо‘nikmalarini shakllantirishdir.

Tarbiya tiziminnig milliy xususiyatlari milliy tarix va madaniyatning о‘ziga xos jihatlarini hisobga olish; tarbiyaviy ishlarda milliy udumlar, an’analar, urf-odatlar, diniy marosimlardan foydalanish; milliy madaniyat jahon madaniyatining bir bо‘lagi ekanligi tushunchasini shakllantirish. Tarbiya prinsiplari –umumiy qoida bо‘lib unda tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish mazmuni, metodlari shakllariga bо‘lgan asosiy talablar aks etgan. Ta’lim prinsiplaridan farqli ravishda ular о‘qituvchilar tomonidan tarbiyaviy vazifalarni hal etishda qо‘llaniladi. Bu prinsiplarnig asosiy jihatlari: majburiylik, komplekslilik( uyg‘unlilik), teng ahamiyatlilik bо‘lib hisoblanadi. Tarbiya prinsiplari - tarbiyachilar uchun tayyor va har narsaga yaraydigan qoida emas, chunki uni qо‘llash bilan yuqori natijalarga erishib qolinmaydi. Bu tarbiyachining na tajribasini, na mahoratini almashtira oladi, ularning amalga oshirishi shaxs faoliyati bilan shakllangan.

Tarbiyaning ijtimoiy yо‘nalganligi. Ilg‘or о‘qituvchilar tarbiyani ijtimoiy institut sifatida tushunganlar. Turli davrlarda yo ijtimoiy, yo davlat, yoki shaxsiy yо‘nalish kasb etib, uning mazmun prinsiplari о‘zgargan. Mazkur prinsip о‘qituvchining barcha faoliyati tarbiyaning davlat strategiyasiga mos holda о‘sib kelayotgan avlodini tarbiya vazifalariga bо‘ysundirishni talab qiladi va tarbiyachilar faoliyatini shaxsni ijtimoiylashtirishga yо‘naltiradi. Bu prinsiplarni amalga oshirishning asosiy qoidalari tarbiyaviy (mehnat, ijtimoiy, о‘yin va b. ) faoliyat jarayonida о‘quvchilarda faoliyatning ijtimoiy qimmat va muhim sababga molik, ijtimoiylashtirish suratini tezlashtirishni tashkillashtirish zaruriyati bilan bog‘langan.

Tarbiyani insonparvarlashtirishprinsipiga qо‘yiladigan asosiy talablar: tarbiyalanuvchi shaxsiga insoniy munosabat; uning huquqi va erkinligini hurmat qilish; tarbiyalanuvchiga kuchi yetadigan va oqilona shakllantirilgan talablarni qо‘yish; tarbiyalanuvchining holatini hatto u taqdim etilgan talablarni bajarishidan bosh tortgan paytda ham tushunish; kishining о‘zibilan о‘zi bо‘lish huquqini hurmat qilish; tarbiyalanuvchilar ongiga tarbiyaning maqsad va vazifalarini yetkazish; talab etilayotgan sifatlarni majburiy shakllantirmaslik/

Shaxsiy yondoshish. Bunday yondoshish tarbiyalanuvchilarning shaxsiy sifatlariga tayanishni kо‘zlaydi va tarbiyachidan quyidagilarni talab etadi: shaxsning individual xususiyatlarini (xarakteri, mijozi(temperamenti), qarashlari, odatlari va b. ) muntazam о‘rganish va yaxshi bilish; mohirona tashxislash va shaxsiy sifatlarning real shakllanganlik darajasini bilish; tarbiyalanuvchini shaxsning rivojlanishini ta’minlovchi murakkablashib boradigan faoliyatga tortish; shaxsning aktivligiga tayanish; shaxsni tarbiyalashdan о‘z-о‘zini tarbiyalashga о‘tish, maqsadni, mazmuni, metodlarni о‘z –о‘zini tarbiyalashning shakllarini belgilash maxoratini hosil qilish; faoliyatning muvaffaqiyatga olib keluvchi mustaqillik, tashabbus, tarbiyalanuvchilarning tashabbuskorligini, mohirona tashkil etish va yо‘naltirishni rivojlantirish.

Tarbiyaviy ta’sirning birligi. Bu prinsip tarbiyaga daxldor bо‘lgan barcha shaxslar, tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, pedagogik ta’sirni о‘zaro tо‘ldirgan holda, birlashib xarakat qilishlari tarbiyalanuvchilarga kelishilgan holda talablar qо‘yishlari, bir-birlari yordam berishlari talab etiladi.

