ASSESMENT TEXNOLOGIYASI 1 Test 2 Jumlani davom ettiring

  • Slides: 42
Download presentation

ASSESMENT TEXNOLOGIYASI

ASSESMENT TEXNOLOGIYASI

1. Test 2 Jumlani davom ettiring 3. Savol 4. Beshinchisi ortiqcha Qaysi qatorda vazifadosh

1. Test 2 Jumlani davom ettiring 3. Savol 4. Beshinchisi ortiqcha Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchi 1. Fursat g’animatdir, shoh otlashgan so’zdan keyin qo’llangan? satrlar … bezamoq chog’idir A)Insonning fe’l-atvoriga qarab unga umr daftarin. baho berishadi 2. Halollik buyuklik … daslabki B)Yoshi ulug’lar ko’pni ko’rganalari qadamdir. uchun tajribali hisoblanadilar 3. Uyga yetib borgunga … bola C)To’ydan keyin nog’ora chalmoqbizga hech narsa demadi. nodonlarning ishi 4. Devor … yomg’irdan ividi. D)Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas Qaysi fikr xato? 1. Ko’makchilar harakat nomidan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’laydi. 2. Ko’makchilar sifatdoshdan keyin kelib, ularni tobe so’zga bog’laydi 3. Ko’makchilar ravishdoshdan keyin 1. yanglig’, qadar, tufayli, atab, qosh 2. ro’para, bo’ylab, ust, birga, sari 3. bilan, holda, yon, keyin, tomon 4. asosan, doir, deb, deya, yarasha 5. o’zga, buyon, oldin, boshlab, doir

BLITS TEXNOLOGIYASI

BLITS TEXNOLOGIYASI

Yo’nalganlik, atalganlik, sabab-maqsad ma’nolarini bildiruvchi, asosan bosh kelishik shaklidagi Iamlarga qo’shilib keladigan Narsa-hodisa, belgi-xususiyatga

Yo’nalganlik, atalganlik, sabab-maqsad ma’nolarini bildiruvchi, asosan bosh kelishik shaklidagi Iamlarga qo’shilib keladigan Narsa-hodisa, belgi-xususiyatga o’xshatishni ifodalaydi va shu ma’noda kabi , singari, yanglig’ ko’makchilari bilan ma’nodoshlikni hosil qiladi dek ko’makchi bilan Bolakay to’kilgan non ushoqlarini bittalab qo’lda terib oldi. Ushbu gapda o’rin-payt kelishigi o’rniga qo’llanishi mumkin bo’lgan vosita ma’nosini bildirgan ko’makchi tomon 1. Qiziqqonligidan qo’shnining uyiga devor bo’ylab qaradi. 2. Parishonxotir Alisher ariq bo’ylab ketdi. Ushbu birinchi gap tarkibidagi bo’ylab so’zining bildirgan ma’nosi uchun Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi o’rnida qo’llash mumkin bo’lgan ko’makchilardan biri ravishdosh

MAVZU: BOG’LOVCHI VA UNING TURLARI

MAVZU: BOG’LOVCHI VA UNING TURLARI

Reja: 1. Bog’lovchi haqida umumiy ma’lumot 3. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari: 1)teng bog’lovchilar; 2)ergashtiruvchi

Reja: 1. Bog’lovchi haqida umumiy ma’lumot 3. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari: 1)teng bog’lovchilar; 2)ergashtiruvchi bog’lovchilar 2. Bog’lovchining qo’llanishiga ko’ra turlari: 1)yakka bog’lovchilar; 2)takroriy bog’lovchilar

Bog’lovchilar-gapning uyushiq bo’laklarini va BOG’LOVCHINING TA’RIFI qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun

Bog’lovchilar-gapning uyushiq bo’laklarini va BOG’LOVCHINING TA’RIFI qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar hisoblanadi.

Qiyoslang: 1. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota- onasiga rohat yoki jazo keltiradi. 2. Kumush

Qiyoslang: 1. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota- onasiga rohat yoki jazo keltiradi. 2. Kumush ichkariga kirib ko’zdan g’oyib bo’ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa yerga mixlangandek qotib turdi.

