QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARI Tarixiy malumotlar Galen 1543 qalqonsimon
QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARI
Tarixiy ma'lumotlar �Galen (1543) – qalqonsimon bez anatomiyasini o‘rgandi. �Wharton (1656) - bezga “qalqonsimon” deb nom berdi. �King (1836) – Endokrin organlar faoliyatida bezning rolini o‘rgandi. �Baumann (1896) – qalqonsimon bez faoliyatida yod almashinuvini aytib o‘tdi.
Tarixiy ma'lumotlar �Koxer qalqonsi-mon bez jarroxligi ilmiy asosini yaratdi va 1909 yilda shu ishi uchun Nobel mukofati bilan taqdirlandi. �O. V. Nikolaev (1951) – subtotal subfasial strumektomiya operatsiyasini taklif qildi.
Tarixiy ma'lumotlar �S. A. Masumov – O’zbekistonda endemik o’choqlarni aniqladi va buqoq prpfilaktikasini taklif qildi. �M. S. Astrov, R. Islambekov, Yo. X. Turakulov Respublikamizda bo‘qoqni o‘rganishda katta xissa qo‘shdilar.
Epidemiologiya Xozirgi vaqtda Respublikamizda 15 dan ortiq endemik o’choqlar mavjud bo’lib, 10 -20% axolida xar xil kattalikdagi qalqonsimon bez kattalashishi aniqlanadi. Bu xolat yer, suv va atrof muxitda yod yetishmasligi bilan bogliq bo’lib, bu xolat qalqonsimon bezni giperplaziyaga uchrab endemik buqoq rivojlanishida asosiy rol o’ynaydi .
Qalqonsimon bez anatomiyasi 1 3 1 – Qalqonsimon tog‘ay 2 – Chap bo‘lak 3 – Yuqorigi arteriya 2 4 – Bo‘yincha 5 – n. reccurens 4 6 – Umumiy uyqu arteriyasi 5 6 Bez vazni – 25 -40 g Qon oqimi-150 ml/sek
Qalqonsimon bez anatomiyasi 1 -qalqonsimon-til osti mushagi 2 -qb piramidal bo’lagi 3 -yuqori qalqonsimon arteriya 4 -qb chap bo’lagi 5 -qb bo’yinchasi; 6 -pastki qalqonsimon vena 7 -traxeya; 8 -pastki qalqonsimon arteriya; 9 -qalqonsimon toq venasi 10 -qb o’ng bo’lagi 11 -yuqori qalqonsimon venasi 12 -qalqonsimon tog’ay 13 -yuqori xiqildoq arteriyasi 14 -til osti suyagi
Qalqonsimon bez strukturasining sxematik ko’rinishi �
Qalqonsimon bez ishlab chiqadigan gormonlar triyodtironin (T 3) tiroksin tetrayodtironin (T 4) Yodli gormonlar Yodlanmagan gormon tireokol tireokalsitonin
Klassifikatsiyasi �Qalqonsimon bez tug’ma nuqsonlari �Qalqonsimon bez jarohatlari �Qalqonsimon bez yallig‘lanishi: � - tireoiditlar (Xoshimoto buqog‘i) � - strumitlar (Ridel buqog‘i). �Endemik buqoq: - diffuz - tugunli - aralash �Sporadik buqoq: � - diffuz - tugunli - aralash �Diffuz toksik buqoq (Bazedov kasalligi, tireotoksikoz), �Toksik adenoma (tugunli toksik bo‘qoq), �Qalqonsimon bez o‘smalari: � - xavfsiz o‘smalar � - xavfli o‘smalar
Qalqonsimon bezni tekshirish usullari Ob'ektiv tekshirish usullari (shikoyatlari, anamnez yig‘ish, umumiy ko‘rik, paypaslash. ), Qonda bez gormonlarini tekshirish, UTT, Radioizotop skanerlash, Kompyuter tomografiya, MRT, Qalqonsimon bez biopsiyasi.