О‘quvchilarni о‘rganishning pedagogik-psixologik metodlari. Tarbiyaviy tizimining eng asosiy tashkil etuvchilaridan biri – bu shaxsni ijodkorlikka, mustaqillikka, insonparvarlikka, о‘zini qadrlay bilimsh va о‘zgalarga urmat qilishga о‘rgatishdir. Tarbiyaviy tizim asosiga insonparvar psixologiya va pedagogika tamoyillari qо‘yiladi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ustivor yо‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: о‘quvchilarning qiziqishi-xohishiga qarab ta’lim muassasasi va undan tashqarida tashkil etilgan turli xil uyushmalarga jalb etish; о‘quvchilar ishtirokida muntazam ravishda har xil ma’naviyma’rifiy tadbirlar о‘tkazish; fan tо‘garaklar, texnik yо‘nalishdagi tо‘garaklar va amaliy ijodkorlik mazmunini о‘zgartirish; badiiy-estetik birlashmalarni tashkil etish va rivojlantirish; ta’lim muassasasi faoliyatini demokratlashtirish asosi sifatida о‘z -о‘zini boshqarishni rivojlantirish.

О‘quvchilarni о‘rganish metodlari Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni о‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi о‘zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish yо‘llarini belgilash uchun qо‘llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni kо‘zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi. Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bо‘linadi. Bevosita va bilvosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayon kuzatuvchilarning hatti-harakatlari va hokazolarni yozib qо‘yish imkonini beradi. Bevosita qayd qilish usuli biror-bir hodisaning oqibatlari haqidagi faktik materialni boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qо‘llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning vizual usullari xilma-xil texnika vositalari (kinofilm, videotasvir telekо‘rsatuv, ) ni qо‘llash bilan tobora kо‘p qо‘llanilmoqda.

О‘quvchilarni о‘rganish metodlari Suhbat metodi - sо‘rashning bir turi bо‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik kо‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bо‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qо‘llaniladi. Suhbat metodida - о‘qituvchilar va talabalar jamoasi bilan otaonalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qо‘llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib, intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yо‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy sо‘rash nazariyasi va praktikasida intervyu tashkil etishning kо‘p usullari mavjud: - guruhlar bilan; - intensiv; - sinov va h. k.

Pedagogik sо‘rash metodi – tadqiqotchining boshqa kishilardan о‘quvchilarning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi. Sо‘rash savollarning mantiqiy о‘ylangan sistemasini, ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3 -5 ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy formadagi javobni ("ha", "yо‘q") ham taqozo etishi mumkin. Talabalar ijodini о‘rganish – ularning о‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi

Test, sо‘rovnomalar - bu sо‘rovnoma, ya’ni anketa usuli qо‘llanganda yaratilgan о‘quvchilar tarbiyasi tо‘g‘risidagi yangiligini bilish, aniqlash, talabalarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida о‘tkaziladi. Test savollaridan kо‘zlangan maqsad oz vaqt ichida talabalarning bilimlarini yoppasiga baholashdir. Mutaxassislarning bilimini va saviyasini aniqlash uslublaridan biri - bu test yordamidagi sinovdir.

Test, sо‘rovnomalar Test yordamida sinov talaba yoki mutaxassisning bilimi, ilmi, ma’naviyati hamda yoshlarning qaysi yо‘nalish va mutaxassislikka layoqati, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki baholashga imkon beradi. Test yordamida bilimni baholashning pedagogika nuqtai nazaridan ba’zi bir yutuqlari va kamchiliklarida keltirilgan va baholash jarayonini EHM yordamida avtomatlashtirish mumkinligi ta’kidlangan. Test savollari va masalalarining jozibadorligiga sabab, uning qisqa va lо‘ndaligi, tо‘g‘ri javobni umumiy javoblar ichida borligi va ularning talabalarga kо‘rsatma bо‘lib xizmat qilishi, uning topishmoqli о‘yinga о‘xshashligi va javobni topishda xotira, intuitsiya va topqirliklar qо‘l keladi. Test savollarini chop etish talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.