* Birinchi gapda yoki bog’lovchisi uyushiq bo’laklarni bog’lagan. (Uyushiq bo’laklar bir xil so’roqqa javob

* Birinchi gapda yoki bog’lovchisi uyushiq bo’laklarni bog’lagan. (Uyushiq bo’laklar bir xil so’roqqa javob bo’ladigan , teng bog’lovchilar yordamida bog’lanadigan gap bo’laklaridir). * Ikkinchi gapda lekin bog’lovchisi qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lagan.

Bog’lovchilarning gapdagi vazifasiga ko’ra turlari Teng bog’lovchilar Ergashtiruvchi bog’lovchilar

Bog’lovchilarning gapdagi vazifasiga ko’ra turlari Teng bog’lovchilar Ergashtiruvchi bog’lovchilar

Teng bog’lovchilar, grammatik jihatdan teng huquqli uyushiq gap bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda

Teng bog’lovchilar, grammatik jihatdan teng huquqli uyushiq gap bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lashga xizmat qiladigan yordamchi so’zlardir.

Teng bog’lovchilar turlari Biriktiruv bog’lovchilari Zidlov bog’lovchilari Ayiruv bog’lovchilari Inkor bog’lovchisi

Teng bog’lovchilar turlari Biriktiruv bog’lovchilari Zidlov bog’lovchilari Ayiruv bog’lovchilari Inkor bog’lovchisi

Biriktiruv bog’lovchilari –uyushiq bo’laklarni va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro biriktirib keluvchi bog’lovchilardir.

Biriktiruv bog’lovchilari –uyushiq bo’laklarni va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro biriktirib keluvchi bog’lovchilardir. Biriktiruv bog’lovchilariga va, hamda sof bog’lovchilari, bilan ko’makchi bog’lovchisi, -u, -yu -da , ham yuklama bog’lovchilari mansubdir.

►►Va biriktiruv bog’lovchisi eng ko’p qo’llanadigan bog’lovchidir: 1. Aql va farosat quyoshga o’xshaydi, beparvolik

►►Va biriktiruv bog’lovchisi eng ko’p qo’llanadigan bog’lovchidir: 1. Aql va farosat quyoshga o’xshaydi, beparvolik tufayli tushishi mumkin bo’lgan dog’larga o’rin qoldirmaydi. 2. Behbudiy tomonidan qilingan ishlarni sanay bersak, ularning adog’iga yetmaymiz: u o’z uyida bepul maktab ochdi va xalq bolalarini o’qitdi. ►►Hamda bog’lovchisi uyushiq bo’laklar va qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladi: 1. U onasining qo’llaridan o’pdi hamda uni bag’riga bosib cheksiz mehr ulashdi. 2. Vatanparvarlik, xalqparvarlik hamda insonparvarlik yuksak insoniy hislar hisobanadi.

Biriktiruv bog’lovchilari payt (ketma-ket sodir bo’lgan voqea – hodisa ) va sabab – natija

Biriktiruv bog’lovchilari payt (ketma-ket sodir bo’lgan voqea – hodisa ) va sabab – natija munosabatli sodda gaplarni bog’laydi. Qiyoslang: 1. Ona tuni bilan farzandi boshida telbalarcha parvona bo’ldi va holsizlikdan beshikka bosh qo’yib uxlab qoldi. 2. Anora so’zlar va Zaynab qalbi tol bargidek dir-dir qaltirar edi…

Zidlov bog’lovchilari Bu guruhga kiruvchi bog’lovchilar quyidagilar Mazmunan bir- biriga qaramaqarshi qo’yilgan bo’laklarni yoki

Zidlov bog’lovchilari Bu guruhga kiruvchi bog’lovchilar quyidagilar Mazmunan bir- biriga qaramaqarshi qo’yilgan bo’laklarni yoki gaplarni bog’lash uchun xizmat qiladi. Zidlov bog’lovchilari gap boshida kelib , avval aytilgan fikrga zid bo’lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog’laydi. ammo, lekin, biroq, balki, holbuki

Biroq, ammo , lekin bog’lovchilari gap bo’laklarini bog’lab kelganda zidlik ma’nosini, shu bilan birga

Biroq, ammo , lekin bog’lovchilari gap bo’laklarini bog’lab kelganda zidlik ma’nosini, shu bilan birga gap mazmunini to’ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham xizmat qiladi.