Qalqonsimon bez paypaslash usullari �Bemor vrachga yuzmayuz qarab o‘tiradi yoki tik holat-da turadi, bunda har bir qo‘lning to‘rttala barmog‘i bemor bo‘ynining yon tomonlarida joylashadi, ikkala bosh barmoq bilan bez paypaslab ko‘riladi
Qalqonsimon bez paypaslash usullari �Bemor vrachga orqasini o‘girib, boshini oldinga va pastga bir oz engashtirib o‘tirgan holatda. Bu holatda bo‘yin mushaklari bo‘shashadi va bezni tekshirish osonlashadi. Bunda har bir qo‘lning to‘rttala barmog‘i bez ustida joylashadi, bosh barmoqlar esa bo‘yin-ni orqa tomondan egallaydi
Radioizatop skanerlash
Qalqonsimon bez scintigrafiyasi Diffuz(chapda) va tugunli(o‘ngda) toksik buqoqda radiaktiv yodning to‘planishi.
Qalqonsimon bez biopsiyasi
Funksional holati bo‘yicha bo‘qoq bo‘lishi mumkin 1. Gipertireoid - qalqonsimon bez faoliyati oshgan 2. Eutireoid - qalqonsimon bez faoliyati buzilmagan 3. Gipotireoid - qalqonsimon bez faoliyati pasaygan bo‘ladi
Gipertireoz – T 4 va T 3 tireoid garmonlar ishlab chiqarilishini ortishi bilan xarakterlanadigan QB kasalligi. Tireotoksikoz — qon va to’qimalarda QB da ishlab chiqariladigan tireoid garmonlar konsentrayasini uzoq vaqt yuqori bo’lishi natijasida kelib chiqadigan klinik sindrom. Tireotoksikoz 60— 80% xollarda difffuz toksik buqoq (yod-bazedov), toksik adenoma (Plammer kasallligi), autoimmun tireoiditlarda, bundan tashqari to’kimalarni tireoid garmonlarga sezgirligini oshib ketishi, gipofiz adenomalarida, chaqaloqlarda onasida qalqonsimon bez giperfunksiyasi xisobiga rivojlanadi.
Qalqonsimon bez kasalliklaridagi simptomlar �Delrampel simptomi �Shtelvag simptomi �Grefe simptomi �Koxer simptomi �Mebius simptomi �Melixov simptomi �yellinek simptomi �Rozenbax simptomi �Zenger simptomi �Dalmedi simptomi
Tireotoksikoz og‘irlik darajalari Engil daraja - nevrologik belgilar unchalik ifodalanmagan bo‘lib, qalqonsimon bez kattalashgan, taxikardiya (1 daqiqada 80100 zarba), qo‘l va barmoqlarda kuchsiz ifodalangan tremor bo‘ladi. Bemor vazni 10% gacha kamayishi mumkin.
Tireotoksikoz og‘irlik darajalari O‘rtacha og‘irlikdagi daraja - markaziy nerv sistemasi faoliyatining ro‘y-rost buzilishlari, taxikardiya (1 daqiqada 100 -120 zarba), sistolik va diastolik qon bosimining ortishi, yurak yetishmovchiligining kelib chiqishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemor vazni ancha kamayadi, yaxshi ovqatlanishiga qaramasdan ozib ketish hollari kuzatiladi, kun davomida mehnatga layoqat pasayadi. Asosiy modda almashinuv jaroyoni - 60% gacha ortadi.
Tireotoksikoz og‘irlik darajalari �Og‘ir daraja - markaziy nerv sistemasining o‘rtacha og‘ir-likdagi tireotoksikozga xos buzilishlari bilan bir qa-torda, mushak sistemasida keskin sustlik, yurak-qon tomir-lar sistemasidagi og‘ir buzilishlar, parenximatoz a'zo-larda distrofik o‘zgarishlar rivojlanadi. Taxikardiya chuqurlashadi (1 daqiqada 120 zarbadan ortiq), aksariyat tomir urishida aritmiya, hamda yurak yetishmovchiligi yuzaga keladi. Asosiy modda almashinuv - 60% va undan ko‘proqqa ortadi, bemor nihoyatda ozib, tanasining vazni keskin kamayadi.
Tireotoksikoz asoratlari Eng ogir asoratlaridan bu tireotoksicheskiy kriz (gipertireoid koma, bazedov komasi) xisoblanadi, bu xolat urta darajadagi tireotoksikozda xam rivojlanishi mumkin. Uzok vakt davomida tireotoksikozni kompensatsiya bulmasligi, KB dagi operatsiyalar, kaysidir somatik kasalliklarni kushilishi kriz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tireotoksik kriz boshida tana xarorati kutarilishi va kuzgaluvchanlik kuzatilib, keyinchalik adinamiya, kungil aynash va kusish xisobiga suvsizlanish belgilari, AKB ni tushib ketishi, xattoki bemor xushini yukotishi bilan xam ifodalanishi mumkin.