Kasb hunar kollejlarida о‘quvchilarni tarbiyalashmetodlari Ta’lim-tarbiya ishida aniq didaktik maqsadlarga kо‘ra tahsil beruvchi va tahsil oluvchilarning о‘zaro aloqador biri ikkinchisini taqozo etuvchi hatti-harakatlari majmuasi yoki muloqotda bо‘lish usullariga ta’lim-tarbiya metodlari deb yuritiladi. Tarbiya metodlarini turkumlash: 1. Tarbiyaviy jarayonda axborotini о‘zlashtirish manbaiga kо‘ra: a) og‘zaki (sо‘zlab berish, savol-javob, suhbat, ma’ruza, tushuntirish, bayon etish kabilar); b) kо‘rsatmali (kо‘rsatmali bayon etish, tushuntirish); v) amaliy (tajriba sinovlari va laboratoriya ishlari, о‘quv ishab chiqarish mehnati); 2. Tarbiyaviy jarayonda axborotni uzatilishi va о‘zlashtirish mantiqiga kо‘ra: a) oddiydan murakkabga (induktiv); b) murakkabdan oddiyga yoki mavhumdan ma’lumga (deduktiv);

Kasb - hunar kollejlarida о‘quvchilarni tarbiyalashmetodlari 3. Tarbiya jarayonini о‘rganuvchilarning mustaqil tarbiya tafakkuri darajasiga kо‘ra: a) mahsulsiz (reproduktiv); b) mahsullik (produktiv); 4. Tarbiyaviy ishlarining bajarilish darajasiga kо‘ra: a) Tarbiya beruvchi rahbarligidagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar; b) Tarbiya beruvchi rahbarligisiz tahsil oluvchilarning mustaqil ishlari (manbalar bilan ishlash, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, mehnat vazifalarini bajarish va shu kabilar);

5. Tarbiyalanuvchilarning о‘rganishga bо‘lgan qiziqishlarini oshirish bо‘yicha: a) tarbiyalash о‘yinlari; b) tarbiya bо‘yicha munozaralari; v) tarbiya bо‘yicha qiziqarli amaliy vaziyatlarni yuzaga keltirish; 6. Javobgarlik burchini shakllantirish va rag‘batlantirish usuliga kо‘ra: a) ishontirish; b) talab qо‘yish; v) qо‘yilgan talabga muvofiq mashq qildirish; g) rag‘batlantirish va jazolash;

7. Nazorat qilish va о‘z-о‘zini nazorat qilish usuliga kо‘ra: a) yakka holda tarbiyalash; b) yoppasiga (yalpi) tarbiyalash; v) og‘zaki va yozma sinov yoki sо‘rovnomalar; g) dasturli sо‘rov (testlar yordamida mashinali yoki mashinasiz); d) о‘z-о‘zini nazorat qilish va shu kabilar. Pedogogikada maqsadiga kо‘ra tarbiya metodlari quyidagi guruppalarga ajratiladi: faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari; xulq-atvor va faoliyatni rivojlantirish metodlari. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida о‘quvchilarni tarbiyalash shakllari va metodlari.

Kasb - hunar kollejlarida о‘quvchilarni tarbiyalash shakllari 1. Dars 2. Seminar mashg‘ulotlari 3. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar 4. Sayohat (ekskursiya) 5. О‘quvchilar bilan qо‘shimcha ishlash 6. О‘quvchilarning uy ishlari 7. О‘quv sexlari va maydonlarida ta’lim berish 8. Ustoz shogird tarkibida ta’lim berish 9. Xususiy (shaxsiy) ish о‘rinlarida о‘quvchilarni о‘rgatish

Kasb - hunar kollejlarida о‘quvchilarni tarbiyalash shakllari Ravshanki, bularning barchasi kollej ta’lim-tarbiya mazmuni bilan uzviy bog‘liq bо‘lib, ular ma’lum ta’limiy, tarbiyaviy maqsadga erishish uchun xizmat qiladi. Bu ishlarning barchasini uslubiy jihatdan tо‘g‘ri tashkil eta olish uchun pedagog-tarbiyachi juda kо‘p narsalarni bilishi va uddalashi kerak. Yuqori malakali mutaxassislarga bо‘lgan talab va ehtiyojning tobora ortib borishi о‘rta maxsus, kasb-hunar tizimida faoliyat kо‘rsatayotgan barcha rahbar, muhandis-pedagog, о‘qituvchi va tarbiyachilarning zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi. �
- Slides: 22