Rivojlanish va regeneratsiyaning kontseptual asoslari 5 Ergasheva Gulruxsor

  • Slides: 24
Download presentation
Rivojlanish va regeneratsiyaning kontseptual asoslari. 5 Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna

Rivojlanish va regeneratsiyaning kontseptual asoslari. 5 Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna

REJA 12 -mavzu: Rivojlanish va Theme 12. Conceptual regeneratsiyaning framework for kontseptual asoslari. development

REJA 12 -mavzu: Rivojlanish va Theme 12. Conceptual regeneratsiyaning framework for kontseptual asoslari. development and rebirth Plan Reja: 1. Mechanisms of 1. Ontogenez ontogenesis. mexanizmlari. 2. Rivojlanish jarayoniga 2. The effect of endocrine on the ichki sekretsiya bezlarining glands development process. ta`siri. 3. 3. Types of regeneration. 3. Regeneratsiya xillari.

O’TGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR • Ontogenez haqida tushuncha bering • Hayvonlarning embrional rivojlanishi.

O’TGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR • Ontogenez haqida tushuncha bering • Hayvonlarning embrional rivojlanishi. • Gastrulyatsiya va uning tiplar haqaida ma’lumot bering.

Embrionning tuxumdan chiqishi yoki tug’ilishi bilan embrional rivojlanish davri tugallanadi va postembrional rivojlanish davri

Embrionning tuxumdan chiqishi yoki tug’ilishi bilan embrional rivojlanish davri tugallanadi va postembrional rivojlanish davri boshlanadi. Postembrional rivojlanish bevosita (to’g’ri) yoki bilvosita (noto’g’ri, metamorfozli) bo’ladi.

Bevosita rivojlanish (sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar)da tuxumdan chiqqan yoki ona organizmidan tug’ilgan embrion

Bevosita rivojlanish (sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar)da tuxumdan chiqqan yoki ona organizmidan tug’ilgan embrion voyaga yetgan organizmlarga o’xshaydi, faqat kichik bo’ladi. Postembrional rivojlanishda embrion faqat o’sadi va jinsiy balog’atga yetadi. Bilvosita (metamorfoz) rivojlanishda tuxumdan qurt (lichinka) chiqadi. Qurt voyaga etgan organizmdan tuzilishi jihatidan keskin farq qiladi. Qurt oziqlanadi, o’sadi va ma’lum muddat davomida qurt organlari voyaga yetgan organizm organlari bilan almashinib boradi. Binobarin, noto’g’ri rivojlanish lichinka organlari o’rnida voyaga yetgan organizmga xos organlar hosil bo’ladi.

Bilvosita postembrional rivojlanishni bir necha misollar yordamida ko’rib chiqamiz. Assidiya (xordalilar tipi, lichinka —

Bilvosita postembrional rivojlanishni bir necha misollar yordamida ko’rib chiqamiz. Assidiya (xordalilar tipi, lichinka — xordalilar kenja tipi)ning lichinkasi xordali hayvonlarning asosiy belgilarini: xorda, nerv nayi va halqumida jabra yoriqlarini o’zida mujassam qilgan bo’ladi. Amfibiyalarning lichinkalik bosqichi — itbaliqdir Bilvosita rivojlanish-metamorfozga hasharotlarning rivojlanishi ham misol bo’ladi. Qo’ng’iz, kapalaklagining qurtlari tashqi tuzilishidan, hayot tarzi va yashash muhiti bilan voyaga yetgan organizmlardan keskin farq qiladi. Metamorfoz — hayot tarzi va yashash muhitini almashinishi bilan bog’liqdir. Bilvosita rivojlanishning biologik ahamiyati shundan iboratki, bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan individlari har xil sharoitda yashaganligi uchun ularning yashash joyi va oziq uchun o’zaro raqobati kuzatilmaydi. Faqat o’troq yoki parazit holda yashashga moslashgan organizmlarning qurtlari erkin harakat qilib, turning keng tarqalishiga yordam beradi.