Muolaja – konservativ davolash � 1. Mikrodozalarda yod moddasi, lyugol eritmasi, dengiz karami va. . � 2. Merkazolil � 3. Beta-adrenoblokatorlar � 4. Yurak glikozidlari � 5. Metiltiouratsil � 6. Detoksikatsion muolaja va diurezni kuchaytirish. � 7. Organizm quvvatini oshiradigan muolajalar: gemotransfuziya, plazma va oksilli, kon urnini bosuvchi preparatlar, anabolik preparatlar, vitaminlar. � 8. Fizioterapevtik usullar – elektr moslama yordamida uyqu, galvanik yoka kuyish, giperbarik oksigenatsiya (GBO) � 9. Radioaktiv yod (J 131) ishlatish
Operativ davolash Xirurgik davolashga ko‘rsatmalar �III daraja va undan yuqori kattalikdagi diffuz buqoq �traxeyaning ezilishi yoki siqilishi holatlari, �tugunli va aralash buqoqlar, �yod moddasi bo‘lgan preparatlarga allergiya, �Kasallikka va yurak-qon tomirlar tomonidan bo‘lgan o‘zgarishlarga spetsifik muolaja ta'sirsizligi, �Bemorning yoshi (keksa, yosh bola) qalqonsimon bezda operatsiya o‘tkazishga monelik qiladigan hol hisob-lanmaydi, biroq bu yoshlarda operatsiya turini tan-lashga birmuncha ehtiyotlik bilan yondoshish lozim.
Operativ usullar �O. V. Nikolaev bo‘yicha strumektomiya amaliyoti - subtotal subfassial �Drachinskaya, Breydo usullari (bez to‘qimasidan qaerda va qancha qoldirilishi bilangina farqlanadi) �Enukleatsiya (tugunni bez to‘qimasidan sidirib olish) �Mikulich usuli (bez tugunini yon tuqimalari bilan rezeksiya qilish).
Asoratlar: �Intraoperatsion: �qon ketishi �qaytuvchi nervlar zararlanishi �havo emboliyasi �paraqalqonsimon bezlarning shikastlanishi �o‘tkir asfiksiya Postoperatsion: tireotoksik kriz paratireoid tetaniya traxeomalyasiya gipotireoz afoniya
Gipotireoz - Qalqonsimon bez funksiyasi pasayishi bilan xarakterlanadigan (T 4 va T 3 garmaonlari ishlab chiqarilishini kamayishi). Gipotireoz klassifikatsiyasi 1. Birlamchi gipotireoz – bunda tireoid gormonlar ishlab chiqarilishini sababi QB ni o’zida bo’ladi. 2. Ikkilamchi gipotireoz – bu xolat patologik jarayon gipotalamo-gipofizar sistemada joylashganda kuzatiladi.
Gipotireoz Patogenezida yod saklovchi garmonlar mikdorini kamayishi xisobiga organizmda modda almashinuv xamma turlarini buzilishi yotadi. Gipotireozda kislorod bulgan talab, issiklik ishlab chikarilishi va almashinuvi pasayadi, oksillar sintezi buzilishi xisobiga organizmda parchalanish maxsulotoari tuplanib koladi. Bosh miyada almashinuv jarayonlari buzilib, kup narmonlarni ishlab chikarilishi kamayadi. Teri, teri osti yog kavati, organ va tukimalardamutsin moddasi tuplanib, u suvni ushlab kolishi natijasida shillik kavatlarda uziga xos shishlar paydo buladi. Ogir xollarda mutsin perikard, plevral va korin bushliklariga xam yigilishi mumkin.
