Yogon ichak kasalliklari Epidemiologiyasi Yogon ichak raki onkologik
















































- Slides: 48
Yo'g'on ichak kasalliklari
Epidemiologiyasi • Yo'g'on ichak raki onkologik kasalliklar ichida birinchi o'rinlarni egallaydi • MDH davlatlarida uchinchi o'rinda turadi • Asosan 50 yoshdan to 70 yoshgacha bemorlar kasallanadi • Erkak va ayollar bir xil xastalanadi • Rak kasalligi asosan iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ko'p uchraydi
Yo'g'on ichak anotomik qismlari 1 – jigar burmasi; 2 – ko'tariluvchi qismi; 3 – ko'r ichak; 4 – ko'ndalang chambar ichak; 5 – taloq burmasi; 6 – tushuvchi chambar ichak; 7 – sigmasimon ichak; 8 – to'g'ri ichak.
Qon bilan ta'mirlanishi 1 – o'rta chambar ichak arteriyasi; 2 – o'ng chambar ichak arteriyasi; 3 – ko'ndalang chambar ichak arteriyasi; 4 – pastki tutqich arteriya; 5 – qirg'ok tarmog'i; 6 – yuqori tutqich arteriya; 7 – chap chambar ichak arteriyasi; 8 – sigmasimon ichak arteriyasi.
Yo'g'on ichak faoliyatlari 1. Motorika 2. So'ruvchi 3. Chiqaruvchi Yo'g'on ichakda suvning 95% gacha qismi va elektrolitlar so'riladi. Ichakdagi mikroorganizmlar hayot faoliyati tufayli yo'g'on ichak В va K vitaminlari alma-shinuvida ishtirok etadi.
Yo'g'on ichak tuzilishi Yo'g'on ichak shilliq qavat, shilliq osti, mushak va seroz qavatlardan iborat. Shilliq qavat epiteliy, xususiy plastinka va mushak plastinkasidan tashkil topgan. Uning shilliq qavati hillpillov-chi shokilalardan xoli, ammo kripta-larga boy. Shilliq qavat xususiy plastinka qavati limfoid follikul-larga (Peyer pilakchasi) boy. Mushak qavati ko'ndalang va bo'ylama tola-lardan tashkil topgan.
Kolonoskopiya Yonbosh ichakning terminal qismi
Kolonoskopiya Ileotsekal klapan (Baugin to'sig'i).
Kolonoskopiya Yo'g'on ichakning jigar burchagi qismi
Kolonoskopiya Ko'ndalang chambar ichak ko'rinishi
Kolonoskopiya To'g'ri ichak
Yo'g'on ichak anomaliyalari va rivojlanish nuqsonlari • Distopiyasi • Dolixokoliya • Dolixosigma • Stenozlari • Atreziyalari
Girshprung kasalligi - yo'g'on ichak megakoloni yoki gigantizmi, uning evakuator faoliyatining buzilishi bilan kechuvchi tug'ma kasallik bo'lib, qabziyat va qorinning keskin dam bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Tug'iladigan har 5000 ta chaqaloqdan bittasida uchrashi mumkin. Asosan yosh bolalarda va o'smirlarda uchrab, kattalarda esa juda kam hollarda kuzatiladi.
Etiologiyasi v. Yugon ichak ganglionoz nerv tugunlarining kamligi yoki umuman bulmasligi
Diagnostikasi Ø Bemorning shikoyatlari Ø Anamnezi Ø Rektal tekshiruv Ø Rektoromanoskopiya Ø Irigografiya
Klinik kechishi Asosiy belgilari: • Qorinning dam bo'lishi • Ich kelmasligi • Qabziyat, ich kelishga aslo mayl yo'qligi • Assimetrik qorin • Ba'zan qabziyat ich surishi bilan alma-shinadi (paradoksal ich surishi). • Intoksikatsiya alomatlari: bosh og'rig'i, behol-lik, ishtaha yo'qligi
Diagnostika Rektal tekshiruv
Irigografiya Davolash: xirurgik, aganglionar zonana rezektsiya qilinib, dekompensatsiyaga uchragan yogon ichak kismlari olib tashlanadi.
NOSPETSIFIK YARALI KOLIT Nospetsifik yarali kolit - yo'g'on va to'g'ri ichaklar shilliq qavatining yaralinekrotik o'zgarishi bilan kechuvchi surunkali yallig'lanish kasalligidir.
