5 Mavzu Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi
5 -Mavzu: Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi. Ya. A. Komenskiyning pedagogik nazariyasi. XIX asrning 2 yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. K. D. Ushinskiyning pedagogik merosi. Reja: 1. Qadimgi SHarq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya. 2. XII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr etilishi. Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari. 3. Ya. A. Komenskiyning pedagogik nazariyasi. 4. XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSH, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo’nalishlari. 5. K. D. Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi. Asosiy tushunchalar: Mirzolar maktabi, Gimnasiy maktabi, Efeb maktabi, Buyuk didaktika, didaktik prinsiplar, harakatlar pedagogikasi, didaktik qarashlar, pedagogik meros.
• • Adabiyotlar: 1. Hoshimov K. , Nishonova S. , Inomova M. , Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T. : O’qituvchi, 1996. 2. Hasanboev J. , Hasanboeva O. , Homidov H. Pedagogika tarixi. – T. : O’qituvchi, 1997. 3. Ataeva N. , Rasulova F. , Hasanov S. Umumiy pedagogika (Pedagogika tarixi). – T. : “Fan va texnoligiya”, 2011. 4. Pedagogika tarixidan xrestomatiya //Ped. oliy bilimgohlari talabalari uchun o’quv qo’ll. Tuzuvchi-muallif: O. Hasanboeva. – T. : O’qituvchi, 1992. Xadjaev B. X. Umumiy pedagogoka nazariyasi va amaliyoti. T. : 2017. www. tdpu. uz; www. pedagog. uz; www. ziyonet. uz www. edu. uz; www. istedod. uz.
• • Jahon tarixini takrorlashga doir blits-so’rov savollari Qadimgi Sharq deganda qaysi davlatlarni tushunasiz? Qadimgi Yunoniston haqida nimalarni bilasiz? Qadimgi Rim haqidachi? Qadimgi Rim mutafakkirlaridan kimlar haqida ma’lumotga egasiz? Sinf-dars tizimi kim tomonidan ishlab chiqilgan?
• Misrda o’qitish, ta’lim-tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda fir’avnlar, a’yonlar, amaldorlar, ruhoniylarning bolalari va o’qishga havaslari bo’lgan kishilarning farzandlari ham o’qiganlar. • Misrda boshlang’ich, o’rta va oliy maktablar bo’lgan. Boshlang’ich maktablarga bolalar 5 -6 yoshdan jalb etilib, harflar o’rgatilib, savodi chiqarilgan. Bolalar maktabda husnixat bilan shug’ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak bo’lgan. Misrdagi o’rta va oliy maktablarning ko’pchiligi mirzolar tayyorlab chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan. • Misr maktablarida intizom juda qattiq bo’lib, u tan jazosi bilan mustahkamlangan. O’sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar» da: «Ey mirza, dangasalik qilma, yo’qsa jazoga duchor bo’lasan. Qo’lingda kitob bo’lsin, ovoz chiqarib o’qigin va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo’qsa kaltak yeysan. Axir bolaning qulog’i yelkasida bo’ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulog’iga gap kiradi» , -deb yozilgan.
Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida e’tibor berganlar. Maktablarda ko’proq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va o’ziga to’q kishilarning farzandlari o’qishgan. «Xivich bilan savalovchi» maxsus nazoratchi bo’lgan. O’qituvchilar o’quvchilarni qunt bilan o’qishga undaganlar. Maktablar davlat uchun xo’jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi xodimlar tayyorlaganlar. Maktablarning quyi sinflarida Maktablarning yuqori sinflarda til, adabiyoi, grammatika, matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat, veterinariya va diniy fanlar
• Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so’ng «Agella» deb atalgan maktabda o’qishgan. O’qish muddati 7 -18 yoshgacha davom etgan. Shu maktabda hukumatning taniqli kishisi «pedanom» butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilgan. Tarbiya jarayonida bu maktabda o’smirlarga alohida e’tibor berishgan. Ularni jismonan sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan: sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, og’rikka bardosh berishga o’rgatib borishgan. Ta’lim jarayonining asosiy qismini xarbiy gimnastik mashqlar: yugurish sakrash madaniyat nayza otish qisqa so’zlashuv qo’l bilan jang qilish musiqa darsi
Spartada 18 -20 yoshga yetgandan keyin maxsus «Efeblar» guruhda bolalarga harbiy ta’lim ular harbiy xizmatni o’taganla. Spartada Efeblar qadimgi Yunonistonda balog’atga qizlar tarbiyasi yetgan o’spirinlar alohida e’tibor qaratilgan. O’g’il bolalar bilan qizlar birga qo’shib o’qitilgan Masalan: Vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar ko’rsatgan mardligi va jasurligi, qaxramonlar xaqida suxbatlar uyushtirishar, shuningdek bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilar edi. «Kreptiyalar» da ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirilar edi.
