IQTISODIY XAVSIZLIKNIG ICHKI OMILLARI Reja Ozbekistonning iqtisodiy xavfsizligiga
IQTISODIY XAVSIZLIKNIG ICHKI OMILLARI.
Reja: • O'zbekistonning iqtisodiy xavfsizligiga ta'sir ko'rsatuvchi ichki omillar tasnifi. • O'zbekistonning tabiiy-geografik joylashuvining o'ziga xosligi va uning mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta'siri. • O'zbekistonning tabiiy resurslari. Atrof-muhitga texnogen ta'sirlar va ularni darajasini pasaytirish zarurligi. • Iqtisodiy xavfsizlikka ta'sir etuvchi ijtimoiy demografik omillar. • Ilmiy-texnologik omillar
O'zbekistonning iqtisodiy xavfsizligiga bir qator ichki omillar ta'sir ko'rsatadi. Ularning eng asosiylariga tabiiy omillar, ijtimoiy demografik omillar kiradi. O'zbekiston o'zining rangorang tabiati bilan kishini hayratga soladi. Bir tusdagi cho'l landshafti va qor bilan qoplangan baland tog'lari, sersuv daryolar va butunlay suvsiz maydonlari bor.
Hududning ko'p qismi Turon tekisligiga mansub, keskin ko'tarilgan balandliklar uchraydi. Keyinchalik ko'tarilib Tyanshan va Pomir-Olayga aylangan. Bu tog'larni o'sishi natijasida Hind Okeanidan keladigan namlik yo'li to'silgach, iqlim quruqlasha borib, asta-sekin bepoyon cho'llar vujudga kelgan. O'zini va yo'nalishini o'zgartirib turgan daryo hamda shamollar er yuzasidagi yumshoq qatlani ko'p marta joydan joyga ko'chirgan. Qizilqum va Qorasuv qumlari shu tariqa hosil bo'lgan. Daryo tavrmoqlarining shaklshamoli tez-tez o'zgarib turgan. . Masalan, Amudaryo dastlab Kaspiy dengiziga qo'yigan (O'zboy orqali), keyinroq Orol dengizi tomon oqqan. Shuningdek daryolarning sersuvlik darajasi va joylarda yog'in miqdori ham o'zgarib turgan. Natijada O'zbekistonning ko'p qismi tekislikka aylangan.
v O'zbekistonning iqtisodiy havfsizlik tizimiga hozirgi kunda ko'plab ichki omillar ta'sir qilmoqda. Shuning uchun eng muhim omillar guruhini ko'rib chiqish zarur, ya'ni O'zbekiston Respublikasi tabiiy iqlim sharoitda yuzaga keluvchi va atrof-muhitni ekologik holati, hamda ijtimoiy, iqtisodiy xavfsizligi va ob'ektlarining boshqa hayotiy aspektlari. Inson tabiiy yashash sharoiti xavfsizligini harakatlovchi omillar ichida. Iqtisodiy havfsizlikka mamlakat landshafti ham o'z o'rnida ta'sir qiladi. O'zbekiston Respublikasi tekis va tog'li releflardan iborat. Tekis relef bir tomondan, landshaftning xo'jalik ishlariga hech qanday to'siqlik qilmaydi, o'ziga musbat holatni keltirsa, bir tomondan katta dalalar, qum va barxanlar egallagan, ma'lum darajada qishloq xo'jalik ishini qiyinlashtirib, qo'shimcha chiqimlarni talab qiladi.
Iqtisodiy xavfsizlikka ta'sir ko'rsatuvchi tabiiy omillar to'g'risida so'z yuritganda, eng avvalo xududning landshafti haqida to'xtalib o'tish joizdir. O'zbekiston landshaftini shartli ravishda uch qismga bo'lish mumkin: sharq va janubiysharqdagi tog'lar va tog' oldi qismi. Ular respublika hududining taxminan 1/5 qismini tashkil qiladi. Tog'lardagi eng baland cho'qqi 4643 metr; tarbda-chola-cho'l va cho'llar; janubg'arb va shimol-g'arbdagi tekislik –bu joylarda toshloqli cho'ldan iborat.
