Mavzu Xotira Reja 1 Xotira haqida tushuncha va

  • Slides: 24
Download presentation
Mavzu: Xotira Reja: 1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari. 2. Xotiraning

Mavzu: Xotira Reja: 1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari. 2. Xotiraning psixologik nazariyalari. 3 Xotira jarayonlari va turlari. 4. Xotirani o`rganish metodlari va amaliy tavsiyalar.

Hotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni

Hotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki hotirlash jarayonidir. Professor E. Qoziev tomonidan hotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. «Hotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ihtiyoriy va ihtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mehanik yo'l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psihik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo'naltirilgan mnemik faoliyatdir» .

 SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash

SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I. M. Sechenov). S. L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi» . Рубинштейн С. Л. Основы общей психологии. В 2 -х т. М. , 1989. Т. 1. Б. 302.

Hotiraning nerv fiziologik asosini assotsiatsiyalar tashkil qiladi. Assotsiatsiya bizning hotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd

Hotiraning nerv fiziologik asosini assotsiatsiyalar tashkil qiladi. Assotsiatsiya bizning hotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o'zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. . «Muvaqqat nerv bog’lanishlari – deb yozadi I. P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o'zimizda ham bo'ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psihik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo'lmasa harflar, so'zlar va fikrlar o'rtasida paydo bo'ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psihologlar assotsiatsiyalar deb ataydilar» .

O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari

O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. SHu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi. [2] Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 134 р [2]

Inson hotirasidagi assotsiatsiyalar 3 turga ajratiladi: Yondoshlik assotsiatsiyasi- bir necha narsa yoki hodisalarni ayni

Inson hotirasidagi assotsiatsiyalar 3 turga ajratiladi: Yondoshlik assotsiatsiyasi- bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo'ladi O'hshashlik assotsiatsiyasi- hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o'rtasida ma'lum o'hshashlikka aytiladi Qarama-qarshilik assotsiatsiyasi- hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o`rtasida qarama -qarshi belgilar va hususiyatlar bo’ganga aytiladi

A. V. Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» darsligida quyidagicha klassifikatsiya uchraydi: Faoliyatda ko'proq

A. V. Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» darsligida quyidagicha klassifikatsiya uchraydi: Faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psihik faollikning hususiyatiga qarab: harakat, emotsional, obrazli va so`z mantiq hotira. Faoliyatning maqsadlariga ko'ra: ihtiyorsiz va ihtiyoriy hotira. Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko'ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ hotira

M. G. Davletshin tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» o‘quv qo'llanmasida quyidagi hotira klassifikatsiyasi qayd

M. G. Davletshin tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» o‘quv qo'llanmasida quyidagi hotira klassifikatsiyasi qayd qilinadi: Psihik faolligiga ko'ra: ihtiyoriy va ihtiyorsiz hotira. Faoliyat maqsadiga ko'ra: harakat, emotsional, obraz va so'z-mantiq hotirasi. Muddatiga ko'ra: uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ hotira.

E. G`oziev tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» o‘quv qo'llanmasida hotira turlari quyidagicha klassifikatsiya qilingan.

E. G`oziev tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» o‘quv qo'llanmasida hotira turlari quyidagicha klassifikatsiya qilingan. 1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko'ra: a) Harakat yoki motor harakat hotirasi; b) obrazli hotira; v)His –tuyg’u yoki hissiyot hotirasi; g) so'z-mantiq hotira. 2. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan: a) ihtiyorsiz; b) ihtiyoriy; v) mehanik. 3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko'ra: a) Qisqa muddatli hotira; b) uzoq muddatli hotira; v) operativ (tezkor) hotira. 4. Ruhiy faoliyat qo`zg’atuvchisining sifatiga ko'ra: a) musiqiy; b) eshitish hotirasi; 5. Ruhiy faoliyatning inson yo'nalishiga qarab: a) fenomenal; b) kasbiy.

Harakat hotirasi– inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko'rinishlarini ustunlik

Harakat hotirasi– inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko'rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. His- tuyg`u yoki hissiyot hotirasi–bu hotira his-tuyg’ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning hususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo habar berib turish imkoniyatiga ega. Obrazli hotira – yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalarning aniq obrazlarini, ularning hususiyatlari va bog`lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat hotira turiga aytiladi.

So'z-mantiq hotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda hulosa chiqarishlar tashkil etadi. Ihtiyoriy

So'z-mantiq hotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda hulosa chiqarishlar tashkil etadi. Ihtiyoriy hotira deganda ma'lum maqsadni ro'yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat hotira jarayoni tushuniladi. Ihtiyorsiz hotiraning turmushda va faoliyatda katta o'rin egallashini har kim o'z shaxsiy tajribasidan biladi. Qisqa muddatli hotira qisqa muddatga esda qoldirilishini ta`minlaydigan hotira turi Operativ hotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun hizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holatga aytiladi.

Hotira jarayonlari quyidagilardan iborat: Esda olib qolish Esga tushirish Esda saqlash Unutish

Hotira jarayonlari quyidagilardan iborat: Esda olib qolish Esga tushirish Esda saqlash Unutish

Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po'stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik

Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po'stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po'stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir.

