PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA FANI MAVZU KONFLIKTLI VAZIYATLARNI HAL ETISHDA

  • Slides: 12
Download presentation
“PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA” FANI MAVZU: KONFLIKTLI VAZIYATLARNI HAL ETISHDA OILANING RO`LI Ma’ruzachi: Abdurasulova Feruza Rustamovna

“PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA” FANI MAVZU: KONFLIKTLI VAZIYATLARNI HAL ETISHDA OILANING RO`LI Ma’ruzachi: Abdurasulova Feruza Rustamovna

REJA: 1. Pedagogik konfliktlarni bartaraf etishda oila. 2. Oila – jamiyatning asosiy bo’g’inidir. 3.

REJA: 1. Pedagogik konfliktlarni bartaraf etishda oila. 2. Oila – jamiyatning asosiy bo’g’inidir. 3. Oila funksiyalari.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasining pedagogik aspektlari mustaqillikning ilk yillaridanoq tadqiqotchilarning diqqatini tortib keldi.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasining pedagogik aspektlari mustaqillikning ilk yillaridanoq tadqiqotchilarning diqqatini tortib keldi. Yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash tafakkuri aynan mustaqillik yillarida keng rivoj topdi, aholi o‘rtasida targ‘ib va tashviq etila boshlandi, davlat dasturlarining bosh mohiyatini tashkil qildi. Mamlakat aholisining yarmidan ko‘proq qismini yoshlar tashkil qilishi, o‘sib borayotgan yosh avlodni jamiyatda mustaqil yashashga tayyorlash vazifasining dolzarbligi yoshlarni jamiyat hayotiga va oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini jadallashtirishni talab etadi. Insonlarning o‘zaro munosabatlarida keskinliklarning o‘sib borayotganligi, zamonaviy ziddiyatlarning inson tafakkuri va ongiga ta’sir etishi orqali uning psixologik holatida salbiy va asabiy oqibatlarning vujudga kelishi, yosh oilalardagi ajrim holatlarning muntazam o‘sib borayotganligi, bolalar va o‘smirlardagi agressiya holatlarining vujudga kelayotganligi kabi muammolar talaba-yoshlarni oilaga tayyorlash vazifasini to‘laqonli olib borish talabini kun tartibiga qo‘yadi.

Darhaqiqat, oiladagi sog‘lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onaning

Darhaqiqat, oiladagi sog‘lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onaning o‘zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuhanlik, qizlarga hos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘ri so‘zlik, mehnatsevarlik, olijanoblik, fidoiylik, sahovat peshalik kabi hislatlarni shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak. Ayrim statistik malumotlarga qaraganda, bugungi intensiv turmush tarzini kechirayotgan oilalarda ideal siymoga yaqin ota haftasiga farzandlari tarbiyasiga atigi 1, 5 soat, ona – 4 -5 soat, ish bilan mashg‘ul deb qaraluvchi ota - 12 minut, ona – 3 soat vaqtini ajratar ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu ajratilgan vaqt bolalarning barkamol shaxs sifatida qaror topishida еtarli emas.

Yana muhim masalalardan biri ichkilikbozlik, kashandachilik inson sog‘lig‘iga, oilasiga, nasliga, jamiyatimizga qanchadan-qancha noxushliklar olib

Yana muhim masalalardan biri ichkilikbozlik, kashandachilik inson sog‘lig‘iga, oilasiga, nasliga, jamiyatimizga qanchadan-qancha noxushliklar olib kelmoqda.

Bu masalada davlatimiz tomonidan bir qator qarorlar qabul qilingan, ammo unga salbiy illat sifatida

Bu masalada davlatimiz tomonidan bir qator qarorlar qabul qilingan, ammo unga salbiy illat sifatida qarab, еng shimarib kurashmoqdamizmi Umuman, uning oqibati haqida o‘ylab ko‘ryapmizmi

Menimcha, “menga nima” qabilida ko‘proq tomoshabinga aylanib qolgandaymiz. Bu vaqtda esa to‘ylarimiz, tug‘ilgan kunlar,

Menimcha, “menga nima” qabilida ko‘proq tomoshabinga aylanib qolgandaymiz. Bu vaqtda esa to‘ylarimiz, tug‘ilgan kunlar, gapgashtaklarda dasturxonimizning asosiy bezagi spirtli ichimliklar bo‘lib qolmoqda. Eng achinarlisi shuki, bu tadbirlarning asosiy ishtirokchilari yoshlardan iborat.

