Odam irsiy kasalliklarining klassifikatsiyasi Reja 1 Irsiy kasalliklar

  • Slides: 23
Download presentation
Odam irsiy kasalliklarining klassifikatsiyasi.

Odam irsiy kasalliklarining klassifikatsiyasi.

 • • • Reja: 1. Irsiy kasalliklar haqida tushuncha 2. Irsiy kasalliklar klasifikasiyasi

• • • Reja: 1. Irsiy kasalliklar haqida tushuncha 2. Irsiy kasalliklar klasifikasiyasi 3. Xromosoma kasalliklari 4. Gen kasalliklari

 • Odamdagi irsiy kasalliklar kelib chiqishiga qarab quyidagi guruhlarga bо‘linadi: • • 1.

• Odamdagi irsiy kasalliklar kelib chiqishiga qarab quyidagi guruhlarga bо‘linadi: • • 1. Gen kasalliklari 2. Xromosoma kasalliklari 3. Genom kasalliklari 4. Irsiy moyillik yoki multifikatorial (kо‘p omilli) kasalliklar

 • Odamda xromosomalar kasalliklari. • Xromosoma mutatsiyalarini soni 1000 ga yaqin, ulardan 100

• Odamda xromosomalar kasalliklari. • Xromosoma mutatsiyalarini soni 1000 ga yaqin, ulardan 100 tasi klinik jihatdan о‘rganilgan va ular sindromlar deb ataladi. Odamda xromosomalar soni, xajmi va tuzilishining о‘zgarishi bilan bog‘liq anchagina irsiy kasalliklar borligi aniqlangan. Xromosoma kasalliklari uchun xromosomalar strukturasi о‘zgarishi xarakterlidir, bu holatlarda ham о‘zgarishlar autosomalarda yoki geterosomalarda kuzatiladi. • Xromosoma strukturasining buzilishlari xromosoma abberatsiyalari deyiladi. • Translokatsiya xromosoma bir qismini kо‘chib о‘tishi. Inversiya xromosoma bо‘lagini 180 ga aylanib qolishi. Inversiyada xromosoma qismlari uzaymaydi ham, qisqarmaydi ham. Deletsiya xromosoma bо‘lagini uzilib tushib qolishi

 • Autosomalar sonining о‘zgarishi natijasida sodir bо‘luvchi irsiy kasalliklar jinsga bog‘liq bо‘lmagan holda

• Autosomalar sonining о‘zgarishi natijasida sodir bо‘luvchi irsiy kasalliklar jinsga bog‘liq bо‘lmagan holda irsiylanadi. Bunga misol qilib “ Daun sinromi ” irsiy kasalligini olishimiz mumkin. Bu kasallikning paydo bо‘lish sababi hujayra bо‘linayotgan paytda 21 juft gomologik xromosomaning bittaga oshib ketishi ya’ni trisomik bо‘lib qolishidir. Buning oqibatida sindromga chalingan odam organizmida diploid (2 n) odatdagidek 46 ta emas balki, 47 ta bо‘lib qoladi. Bu kasallik autosoma anomaliyasi bо‘lgani uchun ayollarda ham erkaklarda ham uchraydi.

 • Angliyalik vrach Djon Lengdon Xeydon Daun bu kasallikni 1866 y “mongolizm” deb

• Angliyalik vrach Djon Lengdon Xeydon Daun bu kasallikni 1866 y “mongolizm” deb atagan, 1965 yilga kelib bu kasallikka “Daun” nomi berilgan. Ushbu sinromli bemorning asosiy belgisi; boshi nomutanosib kichik, yuzi keng, quloq va kо‘zlari kichik biriga yaqin joylashgan bо‘ladi. Og‘zi yarim ochiq, aqli sezilarli darajada past rivojlangan, kо‘pchiligida yurak parogi, bо‘yni kalta va teri burmasi mavjudligi, kо‘krak qafasi deformatsiyasi, о‘g‘il bolalarda bepushtlik bilan harakterlanadi. Daun sinromi bilan kasallanganlar о‘sma kasalligi bilan deyarli kasallanmaydilar, chunki 21 juft xromosomada о‘sma shishlari faoliyatini bо‘g‘uvchi gen joylashgan. Bu sinromga chalingan bolalarning tug‘ilishiga asosiy sabab onaning 35 40 yoshdan keyin ya’ni kech farzand kо‘rishidir. Daun sinromining 20 % dan ortig‘i otaning yoshiga bog‘liqligi aniqlangan. Daun sindromli bolalar tug‘ilish ehtimoli 1: 700 dan 1: 800 atrofida