Gipotireozni davolash Doimiy o’rinbosar terapiya L-Тiroksin
Qalqonsimon bez rivojlanish nuqsonlari Aplaziya – kam uchraydi, embrional davrda to’qimalar differensirovkasini buzilishi xisobiga kelib chiqib erta chaqaloqlik davridan og’ir tug’ma gipotireoz klinikasi bilan nomoyon bo’ladi. Tug’ma gipoplaziya ona organizmida yod yetishmasligi sababli bolada rivojlanadigan xolat, klinik jixatdan kretinizm va bolani jismoniy rivojdanishini orqada qolishi bilan namoyon bo’ladi. Ikkala xolatda xam asosiy davo- butun umrga o’rinbosar gormonterapiya. Bundan tashqari bo’yin tug’ma kistalari, oqmalari, til osti xamda to’sh orti soxasida tug’ma buqoq uchrashi mumkin.
Qalqonsimon bez jaroxatlari kam uchraydi, ko’pincha bu xolat bo’yin organlari bilan birga kuzatiladi. Ochiq jaroxatlar qon ketish bilan xavfli bo’lib tezkor xirurgik yordam talab qiladi. Yopiq jaroxatlar bo’yin siqilishida (osilganda) kuzatilib gematomalar bilan namoyon bo’ladi.
Autoimmun ( Xasimoto limfomatoz buqog’i) tireoidit Autoimmun tireoidit – ko’p uchraydigan autoimmun kasallik xisoblanadi. Axoli ichida tarqalishi 0, 1 - 1, 2% foizni, 60 yoshjan oshgan ayollarda esa 610% tashkil qiladi. Umumiy populyasiyada xar 10 -30 ayoldan bittasida autoimmun tireoidit uchraydi.
Autoimmun tireoidit klassifikatsiyasi 1. Surunkali autoimmun tireoidit 2. Gipertrofik autoimmun tireoidit 3. Atrofik autoimmun tireoidit
Etiopatogenez Bunda organizm immun sistemasi o’zini to’qimasiga nisbatan antitelo ishlab chiqara boshlaydi. Bu bemorlarda qonda tiroglobulin va QB peroksidazasiga qarshi antitelolarni topish mumkin. Autoimmun tireoidit oilaviy xam kuzatilishi mumkin. Antitireoid antitelolar titri autoimmun jarayon aktivligiga bog’liq bo’lib, kasallik davomiyligiga qarab o’zgarib turishi mumkin.
Klinikasi Tireoidit dastlabki bosqichlarida bir necha yillar tireotoksikoz xolati kuzatilishi mumkin, lekin keyinchalik to’qimalarni o’lib borishi natijasida avval eutireoz xolati, keyinchalik gipotireoz xolati rivojlanadi. Asosiy shikoyatlari: yutish va nafas olishni qiyinligi, va ko’pincha qalqonsimon bez soxasida yengil og’riqga. Simmetrik ravishda bez kattalashadi, konsistensiyasi qattiq va palpatsiyada “notekislik”, ba'zi xollarda tugunga o’xshash xolat aniqlanishi mumkin.
Davolash Autoimmun tireodit davosi qalqonsimon bezni funksional xolatiga bog’liq ravishda olib boriladi, asosiy davo glyukokortikoid garmonlar xisoblanadi. Gipertrofik shaklida bo’yin va ko’ks oralig’i organlarini siqilish belgilarida, xamda uzoq vaqtda sekin kattalashib borayotgan bez birdaniga tez o’sishi kuzatilgan xolatlarda xirurgik davo tavsiya qilinadi.
O’tkir osti tireodit – qalqonsimon bez yallig’lanish kasalligi bo’lib, kasallikni virus etiologiyaligini 1904 yilda de Kerven aniqlagan. Bu kasallik o’tkir, surunkali yoki qaytalanuvchi shakllarda kechishi mumkin. Ko’pincha kasallik 20 -50 yoshli ayollarda uchraydi.
O’tkir osti tireodit Kasallik qalqonsimon bezni o; rtacha kattalashishi va kapsulasida yallig’lanish reaksiyasi rivojlanishi bilan namoyon bo’ladi. Yallig’lanish o’chog’i ko’pincha chegaralangan bo’lib, bitta bo’lagida yoki bez bo’yinchasida joylashishi mumkin. Kam xollarda butun bezni kasallanishi kuzatilishi mumkin.