Afinada esa xayot, tartib, intizom, maktab tizimi, undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilar edi. Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib qo’yilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Bu yerda tibbiyot ilmi matematika tarix taraqqiy etgan edi. xaykaltaroshlik san’at me’morchilik
• Afinada grammatist polestra efeb gimnasiy demos kabi maktab turlari mavjud edi. Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanganlar. 7 yoshdan o’g’il bolalar maktabga borishgan. Qizlar esa oilada ona ko’magida uy — ro’zg’or ishlariga o’rgatilgan. xotin-qizlar faqat uyda bo’lishgan. Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13 -14 yoshgacha «grammatist» , (savod o’qitish ma’nosida), «kifarist» (grekcha musiqa o’qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bo’lib, xaq to’lanar edi, Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ololmas edilar. O’g’il bolalar 13 — 14 yoshga yetganlaridan keyin «Polestra» kurash maktabi deb atalgan o’quv yurtiga o’tar edilar. Bu o’quv yurtida ular 23 yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanar edilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza irgitish mashqlari va suvda suzish o’rgatilgan.
Spartadagi kabi Afina maktablarida ham o’quvchilar bilan siyosiy va axloqiy masalalarda suhbatlar o’tkazilgan, o’qish tekin bo’lgan. «Gimnasiy» maktabida polestra maktabini tugatgan badavlat oila farzadlari tahsil olganlar. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o’rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni boshqarishda qatnashishlari mumkin bo’lgan. • «Efeb» maktabida 18 -20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu maktabda harbiy hizmatga tayyorlanar va o’zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar. Bu maktabda istehkomlar qurishni, harbiy aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda xizmat qilishni, dengizchilik o’rgatilgan. Bundan tashqari «Demos» (xalq) maktabi ham mavjud edi. Aholining ko’pchiligi bolalarini maktablarda o’qita olmaganligi sababli ularga kasb — hunar o’rgatar edilar. Ayrim xat savodli kishilar bolalariga o’zlari hat savod o’rgatganlar. Bu usul ham davlat tomonidan qonunlashtirib qo’yilar edi.
• Suqrot er. av. (469 -399 y)da yashab ijod etgan. Suqrotning fikricha tarbiyadan kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o’rganish bo’lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirishi bo’lmog’i lozim edi. Suqrot faylasuf bo’lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so’zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo’li bilan haqiqatni topishlariga undar edi. U tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha axloq faqat imtiyozli «mumtoz» largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo’lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo’llarida bo’lmog’i kerak deydi.
Platon er. av. (424 -347) yillarda yashagan. Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy guruhlardan iborat bo’lishi, ya’ni bular: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo’lishi lozim. Tarbiya - deydi Platon davlat tomonidan tashkil etilmog’i, hukmron guruxlarning manfaatlarini ko’zlamog’i lozim. Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo’yilgan tarbiyachilar raxbarligida tarbiyalanishini tavsiya etadi. 7 yoshdan 12 yoshacha esa davlat maktablarida taxsil olib, ularga o’qish, yozish, xisob, musiqa va ashula darslari o’rgatiladi. 12 -16 yoshgacha bo’lgan bolalar jismoniy mashqlarni o’rgatadigan «Polestra» maktabida, 18 yoshga qadar dunyoviy fanlarni o’qitadigan maktablarda, 18 -20 yoshgacha esa «Efeb» maktablarida taxsil olib harbiy ta’lim o’rgatiladi. Uning fikricha, «Efeb» maktabini tugatgandan so’ng qobiliyatli va iqtidori bo’lgan yigitlar falsafa ilmini o’rgatadigan uchinchi bosqich oliy ta’limni o’taydilar. Platon tarbiya tizimida asosan jismoniy mehnatga nafratni singdirish, quldorlar manfaatini himoya qilish maqsadi nazarda tutiladi. Uning pedagogika tarixida tutgan o’rni shundaki, u dastlab maktabgacha tarbiya to’g’risidagi g’oyani ilgari surib, yoshlarga ta’lim berishning izchillik tizimini ishlab chiqqanligidadir.