O'zbekiston uchun iqlim sharoitini iqtisodiy xavfsizlikka pozitiv omil sifatida qarash va issiqsevar o'simliklarni etishtirishga sharoit yaratuvchi: paxta, kanop, uzum, anjir va boshqalar. Zarur qazilmalar zahiralarini ko'pligi yoki yo'qligi iqtisodiy xavfsizlikka to'g'ri ta'sir qiladi. Respublika har xil foydali qazilmalarga boy, ammo ularni noratsional ishlatish hom ashyo zapaslarini kamayishiga olib keladi.
Respublikani foydali qazilmalar joylashgan geologik tuzilishi va relfi bilan ajralib turadi. Tekisliklarda cho'kmndi jinslar orasidan neft va gaz konlari (Gazli, Shoxpaxti, Ko'kdumaloq). Farg'ona vodiysida va Surxandaryo neft konlari (Mingbuloq, Sok, Jarqo'rg'on), tabiiy cho'kishdan hosil bo'lgan tuzlar (Borsakelmas), qurilish materiallari konlari topilgan.
Respublikada neft qazib chiqarish 1924 yilda 5, 6; 1940 -119; 19581287; 1961 -1706 va 1965 yilda – 1800 ming tonna tashkil qildi. Keyingi besh yilda respublikada neft ishlab chiqarish kekin kamaydi. 1965 yilda 1962 yilga qaraganda tashqaridan neftni respublikaga olib kelish 1, 7 baravar oshgan edi. Respublikada neft mustaqilligini zaiflashishi birinchi aglda respublikada joylashgan ikkita neftni qayta ishlash zavodlarini mahalliy neft bilan ta'minlashishini pasayishi bo'lsa, ikkinchi tomondan etmagan xom ashyoni /arbiy Turkmanistondan keltirishlari edi va uning narxi Farg'ona va Buxoro neftidan ikki barovar yuqoriligi edi.
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish davrida neft resurslaridan foydalanish, chuqur qayta ishlashga asoslangan holda yangi mahsulotlar ishlab chiqarish strukturasi va texnik jihozlashda, neft qazishni takomillashtirish oqibatida neft va gaz ishlab chiqarish xajmi oshdi, oqibatda 1995 yilda chetdan import qilinmadi va O'zbekiston haqiqiy neft mustaqilligiga erishdi.
O'zbekiston hududida strategik ahamiyatga ega bo'lgan uran, oltin, mis, rux, vlfram, molibden, flyurit, shuningdek alyuminiy va magnit rudalari, nodir metallar, oltingugurt, osh tuzi, kaliy, fosfor va boshqa tabiiy tuz konlari, kaolin, o'tga chidamli xom-ashyolar, bentonit, marmar va boshqa bezak toshlari, ba'zi bir uncha qimmat bo'lmagan pardozlash toshlari (biryuza, aniks, xoluedan, ametist) va boshqalar.
O'zbekistonda aniqlangan ba'zi mineral xom ashyo konlarini mavjudligiga qaramay, har yili (1991 yil) 500 tonna fasforit, 280 ming tonna kaliy o'g'iti, 408 ming tonna osh tuzi, 87 ming tonna kvarts qumlari, 127 ming tonna bentonit gillari hamda ohak, borit, asbest, kaolin kontsentrati, dala shpati, talk, grafit, mineral pigmentlari, natriy sulfat, oltingugurt va hakozalar Ukraina, Qozog'iston, Rossiyadan tashib keltirilgan.
O'zbekiston 530 neft-gaz promshkillari, shaxta va rudniklar respublika iqtisodiy xavfsizligini va boshqa davlatlarga qaramligini tubdan o'zgartirdi va o'zi ushbu sohada jahonda salmoqli o'rin egallaydi. O'zbekiston dunyoda er osti zahiralari bo'yicha nufuzli o'rin egallaydi, shu jumladan oltin zaxiralari bo'yicha 4 va uni ishlab chiqarishda 9, mis zaxiralari bo'yicha 11 va urandan 8 -o'rinni egallaydi.