 • Patau sindromi – bu 13 xromosomaning trisomik bо‘lishidir. Patau sinromida bosh miyada

• Patau sindromi – bu 13 xromosomaning trisomik bо‘lishidir. Patau sinromida bosh miyada nuqsonlar ( peshona bо‘laklari, miyachaning rivojlanmay qolishi), yurak tomirlar, buyraklar tuzilishida bir qancha kamchiliklar, kо‘z yorig‘ining tor bо‘lishi, yuqori lab yoki tanglayning bir tomonlama ba’zan ikkitomonlama bitmay qolishi, bо‘yin kaltaligi, tirnoqlarning kо‘ndalangiga egilganligi va boshqalar. Bu sindromga chalingan bolalarning tug‘ilishehtimoli 1: 5000 (1: 14500)

 • Edvards sindromi da hayot uchun о‘ta muhim ichki a’zolarda, jumladan yurak, о‘pka,

• Edvards sindromi da hayot uchun о‘ta muhim ichki a’zolarda, jumladan yurak, о‘pka, buyraklarda nuqsonlar bо‘lishi, ensaning turtib chiqqanligi, kо‘z yorig‘I kaltaligi, tanglayning balandligi, tо‘sh suyagining kaltaligi, qо‘l barmoqlarining ustma ust joylashishi kabi bir qancha belgilar bilan xarakterlanadi. Bu kasallikka chalingan organizmda 18 xromosoma trisomik holatda bо‘ladi. Bunday bolalarning tug‘ilish ehtimoli 1: 10000 ( 1: 11000) ta. Patau, Edvards kasaliga duchor bо‘lganlar homiladorlikning 4 5 oylarida о‘ladi yoki tug‘ilgandan sо‘ng 70 % bir oygacha yashaydi xolos. Yoshi 40 dan yuqori bо‘lgan onalardan tug‘ilgan bolalarning 1 % ga yaqinida 21 autosoma trisomiyasi, 3, 7 % ga yaqinida esa boshqa xromosoma anomaliyalari kuzatiladi.

 • Odamlarda jinsiy xromosomalar soni о‘zgarishi tufayli paydo bо‘ladigan kasalliklar ham aniqlangan. Bular

• Odamlarda jinsiy xromosomalar soni о‘zgarishi tufayli paydo bо‘ladigan kasalliklar ham aniqlangan. Bular jumlasiga “Klaynfelter sindromi” , “Shershevskiy Terner” va “ Triplo X” kasalliklarini kiritish mumkin. Autosoma va geterosoma trisomiyalaridan farqli о‘laroq X monosomiyasida ona yoki otaning yoshi kattaligi rol о‘ynamaydi.

 • Shershevskiy- Terner sindromi ayollarda uchraydi. Ulardagi genotip odatdagi “XX” xromosoma о‘rniga “XO”

• Shershevskiy- Terner sindromi ayollarda uchraydi. Ulardagi genotip odatdagi “XX” xromosoma о‘rniga “XO” bо‘ladi. Ushbu sindromli ayollarda diploid nabor (2 n) 46 ta emas balki, 45 taga tushib qoladi. Bunday ayollarning bо‘yi juda past, bо‘yni qisqa va qanotsimon teri burmalarini bо‘lishi, boldirning X simon qiyshayishi, tirnoqlar anomaliyasi va yurak tomirlar, siydik tanosil sistemasi rivojlanishida nuqsonlar kuzatiladi. Ularda jinsiy organ (tuxumdon) rivojlanmagan, ikkilamchi jinsiy belgilar ham sust namoyon bо‘ladi. Shershevskiy Terner sinromli qizlarning tug‘ilish ehtimoli 1: 5000 ga tо‘g‘ri keladi.