Ular to‘ylarda, tug‘ilgan kunlarda, gapgashtaklarda shunchaki xordiq chiqarishlarda sog‘liq uchun deb ko‘tarayotgan qadahlarining organizmga

Ular to‘ylarda, tug‘ilgan kunlarda, gapgashtaklarda shunchaki xordiq chiqarishlarda sog‘liq uchun deb ko‘tarayotgan qadahlarining organizmga salbiy ta’sirini bilisharmikan Oila iqtisodiyotini, oila rishtasini, jamiyatimiz farovonligini buzayotganliklarini, ayniqsa, yosh avlodga ta’sirini-chi Yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlarda kattalarni aroqqa mukkasidan ketishlarini ko‘rib hayot gashti shunday surilar ekan-da degan tushunchalarga borib qolmasmikan Ko‘plab noxush holatlar, bezoriliklar, hatto jinoyatlar ushbu tadbirlarda “to‘yib-ichish” oqibatida sodir bo‘lmoqda. Vaholanki, yosh bolalarda asosan kattalarga taqlid qilish kuchli bo‘ladi.

Tutqanoq kasali bilan og‘rigan har 100 boladan 60 nafarining ota-onasi ashaddiy ichuvchi ekanligi aniqlangan.

Tutqanoq kasali bilan og‘rigan har 100 boladan 60 nafarining ota-onasi ashaddiy ichuvchi ekanligi aniqlangan. Ichkilik turli xil jinoyatni keltirib chiqaruvchi asosiy sabab hisoblanadi. Uning asosida oqibat qotillik, bezorilik va boshqa salbiy ko‘rinishlar bilan tugallanmoqda. Dalillarga e’tiborimizni qarataylik: 70 % ga yaqin qotillik 80 -90 % bezorilik asosan mastlik vaqtida sodir etilar ekan Faraz qilaylik agar spirtli ichimlikni iste’mol qilish 35 % ga kamaytirilsa, qotillik 40 % ga bezorilik 25 % ga kamayadi Demak, milliy mafkuramizda belgilangan xalq farovonligi, komil inson tarbiyasi uchun kurashishimizda avvalom bor ichkilikbozlik masalasiga millatimizdagi illat sifatida qarashimiz lozim

YANA FAKTLARGA MUROJAAT ETAMIZ: 100 gramm aroq ichish jismimizdagi faol ishlayotgan 7500 ta to‘qimani

YANA FAKTLARGA MUROJAAT ETAMIZ: 100 gramm aroq ichish jismimizdagi faol ishlayotgan 7500 ta to‘qimani ishdan chiqaradi. 75 gramm aroq iste’mol qilgandan so‘ng muskullarning kuchi 20 -40 % ga kamayadi. Endi bayram tug‘ilgan kun, to‘y yoki do‘stlar davrasida to‘yib, me’yordan oshirib ichgan ishchi, xizmatchining ertangi kun mehnat unumdorligini tasavvur eting

Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina bo‘ynimizdagi

Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina bo‘ynimizdagi bu xizmat majburiyati soqit bo‘ladi. Kimki badaxloq bolalarni tarbiya etsa, insoniyatga xizmat emas, balki dushmanlik qilgan bo‘ladi. Jamiyat ularning farzandlaridan bezor bo‘ladi. Xush va yaxshi axloqqa ega bo‘lgan farzand, xushaxloq iymon sohibi bo‘lgan ota-onadan bo‘ladi, agarda ota-ona axloqsiz bo‘lsalar, ularning tarbiyalari soyasida o‘sgan farzand ham badaxloq bo‘ladi. Binobarin, kuyov va kelin xushaxloq bo‘lishlari eng yaxshi fazilatdir”. OILA jamiyatning boshlang‘ich ijtimoiy bo‘g‘inidir. U o‘zida oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, maillari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma’naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!