Klinikasi Asosiy simptomlaridan biri – yutinish vaqtida kuchayadigan qalqonsimon bez soxasida og’riq xisoblanadi, ba'zida quloqqa tarqalishi mumkin. Bundan tashqari bemorni tana xarorati subfebril, ba‘zi xollarda 38 -39 gradusgacha ko’tarilishi mumkin. O’tkir bosqichida follikulalar shikastlanib ko’p miqdorda tireoid garmonlar qonga chiqishi natijasida 50% bemorlarda o’rtacha tireotoksikoz xolati kuzatilishi mumkin. Kasallikni o’tkir davri xaftadan 1 -2 oygacha, o’tkir osti davri 3 -6 oygacha davom etadi. Kasallik oxirida gipotireoz xolati kuzatilishi mumkin.
Buqoq - qalqonsimon bez giperplaziyasi Endemik buqoq – biosferasi yodga tansiq geografik muhitda uchraydi Yod tansiqligi, Mikroelemenlar muvozanatining buzilishi, Strumogen faktorlar �Sporadik buqoq-endemik o‘choq bo‘lmagan joylarda uchraydi. Psixologik stress, Og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiya, Sanitar - gigiena normalari buzilishi
Endemik buqoq – qalqonsimon bez diffuz kattalashishi bo’lib organizmga yod tushishi yetishmasligi xisobiga kelib chiqadi. Patogenezida yod yetishmasligi xisobiga qonda tireoid garmonlar konsentratsiyasi kamayib, qayta mexanizm asosida gipofizda TTG ni ishlab chiqarilishi ortadi. TTG o’z navbatida tireotsitlar miqdorini ortishi, tireoid garmonlar miqdorini ortishi va qalqonsimon bez kattalashishiga olib keladi.
Klinikasi Katta o’lchamdagi buqoq bo’yin organlarini ezilishi va shu xisobiga yutishni qiyinlashishiga, bo’yin soxasida og’irlik xissiga olib keladi, bunda buqoq tashqaridan ko’rinib turadi.
Endemik buqoq diagnostikasi Xozirgi vaktida kalkonsimon bezni ulchamini ultratovush tekshiruvi yordamida anik ulchash mumkin. Xalkaro me'yorlar buyicha UTT da kalkonsimon bez xajmi ayollarda 18 mldan, erkaklarda 25 ml dan yukori bulsa buqoq tashxisi kuyiladi. Kalkonsimon bezni UTT da xajmini aniklash uchun xar bir bulakni 3 ta ulchami olinadi va xisob olib boriladi.
Bezning kattaligi bo‘yicha O. V. Nikolaev tasnifi � O daraja - bez ko‘rinmaydi yoki paypaslaganda bilinmaydi, �I daraja - bez ko‘rinmaydi, paypaslaganda qo‘lga seziladi va yutish harakatlaridagina ko‘rinadi, � II daraja - qalqonsimon bez yutinganda ko‘rinadi va qo‘lga yaxshi unnaydi, biroq bo‘yinning shakli o‘zgarmagan bo‘ladi. � III daraja - bez ko‘zdan kechirilganda kattalashgani bilinadi, bo‘yin shakli o‘zgarib, yo‘g‘onlashadi - «yo‘g‘on bo‘yin» belgisi. � IV daraja – kattalashgan bez bo‘yin ko‘rinishini buzib turadi, aniq yuzaga chiqqan buqoq ko‘rinadi. �V daraja - o‘lchamlari juda katta bo‘lgan bez ko‘rinadi, bu davrda bez qizilo‘ngach yoki traxeyani ezib, yutinish va nafas olishni qiyinlashtirib qo‘ygan bo‘ladi. Funksional holati bo‘yicha buqoq bo‘lishi mumkin gipertireoid - qalqonsimon bez faoliyati oshgan eutireoid - qalqonsimon bez faoliyati buzilmagan gipotireoid - qalqonsimon bez faoliyati pasaygan bo‘ladi
Diffuz toksik buqoq
Tugunli buqoq
Aralash buqoq
Endemik buqoqni davolash Bolalar va usmirlar uchun kuniga 200 mkg yod saqlovchi preparat, masalan «Kaliy yodid 200 Berlin-Xemi» , kattalar uchun esa - 300 -400 mkg/kuniga
Buqoq profilaktikasi Umumiy Aholini yodlangan tuz istemol qilishi, Sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishi, Stress ta'sirini kamaytirish, Ratsional ovqatlanish. Individual Mirodozada moddalari antistrumin qilish yod va qabul
- Slides: 54