Misollar 1. Mamalaktimizda bayramlar ko’p , lekin muqaddas Ramazon hayiti bayramining tarovati, shukuhi o’zgacha.

Misollar 1. Mamalaktimizda bayramlar ko’p , lekin muqaddas Ramazon hayiti bayramining tarovati, shukuhi o’zgacha. 2. Hayotdagi ba’zi bir qiyinchiliklar qaddigingizni bukib qo’yishi mumkin, lekin siz aslo taslim bo’lmang, zulmatni nur bilan to’ldirishga harakat qiling. 3. Haqiqat egilishi mumkin, biroq bir kun kelib albatta yuzaga chiqadi.

Ayiruv bog’lovchilari Bog’lovchilari: Narsa, voqea, hodisalarni boshqalaridan ayirib ko’rsatish yoki ularning galma-gal bo’lishini ko’rsatish

Ayiruv bog’lovchilari Bog’lovchilari: Narsa, voqea, hodisalarni boshqalaridan ayirib ko’rsatish yoki ularning galma-gal bo’lishini ko’rsatish yoki ulardan faqat bittasini yuzaga chiqishi uchun xizmat qiladi. yo, yoki, yo…yo, yoxud, dam…. dam, goh…goh, xoh… xoh, ba’zan…ba’zan, bir…bir.

Qiyoslang: 1. Goh u birdaniga o’yga tolib yuragimga g’ula solar, goh xomush tortib qolganimni

Qiyoslang: 1. Goh u birdaniga o’yga tolib yuragimga g’ula solar, goh xomush tortib qolganimni ko’rib kular edi. 2. Yo muammoning bir yechimini o’ylab topadi, yo tog’ safariga chiqish imkoniyatini qo’ldan boy beradi. 3. Dam hayotimiz quvonchga to’lib-toshar, dam tashvishlarga ko’milib ketardi.

Na…na bog’lovchisi Inkor bog’lovchisi na…na qo’shma gap tarkibidagi sodda gap qismlarini o’zaro bog’lab keladi:

Na…na bog’lovchisi Inkor bog’lovchisi na…na qo’shma gap tarkibidagi sodda gap qismlarini o’zaro bog’lab keladi: Na qo’shiq ohangi eshitilardi, na kulgu ovozi.

Bog’lovchilar Sof bog’lovchilar Vazifadosh bog’lovchilar

Bog’lovchilar Sof bog’lovchilar Vazifadosh bog’lovchilar

Sof bog’lovchilar Faqat bog’lovchi vazifasini bajaruvchi so’zlar hisoblanadi. Va , lekin, biroq, ammo so’zlari

Sof bog’lovchilar Faqat bog’lovchi vazifasini bajaruvchi so’zlar hisoblanadi. Va , lekin, biroq, ammo so’zlari sof bog’lovchilardir. 1. Donishmandlar debdikim: ”Aqling bilan qara, ko’z xoindir va qalbing bilaneshitginki, quloq yolg’onchidir!” 2. Ahmoqlik va jinnilik o’ratsidagi farq shuki, ahmoqning maqsadi to’g’ri, ammo amalga oshirish yo’li notog’ri. Jinni esa tanlash lozim bo’lmagan narsani tanlaydi.

Vazifadosh bog’lovchi Bir o’rinda bog’lovchi, boshqa o’rinda ko’makchi, yuklama yoki modal so’z vazifasida keluvchi

Vazifadosh bog’lovchi Bir o’rinda bog’lovchi, boshqa o’rinda ko’makchi, yuklama yoki modal so’z vazifasida keluvchi yordamchilar hisoblanadi. Bilan ko’makchisi, u, -yu, -da yuklamalari, balki modal so’zi, ham yuklamasi vazifadosh bog’lovchidir. • Bilan ko’makchisi uyushiq bo’laklarni bog’lab kelganda bog’lovchi vazifasini bajaradi: • Qalam bilan daftar oldim. O’zaro tobe bog’lanuvchi so’zlarni bog’lab kelganda ko’makchi vazifasini bajaradi: • Qalam bilan yozdim.