Esda qoldirish o'zining faolligi jihatidan ikkiga bo'linadi: a) ihtiyorsiz esda qoldirish- oldindan maqsad quyilmaydi,

Esda qoldirish o'zining faolligi jihatidan ikkiga bo'linadi: a) ihtiyorsiz esda qoldirish- oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. b) ihtiyoriy esda qoldirish- oldindan maqsad qo'yib mavzu belgilanadi.

Ihtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi: q maqsad qo`yish, masalan, institutga kirish oldidagi

Ihtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi: q maqsad qo`yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad; o‘quv materiallarini tushunib esda qoldirish; q esda qoldirishning ratsional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo'li bilan esda qoldirish

Psihologiya fanida esda olib quyidagi turlari mavjud: Ma'lumot, habar, taassurot, ahborot va materiallarni eshitish

Psihologiya fanida esda olib quyidagi turlari mavjud: Ma'lumot, habar, taassurot, ahborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish Egallash yoki o'zlashtirish zarur bo'lgan materiallarni ko'rib idrok qilish Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko'rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta'sir etuvchilar yordamida aks ettirish

Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni hotirada saqlanish hususiyati tushuniladi.

Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni hotirada saqlanish hususiyati tushuniladi. Esga tushirish -o'tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg`u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishiga aytiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po'stida ilgari hosil bo'lgan nerv bog`lanishlarning qo'zg’alishidir.

Tanish- ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu

Tanish- ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir Eslash- narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Bevosita eslash- tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Vaqt o'tkazib eslash- esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt o'tkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar o'tgandek bo'ladi. Ihtiyorsiz esga tushirish -o'z oldiga biror bir maqsadni qo'yamasdan iroda kuchini sarf qilmasdan esga tushirishdir. Ihtiyoriy esga tushirish-shahs o'z oliga biror bir maqsadni qo'yib, iroda kuchini sarflagan holda esga

Esda saqlash deganda ilgari tug’ilgan taassurot, fikr, his-tuyg’u va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi

Esda saqlash deganda ilgari tug’ilgan taassurot, fikr, his-tuyg’u va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi Reministsenciya hodisasi (hira esga keltirish)-unutilgan narsalarni yana hotirada qaytadan tiklanishi deyiladi

Esda olib ? olish va unutish tezligiga ko'ra hotiraning quyidagi tiplari mavjud: 1) tez

Esda olib ? olish va unutish tezligiga ko'ra hotiraning quyidagi tiplari mavjud: 1) tez esda qoldirish, sekin unutish; 2) tez esda qoldirish, tez unutish; 3) sekin esda qoldirish, sekin unutish; 4) sekin esda qoldirish, tez unutish.

Hotira tasavvurlari -ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qaytadan gavdalanishiga aytiladi.

Hotira tasavvurlari -ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qaytadan gavdalanishiga aytiladi.

Hotiraning psihologik nazariyalari inson faolligi bilan bog’liq bo'lgan hotira jarayonlarini shakllantirishni tadqiq etadi va

Hotiraning psihologik nazariyalari inson faolligi bilan bog’liq bo'lgan hotira jarayonlarini shakllantirishni tadqiq etadi va uning quyidagi turlari mavjud: Birinchisi Assotsiativ nazariyadir. Ikkinchi psihologik nazariya hotiraning Geshtalt nazariyasidir. Uchinchisi Biheviorizm nazariyasi – inson hotirasida, esda olib qolishda takrorlashning ahamiyatiga diqqatni qaratadi. To'rinchisi Freydizm hotirani emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlar bilan bog’laydi. Beshinchisi Mantiqiy nazariya A. Bine va Byullerlar tomonidan ilgari surilib, ular hotiradagi materialni hotiraning mantiqiy esda olib qolinishi bilan bog`laydi. Oltinchisi Faoliyat nazariyasi A. N. Leontev, N. I. Zinchenko, A. A. Smirnovlar tomonidan ilgari surilib, turli tasavvurlar orasidagi bog’liqlik esda olib qolingan materialning qandayligiga emas, balki odamning u bilan nima qilishiga bog’liqdir.

Biohimik nazariya tashqi ta'sir ostida nerv hujayralarida yuz beradigan o'zgarishlarni qayd qilish va hotira

Biohimik nazariya tashqi ta'sir ostida nerv hujayralarida yuz beradigan o'zgarishlarni qayd qilish va hotira jarayonida DNK va RNK ahamiyatini aniqlashga qaratilgandir. DNK hotirani genetik tug`ma tashuvchi sifatida, RNK esa individual hotiraning ontogenetik asosi sifatida qabul qilinadi. Kibernetik nazariya bo'yicha hotira ma'lumotni qabul qilib olish, qayta esga tushirish va unutishdir.

Hotira jarayonlarining navbatdagi nazariyasi neyro-fiziologik nazariyadir. Vaqt oralig’ida esda olib qolish, saqlash va esga

Hotira jarayonlarining navbatdagi nazariyasi neyro-fiziologik nazariyadir. Vaqt oralig’ida esda olib qolish, saqlash va esga tushirish hotiraning asoslari fiziologik nazariyasini tashkil qiladi.