Patogenezi Organizm sensibilizatsiyasi Etiologiyasi • Infektsion nazariya, • Allergik jarayon nazariyasi. Autoimmun reaktsiya rivojlanishi I Ichak shilliq qavatida antigenantiteloreaktsiyasi Kolit, yaralar kelib chiqishi Ikkilamchi infektsiya qo'shilishi Ichak nerv apparatining buzilishi Alimentar yetishmovchilik
Diagnostika • • • Bemor shikoyatlari Anamnezi Rektoromanoskopiya Irrigografiya Kolonoskopiya NYAKda endoskopik ko'rinish
Klinika O'tkir (yashin tezligida kechuvchi) turi (10% bemorlarda) juda og'ir kechadi. • • Ich surishi (40 martadan ko'p), Najas shilliq, qon, yiring aralash bo'ladi, Qayt qilish va qorinda kuchli og'riq, tenezmlar, Bemorning ahvoli og'ir bo'lib yuqori harorat kuzatiladi. Qon bosimi tushadi, taxikardiya. Qorin kattalashgan, silaganda yo'g'on ichak bo'ylab og'riq bo'ladi. Yuqori leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga siljishi, gemoglobin, eritrotsitlar soni, gematokrit kamayadi. • Ich surishining davom etishi organizmning suvsizlanishiga, tana vaznining pasayishiga, suv - elektrolit almashinuvining va kislotaishqor muvozanatining buzilishlariga olib keladi.
Differentsial diagnostika q Dizenteriya q Proktit q Kron kasalligi
Davolash • • • Konservativ davolash (muolaja): Oqsilga boy, uglevodlar va sutni cheklovchi parhez Desensibilizatsiyalovchi va antigistamin dori vositalari (dimedrol, pipol`fen, suprastin, tavegil) Vitaminlar (A, YE, S, K, V guruh) Bakteriostatik preparatlar (etazol, ftalazol, sul`gin, enteroseptol) Salazopiridazin antimikrob va desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko'rsatib, juda yaxshi natija beradi Steroid gormonlar(prednizolon, deksametazon) Jarrohlik usuli - kasallikda asoratlari yuzaga kelganda: Profuz kon ketganda Ichak perforatsiyasi Toksik dilyatatsiyasida
Yo'g'on ichak divertikullari va divertikulyozi Soxta divertikul Chin divertikul
Klinikasi Divertikulezni klinik belgilari bo’lmaydi. Agar divertikul asoratlansa, masalan yalliglansa unda korinning pastki soxasida ogrik, diareya, kungil aynish, ishtaxani susayishi, subfebril temperatura paydo buladi. Pal`patsiyada korinning pastki soxasida ogriq aniqlanadi va klinik belgilari o’tkir appenditsitga o’xshab ketadi. Divertikul yerilsa peritonit rivojlanadi va uning klinik belgilari paydo buladi. Ayrim xollarda abstsess klinikasi xam uchraydi.
Diagnostikasi anamnez, rentgenologik va kolonoskopik tekshiruvlar natijasiga asoslanadi. ENDOSKOPIK TEKSHIRUVLAR Sigmasimon ichak divertikuli ichak mahsuloti bilan to'lgan Divertikulit (stenoz) Qonayotgan divertikul
Kolonoskopiya Yo'g'on ichak divertikulini endoskopik ko'rinishi
Davolash Konservativ: • Parhez • Spazmolitiklar • Antibiotiklar • Sul`fanilamid preparatlari • Antiseptik vositali xuqnalar Jarrohlik usulida davolashga ko'rsatma: • divertikul perforatsiyasi • o'tkir ichak tutilishi • massiv qon ketishi • juda kuchli divertikulitda medikamentoz davo naf bermaganda • ichki oqmalar rivojlanganda Quyidagi jarrohlik amaliyotlari bajariladi: • Gemikolektomiya • Sigmasimon ichak rezektsiyasi
Yo'g'on ichak poliplari 75% to'g'ri va sigmasimon ichakda uchraydi Yo'g'on ichakning • Yuvenal • Giperplastik • Bezsimon-tukli • Tukli diffuz polipozi uchraydi.
Diagnostikasi Sigmasimon ichak polipi Yo'g'on ichak polipi asosi keng Yo'g'on ichak katta polipi (6 x 6 sm), asosi 3 sm. Polip ichak ichki qismini toraytirgan, Qisman ichak tutilishi keltirib chiqargan Yo'g'on ichak polipi Polip olib tashlangan sohada qon ketishi kuzatiladi
Davolash Poliplarni endoskopik yul bilan olib tashlashga misol (polipektomiya) Elektrokoagulyatsiya Polipektomiya Polip tubidagi tomirlarga Klipsa qo'yish
Davolash Polipni endoskopik rezektsiyasi
Ko'pgina tekshiruvlar shuni ko'rsatadiki, yo'g'on ichak raki (adenokartsinoma) yaxshi sifatli polipdan (adenomadan) o'sadi.
Yo'g'on ichak saratoni (rak) Тушунча Yo'g'on ichak raki epitelial o'sma bo'lib, ichakni ko'pincha distal qismlarini shikastlaydi. Uzoq muddat simptomlarsiz kechadi, oxirgi bosqichlarda qon ketish, ichni qotishi, og'riqlar kuzatiladi.
