OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI Rja 1 Ovqat hazm

  • Slides: 39
Download presentation
OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI

OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI

Rеja: 1. Ovqat hazm qilish a`zolarining tuzilishi 2. Og’iz bo’shlig’ining tuzilishi. 3. Halqum va

Rеja: 1. Ovqat hazm qilish a`zolarining tuzilishi 2. Og’iz bo’shlig’ining tuzilishi. 3. Halqum va qizilo’ngachning tuzilishi. 4. Mе'daning tuzilishi. 5. Ingichka ichaklarning tuzilishi. 6. Yo’g’on ichakning tuzilishi.

Ovqat hazm qilish - avvalo fizik o’zgarishdan (ovqat moddasi maydalanib, aralashib eriydi) boshlanadi. Hazm

Ovqat hazm qilish - avvalo fizik o’zgarishdan (ovqat moddasi maydalanib, aralashib eriydi) boshlanadi. Hazm yo’lida joylashgan bez shiralari ovqat moddalarining parchalanishida o’z kimyoviy ta’sirini ko’rsatadi. Oqsil, yog’, uglevodlar bez shiralarining tarkibidagi fermentlar ta’sirida oddiy kimyoviy birikmalarga aylanadi. Oqsillar aminokislotalarga, uglevodlar monosaxarid larga, yog’lar glitserin bilan yog’ kislotalarga parchalangandan so’ng ichak so’rg’ichlari orqali qon va limfaga shimilib hujayralar, to’qimalarga tarqaladi.

Odam hazm organlar sistemasida ovqat moddalarining parchalanib shimilishi uchun bir kecha kunduzda o’rtacha 10

Odam hazm organlar sistemasida ovqat moddalarining parchalanib shimilishi uchun bir kecha kunduzda o’rtacha 10 l gacha (taxminan 1, 5 l so’lak, 2, 5 l me’da shirasi, 1 l me’da osti bezi shirasi , 1, 2 l jigar o’ti , 2, 5 l ichak shiralari va 1, 5 -2 l iste’mol qilingan suyuqlik) suyuqlik kerak bo’ladi. Shira tarkibidagi fermentlar spetsifik xususiyatga ega bo’lib, tananing optimal (qulay) (360 -370) temperaturasidagina ma’lum bir moddani parchalay oladi.

Hazm a`zolari tizimining ko‘pchilik a`zolari ichki embrional parda – entodermadan taraqqiy qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i

Hazm a`zolari tizimining ko‘pchilik a`zolari ichki embrional parda – entodermadan taraqqiy qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i va to‘g‘ri ichakning ostki qismlari esa tashqi embrional parda ektodermadan taraqqiy qiladi. Ichak nayi devorining muskul va seroz qavatlari mezenxima to‘qimasidan rivojlanadi. Ovqat hazm qilish kanali pushtada birlamchi ichak nayi shaklida bo‘lib, homilada u og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, me’da va ichaklarga bo‘linadi. Hazm tizimi homila hayotining 4 -oyidan faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bu davrda homila ichagida bargrang mekoniy bo‘lib, uning tarkibiga epiteliy hujayralari, shilliq, o‘t, hamda homila yotgan amnion suyuqligi tarkibidagi moddalar bo‘ladi. Homila davrining so‘ngida hazm tizimi yangi tug‘ilgan bolaning hayotiy vazifalarini bajarish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Ovqat hazm qilish kanali pushtda birlamchi ichak nayi shaklida bo‘lib, homilada u og‘iz bo‘shlig‘i,

Ovqat hazm qilish kanali pushtda birlamchi ichak nayi shaklida bo‘lib, homilada u og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, me’da va ichaklarga bo‘linadi. Hazm tizimi homila hayotining 4 -oyidan faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bu davrda homila ichagida bargrang mekoniy bo‘lib, uning tarkibiga epiteliy hujayralari, shilliq, o‘t, hamda homila yutgan amnion suyuqligi tarkibidagi moddalar bo‘ladi. Homila davrining so‘ngida hazm tizimi yangi tug‘ilgan bolaning hayotiy vazifalarini bajarish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Birlamchi ichak nayining boshlang‘ich qismidan rivojlanuvchi a’zolar Hazm tizimining oldingi uchi ektodermadan taraqqiy etadi. Bosh miyaning oldingi qismi tez o‘sishi natijasida peshona bo‘rtig‘i, uning ostida esa botiqlik-og‘iz ko‘rfazi hosil bo‘ladi. Og‘iz ko’rfazi chuqurlashib entodermadan hosil bo‘lgan birlamchi ichak nayini oldingi uchiga yaqinlashadi va uni qoplagan ektoderma birlamchi ichak entodermasi bilan qo‘shilib epitelial halqum pardasini (membrana pharyngea) hosil qiladi. Homila hayotining 3 -haftasida bu parda so‘rilib, og‘iz ko‘rfazi birlamchi ichak bo‘shlig‘i bilan qo‘shiladi. Og‘iz ko‘rfazi yon va past tomondan I visseral ravoq hosilalari bilan chegaralangan.

Birlamchi ichak nayining boshlang‘ich qismidan rivojlanuvchi a’zolar hazm tizimining oldingi uchi ektodermadan taraqqiy etadi.

Birlamchi ichak nayining boshlang‘ich qismidan rivojlanuvchi a’zolar hazm tizimining oldingi uchi ektodermadan taraqqiy etadi. Bosh miyaning oldingi qismi tez o‘sishi natijasida peshona bo‘rtig‘i, uning ostida esa botiqlik – og‘iz ko‘rfazi hosil bo‘ladi. Og‘iz ko’rfazi chuqurlashib entodermadan hosil bo‘lgan birlamchi ichak nayini oldingi uchiga yaqinlashadi va uni qoplagan ektoderma birlamchi ichak entodermasi bilan qo‘shilib epitelial halqum pardasini hosil qiladi. Homila hayotining 3 haftasida bu parda so‘rilib, og‘iz ko‘rfazi birlamchi ichak bo‘shlig‘i bilan qo‘shiladi. Og‘iz ko‘rfazi yon va past tomondan I visseral ravoq hosilalari bilan chegaralangan. Bu ravoqning yuqori jag‘ o‘simtasidan: yuqori jag‘, tanglay, yuqori labning tashqi qismi, lunj, burun bo‘shlig‘ining yon devori hosil bo‘ladi. Juft pastki jag‘ o‘simtasining birikishidan esa pastki jag‘, pastki lab, og‘iz bo‘shlig‘ining tubi hosil bo‘ladi.

Og‘iz bo‘shlig‘i hazm a’zolari tizimining boshlang’ich qismi. Og’iz bo’shlig’i pastdan og’iz diafragmasi yuqoridan qattiq

Og‘iz bo‘shlig‘i hazm a’zolari tizimining boshlang’ich qismi. Og’iz bo’shlig’i pastdan og’iz diafragmasi yuqoridan qattiq va yumshoq tanglay, yon tomondan lunjlar, old tomondan lablar bilan chegaralansa, orqada tomoq teshigi vositasida halqum bilan qo’shiladi. Tishlar va jag’larning alveolyar o’simtalari og’iz bo’shlig’ini ikki: og’iz dahlizi va xususiy og’iz bo’shlig’iga ajratadi. Og’iz dahlizi tashqi tomondan lablar va lunj bilan, ichki tomondan esa tishlar va milk bilan chegaralanadi. Og’iz dahliziga kirish og’iz tirqishi lablar bilan chegaralanadi.

Tishlar (dentes) ovqat hazm qilishda ishtirok etib qolmay, odamda so’z bo’g’inlarini hosil qilishda ham

Tishlar (dentes) ovqat hazm qilishda ishtirok etib qolmay, odamda so’z bo’g’inlarini hosil qilishda ham qatnashadi. Ular yuqori va pastki jag’ning tish katakchalarida milklarning yuqorigi chekkasida joylashadi. Tishlar kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari jihatidan suyaklarga o’xshaydi va ulardan kelib chiqishi bilan farq qiladi. Tish uch qismdan: toji, bo’yni va ildizidan iborat. Tish toji (corona dentes) og’iz bo’shlig’ida ko’rinib turgan qismi bo’lib, to’rtta yuzasi bor. Tilga qaragan yuzasi (facies lingualis), og’iz dahliziga qaragan yuzasi (facies vestibularis) kesuv va kurak tishlarda lablarga qaragan (facies labialis), kichik va katta oziq tishlarda lunjga qaragan (facies buccalis) bo’ladi. Tishlarning o’zaro yondoshgan yuzasi (facies contactus) va chaynov yuzasi (facies occlusalis) tafovut qilinadi.

TISHLAR JOYLASHISHI

TISHLAR JOYLASHISHI

Quloq oldi bezi yuz terisi ostida, tashqi quloq pastida va orqa tomondagi pastki jag‘

Quloq oldi bezi yuz terisi ostida, tashqi quloq pastida va orqa tomondagi pastki jag‘ suyagi chuqurchasigacha boradi. Bez alohida-alohida bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, ularning naychalari markaziy nayga qo‘shiladi. Bezning og‘irligi 25– 30 g, fibroz parda bilan o‘ralgan. Bez naychasi chaynov muskulidan ko‘ndalang o‘tib, lunj muskuli orqali og‘iz bo‘shlig‘ining dahliziga, yuqori jag‘ning ikkinchi oziq tishlar sohasiga ochiladi. Quloq oldi bezi oqsilga boy tiniq so‘lak ajratadi. Og`iz atrofi so`lak bezlari Pastki jag‘ osti bezi 15 g bo‘lib, pastki jag‘ suyagi osti chuqurligida joylashgan. Bu bez yaxshi taraqqiy etgan parda bilan o‘ralgan. Uning chiqaruv nayi – ductus submandibularis til ostidagi so‘rg‘ichlarga ochiladi. Jag‘ osti bezi oqsil aralashgan shilliq suyuqlik ajratadi. Til osti bezining og‘irligi 5 g bo‘lib, pastki jag‘ suyagi ichki yuzasidagi shu nomli chuqurcha ustida joylashgan. Bez ustini til osti shilliq qavati burmasi qoplab turadi. Bu bez boshqa bezlar kabi bo‘lakchalardan tuzilgan. Ularning naylari alohida yoki o‘zaro qo‘shilib, bitta nay hosil qiladi.

Ovqat moddalari dastlab og’iz bo’shlig’ida mexanik va ximik o’zgarishlarga duchor bo’ladi. Ovqatning tami, sifati

Ovqat moddalari dastlab og’iz bo’shlig’ida mexanik va ximik o’zgarishlarga duchor bo’ladi. Ovqatning tami, sifati uning organizmi uchun zararsizligi og’iz bo’shlig’ida joylashgan sezuvchi nerv oxirlari (retseptorlar) orqali aniqlanadi. Organizmga zararli sifatsiz ovqat darxol chiqarib tashlanadi I. P Pavlov og’iz bo’shlig’ini hazm qilish organlar sistemasini sinov bo’limi deb hisoblagan. Ovqat moddasi og’iz bo’shlig’ida 15 -20 sek davomida chaynash yo’li bilan maydalanib, so’lak bilan aralashtirib yutishga tayyorlanadi.

Og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak aralash xarakterga ega. Uning p. H 6, 8 -7, 4 ga

Og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak aralash xarakterga ega. Uning p. H 6, 8 -7, 4 ga teng. Odamlarda bir sutkada 0, 5 -21 so‘lak ajraladi. So‘lak 99% suv va 1% quruq moddalardan iborat. Quruq qismi organik va anorganik moddalardan iborat. Anorganik moddalar-xlorid bikarbonatlar, sulfatlar, fosfatlar anionlardan va natriy, kalsiy, magniy kationlaridan, hamda temir, mis, nikel va boshqa mikroelementlardan tashkil topgan. So‘lak tarkibidagi organik moddalar asosan oqsillardan iborat. Oqsil shilimshiq modda mutsin oziq moddalarni biriktirib luqma hosil qilishda ishtirok etadi. So‘lak tarkibidagi asosiy fermentlar kuchsiz ishqoriy muhitda faoliyat ko'rsatuvchi amilaza va maltazalardir. Amilaza polisaxaridlarni (kraxmal, glikogen) disaxarid maltozagacha parchalaydi. Maltaza maltozani glyukozagacha parchalaydi.

So‘lakning tarkibida oz miqdorda uchraydigan boshqa fermentlar ham bor: gidrolazalar, oksireduktazalar, transferezalar, proteazalar, kislotali

So‘lakning tarkibida oz miqdorda uchraydigan boshqa fermentlar ham bor: gidrolazalar, oksireduktazalar, transferezalar, proteazalar, kislotali va ishqoriy fosfatazalar. So‘lak tarkibida bakteriotsid ta’sirga ega biogan oqsil tabiatli modda lizotsim (muromidaza) mavjud.

Ekskretor vazifasi – modda almashinuvida hosil bo’lgan ba’zi metabolitlar so‘lak tarkibida chiqariladi, bo’larga siydik

Ekskretor vazifasi – modda almashinuvida hosil bo’lgan ba’zi metabolitlar so‘lak tarkibida chiqariladi, bo’larga siydik kislotasi, mochevinalar kiradi. Shuningdek, ayrim dorivor moddalar (xinin, strixnin) va organizmga tashqaridan tushgan moddalarning ayrimlari (simob tuzlari, alkogol) so‘lak tarkibida ajraladi. Himoya vazifasi – so‘lak tarkibida lizotsim saqlanganligi tufayli bakteriotsid xossasiga ega. Mutsin kislota va ishqorlarni neytrallash xossasiga ega. So‘lak tarkibida ko‘p miqdorda immunoglobulinlar bo’lib, ular patogen mikroorganizmlardan himoya qiladi. Trofik vazifasi – so‘lak tarkibidagi kaliy, fosfor, ruxlar tish emalini shakllanishi uchun sarflanadi. So`lakning vazifalari Hazmga oid vazifalari – oziq moddalarni namlaydi, shilimshiq (mutsin) moddalar qismlarini biriktirib ovqat luqmasini hosil qiladi, yutilishini osonlashtiradi, tarkibidagi fermentlar ta’sirida oziq moddalar gidrolizi boshlanadi. So‘lak tarkibida qon ivishi tizimiga oid moddalar aniqlangan, bularga mahalliy gemostazni ta’minlovchi qon ivish faktorlari: qon ivishiga qarshi faktorlar va fibrinolitik va fibrin stabillovchi faollikka ega moddalarning borligi.

Qizilo‘ngach 25– 30 sm uzunlikdagi muskuldan tuzilgan bo‘lib, yuqorida VI bo‘yin umurtqasining ro‘parasida halqumdan

Qizilo‘ngach 25– 30 sm uzunlikdagi muskuldan tuzilgan bo‘lib, yuqorida VI bo‘yin umurtqasining ro‘parasida halqumdan boshlanadi, ko‘krak sohasidan diafragma orqali qorin bo‘shlig‘iga o‘tib, XI ko‘krak umurtqasi ro‘parasida me’daning kirish qismiga ulanadi. Qizilo‘ngach joylashishiga qarab uch bo‘limga ajratiladi: yuqori bo‘yin qismi, VI–VII bo‘yin umurtqalari chegarasiga to‘g‘ri keladi, o‘rta ko‘krak qismi eng uzun qismi bo‘lib, II va X–XI ko‘krak umurtqalari ro‘parasiga to‘g‘ri keladi. Pastki qorin qismi eng kalta (taxminan 1– 2 sm) bo‘lib, diafragma orqali me’daning kirish qismiga qo‘shiladi. Qizilo‘ngach orqa tomondan umurtqa pog‘onasi bilan chegaralanadi, oldindan esa kekirdakning parda qismiga tegib turadi.

Me’da hazm kanalining eng kengaygan qismi bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ining yuqori sohasida joylashgan. Uning ko‘p

Me’da hazm kanalining eng kengaygan qismi bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ining yuqori sohasida joylashgan. Uning ko‘p qismi chap tomondagi qovurg‘a osti sohasida, oz qismi esa qorin bo‘shlig‘i tepa bo‘lagining o‘rta qismida joylashgan. Me’daning shakli nokka yoki laboratoriyadagi retorta idishga o‘xshaydi. O‘rta yoshdagi odamlarda hajmi taxminan 1– 3 litr (ba’zida undan ko‘proq) bo‘ladi. Me’daning old va orqa devorlari , yuqorida kichik, pastda katta egriliklarni hosil qiladi. Me’daning kirish va chiqish qismlari tafovut qilinadi. Uning kirish – kardiya qismidagi teshik XI ko‘krak umurtqasi qarshisida bo‘lib, yurakka yaqin joylashgan. Me’daning chiqish qismi I bel umurtqasining ro‘parasida, o‘ng tomonda o‘n ikki barmoq ichakka qo‘shilib ketadi. Me’daning chiqish qismi ikkiga ajralgan: kengaygan qismi g‘orcha deyilsa, uning teshig, torayib davom etgan joyi kanal bo‘lagi deyiladi.

ME`DANING TUZILISHI

ME`DANING TUZILISHI

Me’da devori quyidagi 3 pardadan iborat: 1) shilliq parda bo‘lib, uning shilliq osti qavati

Me’da devori quyidagi 3 pardadan iborat: 1) shilliq parda bo‘lib, uning shilliq osti qavati juda yaxshi rivojlangan, 2) muskul parda, 3) seroz parda. Shilliq pardada juda ko‘p katta-kichik burmalar mavjud, ularning yo‘nalishi va miqdori katta amaliy ahamiyatga ega. Ushbu burmalardan ikkitasi kichik egrilikka parallel holda joylashib, turli tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, qolgan burmalar me’daning qolgan qismlarida o‘ziga xos shaklni tashkil qiladi. Odatda, me’dada uzoq saqlanmaydigan moddalar (suv, choy, mineral suv) mana shu kichik egrilik bo‘ylab joylashgan burmalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘n ikki barmoq ichakka o‘tadi (“me’da yo‘li”). Shilliq pardada burmalardan tashqari me’da maydonchalari mavjud. Tepachalar orasida me’da chuqurchalari bo‘lib, ularga me’da bezlari ochiladi.

ME’DA BEZLARI JOYLASHISHIGA QARAB QUYIDAGI UCH TURGA BO‘LINADI VA BIRGALIKDA ME’DA SHIRASINI ISHLAB CHIQARADI:

ME’DA BEZLARI JOYLASHISHIGA QARAB QUYIDAGI UCH TURGA BO‘LINADI VA BIRGALIKDA ME’DA SHIRASINI ISHLAB CHIQARADI: 1) KARDIAL BEZLAR, 2) ME’DANING XUSUSIY BEZLARI, ULAR ME’DANING TUBI VA TANASIDA JUDA KO‘P MIQDORDA BOSH HUJAYRALAR – PEPSINOGEN FERMENTI, QOPLOVCHI HUJAYRALAR ESA XLORID KISLOTASI ISHLAB CHIQARADI, 3) PILORIK BEZLAR, ASOSAN, SHILLIQ MODDA ISHLAB CHIQARADI. BUNDAN TASHQARI, SHILLIQ PARDADA TARQOQ JOYLASHGAN LIMFATIK FOLLIKULALAR UCHRAYDI.

O‘n ikki barmoq ichakingichka ichakning boshlang‘ich qismi bo‘lib, uzunligi 25– 30 sm yoki o‘n

O‘n ikki barmoq ichakingichka ichakning boshlang‘ich qismi bo‘lib, uzunligi 25– 30 sm yoki o‘n ikkita barmoqning ko‘ndalangiga teng. Ingichka ichak qorin bo‘shlig‘ida me’daning chiqish qismidan boshlanadi, uzunligi 5– 6 m gacha boradi. Yonbosh ichak – ingichka ichakning 2/5 qismini tashkil qiladi. Och ichak –o‘n ikki barmoq ichakning davomi bo‘lib, ingichka ichakning 3/5 qismini tashkil qiladi.

Vorsinka (so‘rg‘ich)lar sxemasi. 1–limfa va qon tomirlar chigali; 2–markaziy limfatik kapillyar; 3–limfa follikulalari; 4–qon

Vorsinka (so‘rg‘ich)lar sxemasi. 1–limfa va qon tomirlar chigali; 2–markaziy limfatik kapillyar; 3–limfa follikulalari; 4–qon tomir kapillyarlar to‘ri; 5– epiteliy; 6–qadahsimon hujayralar.

Yo‘g‘on ichak ingichka ichakdan keyin boshlanib, orqa chiqarish teshigi bilan tugaydi. Yo‘g‘on ichakning uzunligi

Yo‘g‘on ichak ingichka ichakdan keyin boshlanib, orqa chiqarish teshigi bilan tugaydi. Yo‘g‘on ichakning uzunligi 1, 5– 2 m bo‘lsa, diametri ingichka ichak diametridan deyarli ikki baravar katta. Shuning uchun ham yo‘g‘on ichak deb ataladi. Yo‘g‘on ichak ko‘richak, ko‘tariluvchi chambar ichak, ko‘ndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak, “S” simon ichak va to‘g‘ri ichakdan iborat.

YO`G`ON ICHAK

YO`G`ON ICHAK

Me’da osti bezi, me’daning orqa sohasida I–II bel umurtqalari qarshisida ko‘ndalang joylashgan. Me’da osti

Me’da osti bezi, me’daning orqa sohasida I–II bel umurtqalari qarshisida ko‘ndalang joylashgan. Me’da osti bezi og‘irligi 70– 90 g bo‘lib, uch qism (bosh, tana va dum) dan iborat: boshi, ilgaksimon o‘simtasi bilan, tanasi va dumi. Bezning bosh qismini o‘rab olgan o‘n ikki barmoq ichak taqa shaklida joylashgan.

Jigar organizmdagi bezlarning eng kattasi hisoblanadi. Jigar qorin qismini devori o’ng tomonida joylashib, diafragmaga

Jigar organizmdagi bezlarning eng kattasi hisoblanadi. Jigar qorin qismini devori o’ng tomonida joylashib, diafragmaga tegib turadi. Uning og’irligi 1500 g bo‘ladi. Uning uzunligi 20 -22 sm, eni 10 -12 sm, qalinligi 7 -8 sm. Jigarda chap (kichik) va o’ng (katta) bo’lagi bo‘lib, jigar darvozasidan jigar arteriyasi, darvoza vena jigar yo’li, limfa tomirlari va nervlari o‘tadi. Shu yo’l orqali jigardan limfa qon tomiri, venasi chiqadi va jigardan chiqqan qon pastki kovak venaga quyiladi. Jigar ovqat hazm qilishda o’t ishlab beradi.

Moddalar almashinuvida glikogen hosil qiladi hamda hazm jarayonida hosil bo‘lgan zararli moddalarni zararsizlantiradi jigarni

Moddalar almashinuvida glikogen hosil qiladi hamda hazm jarayonida hosil bo‘lgan zararli moddalarni zararsizlantiradi jigarni orqa qismidan pastki kovak vena tegib turadi, oldingi qismida o’t pufagi yetadi. Jigar o’t suyuqligi ishlab beradi va 12 barmoqli ichakka quyiladi. Bir sutkada o’t 800 -1200 ml ishlanadi o’t suyuqligi faqat ovqat hazm qilish vaqtida ichakka quyiladi. Uning reaksiyasi ishqoriydir.

Bilirubin pigmenti jigarda gemoglobinni parchalanishdan hosil bo‘ladi va ichakka undan qonga o’tib urobilin ko’rinishida

Bilirubin pigmenti jigarda gemoglobinni parchalanishdan hosil bo‘ladi va ichakka undan qonga o’tib urobilin ko’rinishida siydik orqali chiqariladi, Bilorubinni ko’p qismi axlatga rang beradigan terkobilin ko’rinishda tashqariga chiqariladi. O‘t yo‘llari kasallanganda, o‘t suyuqligi ichakka o‘tmaydi, o‘t va u pigmentlar qonga o‘tib teri va ko‘z oq pardasini sariq ranga keltiradi. O’tning asosiy vazifasi ichak shirasidagi va me’da osti bezining shirasidagi lipazani aktivlashtiradi. O’t yog‘larni emulsiya holiga keltiradi, yog‘lar va vitamin K-ning so‘rilishida qatnashadi, ichak harakatini peristaltikasini me’da osti bezidan shira ajralishini kuchaytiradi va o’t ichakka o’tgach kislotali ovqat butkasini neytrallaydi. Ovqat iste’mol qilingandan so‘ng o’t, 12 barmoqli ichakka o‘tadi: go‘shtga 8 minutdan so‘ng, nonga - 12 minutdan so‘ng, sutga 3 minutdan so‘ng o’t chiqadi. O‘t 12 barmoqli ichakka go’sht va sut is’temol qilganda 5 -7 soat davomida, non yeyilganda 8 -9 soatdan keyin quyiladi.

Asosiy adabiyotlar ro’yxati 1. Rajamurodov Z. T. , Rajabov A. L. “Odam va hayvonlar

Asosiy adabiyotlar ro’yxati 1. Rajamurodov Z. T. , Rajabov A. L. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. : Tib. Kitob. 2010 y. 158 -200 -bet 2. Nuriddinov. E. N. “Odam fiziologiyasi” T. : “A’loqachi” 2005 y. 141 -181 -bet 3. Almatov K. T. , Allamuratov. Sh. I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. : Universitet. 2004 y. 4. Xudoyberdiev. R. E. , I. K. Axmedov. “Odam anatomiyasi” T. : “Ibn Sino” 1993 y. 222 -297 -bet 5. Ahmedov. A. “Odam Anatomiyasi” T. : “Iqtisod moliya” 2007 y. 6. R. Boxodirov “Odam anatomiyasi” T. : “O‘zbekiston”, 2006 y. 159 -188 -bet • I. K. Axmedov “Atlas odam anatomiyasi”T. : “Uzb. Milliy ensiklopediyasi” 1998 y. • Adolf Faller. , Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” Thieme. Stuttgart · New Yorkhttp: //www. bestmedbook. com /698727 бет Elektron ta’lim resurslari • www. tdpu. uz • www. pedagog. uz • www. physiology. ru/handbooks. html • www. curator. ru/e-books/b 22. html