Postembrional rivojlanish davri turli muddat davom etishi mumkin Misol uchun tut ipak qurtining qurtlik

Postembrional rivojlanish davri turli muddat davom etishi mumkin Misol uchun tut ipak qurtining qurtlik davri 20 -24 kun davom etadi. Voyaga yetgan kapalagi esa 5 -10 kun yashaydi. Baqaning lichinkasi itbaliq 2 -3 oyda baqaga aylanadi. Voyaga yetgan baqa bir necha yil yashaydi. Ko’pincha postembrional rivojlanish uzoq davom etadi. . Odamlarda postembrional rivojlanish jinsiy balog’atga yetish, balog’at va qarilik davrlariga bo’linadi. Postembrional rivojlanish o’sish bilan birga davom etadi. O’sish butun umr davomida hamda ma’lum muddat bilan chegaralangan bo’ladi. Butun umri davomida o’sish o’simliklarda, lentasimon chuvalchanglar, ayrim molluskalar va baliqlarda kuzatiladi. Ko’pchilik hayvonlar jinsiy balog’atga yetgandan so’ng o’sishdan to’xtaydi. Odam 20— 25 yoshda o’sishdan to’xtaydi.

Odam homilasining rivojlanishiga zarar ko’rsatuvchi omillarga− • alkogol, tamaki tarkibidagi nikotin, giyohvand moddalar kiradi

Odam homilasining rivojlanishiga zarar ko’rsatuvchi omillarga− • alkogol, tamaki tarkibidagi nikotin, giyohvand moddalar kiradi • Bu moddalar insonning faqat sog’ligiga zarar yetkazibgina qolmasdan, balki jinsiy hujayralarning xromosomalari, genlarida mutatsiyalarga sabab bo’lishi ham mumkin. • Homilador ona tomonidan iste’mol qilingan hatto juda oz miqdordagi alkogol, nikotin, giyohvand moddalar homilaning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, zaif va kasal bolalar tug’ilishiga sabab bo’lishi mumkin

Harorat Yorug’li k har xil kimyoviy birikmalar Postembrional davrda ham organizmning rivojlanishiga abiotik omillar

Harorat Yorug’li k har xil kimyoviy birikmalar Postembrional davrda ham organizmning rivojlanishiga abiotik omillar : Namlik Kislorod

Hozirgi vaqtda bundan 50— 100 yillar ilgariga nisbatan bolalar va o’smir-larning jismoniy funksiyalarining rivojlanishi

Hozirgi vaqtda bundan 50— 100 yillar ilgariga nisbatan bolalar va o’smir-larning jismoniy funksiyalarining rivojlanishi jadallashganligi kuzatilmoqda. Bu hodisani akseleratsiya (lotinchajadallashish so’zidan olingan) deyiladi

L. Masterman tomonidan zamonaviy dunyoda mediata’limning dolzarbligi va ustuvorligining quyidagi еttita sababi asoslab berilgan:

L. Masterman tomonidan zamonaviy dunyoda mediata’limning dolzarbligi va ustuvorligining quyidagi еttita sababi asoslab berilgan: Mediaga bo‘lgan talabning yuqori darajadaligi va zamonaviy jamiyatning ommaviy axborot vositalariga to‘yinganlik darajasi Medianing g‘oyaviy jihatdan ahamiyati muhimligi va uning auditoriyani tashkil qilishda ishlab chiqarish sohasi sifatida ta’sirga egaligi Medianing asosiy demokratik jarayonlarga kirib borish intensivligi. Media axborotlarining miqdori tezkorlikda o‘sib borishi, uning tarqatilishi va boshqarilishi mexanizmlari kuchaytirilishi Kelgusidagi talablarga muvofiq holatda maktab o‘quvchilari va talabalarning ta’lim olishi ehtiyoji yuzaga kelishi • Axborotlarning o‘zlashtirilishi (privitizasiya) bo‘yicha milliy va halqaro miqyosdagi jarayonlarning o‘sib borishi Barcha sohalarda vizual kommunikasiya va axborotlarning ahamiyatiortib borishi.

Gomeostaz. Tashqi muhit omillari ta’sirining o’zgarishiga qaramay tirik organizmlarning o’z tuzilishi va ichki muhitning

Gomeostaz. Tashqi muhit omillari ta’sirining o’zgarishiga qaramay tirik organizmlarning o’z tuzilishi va ichki muhitning doimiyligini o’zgartirmasdan saqlay olish xususiyati gomeostaz deyiladi. Organizmlar ichki muhitining doimiyligini saqlashda irsiy axborot katta rol o’ynaydi. Organizmning genotipi tarkibiga uning uchun yot bo’lgan boshqa irsiy axborot qo’shilib qolsa, uning yashovchanligiga putur yetishi mumkin, shuning uchun ham organizmning himoya sistemalari, immuniteti o’sha individ uchun yot bo’lgan hamma narsalarning kirishiga yo’l qo’ymaydi, agar kirib qolgudek bo’lsa ham uni yo’qotishga harakat qiladi.

