CHIZMACHILIK FANIDA DASTURLASHTIRILGAN KARTALARDAN FOYDALANISHNING ILMIYMETODIK ASOSLARI Hozirgi

  • Slides: 16
Download presentation
CHIZMACHILIK FANIDA DASTURLASHTIRILGAN KARTALARDAN FOYDALANISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI Hozirgi kunda ta’lim tizimida o‘qitish metodikasi va

CHIZMACHILIK FANIDA DASTURLASHTIRILGAN KARTALARDAN FOYDALANISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI Hozirgi kunda ta’lim tizimida o‘qitish metodikasi va pedagogik texnologiya iboralari keng qo‘llanilmoqda. Umuman olganda “texnologiya” so‘zi ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti bilan bogliq holda fanda 1870 -yillarda qo‘llanila boshlangan. “Texnologiya” – yunoncha so‘z bo‘lib, “techne” – mahorat, sa’noat hamda “logos” – tushuncha, ta’limot so‘zlarining birikmasidan hosil bo‘lgan. “Texnologiya” atamasi dastlab ishlab chiqarish sohasida qo‘llanilgan bo‘lib, unga materiallarga, yarim tayyor maxsulotlarga ishlov berish, ularning tarkibini, xususiyatlarini, ko‘rinishini, tayyorlanishini, qo‘llanish sohasini o‘zgartirish yo‘llari haqidagi fan sifatida qaralgan. Ta’lim sohasidagi ishlarni texnologiyalashtirish g‘oyasi esa dastlab o‘tgan asrning boshlarida AQSh va Garbiy yevropada yuzaga kelgan bo‘lib, bunga o‘sha paytlardagi ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini va shaxsning ijtimoiy faolligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilgan harakatlar sabab bo‘lgan. Bu g‘oya 30 -yillarda ta’lim jarayoniga texnika vositalarini olib kirish bilan “ta’lim texnikasi” yoki “pedagogik texnika” atama tarzida talqin qilingan.

50 -yillarga kelib ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llashga yanada e’tibor kuchaydi, bunda texnik vositalarni

50 -yillarga kelib ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llashga yanada e’tibor kuchaydi, bunda texnik vositalarni qo‘llash orqali ta’lim oluvchilarga ko‘proq axborotlarni etkazishga, o‘qitish ishlarini individuallashtirishga ahamiyat berildi. Natijada “ta’lim texnologiyasi”ning tashkiliy tomonlari va yo‘nalishlari ma’lum darajada asoslandi, o‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish” ishlariga ayrim aniqliklar kiritildi. 60 -yillarning boshida dasturlangan ta’limni yuzaga kelishi yoki ta’limni dasturlash asosida o‘quv jarayonini tashkil etish sohasidagi ishlarning amalga oshirilishi “texnologiya” tushunchasining mohiyatini kengaytirdi. Shunday qilib, 1970 -yilgacha pedagogik texnologiyaga o‘quv jarayonini texnik vositalar bilan amalga oshirish deb qarab kelindi. 1970 -yilda yapon olimi T. Sakamoto: “O‘qitish texnologiyasi – o‘qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo‘l-yo‘riqlar tizimi bilan bogliq bilimlar sohasi”, - deb ta’rifladi.

Dasturlashtirilgan o‘qitishning asosiy tamoyillari Dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ilmiy-nazariy asoslarini belgilashda hamda isbotlashda o‘qitishning beshta

Dasturlashtirilgan o‘qitishning asosiy tamoyillari Dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ilmiy-nazariy asoslarini belgilashda hamda isbotlashda o‘qitishning beshta asosiy tamoyilining farqlanishi bilan amalga oshiriladi. 1. Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (ierarxiya) tamoyili. Bu dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor pedagog turadi, fanda dastlabki umumiy mo‘ljal yaratish; o‘qitishning murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korreksiya o‘rin oladi. 2. Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv jarayonini boshqarishning davriy tashkil etish tizimini talab qiladi. Bunda avvalo to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi – zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi ob’ektdan boshqariluvchiga uzatiladi. 3. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri – bu texnologik usul bo‘lib, unda o‘quv materiali dasturlashtirilgan axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va malakalarni samarali o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks ettirish)ning kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va optimal bo‘lgan qismlardan iboratdir.