 • Klaynfelter sindromi faqat erkaklarda uchraydi. Bu kasallikka uchragan bemorlarda jinsiy xromosomalar XYY,

• Klaynfelter sindromi faqat erkaklarda uchraydi. Bu kasallikka uchragan bemorlarda jinsiy xromosomalar XYY, XXXY va h. genotipga ega bо‘ladilar. Shuning hisobiga ulardagi diploid (2 n) nabor 47 ta bо‘lib qoladi. Klaynfelter sinromli odamda bо‘y, qо‘l va oyoqlar haddan tashqari uzun, yelka chanoqqa nisbatan tor, skelet tuzilishi ayollar skeletiga о‘xshash bо‘lib, badanda ayollardagi singari yog‘ tо‘planadi. Yurak va о‘pka kasalliklari, venalarda yengil formada varikozli kengayish mavjudligi. Terida melanin pigmenti kamayishi hisobiga terining oq rangda, kо‘zning havorangi va ovoz mayinligi kuzatiladi. Bu kasallikning XYY holati о‘rtacha yangi tug‘ilgan bolalarda 1000 tadan bittasida, XXY XXXY kabilar esa 1/500 tada uchraydi.

 • Triplo X-sindromi – faqat maxsus tekshirishlar о‘tkazilgandagina aniqlanadigan kalla suyagining, tishlarning va

• Triplo X-sindromi – faqat maxsus tekshirishlar о‘tkazilgandagina aniqlanadigan kalla suyagining, tishlarning va skeletning anomaliyalari. Jinsiy a’zolarda aytarsiz о‘zgarishlar. Yengil aqliy zaiflik (0, 5 1%) shizofreniya (umumiy populyatsiyaga nisbatan). Kо‘pincha tо‘rt barmoqli kaft (teri burmasining mavjudligi). Xromosomalar XXX oqibatida 47 ta bо‘lishi. Uchrash ehtimolligi 1 13: 1000 ga tо‘g‘ri keladi. • Odamdagi 5 xromosoma kalta bо‘lagining deletsiyasi “Mushuk chinqirog‘i” kasalligini keltirib chiqaradi. Bunday bolalar tug‘ilganida yig‘lash о‘rniga mushukka о‘xshab miyovlagan ovoz chiqaradi. Bu ulardagi ovoz apparatini va markaziy nerv sistemasida ham kasallik bо‘ladi. Bu deletsiya geterozigota holatda fenotipda namoyon bо‘ladi. Bunday sindromga chalingan bolalar gо‘daklik davridayoq о‘ladilar

 • Xromosoma kasalliklariga aniq tashhis qо‘yishda quyidagilarni aniqlash kerak: • • • mutatsiya

• Xromosoma kasalliklariga aniq tashhis qо‘yishda quyidagilarni aniqlash kerak: • • • mutatsiya turini jarayonda ishtirok etuvchi xromosomani shaklini ( tо‘liqmi yoki mozaikalimi) kasallik turini ( sporodik holat yoki irsiylanuvchi shaklimi) Bunday tashhisni faqat sitogenetik tekshirishlar natijasida olish mumkin.