Ham • Ham so’zi bog’lovchi bo’lib emas, balki gap ma’nosini yoki ayrim qo’shma gap

Ham • Ham so’zi bog’lovchi bo’lib emas, balki gap ma’nosini yoki ayrim qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun qo’llaniladi. Ham takror holda qo’llansagina, uyushiq gap bo’laklarini bog’lasagina bog’lovchi vazifasida kelgan bo’ladi. 1. Quyosh ham oltin nurlarini sochib, mag’rur ko’tarilardi. 2. Sultonmurod ham do’st Zayniddin cheksiz quvondilar. 3. Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak. . •

-u, -yu, -da yuklamalari -u, -yu, -da yuklamalri o’rniga va bog’lovchisini qo’yish mumkin bo’lsa,

-u, -yu, -da yuklamalari -u, -yu, -da yuklamalri o’rniga va bog’lovchisini qo’yish mumkin bo’lsa, bog’lovchi vazifasida, boshqa hollarda yuklama vazifasida keladi. 1. U parishonxotirligi tufayli buvasi bilan salom-alik qilishni-da unuta yozdi. 2. Baxtiyor ko’zlarini yumdi-da, shu zahoti chuqur o’yga toldi.

Balki Vazifadosh bog’lovchi hisoblanadi, ko’pincha vazifadosh bog’lovchi sifatida qo’llaniladi. Balki modal so’z vazifasini bajarganda

Balki Vazifadosh bog’lovchi hisoblanadi, ko’pincha vazifadosh bog’lovchi sifatida qo’llaniladi. Balki modal so’z vazifasini bajarganda gumon ma’nosini bildiradi va ikki tomondan vergul bilan ajratiladi: *Balki, ertalab o’ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir… Vazifadosh bog’lovchi vazifasida kelganda esa o’zaro zid ma’nolarni bildiradi va ikkinchi sodda gap tarkibida keladi: *Xalqni qo’rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo’lgan odam marddir.

-u, -yu, -da yuklamalari zidlov bog’lovchilari vazifasini ham bajaradi va vazifadosh bog’lovchi sanaladi. Bunda

-u, -yu, -da yuklamalari zidlov bog’lovchilari vazifasini ham bajaradi va vazifadosh bog’lovchi sanaladi. Bunda yuklamalar ammo , lekin, biroq bog’lovchilari bilan erkin almashina oladi. Masalan: • Yo’qchilik g’ayratli, ishchan odamning eshigidan mo’ralaydi-yu, ichkariga kira olmaydi. • Yo’qchilik g’ayratli, ishchan odamning eshigidan mo’ralaydi, ammo ichkariga kira olmaydi.

1. U faqat shoirgina emas, balki adadiy tanqidchi ham edi. Mazkur gapda atash ma’nosiga

1. U faqat shoirgina emas, balki adadiy tanqidchi ham edi. Mazkur gapda atash ma’nosiga ega bo’lmagan so’zlar miqdorini aniqlang. A) 4 ta C) 5 ta B) 3 ta D) 6 ta 2. Na eshikni, na derazani, na tuynukni ochib bo’lmasdi. Ushbu gapda bog’lovchi qanday vazifani bajargan? A)egalarni bog’lagan C)to’ldiruvchilarni B)kuchaytiruv ma’nosini bog’lagan yuklagan D) bog’lovchi berilmagan

Ergashtiruvchi bog’lovchilar-o’zaro tobe munosabatda bo’lgan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lash uchun xizmat qiladigan

Ergashtiruvchi bog’lovchilar-o’zaro tobe munosabatda bo’lgan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lash uchun xizmat qiladigan bog’lovchilardir. Ergashtiruvchi bog’lovchilari Aniqlov bog’lovchisi Sabab bog’lovchisi Chog’ishtiruv bog’lovchisi Shart Maqsad bog’lovchisi

Aniqlov bog’lovchisi (ya’ni, -kim) ergash gapni bosh gapga bog’lash uchun qo’llaniladi 1. U endi