4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta’lim oluvchining har

4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta’lim oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va tavsiya etadiki, u ta’lim oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga muvofiq ravishda boshqaruvchi tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi. 5. Dasturlashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish tamoyili. Dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy dasturlarni farqlash imkoniyatini beradi: ravon dasturlar; tarmoqlanuvchi dasturlar; soddalashtirilgan dasturlar; aralash dasturlar; algoritm; blokli o‘qitish; modulli o‘qitish; bilimlarni to‘la o‘zlashtirish;

Chizmachilikda pedagogik tizim jarayonlari vositalar majmuasidan iborat bo‘lib, o‘quvchilarda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirishga

Chizmachilikda pedagogik tizim jarayonlari vositalar majmuasidan iborat bo‘lib, o‘quvchilarda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Chizmachilikda pedagogik tizim komponentlari: Ta’lim (tarbiya) maqsadi. Ta’lim (tarbiya) mazmuni. Didaktik jarayonlar. Ta’lim (tarbiya) ning tashkiliy shakllari. O‘qitichning texnik vositalari. O‘quvchi va o‘qituvchi hamkorligi. Chizmachilikda ta’lim prinsiplari - ta’lim maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim, qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Ular: 1) Tasvir shaklida. Masalan, ilimiylik printsipi fan va o‘quv predmeti o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Bu yrda ilmiylik printsipi tasvir orqali bayon qilinadi. 2) Qoida shaklida. Masalan, talimda oddiydan murakkabga qarab boriladi.

CHIZMACHILIK FANIDA BILIMNI NAZORAT QILISHDA DASTURLASHTIRILGAN KARTALARDAN FOYDALANISHNI TASHKIL QILISH Qirqim mavzusini samarali o‘zlashtirishda

CHIZMACHILIK FANIDA BILIMNI NAZORAT QILISHDA DASTURLASHTIRILGAN KARTALARDAN FOYDALANISHNI TASHKIL QILISH Qirqim mavzusini samarali o‘zlashtirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar: O‘quvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan misollarda qirqimlarning qo‘llanilishi, ularning maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatish; qirqim bilan kesim orasidagi farqni ko‘rsatish; qirqim tasviri keltirilgan chizmalarni ko‘rsatish; qirqimda o‘lcham qo‘yish qoidalarini ko‘rsatish; chizmalarda materiallarni grafik belgilash; qirqim va kesim orasidagi farqni ko‘rsatishga hamda chizmalar chizishda ularga oid metodik tavsiyalar berish;

Kesuvchi tekisliklarning gorizontal proeksiyalar tekisligiga nisbatan joylashishiga qarab kesuvchi tekisliklar vertikal (frontal va profil)

Kesuvchi tekisliklarning gorizontal proeksiyalar tekisligiga nisbatan joylashishiga qarab kesuvchi tekisliklar vertikal (frontal va profil) bo‘lishini tushuntirish; qirqimlarni GOST talablari bo‘yicha tasvirlash va belgilash; mavzuni o‘rganishda ko‘rsatmali qurollarga ega bo‘lish: ajraladigan modellar, o‘quv plakatlari, o‘quv diafilmlari, o‘quv kinofilmlari (maxsus apparatlar yordamida namoyish etish) va boshqalar. buyumning ko‘rsatish; bosqichma-bosqich bajarilgan chizmasini qirqimni klassifikatsiyalash; qirqimli detal chizmasida o‘lchamlar qo‘yish hususiyatlari; qirqimning maxsus hollarini tushuntirish; namuna sifatida qirqimlarda uchrashi mumkin bo‘lgan tipik xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari; detallar komplekti, tarqatma materiallar ko‘rgazmali qurollardan foydalanib grafik topshiriqlar bajarish asosida qirqim mavzusini o‘zlashtirishda ko‘nikma, malaka, bilimlarni mustahkamlash.