 • Gen deganda u yoki bu oqsil molekulasini polipeptid zanjirini sintez qilishda qatnashadigan

• Gen deganda u yoki bu oqsil molekulasini polipeptid zanjirini sintez qilishda qatnashadigan DNK ning bir bо‘lagi. Odamning autosomalarida joylashgan genlar mutatsiyasi oqibatida yuzaga keladigan irsiy kasalliklar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: • • 1. Sindaktiliya panjalarning tutashib ketishi; 2. Polidaktiliya qо‘shimcha barmoqlarning hosil bо‘lishi; 3. Braxidaktiliya barmoqlarning normadan kalta bо‘lishi; 4. Mikrotsefaliya

 • Mikrotsefaliya kalla yuz qismining g‘ayritabiiy katta va bosh qismining esa juda kichik

• Mikrotsefaliya kalla yuz qismining g‘ayritabiiy katta va bosh qismining esa juda kichik bо‘lishi. Bu kasallikka duchor bо‘lgan shaxslar aqliy zaif bо‘ladilar. Qayd etilgan gen kasalliklari dominant holatda irsiylanadi. Shuning uchun ularni erta, nisbatan osonlik bilan aniqlash mumkin. Bu esa zarur bо‘lgan davolash tadbirlarini vaqtida boshlash imkoniyatini beradi va bu kasalliklarni davolash imkoni bordir. • Albinizm- kasalligi retsessiv genlarni gomozigota holatga о‘tishi natijasida paydo bо‘ladi. Bu kasallik terida, shilliq qavatlarda, sochda, kо‘zda pigmentlarning bо‘lmasligi, sochlari oq va kо‘rish qobiliyatida kamchiliklar bо‘lishi, quyosh nuriga juda ta’sirchan bо‘lishi bilan xarakterlanadi. Kо‘pincha tug‘ma karlik kuzatiladi. Autosomali retsessiv, autosomali dominant, X ga birikkan retsessiv tiplari uchraydi. Chastotasi 10000 tadan bittasida yoki 200000 tadan bittasida uchraydi.

 • Gemofiliya- ( qon ivimasligi) kasalligini paydo qiluvchi retsessiv gen (h) odamning jinsiy

• Gemofiliya- ( qon ivimasligi) kasalligini paydo qiluvchi retsessiv gen (h) odamning jinsiy (X) xromosomasida joylashgan. Shuning uchun bu kasallik jinsga bog‘liq holda irsiylanadi. Har xil antigemofiliya globulinlari sintezining irsiy buzilishlari natijasida tromboplastin hosil bо‘lishi va qon ivishi jarayoni buziladi. Gemofiliyaning 4 ta turi farqlanadi: A, V, S, D. Bular qatoridan A va V jinsiy X ga birikkan retsessiv tipda irsiylanadi. S va D autosoma dominant holda irsiylanadi. • Daltonizm –(qizil va yashil ranglarni ajrata olmaslik) holatini belgilovchi genlar autosoma retsessiv hamda X xromosomada joylashgan. Ba’zan kо‘rish funksiyasining buzilishi, katarakta. Rang ajrata olmaslik tо‘liq (axromatopsiya), qisman (dixromotopsiya qizil, kо‘k yashil ranglardan birini, hamda 3 ta rangdan ikkitasini ajrata olmaslik) bо‘lishi mumkin.

 • Fenilketonuriya- da odamning nerv sistemasi qattiq jarohatlanadi, jismoniy va aqliy zaiflik rivojlanadi.

• Fenilketonuriya- da odamning nerv sistemasi qattiq jarohatlanadi, jismoniy va aqliy zaiflik rivojlanadi. Soch oq rangda, teri och rangda, kо‘zning havorang bо‘lishi tanada о‘ziga hos (sichqon hidi) kuzatiladi. Tomir tortishishi va mushak distrofiyasini kuzatish mumkin. Siydikda fenilpirouzum kislotasining va qon plazmasida fenilalanin yuqori miqdori (6 8 %) tirozinning kamayishi (1: 5 mg% gacha) kuzatiladi. Agar о‘z vaqtida aniq tashhis qо‘yib, chaqaloq ovqati tarkibidan fenilalanin ajratib tashlanmasa, miya shakllanishi buzilib, mikrotsefaliya rivojlanadi, aqliy zaiflik belgilari paydo bо‘ladi. • Araxnodaktiliya- (Morfan sindromi) irsiylanish tipi autosomali dominant. Kifoz ba’zan skolioz. Voronkasimon yoki qilsimon kо‘krak qafasi, oyoqlar uzunligi, arxnodaktiliya, yassi oyoqlik. 40 60% gacha yurak –tomir sistemasi anomaliyalari. Kо‘z gavxari ektopiyasi, katarakta, о‘tkir glaukoma, qovurg‘alar orasi kengligi kabi belgilar kuzatiladi.