Gomeostazni ta’minlashda organizmning morfologik tuzilishi doimiyligini va butunligini ta’minlashda regeneratsiya muhim ahamiyatga ega. Regeneratsiya

Gomeostazni ta’minlashda organizmning morfologik tuzilishi doimiyligini va butunligini ta’minlashda regeneratsiya muhim ahamiyatga ega. Regeneratsiya deb, organizmlarning hayot faoliyati davomida yoki biron ta’sir natijasida yashash muddati tugagan yoki shikastlangan hujayralar, to’qimalar yoki a’zolarning qayta tiklanishiga aytiladi. Regeneratsiyaning fiziologik va reparativ xili farq qilinadi. Fiziologik regeneratsiya - o’z funksiyasini bajarishi natijasida nobud bo’lgan hujayralar yoki ularning qismlarini qayta tiklash imkonini beradi. Hujayra organoidlarini yangilanishi (mitoxondriya, plastida va boshqalarni) hujayra ichi regeneratsiyasi deyiladi. Fiziologik regeneratsiya barcha tirik organizmlar uchun xos bo’ladi. Lekin har xil hayvon va o’simliklarda turlicha kechadi. Organizmlarning tabiatda turli ta’sirlar natijasida jarohatlanishi va jarohatlarning qayta tiklanishi reparativ regeneratsiya deyiladi

Anabioz. Ba’zan organizmlar hayot jarayonlarining davom etishi qiyin bo’lgan muhit sharoitlariga tushib qoladi. Shunday

Anabioz. Ba’zan organizmlar hayot jarayonlarining davom etishi qiyin bo’lgan muhit sharoitlariga tushib qoladi. Shunday sharoitlarda organizm anabioz (ana-yangi, bios-hayot so’zlaridan olingan) holatiga o’tadi. Anabioz holatidagi organizmlarda moddalar almashinuvi juda sekinlashadi yoki vaqtincha deyarli to’xtaydi. Anabioz noqulay sharoitlarga organizmlarning muhim moslashish mexanizmlaridan biridir. Mikroorganizmlarning sporalari, o’simliklarning urug’lari, hayvonlar tuxumlari anabiozga misol bo’la oladi. Anabioz holati uzoq yillar davomida saqlanishi mumkin (urug’lar yuz, hatto ming yillardan keyin ham unib chiqishi mumkin). Anabioz holatidan insonning amaliy faoliyatida ham foydalanish mumkin.

Umurtqalilarning dastlabki rivojlanish bosqichlari juda o’xshashdir. Bu dalillar K. Ber tomonidan embrionlarning o’xshashlik qonunida

Umurtqalilarning dastlabki rivojlanish bosqichlari juda o’xshashdir. Bu dalillar K. Ber tomonidan embrionlarning o’xshashlik qonunida ilgari surilgan. Embrionlaming o’xshashlik qonunining isboti: «Embrion dastlabki rivojlanish davrida tip uchun umumiy belgilari jihatidan o’xshash bo’ladi» . Har xil sistematik guruhga mansub organizmlar murtagining rivojlanishini o’xshash bo’lishi, ularning kelib chiqish birligining isbotidir. Keyinchalik embrional rivojlanishda sinf, oila, tur va oxirida o’sha individ uchun xos belgilar rivojlanadi. Embrionning rivojlanish jarayonida belgilarning ajralishi embrional divergensiya deb ataladi. Bu turning tarixiy rivojlanishda u yoki bu sistematik guruhga xos belgilarni aks ettiradi.

Hozirgi zamon hayvonlarining embrional rivojlanish bosqichida ajdodlariga o’xshash belgilarning paydo bo’lishi, organlar tuzilishidagi evolyutsion

Hozirgi zamon hayvonlarining embrional rivojlanish bosqichida ajdodlariga o’xshash belgilarning paydo bo’lishi, organlar tuzilishidagi evolyutsion qayta shakllanishni aks ettiradi. Organizm o’z rivojlanish jarayonida bir hujayralilik (zigota) bosqichini o’taydi, ya’ni dastlabki amyobasimon bosqichni filogenetik takrorlaydi. Barcha umurtqalilarda, yuksak tuzilishga ega bo’lganlarida ham dastlab xorda hosil bo’lib, keyinchalik umurtqa pog’onasiga aylanadi. Ularning ajdodida esa xorda butun umri davomida saqlanib qolgan. Embrional rivojlanish jarayonida qushlar, sut emizuvchilar va odamda halqum atrofida jabra bo’ladi. Quruqlikda yashaydigan umurtqalilar embrionida jabra yoriqlarining bo’lishi, ular jabra bilan nafas oluvchi baliqsimon ajdodlardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi.