Yo'g'on ichak saratonining to'rt bosqichi I bosqich – uncha katta bo'lmagan chegaralangan o'sma, shilliq qavat va shilliq osti qavatda joylashgan. Limfa tugunlarga metastazlar yo'q. II bosqich : a) katta o'lchamli o'sma, lekin ichak ko'ndalang o'lchamini yarmigacha yetadi, regionar metastazlarsiz; b) o'lchamlari katta o'sma, regionar limfa tugunlariga metastazlar bilan. III bosqich : a) ichak ko'ndalang o'lchamini yarmidan ko'p qismini egallagan katta o'sma, ichak barcha devorlariga o'sib kirgan, regionar metastazlarsiz; b) har-xil o'lchamli o'sma, lekin regionar limfa tugunlariga ko'plab metastazlar bilan. IV bosqich : katta o'lchamli o'sma, qo'shni a'zolarga o'sib kirgan, regionar va tarqalgan metastazlar bilan.
Klinik kechishi: o'smani joylashgan o'rni, o'sish turi o'lchamlari va asoratlari bilan bog'liq. • Har - xil darajadagi og'riqlar • Ichak diskomforti • Ichaklardan patologik oqmalar kelishi • Bemorni umumiy ahvolini yomonlashuvi • Ayrim hollarda o'smani pal`patsiya kilinishi bilan • xarakterlanadi.
Qorindagi og'riqlar • Qorindagi oqriqlar 80 -90% bemorlarda kuzatiladi • Og'riqlar yallig'lanish jarayonini qorin pardasiga o'tishi bilan bog'liq • Og'riqlar intensivligi har-xil (to'mtoq, tortuvchi), lekin ichak tutilishi yuzaga kelganda intensivligi kuchayadi, hurujsimon tus oladi.
Ichak diskomforti • Ishtahani pasayishi • Kekirish • Ko'ngil aynishi • Epigastral sohadagi og'irlik hissi • Bemorlarda ichini qotishi • Ichini suyuq holda ketishi • Qorinni quldirashi • Qorinni shishishi
Patologik ajralmalar: najas bilan qon va yiringni chiqishi 40 -50% bemorlarda kuzatiladi. Qon o'sma parchalanganda, yiring va shilliqni chiqishi o'sma atrofini yalliglanishida va qo'shimcha kolit rivojlanganda ajraladi. Ayrim bemorlarda o'smani paypaslanishi yakka simptom bo'lib hisoblanadi, ko'proq o'sma yo'g'on ichakni o'ng yarmida joylashganda kuzatiladi.
Yo'g'on ichak rakini klinik shakllari Toksiko-anemik shakli holsizlik, tez-tez charchash, tana haroratini ko'tarilishi, teri rangini oqarishi anemiya hisobiga. Enterokolitik shakli qorin shishi, qorinni quldirashi, ichni qotishi, ichni ketishi, qorindagi og'riqlar va najasda qon, yiring, shilliq ajralishi bilan xarakterlanadi.
Klinik shakllari Dispeptik shakli Ishtahani yo'qolishi, ko'ngil aynishi, kekirish, qayt qilish, epigastral sohadagi og'irlik hissi bilan xarakterlanadi. Obturatsion shakli Asosiy simptomi ichak tutilishi bo'lib hisoblanadi. Najas va yel ajralishi kuzatilmaydi.
Klinik shakllari Soxtayallig'lanishli shakli Qorinda og'riqlar bo'lishi va tana haroratini ko'tarilishi bilan xarakterlanadi. Qon taxlilida leykotsitoz, eritrotsitlar cho'kish tezligini oshishi. O'sma shakli O'smani bemorni o'zi yoki shifokor tekshiruv vaqtida aniqlaydi, lekin sub`ektiv bemorni xech narsa bezovta qilmasligi mumkin.
Asoratlari 1. 2. 3. 4. 5. Ichak tutilishi O'sma atrofidagi to'qimalarni yallig'lanishi O'smani teshilishi Qon ketish Yo'g'on ichak va qo'shni a'zolar o'rtasida oqmalarni yuzaga kelishi.
Diagnostikasi • Anamnez • Bemorni shikoyatlari • Kolonoscopiya • MSKT
Diagnostikasi ENDOSKOPIK TEKSHIRUV NATIJALARI (kolorektal rakni turli xil shakllari)
Davolash: jarrohlik usulida. Rentgeno- va ximioterapiyani yo'g'on ichak rakida nafi kam. O'lim ko'rstakichi: radikal jarrohlik amaliyotlaridan keyin 6 -8% ni tashkil qiladi. Radikal jarrohlik amaliyotlaridan keyin 5 yillik umr ko'rish 50% ga teng.
UASH Taktikasi: 1. Bemor shikoyati va kasallik anamnezini tuliq yigish 2. Kolonoscopiya va irrigographiyaga tayorlash va yullanma berish 3. MSKT ga yullanma berish 4. Uz vaqtida coloproctolog kurigiga yullanma berish

































