Mavzu Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari rivojlanish tarixi
Mavzu: Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari , rivojlanish tarixi Ma`ruzachi: U. B. Baxodirova
Reja: 1. Mikrobiologiya fani, uning ahamiyati va boshqa fanlar bilan aloqadorligi 2. Mikrobiologiya fanining qischqacha rivojlanish tarixi 3. Mikrobiologiya fanining asosiy tadqiqot metodlari
Tayanch iboralar: Mikrobiologiya, mikroorganizm, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agroximiya, fitopatologiya, veterinariya, vitamin Mikrobiologiya fani, uning ahamiyati va boshqa fanlar bilan aloqadorligi Mikrobiologiya fanining hozirgi zamon biologiyasida tutgan o’rni, roli, vazifasi juda kattadir. Mikroorganizmlarning tabiat, qishloq xo’jaligi, sanoat va sog’liqni saqlashdagi ahamiyati beqiyosdir. Mikrobiologiya juda mayda, oddiy ko’z bilan ko’rib bo`lmaydigan, faqat yorug’lik yoki elektron mikroskoplar yordamida ko’rinadigan mikroorganizmlarni o’rganadi. Mikrobiologiya - grekcha so’z bo’lib, mikros-mayda, bios-hayot va logos-fan demakdir. Mikrobiologiyaning nisbatan yosh tarmog’i bo’lib, u kun sayin rivoj topmoqda. Biokimyo, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agroximiya, fitopatologiya, veterinariya, medetsina, qishloq xo’jaligi, sanoat, geologiya, genetika va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir.
Ko’pgina mikroorganizmlar turli fiziologik aktiv moddalar: fermentlar (biologik katalizatorlar), vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlar, vaksinalar va antibiotiklarni sintezlash xususiyatiga ega. Masalan, saxaromitset achitqilari 45 -50% gacha oqsil sintezlay oladi. Mikrobiologiya fanining qischqacha rivojlanish tarixi Mikroorganizmlar kashf etilmasdan oldin ham inson qatiq, vino tayyorlashda, novvoychilikda mikrobiologik jarayonlaridan keng ko’lamda foydalanib kelgan. Qadim zamonlardanoq shifokorlar va tabiatshunoslar ko’pgina yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini izlay boshlagan edilar. M: Abu Ali ibn Sino (900 -1037) bu kasalliklarning sababchilari tirik mavjudotlar ekanligini va ularning suv, havo orqali tarqalishini aytgan. Mikroorganizmlarning ochilishi mikroskopning ixtro etilishi bilan bevosita bog’liq bo’ldi. XVII-asrning 40 yillarida rimlik professor A. Kirxer (1601 -1680) kattalashtiruvchi qurilma orqali har xil ob’ektlarni kuzatadi va o’ta mayda «chuvalchanglarni» ko’radi. Bular mikroorganizmlar edi.
Mikroorganizmlar haqida yanada ko’proq ma’lumotlar to’plagan shaxs mikrobiologiya tarixining «morfologiya davri» ni boshlab bergan Gollandiyalik Antoni Van Levenguk (1632 -1723) bo’ldi. U o’zi yasagan mikroskop yordamida iflos suv, har xil moddalar qaynatmalari, tish kiri kabi namunalarni tekshirib, ulardagi mikroorganizmlarni kuzatdi. Rus olimi, xarbiy vrach D. S. Samoylovich (1724 -1810) mikroskop yordamida chuma kasalligining qo’zg’atuvchisining tekshirib, odamlarni bu kasallikga qarshi emlash usulini taklif etgan. E. Djenner (17491823) 1798 yilda chechakka qarshi emlash muhim ahamiyatga ekanligini ko’rsatib bergan. Mikroorganizmlarning birinchi sistematikasi Daniyalik Myullerga (1786) taalluqlidir. I. I. Mechnikov (1845 -1916) fagotsitoz va uning immunitetdagi ahamiyati haqida to’liq ta’limot yaratdi.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasining mikrobiologiya va botanika institutlarining xodimlari akademik A. M. Muzaffarov, M. I. Mavlonov, A. G’. Xolmurodov, S. A. Askarova, professor va doktorlar I. J. Jumaniyozov, Q. D. Davronov, S. S. Ramazonova, S. M. Xojiboyeva, J. Safiyazov, X. O. Berdiqulov, R. Shoyoqubov, J. Toshpo’latov va boshqalar. Mirzo Ulug’bek nomidagi Toshkent davlat universitetidagi olimlar O. G. Yolkina, K. Yu. Musayev. F. G. Axmedova, Ya. F. Nizametdinova, M. L. Mansurova. I. A. Muzaffaro va, Toshkent texnika universitetida Abdurazzoqova S. H. , Hakimova Sh. I va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishida o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
- Slides: 6