Odam embriomning dastlabki bosqichlarida yurak tuzilishi baliqlarnikiga o’xshash: bitta qorincha va bitta bo’lmachadan iborat

Odam embriomning dastlabki bosqichlarida yurak tuzilishi baliqlarnikiga o’xshash: bitta qorincha va bitta bo’lmachadan iborat bo’lib, qon aylanish doirasi bitta bo’ladi. Tishsiz kitlarning embrionlik davrida tish paydo bo’ladi Bu tishlar milkni yorib chiqmaydi, balki parchalanib so’rilib ketadi. Yuqorida keltirilgan misollar individual rivojlanish bilan tarixiy rivojlanish o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi. Keltirilgan juda ko’plab misollar organizmlarning individual rivojlanishi bilan tarixiy rivojlanishi o’rtasida chuqur o’zaro bog’liqlik mavjudligini ko’rsatadi. Bu o’zaro bog’liqlik nemis olimlari Myuller va Gekkel tomonidan ilgari surilgan biogenetik qonunda o’z ifodasini topdi. Har bir individ o’zining individual rivojlanishida (ontogenez) o’z turining rivojlanish tarixini (filogenez) qisqacha takrorlaydi, ya’ni ontogenezda filogenezning qisqa takroriga biogenetik qonun deyiladi.

Biogenetik qonunning rivojlanishiga akalemik A. N. Seversov katta hissa qo’shdi. A. N. Seversov tomonidan

Biogenetik qonunning rivojlanishiga akalemik A. N. Seversov katta hissa qo’shdi. A. N. Seversov tomonidan organizm o’zining individual rivojlanishida ajdodlarini yetuk organizm belgilarini emas balki embrionlik davridagi belgilarini takrorlashini ko’rsatib o’tdi.

Mavzuni mustahkamlsh uchun savollar 1. K. Ber tomonidan qaysi qonun ilgari surilgan? 2. Embrional

Mavzuni mustahkamlsh uchun savollar 1. K. Ber tomonidan qaysi qonun ilgari surilgan? 2. Embrional divergensiya deb nimaga aytiladi? 3. Mutatsiya jarayoni embrionga qanday ta’sir ko’rsatadi? 4. Biogenetik qonun qaysi olimlar tomonidan ilgari surilgan? Uni misollar asosida tushuntiring. 5. A. N. Severtsov biogenetik qonun rivojlanishiga qanday hissa qo’shgan?

Multimedia manbalarining eng muhim jihati sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - ta’lim muhitiga integrasiyalashuv imkoniyati;

Multimedia manbalarining eng muhim jihati sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - ta’lim muhitiga integrasiyalashuv imkoniyati; - individual ta’lim muhitini yaratish imkoniyati; - o‘quv muassasasi kompyuter texnikasi bilan nechog‘lik ta’minlanganligidan qat’iy nazar, ya’ni yagona kompyuter yoki kompyuter sinfi bo‘lsa ham dastur bilan ishlash imkoniyati; - mazmunan tegishli talablarga javob beradigan audio va videoqator bilan ta’minlangan tayyor darslarning mavjudligi; - ta’lim olishga individual yondashuvni amalga oshirish, topshiriqlar tuzish va ularni turli xil ko‘rinishlarini yaratish imkonini beradigan nazorat va test topshiriqlarining katta hajmli to‘plami borligi; - nazorati va test topshiriqlarning trening, nazorat tarzida bajarish mumkinligi, o‘quvchilar topshiriqlarni bajarish jarayonida individual sharxlar olishlari; - barcha video va animasion ko‘rinishlar ovozga ega hamda vizuallashtirilgan bo‘lib, u monitordan o‘qiganda vujudga keladigan ko‘zga yuk tushishini kamaytiradi, shuningdek tayyor darslar diktor o‘qiydigan matn bilan to‘ldirilganligi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar Mediata’lim nima? Mediata’limning jamiyatdagi roli haqida so’zlab bering. . Mediata’lim

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar Mediata’lim nima? Mediata’limning jamiyatdagi roli haqida so’zlab bering. . Mediata’lim va media madaniyat tushunchalarini bo’gliqligi va farqlari nimada? Uzluksiz ta; lim tizimida mediata’limni rivojlantirish bosqichlarini snsb bering.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT