UMUMIY PEDAGOGIKA VA SHAXSIY RIVOJLANISH Teacher Otabek Bazarov
UMUMIY PEDAGOGIKA VA SHAXSIY RIVOJLANISH Teacher: Otabek Bazarov
7 - Mavzu: Tarbiya nazariyasi. Tarbiya jarayonining mazmuni. 1. Tarbiya jarayoni tarbiya nazariyasining predmeti sifatida. 2. Tarbiyaning umumiy konsepsiyalari. 3. Tarbiya jarayoni mohiyati 4. Tarbiya jarayoni qonuniyatlari. 5. Tarbiya jarayoni prinsiplari.
1. Tarbiya jarayoni tarbiya nazariyasining predmeti sifatida. Tarbiya keng ijtimoiy ma'noda — ijtimoiy madaniy tajribalarni, me'yor va qadriyatlami avloddan avlodga o'tishini ifodalaydi. Tarbiyaning ushbu ma'nosi sotsiologiya va boshqa xulq-atvor to'g'risidagi (falsafa, psixologiya, pedagogika) fanlardagi shaxsni ijtimoiylashuviga yaqinroq.
2. Tarbiyaning umumiy konsepsiyalari. Hozirgi paytda pedagogik konsepsiyalar uchun metodologik asos sifatida quyidagi falsafiy ta’limotlarni ajratishimiz mumkin. Bularga: pozitivim, pragmatizm, ekzistensializm, neopozitivizm, dialektik materializm ta’limotlari kiradi.
Nemis mutaxassisi F. V. Kron tarbiyagga bo'lgan olti yondashuvni ko'rsatib o'tgan: Tarbiya - o'ziga xos majburlashdir (Platon); Tarbiya - hayot davomida bolaga yordam berish (Pestalotsi); Tarbiya - bolani erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratish (Russo); Tarbiya - bolani nazorat va boshqarish (Gerbart); Tarbiya - bolani tajrabali va katta odamlar tomonidan rahbarlik qilish; Tarbiya - belgilangan me'yorlarni ishlab chiqarish (bixeviorizm).
3. Tarbiya jarayoni mohiyati Ijtimoiy va pedagogik fanlar tarbiyani tavsiflab, uning Ijtimoiy asosini ko'rsatib berganlar. Inson tarbiyasi jamiyatning rivojlanish darajasiga va xususiyatiariga bog’liq bo’lib , faqat insoniyat jamiyatida paydo bo'ladi va amalga oshiriladi. Inson nafaqat biologik, balki ijtimoiy mavjudot hisoblanib, uning shakllanishi mamlakatning ta'lim tizimiga , jamiyatga bog'liq.
Zamonaviy tarbiya mazmuni va ularda ilgari surilgan g'oyalar yaxlit tarzda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi: Ixtiyoriylik Tarbiya maqsadining aniqligi Bolalar va kattalar birgalikdagi faoliyati O’z-o’zini anglash Tarbiya mazmuni Tarbiyaning shaxsga yo’naltirilganligi Jamoa yo’nalishi
Amerikalik olim K. Rodgers tarbiya jarayoni tuzilishini quyidagicha ifodalaydi: 1. Tarbiyachi tarbiya maqsadini qo'yadi-tarbiyalanuvchi esa maqsadni qabul qilib, anglaydi. 2. Tarbiyachi tarbiya mazmunini aniqlayditarbiyalanuvchi esa ma'lumotlarni qabul qiladi. 3. Tarbiyachi tarbiya shaklini, metodlarini tanlayditarbiyalanuvchi esa faoliyatda faol ishtirok etadi. 4. Tarbiyachi tarbiyaviy t a'sir natijalarini baholaydi, tarbiyalanuvchi esa o'z xatti-harakadarini baholaydi. Pedagogik tizimda ta’lim , tarbiya, rivojlanish jarayonlari o'zaro bog'liqlikda kechadi.
Pedagogik tizim tuzilishi — bu pedagogik tizim komponentlariga mos keluvchi, qismlar yig'indisi hisoblanadi. Pedagogik jarayon komponentlarini quyidagilar tashkil qiladi: maqsadli — tarbiya maqsadini aniqlash; mazmuniy — tarbiya mazmunini ishlab chiqish;
4. Tarbiya jarayoni qonuniyatlari. Qonuniyat — tushunchasi qonun tushunchasiga yaqin bo’lib, tizimdagi o'zgarishlarga yo'naltirilgan va tendensiyalarini ta'minlovchi takrorlanib turuvchi ichki boglanishlardir. Qonun mazmuniga ko'ra o'zaro aloqadorlikni ifodalaydi. Qonun jarayon tomonlarini, hodisalar orasidagi obyektiv, mavjud aloqalarni aniqlash sifatida namoyon bo'ladi. Tarbiya jarayonidagi bunday aloqalar bilimlarga tayangan holda uni tushunishga, tasvirlashga, tashkil etishga yordam beradi.
Pedagogikada qonun tushunchasi bilan birgalikda tarbiya prinsipi tushunchasi aloqadorlikda o'rganiladi. Tarbiya prinsipi — bu qonunga asoslangan tarbiyaga bo'lgan asosiy talab, pedagog harakatlarini aniqlovchi bosh g'oya hisoblanadi. Tarbiya qonuniyatlari orasida tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida va pedagogik jarayon sifatida xarakterlovchi umumiy qonuniyatiar mavjud. Bu qonunlar ta'lim va tarbiya munosabatiarni ko'rsatadi.
5. Tarbiya jarayoni prinsiplari. • tarbiyani shaxs rivojlanishiga, ijodiy individuallikni shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi; • tarbiyani tarbiyalanuvchilarning yosh va individual xususiyatiarga mos bo’lishi; • tarbiya madaniy muhit xususiyatiariga mos bo'lib, tarbiyalanuvchilarni madaniyat elementlarini o'zlashtirishlari jarayonida bo'lishi; • tarbiya bolalarni faol, ongli, rivojlantiruvchi faoliyatiga jalb qilishni talab etadi; • tarbiyani jamiyat hayoti bilan, mehnat bilan, tarbiyalanuvchilarni tajribasi bilan bog'liqligi; • tarbiyani jamoada va jamoa orqali amalga oshishi; • tarbiyada tarbiyalanuvchining ijobiy tomonlariga tayanish;
Ko’p qirrali jarayon Uzluksiz jarayon Ikki tomonlama aloqa jarayoni Yaxlit tizimli jarayon Tarbiya jarayoni Uzoq muddatli jarayon Qarama-qarshiliklardan iborat jarayon
Tarbiyani xulq-atvor normalarini, jamiyat qadriyatlarini o'zlashtirishga yo'nalganligi prinsipi. Ushbu prinsipga amal qilish birinchidan, shaxs shakllanishi, madaniyat elementlarini, insoniy, milhy qadriyatlarni o'zlashtirish jarayonida amalga oshishini, ikkinchidan, tarbiya va madaniyatning o'zaro aloqadorligini ifodalaydi.
Pedagogik rahbarlikni tarbiyalanuvchilarni tashabbuskorligi va mustaqilligi bilan uyg'unligi prinsipi. Tarbiya aniqlanishi bo'yicha tarbiyalanuvchilar faoliyatini boshqarish hisoblanadi. Tarbiyalachilar tarbiyalanuvchilarda tashabbuskorligini, ijokorligini, mustaqilhgini ta'minlanishi uchun sharoit yarata olsalar va bunga erishsalar ta'lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil eta oladilar.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Tarbiya atamasi qanday ma'noni bildiradi? 2. Tarbiya, ta'lim va ijtimoiylashuv orasidagi aloqadorlikni izohlang. 3. Tarbiya jarayonining qanday asosiy xususiyatlari mavjud? 4. Pedagogik tizim va jarayon elementlarini tushuntiring.
E’tiboringiz uchun rahmat!
- Slides: 17