 • Galaktozemiya- kо‘krak suti emizilishi boshlanishi bilan qusish, sariqlik, vaznning kamayishi, assit, katarakta,

• Galaktozemiya- kо‘krak suti emizilishi boshlanishi bilan qusish, sariqlik, vaznning kamayishi, assit, katarakta, aql zaifligi kuzatiladi, og‘ir shakllari о‘limga sabab bо‘lishi mumkin, rivojlanishda orqada qolish kuzatiladi. Autosoma retsessiv holatda irsiylanadi. Chastotasi: 1: 70000. Geterozigotalikda 1: 268 nisbatda tо‘g‘ri keladi. Qon tekshirilganda galaktoza mikdori ortishi, galaktoza berilganda patologik yegri chiziq bо‘lishi, assidoz kuzatiladi. Siydikni tekshirganda galaktozuriya, proteinuriya, kuzatiladi. Ovqat tarkibidan sut va galaktozasi bо‘lgan maxsulotlarni chiqarib tashlash. Bolalarga galaktozasi bо‘lmagan ovqat aralashmalari berish.

 • О‘roqsimon kamqonlik hujayrada molekulalar faqat kerakli vaqtda va miqdorda sintezlanadi. Bu jarayondagi

• О‘roqsimon kamqonlik hujayrada molekulalar faqat kerakli vaqtda va miqdorda sintezlanadi. Bu jarayondagi har bir hato oqsil sintezining buzilishiga sabab bо‘ladi. Oqibatda nasliy kasalliklar kelib chiqadi. Masalan: normal gemoglabin ( Hb. A) betta B subbirliklarida 6 о‘rindagi aminokislota glutamat о‘rniga valin joylashishi tufayli yelib chiqadigan Hb. S gemoglabin sitez qilinishi о‘roqsimon kamqonlik deb ataladi. О‘roqsimon gen alleli geterozigota holatida о‘roqsimon shakldagi eritrotsitlar qisman yuzaga keladi va kislorod tashishga unchalik putur yetmaydi. О‘roqsimon anemiya alleli bо‘yicha geterozigota bо‘lgan shaxslar bezgak kasalligi bilan kam og‘riydilar. Chunonchi odamlarda bir zararli belgi (о‘roqsimon anemiya) ikkinchi foydali belgi (bezgakka chidamlilik) bitta gen ta’sirida bо‘ladi. Oqsil sintezidagi bunday fojeali о‘zgarish DNK dagi ya’ni gendagi defektga bog‘liq

 • Test savollari • 1. Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda kardiomiopatsiya kasalligining irsiylanish qonuniyatlari

• Test savollari • 1. Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda kardiomiopatsiya kasalligining irsiylanish qonuniyatlari kimlar tomonidan o’rganilmoqda? • • • 1)Z. Bo’riyev; 2)G. Hamidullayeva; 3)B. Irisboyev; 4) A. Ikromov; 5)O. T. Odilova; 6)S. Jatayev; 7)R. S. Muhamedov; 8)F. Muhamedxonova; A)2, 3 B)5, 6 S)1, 2 D)4, 7 2. ……. transduksiya jarayoni deb ata ladi? A)Bitta bakteriyalar hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali genlarning o’tishiga B)Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo’lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga S)Har qanday shtammga oid mutatsiya oqibatida o’zgarib, bir dona bakteriya bo’linib ko’payishi natijasida hosil bo’lgan hujayralar to’plamiga D)Yot DNK bo’lagini rekombinant vektor konstruksiyalar vositasida ko’paytirishga 3. O’simlik irsiyatini o’zgartirish uchun jarayonlarni ketma ketligini aniqlang? 1)Vektor konstruksiya hujayraga kiritiladi; 2)Transgen hujayradan sun’iy sharoitda yetuk o’simlik o’stiriladi; 3)Ahamiyatga ega bo’lgan gen ajratib olinadi va tuzilishi o’rganiladi;

 • 4)Ajratib olingan gen xromosoma DNK bilan rekombinatsiyalanuvchi biror fag genomi, transpazon yoki

• 4)Ajratib olingan gen xromosoma DNK bilan rekombinatsiyalanuvchi biror fag genomi, transpazon yoki plazmid bilan biriktirilib vektor konstruktsiya yaratiladi. A) 3, 4, 1, 2 B)2, 3, 4, 1 S)1, 2, 3, 4 D)3, 1, 2, 4 • 4. J. Gyordon (1); J. H. Hamidov (2); Roslin (3); a)qoyning klonini yaratdi; b)yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi; c)quyon zigotasiga o’sish gormoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va tez o’suvchi transgen quyon oldi? Olimlarning ishlarini juflang? • A)1 b, 2 c, 3 a B)1 a, 2 c, 3 b S) 1 c, 2 b, 3 a D)1 b, 2 a, 3 s • 5. PCR texnologiyasini qo’llab o’nlab harfli va irsiy kasalliklarning gen injenerligi tashxisi biotexnologiyasini keng tadbiq qilgan olimlar? • 1)Z. Bo’ryiev; 2)G. Hamidullayeva; 3)B. Irisboyev; 4)A. Ikromov; 5)O. T. Odilova; • 6)S. Jatayev; 7)R. S. Muhamedov; 8)F. Muhamedxonova; • A) 3, 7 B)5, 6 S)1, 2 D)4, 8

 • 6. “Yangi” organlar yaratish texnologiyasi qaysi to’qimalar uchun biroz • • •

• 6. “Yangi” organlar yaratish texnologiyasi qaysi to’qimalar uchun biroz • • • mushkulroq? A)Yurak, jigar, buyrak. B)O’pka, jigar, tog’ay S)Qovuq, teri, tog’ay. D)Pay, teri, tog’ay 7. ……. mazkur shtammning kloni deb ataladi? A)Har qanday shtammga oid mutatsiya oqibatida o’zgarib, bir dona bakteriya bo’linib ko’payishi natijasida hosil bo’lgan hujayralar to’plamiga B)Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo’lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga S) Bitta bakteriyalar hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali genlarning o’tishiga D)Yot DNK bo’lagini rekombinant vektor konstruksiyalar vositasida ko’paytirishga 8. “Yangi” organlar yaratish texnologiyasi qaysi to’qimalar uchun qulay? A)Pay, teri, tog’ay B)Yurak, teri, pay S)O’pka, jigar, tog’ay. D)Qovuq, teri, tog’ay

 • 9. Zigotaga (urug’lantirilgan tuxum hujayraga) har xil genlarni mikroineksiya qilib transgen qaysi

• 9. Zigotaga (urug’lantirilgan tuxum hujayraga) har xil genlarni mikroineksiya qilib transgen qaysi organizmlarni olish ko’plab laboratoriyalarda bajarildi? • • • A) Sichqon yoki kalamush B)Sichqon yoki ondatra S)Quyon yoki sichqon D) Yumronqoziq yoki kalamush 10. ……. genlarni klonlash deb ata ladi? A) Yot DNK bo’lagini rekombinant vektor konstruksiyalar vositasida ko’paytirishga B)Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo’lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga • S)Har qanday shtammga oid mutatsiya oqibatida o’zgarib, bir dona bakteriya bo’linib ko’payishi natijasida hosil bo’lgan hujayralar to’plamiga • D) Bitta bakteriyalar hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali genlarning o’tishiga •