O'zbekiston fuqarolarining hozirgi yashash sharoitini bugungi kunda suv resurslarining ahvolini, texnogen ta'sirlar, ofatlar va qator omillar ta'siri belgilaydi. Iqtisodiyotni kam ko'stsiz ta'minlash iqtisodiy himoyalanishni muhim omillaridan biridir. Respublikaning suv resurslari hududlarga betartib tarqatilgan. O'zbekistonda bu omil bir qator salbiy ta'sir ko'rsatib, bu biror sektorni suv resurslariga bo'lgan ehtiyojni yuqoriligi va uning kamayishi mumkinligiga bog'liq.
Xavfli tabiiy jarayonlardan eng xavflisi bu 8 -9 balga boruvchi yuqori tebranuvchanlikdir. Kuchli er qimirlashlariga, Andijoda (1889 y va 1902 y), Toshkentda (1966 va 1968 y) kiradi. O'zbekison poytaxti tebranuvchi zonada joylashgan. Bu erda 1966 y 26 aprelda kuchli er qimirlashi bo'lib, buning oqibatida shaharning ko'p rayonlari zarar ko'rdi, asosan uning markaziy qismi. Faqatgina 1966 yilda Toshkentda 700 er qimirlashi qayd etilgan.
O'zbekiston O'rta Osiyoda aholisi eng ko'p respublika (60%dan ortiq). Aholi soni bo'yicha MDX davlatlarida Rossiya va Uyuranidan keyin uchinchi o'rinni egallaydi. Hududning geografik joylashishi, hajmi bilan iqtisodiy holatning bog'liqligi mamlakatda demografik holatni yuzaga keltiradi. 2001 yil 1. 01 holatiga ko'ra 25. 2 mln. fuqaro O'zbekiston hududida notekis joylashgan. Aholi ayniqsa Andijon va Farg'ona viloyatlarida juda zich joylashgan, Surxandaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida esa kam bo'lib, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari ham shu qatordan o'rin olgan.
O'zbekistonning xarakterli xususiyatlaridan biri bu – uzoq yillar davomida aholi sonini o'sish sur'atlarining juda yuqori bo'lganligidir. Agar 1940 yilda 2, 7 foiz bo'lgan bo'lsa, 1950 -3, 8, 1960 -3, 3, 1980 -2, 4, 1990 -2, 1 va 20011, 2 foiz bo'ldi. Bu omil ikki tomonlama ahamiyatga ega. Bir tomondan aholining katta qismini yoshlar tashkil etadi, bu iqtisodiyotni rivojlantirishda katta kuch demakdir. Aholining qarish muammosi yo'q. Lekin 80 -yillardan boshlab aholi sonining o'sish sur'atlarining pasayishi kuzatilayapti va 2001 yilda bu ko'rsatkich 1, 2 foizni tashkil qildi. Shu jumladan shahar aholisi soni 0, 7 foizga va qishloq aholisining soni 1, 5 foizga ko'paydi.
Bundan tashqari, Internetdagi ko'p saytlarga nisbatan “axborot tarqatish davriyligi”, “ommaviylik” foydalanuvchilarning cheklanmaganligi kabi tushunchalarni qo'llash mumkinligi Axborot xatarlari chin yoki ularni huquqiy tomondan ham sifatida qabul qilish soxta bo'lishi mumkin. Hozirgi OAV mumkinligini ko'rsatadi. kunda respublika uchun xavflisi OAV (ommaviy axborot vositalari)dan keladigan noto'g'ri axborotlar, kompyuter aloqalari va boshqalar. Davlat uchun axborot aloqalarga negativ xabarlarning kirishi ham xavfdan holi emas.
E’tiborlaringiz uchun raxmat!
- Slides: 21