Aniqlov bog’lovchisi (ya’ni, -kim) ergash gapni bosh gapga bog’lash uchun qo’llaniladi 1. U endi choy ichmoqchi edi hamki, ro’zadorligi esiga tushib qoldi. 2. Til aloqa vositasidir, ya’ni u insonlar o’rtasida axborot almashinuvini ta’minlaydi. Sabab bog’lovchilari (chunki, shuning uchun , negaki, zeroki, nainki) ergash gapni bosh gapga bog’lab , sabab, payt ma’nolarini ifodalaydi 1. Chorasi bo’lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib bo’lmaydi. 2. U bazmda o’zini noqulay his qildi, shuning uchun uyga vaqtli qaytib keldi.

Chog’ishtiruv bog’lovchilari (go’yo, go’yoki) Bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslashni ko’rsatadi.

Chog’ishtiruv bog’lovchilari (go’yo, go’yoki) Bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslashni ko’rsatadi. *Sen menga baxsh etding ulkan bir quvonch, go’yo qalbimda uyg’ondi qaytadan ishonch. Qo’shma gap tarkibidagi. . maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog’laydi Maqsad bog’lovchisi (toki) *Yaxshilik qilishni o’zingizga odat qiling, toki odamalar sizni zamonlar o’tsa ham xotiralarida abadiy saqlashsin.

Shart va to’siqsizlik bog’lovchilari(agar, modomiki, basharti, garchand, mabodo) ergash gaplarning bosh gapga bo’lgan munosabatdagi

Shart va to’siqsizlik bog’lovchilari(agar, modomiki, basharti, garchand, mabodo) ergash gaplarning bosh gapga bo’lgan munosabatdagi shartni, to’siqsizlik ma’nolarini anglatadi: 1. Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g’oya uchun kurash bilan o’tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. 2. Mabodo sizni kayfiyatingizni tushirib, ranjitib qo’yishsa, aslo g’am –g’ussaga berilmang, tabassum qiling, chunki hayot oldinda!

Bog’lovchilarning Y qo’llanishiga ko’ra turlari Yakka bog’lovchilar Takroriy bog’lovchilar

Bog’lovchilarning Y qo’llanishiga ko’ra turlari Yakka bog’lovchilar Takroriy bog’lovchilar

Yakka bog’lovchilar Uyushgan bo’laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo’llaniladi. Ularga quyidagi bog’lovchilar

Yakka bog’lovchilar Uyushgan bo’laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo’llaniladi. Ularga quyidagi bog’lovchilar kiradi: Lekin, biroq, va, hamda, chunki, agar, balki, go’yoki , basharti, garchi, holbuki, vaholanki *Hamdardlik bir odamning qayg’u-hasratlariga achinib, o’zida ham qayg’u hosil qilishdir, lekin quruq hamdardlik foyda bermaydi. Bu yerda lekin bog’lovchisi ikkita gapni yakka holda bog’lab kelgan.

Takroriy bog’lovchilar Bir gapda ikki yoki undan ortiq o’rinda gap bo’laklari, shuningdek, qo’shma gaplarda

Takroriy bog’lovchilar Bir gapda ikki yoki undan ortiq o’rinda gap bo’laklari, shuningdek, qo’shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. Ularga quyidagi bog’lovchilar kiradi: Dam…, dam, goh…, goh, xoh…, xoh, yo…, yoki…. yoki, ham…, ham, ba’zan…, ba’zan, bir…, bir. *Uning goh yig’lagisi, goh kulgisi, goh butun kechani ostin-ustun qilib qo’shiq aytgisi kelardi.

Bog’lovchining tahlil qolipi: 1. Ma’no turi 2. Nimani bog’lagan? 3. Qo’llanish turi

Bog’lovchining tahlil qolipi: 1. Ma’no turi 2. Nimani bog’lagan? 3. Qo’llanish turi

Uyga vazifa: 1. Mavzuga oid mashqlarni bajarish 2. Badiiy asardan matn yozib, bog’lovchilarni aniqlash

Uyga vazifa: 1. Mavzuga oid mashqlarni bajarish 2. Badiiy asardan matn yozib, bog’lovchilarni aniqlash 3. 2 ta nostandart test tuzish