Qirqimlar mavzusiga oid dasturlashtirilgan nazorat kartalarini tuzish va ulardan foydalanish yo‘llari O‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtipishida,

Qirqimlar mavzusiga oid dasturlashtirilgan nazorat kartalarini tuzish va ulardan foydalanish yo‘llari O‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtipishida, uni tekshirish va mustahkamlash ta’limni rejalashtirish masalalaridan biri hisoblanib, uni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish o‘qituvchidan ijodiy yondashishni talab qiladi. Grafik bilimlarni nazorat qilishning umum qabul qilingan turli usullari mavjud. Masalan: bir qancha mavzularni qamrab olgan va dasturda oldindan rejalashtirilgan majburiy grafik vazifalar, tezkor savol-javoblar, har bir mavzuning tayanch bilimlarini amalda tekshirish uchun mo‘ljallangan grafik topshiriqlar, har xil turdagi misol va masalalar, ochiq va yopiq testlar va boshqalar. Chizmachilik real narsalarning tekislikdagi tasviri, ularning tasvirlari orqali shu narsalar tog‘risidagi bilimlarni mantiqiy fikr yuritish bilan nazorat qilish xususiyati boshqa fanlarga nisbatan xususiyligi bilan farqlanadi. Shu bilan bir vaqtda qisqa vaqt ichida bilimlarni nazorat qilish mumkin. Bu masalada dasturlashtirilgan kartalardan foydalanish yaxshi natija berishi mumkinligi tasdiqlandi. Qayta ishlash masalasida oldindan tayyorlangan ma’lumotnoma (spravochnik)dan va adabiyotlar ta’minotidan foydalaniladi. Dasturlashtirilgan kartalardan foydalanish masofadan turib o‘qitish masalasida qo‘l keladi. Quyida dasturlashtirilgan kartalar majmuasi tavsiya qilinadi:

DASTURLASHTIRILGAN NAZORATNING MAJMUASI I. Qirqimlar mavzusiga oid nazariy savollar. II. Nazorat kartalari. III. Qirqimlar

DASTURLASHTIRILGAN NAZORATNING MAJMUASI I. Qirqimlar mavzusiga oid nazariy savollar. II. Nazorat kartalari. III. Qirqimlar mavzusiga oid nazorat kartalarining savollarga javoblar varaqasi. IV. Spravichnik (qisqa ma’lumotlar bazasi) ma’lumotlar V. O‘zlashtirishni belgilovchi adabiyotlar va ular bilan ishlashga oid ko‘rsatmalar.

I. Qirqimlar mavzusiga oid nazariy savollar. 1. Frontal qirqim tasvirlfngan va shunday qirqimni talab

I. Qirqimlar mavzusiga oid nazariy savollar. 1. Frontal qirqim tasvirlfngan va shunday qirqimni talab qiladigan variantni aniqlang va belgilang. 2. Gorizontal qirqim tasvirlfngan va shunday qirqimni talab qiladigan variantni aniqlang va belgilang. 3. Profil qirqim tasvirlfngan va shunday qirqimni talab qiladigan variantni aniqlang va belgilang. 4. Pog‘anali qirqim tasvirlfngan va shunday qirqimni talab qiladigan variantni aniqlang va belgilang. 5. Siniq qirqim tasvirlfngan va shunday qirqimni talab qiladigan variantni aniqlang va belgilang. 6. Mahalliy qirqim tasvirlfngan va shunday qirqimni talab qiladigan variantni aniqlang va belgilang. 7. Og‘ma qirqim tasvirlfngan va shunday qirqimni talab qiladigan variantni aniqlang va belgilang.

