LEKSIKOLOGIYA UNING OBYEKTI TURLARI VAZIFALARI SOZNING LEKSIK VA
LEKSIKOLOGIYA, UNING OBYEKTI, TURLARI, VAZIFALARI. SO‘ZNING LEKSIK VA GRAMMATIK MA’NOLARI. REJA: LEKSIKOLOGIYA, UNING OBYEKTI, TURLARI, VAZIFALARI. 2. SO’ZNING LUG’AVIY VA GRAMMATIK MA`NOLARI. 3. LEKSEMA, SEMA. 1.
1. LEKSIKOLOGIYA, UNING TURLARI, VAZIFALARI. LEKSIKA QO’LLANILADI: OBYEKTI, ATAMASI IKKI MA’NODA A) TILNING LUG’AT TARKIBI, SO’ZLAR YIG’INDISI; B) LUG’AT TARKIBINI O’RGANUVCHI TILSHUNOSLIKNING ALOHIDA BO’LIMI. LEKSIKA ATAMASINING IKKINCHI MA’NOSI UCHUN LEKSIKALOGIYA ATAMASI HAM QO’LLANILADI. LEKSIKOLOGIYA GREKCHA LEXIKOS “SO’Z, SO’ZGA DOIR “ VA LOGOS “TALIMOT” SO’ZLARNING BIRIKUVIDAN OLINGAN BO’LIB, LEKSIKA (SO’Z) HAQIDAGI TALIMOT DEMAKDIR. DEMAK SO’Z VA UNING MA’NOLARINI O’RGANUVCHI TILSHUNOSLIK BO’LIMIGA LEKSIKALOGIYA (BA’ZAN LEKSIKA ) DEYILADI. LEKSIKA SO’ZI YUNONCHA LEKSIK SO’ZIDAN OLINGAN BO’LIB, SO’Z DEGAN MANONI BILDIRADI.
2. SO’ZNING LUG’AVIY VA GRAMATIK MANOLARI. SO’ZNING IKKI XIL MA’NOSI MAVJUD. SO’ZNING BORLIQDAGI NARSA, BELGI, HARAKAT, MIQDOR KABI TUSHUNCHALAR HAQIDAGI MALUMOTI LUG’AVIY MA’NO DEYILADI. OT, SIFAT, SON, FEL, RAVISH ATASH MANOSIGA EGA. (OLMOSH ATASH MANOSIGA EGA BO’LGAN SO’ZGA ISHORA QILADI. ) LUG’AVIY MANO USTIGA QO’SHILIB, SO’ZNING SHAKLIY QISMI ORQALI IFODALANGAN VA UNING MA’LUM TURKUMGA MANSUBLIGINI, GAPDA QANDAY VAZIFA BAJARISHINI KO’RSATUVCHI MA’NO SO’ZNING GRAMATIK MA’NO SI HISOBLANADI.
MASALAN: KITOBLARIM KO’P. LUG’AVIY MA’NOSI –O’QUV QUROLI GRAMMATIK MA’NOSI - OT, BOSH KELISHIKDA, EGA. QIZIL ATIRGULLAR OCHILDI. LUG’AVIY MANOSI-BELGI, RANG. GRAMATIK MANOSI- SIFAT, ODDIY DARAJA, ANIQLOVCHI. TOG’GA CHIQDIK. LUG’AVIY MA’NOSI-HARAKAT. GRAMATIK MA’NOSI-FE’L, O’TGAN ZAMIN, KESIM.
MUSTAQIL SO’ZLAR HAM LUG’AVIY, HAM GRAMATIK MA’NOLARGA EGA, YORDAMCHI SO’ZLAR ESA FAQAT GRAMATIK MA’NOGA EGA BO’LADI. SO’ZNING LUG’AVIY MANOSI LEKSIKALOGIYADA, GRAMATIK MA’NOSI GRAMATIKADA O’RGANILADI.
3. BIR MA’NO SO’ZLAR. Ayrim so’zlar gapdan tashqarida ham, gap ichida ham bir ma’noni bildiradi. Bunday so’zlar bir ma’noli so’zlar deyiladi. Bularga: maktab, Toshkent, Mirzacho’l, kitob.
4. KO’ P MA`NOLI SO’ZLAR. GAPDAN TASHQARI DA BIR MANOLI , GAP TARKIBIDA BOSHQA MA’NONI IFODALAYDIGAN SO’ZLAR KO’P MANOLI SO’ZLAR DEYILADI. NUTQDAN TASHQARIDA BIR MA’NO NUTQ TARKIBIDA BOSHQA SO’ZLAR BILAN BOG’LIQ HOLDA BOSHQA MA’NO IFODOLOVCHISO’ZLAR KO’P MA’NOLI SO’ZLAR DEYILADI.
Masalan: bosh, og’iz, quloq, ko’z, oyoq. Ko’chma ma’no 1)o’z va ko’chma ma’no 2)Bir so’z turkumi 3)Umumiy ma’no birligiga ega. Ko’z- odamning ko’zi (o’z ma’nosida) -derazaning ko’zi -uzukning ko’zi -taxtaning ko’zi.
5. So’z ma’nolarining ko’chishi. O’zbek tilida ma’no ko’chishning quyidagi usullari mavjud: Metafora (grekcha: ko’chirish)- biror predmet shaklining, belisining , harakatining o’xshash tomonini boshqasiga ko’chirishdir: 1) shakliy o’xshashlik – odam qulog’i (o’z manosida)- qozonning qulog’i (ko’chma ma’noda) 2) Belgi o’xshashligi- yengil eshik (o’z m. ) –yengil ta’zim (ko’chma m. ) 3) Harakat o’xshashligi -ipni uzmoq (o’z m. ) –qarzini uzmoq (ko’chma m. )
Metanomiya (grekcha: qayta nomlash ) –narsa belgi va harakatlar o’rtasidagi aloqadorlik asosida ma’no ko’chishidir. Bunda: 1) narsaning nomi shu narsa ichidagi boshqa bir narsaga ko’chiriladi: auditoriya- xona, auditoriya kuldi- xona ichidagi talabalar; 2)narsaning nomi shu narsaga asoslangan o’lchov birligi nomiga ko’chiriladi: qop- narsa , besh qop shakar(o’lchov birligi; 3) o’lchov birligi nomi shu o’lchov birligi bilan bog’liq bo’lgan narsa nomiga ko’chiriladi; to’qson besh –o’lchov birligi, to’qson besh choy –choy navi; 4) muallifning nomi uning asarlariga ko’chiriladi: Navoiyni ko’p mutolaa qilgan.
Sinekdoxa (grekcha: birga anglash , nazada tutish )-shaxs yoki predmet qismi nomini aytish bilan o’zini tushinish yoki o’zining nomini aytish bilan uning qismini tushunish asosida ma’no ko’chirishdir. Kinoya – so’zlarning aks ma’noda qo’llanishidir. Bunday ko’chishlarni tushuntirish uchun so’zlar yozuvda qo’shtirnoqqa olinadi: masalan; Qo’shinning oldingi qismi “dushman” lagerini egallashga ulgurgan edi. Vazifadoshlik asosida ma’no ko’chishi- narsalarning bajaradigan bazifasi o’xshashligi jihatdan ma’no ko’chishidir. O’q- yoy o’qi; -miltiq o’qi; tomir – daraxt ildizi; tomir – qo’l tomiri.
UYGA VAZIFA 1. Tegishli adabiyotlardan mavzuni konspektlashtirish. 2. “Ona tilidan mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish. 3. LTQdagi mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.
- Slides: 12