MAVZU EKOLOGIK ONG VA ETNOMADANIYAT REJA 1 Ekologik

  • Slides: 17
Download presentation
MAVZU: EKOLOGIK ONG VA ETNOMADANIYAT REJA: 1. Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi.

MAVZU: EKOLOGIK ONG VA ETNOMADANIYAT REJA: 1. Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi. 2. Jamiyatdagi ekologik muammolar.

Kalit so’zlar: Ekologik madaniyat Ekologik ong Orol muammosi Ekologik muammolar Ekologik hamkorlik 2

Kalit so’zlar: Ekologik madaniyat Ekologik ong Orol muammosi Ekologik muammolar Ekologik hamkorlik 2

EKOLOGIK MADANIYAT Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atrof-muhitga bo’lgan ta’siri o’sib boradi. Inson tabiat

EKOLOGIK MADANIYAT Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atrof-muhitga bo’lgan ta’siri o’sib boradi. Inson tabiat bilan, ya’ni o’simliklar hamda hayvonot dunyosi hamda yer osti va yer usti boyliklari bilan o’zaro muloqotda bo’ladi. Ekologik muammolar kengayib, ularni hal etish dolzarb vazifa bo’lib qolgan hozirgi davrda bu muammolarni hal qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong va ekologik madaniyatning o’rni beqiyosdir.

 Bundan millionlab yillar ilgari odamzod paydo bo'libdiki, son-sanoqsiz insonlar shu yerning bag'rida unib-o'sgan,

Bundan millionlab yillar ilgari odamzod paydo bo'libdiki, son-sanoqsiz insonlar shu yerning bag'rida unib-o'sgan, umrguzaronlik qilgan, rizqu ro'z topgan. Odamlarni boqadigan, kiyintiradigan, ularga boshpana bo'ladigan, yuvib poklaydigan yagona va shu tufayli ham nihoyatda mo'tabar ona zamin bu. Hozirgacha insoniyat o'zi uchun yashashga undan boshqa makon topgani yo'q, balki topa olmas ham.

Birinchi Prezidentimiz inson ma'naviyatining yuksalishida ona tabiat, unga mehrli munosabatda bo'lish, go'zalliklaridan zavqlanish hissi

Birinchi Prezidentimiz inson ma'naviyatining yuksalishida ona tabiat, unga mehrli munosabatda bo'lish, go'zalliklaridan zavqlanish hissi katta ahamiyatga egaligini alohida ta'kidlaydi: “Tabiatga yaqinlik, jonajon o'lkaning benihoya go'zalliklaridan bahramand bo'lish ma'naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi”

 «Ekologik madaniyat» degan tushuncha zamirida ayni shu holatlar oqibatini anglash, tabiat va jamiyat

«Ekologik madaniyat» degan tushuncha zamirida ayni shu holatlar oqibatini anglash, tabiat va jamiyat qonunlariga mos tarzda hayot kechirish talablari mujassamdir. Ekologik madaniyat ham umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi, uning muhim ko'rsatkichi hisoblanadi. Usiz insonni to'la ma'noda madaniyatli, ma'naviyatli deb bo'lmaydi.

 Yer yuzida shunday murakkab ekologik muammolar paydo bo'lmoqdaki, ular nafaqat ayrim davlatlar, balki

Yer yuzida shunday murakkab ekologik muammolar paydo bo'lmoqdaki, ular nafaqat ayrim davlatlar, balki butun insoniyatning kelgusi hayotini, odamzod tirikligini jiddiy xavf ostida qoldirishi mumkin. Bunday muammolar sirasiga atmosfera ozon qatlamining yemirilishi, chuchuk suv zaxiralarining kamayishi, abadiy muzliklarning eriyotgani, jahon okeanining va kosmik fazoning illoslanishi, dunyoning «Qizil kitobi» ga kiritilgan noyob o`simlik va hayvonlarning keskin kamayib borayotgani va boshqa ko`plab dolzarb muammolarni kiritish mumkin.

Orol va orolbo’yi muammolari Orol va Orolbo`yidagi ekologik ahvolning keskinlashuvi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda.

Orol va orolbo’yi muammolari Orol va Orolbo`yidagi ekologik ahvolning keskinlashuvi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Orol tangligi eng yirik regional ekologik xalokatlardan biri bo‘lib, dengiz havzasida yashaydigan 35 milliondan ortiq kishi, shu jumladan, O‘zbekiston aholisining katta qismi ham uning ta’siri ostida yashamoqda Orol fojiasi ekologiya muammolariga mas'uliyatsiz munosabatda bo'lishning yaqqol misolidir. Bir paytlar noyob dengizlardan biri bo'lgan Orol bir avlod hayoti davomlda deyarli qurib va yo'qolib borayotgan suv havzasiga aylandi. Orol dengizi qurishi Orol sathining o’zgarishi Orol dengizi o‘rni. Orol suvining sho’rlashishi

 Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya qilmaslik

Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya qilmaslik ertami kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo o’zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Albatta, ilmiy-texnikaviy rivojlanish natijasida, turli soha ilm va texnologiyalarining taraqqiyoti, yangi energiya manbalari va kimyoviy moddalarning paydo bo’lishi, tabiiy resurslardan yovuzlarcha foydalanish natijasida havo, suv ifloslanadi, insoniyatni boquvchi yer yaroqsiz holga kelib, oqibatda uni yashash muhitidan mahrum etadi.

 Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi xalqimiz ekologik madaniyatini oshirish orqali huquqiy

Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi xalqimiz ekologik madaniyatini oshirish orqali huquqiy fuqarolik jamiyati tamoyillari asosida tabiatdan foydalanishni yo’lga qo’yish, tabiatni muhofaza qilish sohasida Davlat nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xalqimiz ongi va madaniyatida ona Vatanimiz tabiatiga bo’lgan mehr-muhabbatini oshirish, uni asrab-avaylash va kelgusi avlod uchun zarur hayotiy sharoitlar qoldirishimiz kerakligini ko’rsatishdir.

 Inson tabiatning bir bo’lagi bo’lgan holda u bilan bo’lgan munosabat orqali ekologik madaniyat

Inson tabiatning bir bo’lagi bo’lgan holda u bilan bo’lgan munosabat orqali ekologik madaniyat shakllana borishi tufayli tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solishda uni boshqarish uchun tabiat qonunlarini kashf qilib kelgan. Ammo inson o’zining tabiatga ta’siri orqali undagi muvozanatni buzdi va tabiat hodisalarining davriy muvozanatini izdan chiqardi.

 Ekologik madaniyatni shakllantirishda, ekologik ong va dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishda bir qator yutuqlarga

Ekologik madaniyatni shakllantirishda, ekologik ong va dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishda bir qator yutuqlarga erishilayotgan bir vaqtda ushbu sohani singdirishda muhim o’rin tutadigan maktab tarbiyasiga, o’rta va oliy ta’lim muassasalariga e’tibor qaratishimiz lozim. Ekologik bilimlar tashviqoti, aholini ekologik tarbiyalash va ularni o’qitish bo’yicha ishlar avj oldirilganligiga qaramay, Respublikamiz oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida atrof muhit muhofazasi, ya’ni ekologiya sohasida boshqa sohalar kabi Davlat noziri singari mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kunga qadar yo’lga qo’yilmagan. Ushbu soha uchun bu kabi mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun talabidir. 12

 Inson o’z hayoti va faoliyati, shuningdek, barcha tirik mavjudot dunyosi - biosfera uchun

Inson o’z hayoti va faoliyati, shuningdek, barcha tirik mavjudot dunyosi - biosfera uchun ko’z ko’rib, quloq eshitmagan miqyosdagi buzuvchanlik qudratiga ega bo’lgan, katta va kutilmagan salbiy o’zgarishlar, atrof-muhitga uzoqni o’ylamay qilingan munosabat, xatolar va yangi ishlarning hosilasi sifatida hozirgi yer yuzidagi vaziyat yuzaga keldi. 13

 Ekologik madaniyatni rivojlantirishda boshqaruvning o’rni faqatgina Davlat xizmati bilangina emas, balki jamoatchilik rolini

Ekologik madaniyatni rivojlantirishda boshqaruvning o’rni faqatgina Davlat xizmati bilangina emas, balki jamoatchilik rolini oshirish bugungi demokratik, huquqiy davlat qurish yo’lidagi ekologik bilimlarni targ’ibot qilish, aholining ekologik saviyasini ko’tarish borasida bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin shunga qaramay bu sohada bir qator kamchiliklar ham mavjud. Insoniyat qadimgi zamonlardanoq tabiatning bir qismi ekanligini anglab, u o’zining harakatlari bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarni ongli ravishda boshqariladiganligini his qilib kelgan. Lekin insoniyat tabiatdan foydalanib uni qayta tiklanishiga e’tibor qaratilishini kech bo’lsada, tushunib yetdi. Insonlar madaniyati shakllanib rivojlana borar ekan, tabiat in’omlari bo’lmish o’simlik va hayvonot dunyosi turlarini bir qanchasini madaniylashtirib, o’zlari uchun foydalanishni amalga oshirish jarayoni hozirda ham davom etayotgan jarayondir. 14

O‘zbekistonning ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorligi Jahon Banki, Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXXT) va

O‘zbekistonning ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorligi Jahon Banki, Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXXT) va boshqalar O‘zbekistondagi ekologik muammolarni hal qilish ishiga katta hissa qo‘shmoqdalar. O‘zbekistondagi Ekologiya va salomatlik fondi- "Ekosan", nodavlat tashkilotlari ekologik muammolarni hal qilishda, xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish ishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDX) mamlakatlari qelishuviga binoan ekologiya sohasidagi hamkorlik 1992 - yil tuzilgan Davlatlararo Ekologik Ittifoq (DEI) orqali amalga oshiriladi. Ekologiya muammolarini hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari, Osiyo, Yevropa, Amerika va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirmoqda.

Nazorat uchun savollar. 1. Ekologik madaniyat tushunchasiga qanday ta’rif berasiz? 2. Yer yuzida qanday

Nazorat uchun savollar. 1. Ekologik madaniyat tushunchasiga qanday ta’rif berasiz? 2. Yer yuzida qanday murakkab ekologik muammolar paydo bo’lmoqda? 3. Orol muammosi haqida nima deya olasiz? 4. Ekologik ong va ekologik madaniyatni rivojlantirish uchun qanday ishlar qilnishi kerak? 5. O‘zbekistonning ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorligi haqida nimalarni bilasiz? 16

E’tiboringiz uchun rahmat 17

E’tiboringiz uchun rahmat 17