Arastu av. (384 -322) yillarda yashagan. Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarni ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Arastu birinchi bo’lib yoshni davrlarga bo’lish mezonini ishlab chiqishga uringan olimdir. U insonni yoshlik yillarini 3 davrga, ya’ni: 0 -7 yoshgacha; 7 - 14 yoshgacha; 14 -21 yoshgacha bo’lgan davrlarga bo’ladi. Uning fikricha, bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanadi, go’dakning yoshiga mos keladigan ovqatlar bilan boqish, turli xarakatli mashklar orqali uni chiniqtirib borish kerak deydi. O’g’il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktablarida o’qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya birbiri bilan uzviy bog’langan deb xisoblaydi. U bolalarga boshlang’ich ta’lim berish vaqtida jismoniy mashqlar qilish bilan bir qatorda o’qish, yozish, grammatika, rasm va musiqani o’rgatish kerak deb ta’kidlaydi. o’smirlar maktabda jiddiy ma’lumot olishlari, ular: adabiyot, tarix, falsafa, matematika, astronomiya va boshqa fanlarni o’rganishlari lozim deydi. Arastu xotin-qizlarning tarbiyasi erkaklarning tarbiyasiga o’xshashi mumkin emas, chunki xotin-qizlarning tabiati erkaklarning tabiatidan farq qiladi deb xisoblaydi. Arastu Platondan farq qilib, bola tarbiyasida oila tarbiyadan chetlashtirilmaydi. Axloqiy tarbiya berish asosan oila zimmasida ekanligini uqtiradi.
Demokrit er, av, (460 -370) yillarda yashagan. U tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo’lib ilgari surgan olim bo’lib, u "Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o’xshaydi" deydi. «Ta’lim mehnat asosidagina go’zal narsalarni xosil qiladi» deb tarbiya ishida mehnatning roli beqiyos ekanligini takidlaydi. Uning xizmati shundaki, u inson kamolatida mehnat tarbiyasining roliga katta e’tibor berib, yoshlarga mehnat tarbiyasi berishning usullarini ko’rsatib berganligidadir.
Qadimgi Rimda pedagogik g’oyalar rivoji Mark Fabiy Kvintilian – mashhur rimlik notiq va pedagog. O’z maktabi tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga asoslanib, ba’zi pedagogik muammolar aks etgan birinchi maxsus pedagogik qo’llanma – «Notiqni tarbiyalash haqida» asarini yaratgan. Kvintilian bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsi rivojlanishida uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, «Bilishga intilish irodaga bog’liq, majburan o’qitish mumkin emas» (Kvintilian «O vospitanii oratora» , 1 -qism, 3, 8 -betlar). Kvintilian bolalar katta tantalarda ishtirok etadigan hamda kattalarning nojo’ya xattiharakatlarining guvohi bo’ladigan Rim jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirlanuvchan bo’lishi, unda yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda tutishni talab qildi hamda tarbiyachipedagoglarni tanlashda ham bunga e’tibor qaratishni uqtiradi. Kvintilianning pedagogik qarashlarida bolalarni notiqlik san’atini egallashlariga oid fikrlar ham mavjud. Bo’lajak notiqqa o’tkir xotira, badiiylikni his etish, yaxshi talaffuz qila olish, nutqning yorqinligi va mimikani shakllantirish lozimligini qayd etadi. Notiqni tarbiyalashning eng yaxshi vositasi Kvintilianning fikricha, she’r yod olishdir. U hozirda qo’llanilayotgan she’rni yod olish metodikasini ham o’z davrida taklif qilgan edi: dastlab she’r to’liq o’qib chiqiladi, so’ng qismlarga bo’linadi va navbati bilan qismlar yodlanadi, nihoyasida butun she’r yoddan aytiladi.
Ya. A. Komenskiyning pedagogik nazariyasi Asarlari Yaratilgan yillari “Chex didaktikasi” chex tilida asarini yozishga kirishdi va “Buyuk didaktika” deb ataydi. 1627 1632 -38 Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” 1631 “Astranomiya”, 1632 “Onalar maktabi” 1632 “Lotin tilining muqaddimasi” 1648 “Latinizm zali” 1648 “Tillarining engi yaxshi metodi” 1648 “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi asari” 1660 “O'yin maktab” kitobini tuzadi 1654 “Hislar vositasi bilan idora qilingan narsalarnitng suratlari” 1654
O'zini va tevara k atrofid olamn agi i (aqliy bilish tarbiy a). . zini ' o z O' arish q h s bo qiy (axlo a). y tarbi Xudon i tanish (dinniy tarbiya ) Uning fikricha tarbiyaning uch vazifasi bor:
Ta`lim-tarbiya “Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil va osonroq o'qitish mumkin”. 1. O'qishni o'z vaqtida, ya`ni kishining fikri boshqa narsalarga bo'linmasdan turib boshlash kerak. Bolaning aqli o'qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo'lishi lozim. O'qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim Osonroq narsalarni o'rgatishdan qiyinroq narsalarini o'rganishga o'tish kerak. O'rganiladigan material ko'plik qilib, bolani qiynab qo'ymasin. Hamma narsani sekin-asta o'rgata borish lozim Bolaning yoshiga to'g'ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o'rgatmaslik kerak. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur. O'qitishni har doim bir usulda olib borish kerak
Komenskiy didaktik prinsiplar 1. Onglik va faollik. 2. Ko'rsatmalilik. 3. Izchilik va tizimlilik. 4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash. “Buyuk didaktika” asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va o'qtishning tabiatga uyg'un bo'lishi haqidagi g'oyadir.
XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo’nalishlari Reformatorlik pedagogikasining asosiy yo’nalishlari: 1. Mehnat maktablari tarafdorlarining harakatlari. 2. Harakatlar pedagogikasi. 3. Badiiy tarbiya. 4. Individual pedagogika. 5. “Fuqarolik tarbiyasi” pedagogikasi. Reformattorlik pedagogikasining ijtimoiy-iqtisodiy omillari: 1. Ishlab chiqarishning murakkab texnika bilan ta’minlanishi. 2. Tabiiy-matematik kadrlar jamoasiga bo’lgan ehtiyoj. 3. Malakali raqobatbardosh ishchilarga bo’lgan ehtiyoj.
• Nemis pedagogi Georg Kershenshteynerning pedagogik nazariyasi: 1. Maktab bolalarning ikkita ehtiyojini qonoqtirishi zarur: idrok etish va ijod qilish. 2. Nafaqat so’z, kittob yordamida, balki amaliy tajriba vositasida o’rganish zarur. 3. Ko’pchilik bolalarning qo’l mehnati – ularning har tomonlama rivojlanish maydoni. 4. “Faqat kitob emas, balki ijodiy ish bolalarni uyqu va lanjlikdan xalos ettuvchi”. 5. Mehnat maktabida o’qitishning asosiy metodi: ximiya, fizika fanlari bo’yicha laboratoriyalarda, metal, daraxtlarga ishlov beradigan amaliy mashg’ulotlarda, jonli burchaklarda, rasm chizish sinflari, yer maydonchalaridagi musttaqil ishlar. 6. Maktab ishida “ma’naviy umumiylik” uning ijtimoiy ahamiyati. Asari: ”Kelajak makttabi–mehnat maktabi”.
• Djon Dyuining pedagogik kontseptsiyasi. O’qitishni Dyui kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishga oid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy boshlang’ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: “Oldindan tuzilgan o’quv kurslari kerak emas”, “O’qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak”, “Bola o’qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak”, “Bajarish yordamida o’qitish – maktabda asosiy metod”. Shunday qilib, Dyui maktabda ta’lim va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta’limni tan olmaydi va o’qishni tor hamda o’quvchilarning qiziqishlariga asoslangan praktitsizmidan iborat hisoblaydi. Asari: “Maktab va jamiyat”. • “Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko’p jihatdan Dj. Dyuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862 -1926 yillar) bilim olish jarayonida ko’zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko’rsatadi: idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish. Bilimlarni formallashtirish metodlari: amaliy va ijodiy ishlar, tajriba, illyustratsiya, ganjkorlik, o’yin, ashula aytish, sport, raqs tushish. Asari: “Harakat maktabi”. •
Mixail Vasilevich Lomonosov — rus tabiatshunos olimi, rus adabiy tilining asoschisi, shoir, rassom, tarixchi. Moddalarning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirgan, kimyoviy reaktsiyalarda massaning saqlanish qonunini topgan (1756), korpuskulyar (atom-molekulyar) ta’limoti asoslarini taklif etgan (1741 — 50). Venera sayyorasida atmosfera mavjudligini aniqlagan (1761). Falsafiy va grajdanlik ruhidagi rus otasining ijodkori. Dostonlar, she’riy nomalar, tragediyalar va hajviy asarlar, fundamental filologik tadqiqotlar hamda rus tilining ilmiy grammatikasi muallifi. Ranglar haqidagi nazariyani olg’a surgan. Bir qancha optik asboblar yasagan. Mozaika san’atini rivojlantirgan, smaltalar ishlab chiqarishga katta hissa qo’shgan, shogirdlari bilan birga koshinkor naqshlarning yangi turlarini taklif etgan. Shvetsiya Fanlar Akademiyasi (1760), Bolonya FA (1764) faxriy a’zosi. • L. N. Tolstoyning pedagogik qarashlari Birinchi yirik asari — «Inson kamolotining to’rt davri» avtobiografik asari ( «Bolalik» , 1852; «O’smirlik» , 1852 -54; «Yoshlik» , «Urush va tinchlik» , 1855 -57; «Yigitlik» , yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi Tolstoyning «Sevastopol hikoyalari» (1855) to’plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o’z ifodasini topgan. Tolstoy pedagogik kontseptsiyasidagi yetakchi tamoyil bolalarning o’ziga xosligini hisobga olishdir.
• K. D. Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida. • Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik hodisalarning ro'y berishi haqida xulosalar chiqariladi. • K. D. Ushinskiy pedagogik tizimga xalqchillik prinsipini asos qilib olgan. Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani xalqning barcha bolalarini maktabda o'qitish, ona tilini ta`limning asosi qilib olish, bolalarga o'z vatanlari tarixidan, geografiyasidan, tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruhi bilan sug'orilgan tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini sezish hissini o'stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga qaratilgan bo'lishi lozim. • Ushinskiy kishi kamolga yetgan bo’lishi uchun uning aqliy, jismoniy va axloqiy o’sishi bir-biriga uyg’un bo’lishi kerak deb bildi.
Ushinskiyning fikricha axloqiy tarbiyaning vositalari qo’yidagilar: 1. Ta`lim; 2. O'qituvchining shaxsiy namunasi yoshlar qalbiga quyosh nuridek ta`sir etadi. 3. E`tiqod bolalarda-e`tiqodni tarbiyalamay turib ular qalbini rivojlantirib bo'lmaydi. 4. O'qituvchining mohirligi bilan munosabatda bo'lishi (pedagogik odob). 5. Ogohlantirish. 6. Qiziqtirish va jazolash. Ushinskiy insonning to'g'ri rivojlanishida zarur shart mehnat deb biladi. Mehnat moddiy boylik yaratadi, insonning aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan takomillashtiriladi, qadr-qimmatini oshiradi. U jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatning birlashtirilishini talab qildi. “O'qish ham mehnatdir va mehnat bo'lib qoladi, ammo to'la ma`noli mehnat bo'lishi lozim” – deb hisoblaydi. Ushinskiyning fikricha ta`lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim bolalarning kuchi etadigan bo'lishi; 2) izchillik; 3) ko'rsatmalilik; 4) puxta va mustahkamlilik. Ushinskiy ko'rsatmalilik prinspini kishining yoshi va psixologiyasidagi xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U ko'rsatmali vositalariga suratlar, kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan.
K. D. Ushinskiy o'qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang'ich ta`limga doir darsliklar ham tuzdi: 1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o'stirish va tasavvurlarini kengaytirish ko'zda tutilgan. 2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3 -4 sinfga mo'ljallangan bo'lib, bunda bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma`lumot berishi ko'zda tutilgan. Ushinskiy ta`lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko'rsatdi: birinchidan, bolalar o'qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o'zi uchga bo'linadi: 1. Bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita o'zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o'rganilayotgan buyum yoki hodisa to'g'risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko'radilar ular to'g'risida tushuncha xosil qiladilar. 3. O’qituvchi o'zi izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to'ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi.
Topshiriq: 1 – guruh. quyida keltirilgan jadval bilan tanishing va ko’rsatilgan davlatlarlarining maktablar tizimi mazmunini qisqacha bayon eting; mazkur maktablar tizimini yozishda qiyosiy tahlilga asoslaning. Misrda maktablar tizimi Mesopotamiyada maktablar tizimi YUnonistonda maktablar tizimi 2 – guruh. quyida keltirilgan jadval bilan tanishing va ko’rsatilgan ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlari mazmunini qisqacha bayon eting; Mixail Vasilevich Lomonosov Lev Nikolaevich Tolstoy Konstantin Dmitrievich Ushinskiy 3 - guruh. Komenskiy didaktik prinsiplarni mohiyatini yoriting Komenskiy didaktik prinsiplar Onglik va faollik Ko'rsatmalilik Izchilik va tizimlilik Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash Mohiyati
- Slides: 27