II. Nazorat kartalari Karta -№ 1 1 3 2 4

II. Nazorat kartalari Karta -№ 1 1 3 2 4

III. Qirqimlar mavzusiga oid nazorat kartalarining savollarga javoblar varaqasi Savol Karta 1 2 3

III. Qirqimlar mavzusiga oid nazorat kartalarining savollarga javoblar varaqasi Savol Karta 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

IV. Spravichnik (qisqa ma’lumotlar bazasi) ma’lumotlar. Qirqimlar haqida umumiy tushuncha. Qirqimlar kesimlar kabi standart

IV. Spravichnik (qisqa ma’lumotlar bazasi) ma’lumotlar. Qirqimlar haqida umumiy tushuncha. Qirqimlar kesimlar kabi standart talablariga muvofiq bajariladi. Detaining ichki qismini aniqlash maqsadida qirqim deb ataluvchi shartli tasvirlash usuli qoilaniladi. Detaining ichki ko‘rinishi murakkabroq, ya'ni bir qancha sirtlardan tashkil topgan bo‘lsa, chizmani o‘qishni osonlashtirish maqsadida qirqimlar tatbiq qilinadi. Qirqimlar detalning ichki va tashqi qiyofasiga qarab qo‘llaniladi. Oddiy qirqim haqida ma’lumot berish. Detalning ichki tuzilishini aniqlash maqsadida bitta kesuvchi tekislik qo‘llanilsa, hosil bo‘lgan qirqim oddiy qirqim deyiladi. Kesuvchi tekislik proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel qilib o‘tkazilsa, qirqim o‘sha proyeksiyalar tekisligida tasvirlanadi va o‘sha tekislik nomi bilan ataladi. Og‘ma qirqim haqida ma’lumot berish. Og‘ma qirqim. Detal sirtining biror qismi oltita asosiy ko‘rinishning hech birida qirqimda to‘g‘ri tasvirlanmaydigan bo‘lsa, og‘ma kesuvchi tekislikni proyeksiyalar tekisliklaridan biriga perpendikulyar, ikkinchisiga esa qiya qilib o‘tkaziladi va qirqim proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel qilib joylashtiriladi.

Mahalliy qirqim haqida tushuncha berish. Mahalliy qirqim. Detallarning ba'zi bir joylarida teshik, chuqurcha va

Mahalliy qirqim haqida tushuncha berish. Mahalliy qirqim. Detallarning ba'zi bir joylarida teshik, chuqurcha va o‘yiqlar uchraydi. Ularning shaklini ko‘rsatishda mahalliy qirqimlardan foydalaniladi. Mahalliy qirqim hosil qilish uchun teshikning simmetriya o‘qi bo‘yicha kesuvchi tekislik o‘tkaziladi. Teshikdan biroz o‘tgandan s keyin detaining qirqilgan qismi fikran sindirib olinadi. Detal ko‘rinishida bu t kesuvchi tekislik fikran o‘tkaziladi. Mahalliy qirqim chegarasi ingichka to‘lqinsimon k chiziqda ko‘rsatiladi. Murakkab qirqim haqida ma’lumot berish. Pog‘onali qirqim haqida tushuncha berish. Ko‘pincha detalning ichki ko‘rinishini bitta kesuvchi tekislik orqali ko‘rsatib bo‘lmaydi. Bunday holatlarda ikkita va undan ortiq tekislikdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Pog‘onali qirqim. Detalni bir-biriga parallel bo‘lgan tekislik bilan kesish natijasida hosil qilingan qirqim pog‘onali qirqim deyiladi.

V. O‘zlashtirishni belgilovchi adabiyotlar bilan ishlashga oid ko‘rsatmalar № № Adabiyotlar K. M Qobiljonov,

V. O‘zlashtirishni belgilovchi adabiyotlar bilan ishlashga oid ko‘rsatmalar № № Adabiyotlar K. M Qobiljonov, I. T Ismoilov, M. Sh Isayev A. Ashirboyev 1 Kitob nomi “Chizmachilik va Beti XXVII bob. chizma geometriya asoslari” “Chizmachilik” A. To‘xtayev Y. Abramyan “Mashinasozlik chizmachiligidan ma’lumatnoma” Nashiryoti, yili Toshkent“O‘qituvchi”- 190 -191 bet 4 -bo‘lim 98100 bet Oddiy qirqimlar Kitob 1983 Toshkent“Yangi Nashr” 2008 y. IV bob. 92 -93 Toshkent-“Ilmbet Yu Qirg‘izboyev va ’’Mashinasozlik 8 bob boshqalar. chizmachilik kursi’’ 25 -26 bet Ziyo”-2010 Toshkent“O‘qituvchi” 1981

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT