A Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik
A. Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti Umumiy biologiya va uni o’qitish uslubi kafedrasi o’qituvchisi AVALBOYEV OLIMJONNING ODAM FIZIOLOGIYASI FANI HAQIDA TAQDIMOTI
Odam fiziologiyasi Reja : 1. Fiziologiya fani 2. Fiziologiyaning maqsad va vazifalari boshqa fanlar bilan aloqasi 3. Fiziologiya fanining tekshirish usullari 4. Fiziologiya fanining rivojlanish tarixi 5. Organizm funksiyalarining boshqarilishi 6. Gemeostaz 7. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya 8. Qo’zg’aluvchanlik 9. Qo’zg’alish 10. Reflektor reaksiyalar
Fiziologiya (yunon. Fizis – tabiat, logos – ta’limot, fan) tirik organizmning funksiyalarini, unda sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rganadi. • Bu fan hujayra, to’qima, a’zo va tuzilmalarning hayotiy faoliyatini yaxlit organizmga xos bo’lgan barcha murakkab va muhim jarayonlarning asosiy mexanizmlarini, ularning funksional aloqamandligini ichki va tashqi muhit sharoitiga bog’langan holda keng ma’noda o’rganadi. Odam fiziologiyasi - tibbiyot nazariyasining poydevori hisoblanadi, uning rivojlanishi pedagogika va psixologiya uchun juda katta ahamiyatga ega. Odamda uchrab turadigan ko’pgina kasalliklarni oldini olishda, me’yorida o’sish va rivojlanishini ta’minlashda, turli muhit sharoitlariga moslanishda, mehnat va sport mashqlarini ko’ngildagidek maqsadga muvofiq holda tashkil qilishda, kishi umrini uzaytirish muammolarini yechishda fiziologiya yutuqlariga tayanadi.
Odam fiziologiyasi fanining tarmoqlari Solishtirm a fiziologiya Patologik fiziologiya Evolyutsion fiziologiya ODAM FIZIOLO GIYASI Me’yoriy fiziologiya Ekologik fiziologiya
Fiziologiya fani quyidagi fanlar bilan yaqin aloqada bo’ladi.
Gomeostaz (homeostasis grekcha “homeo” – o’xshash, bir xil, “stasis” – harakatsiz, bir xil saqlanib turish) – organizmning uyg’unlashtirilgan reaksiyalarining majmuasi bo’lib, ichki muhitni bir xil doimiy saqlab turadigan vositadir. Gomeostazning hatto salgina buzilshi patologiyaga olib keladi Qo’zg’aluvchan hujayralar uchun ta’sirlovchilarning ta’siriga o’ziga xos javob beradigan qobilyati bor, ularda maxsus fiziologik jarayon – qo’zg’alish ro’y beradi. Qo’zg’aluvchanlik – ba’zi hujayra va to’qimalar (asab, mushak, bez to’qimalari) turli ta’sirotlarga tez reaksiya ko’rsatishga maxsus moslashgan. Bunday hujayra va to’qimlar qo’zg’aluvchan deb ataladi, ularning ta’sirotga qo’zg’alish bilan javob qaytarish qobilyati esa qo’zg’aluvchanlik deb ataladi.
Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi, organizimda uning o’zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo’lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalning kimiyoviy, mehanik, termik o’zgarishi natijasida ulardagi potentsial energiya issiqlik, mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo’lgan energiya hisobiga to’qimalarva organlar ish bajaradi, hujayralar ko’payadi, ularning eskirgan yarkibiy qismlari yangilanadi yosh organizm o’sadi rivojlanadi. Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi.
Moddalar almashinuvi ikki jarayon asosida Assimilyatsiya yoki anobolizm Dissimilatsiya yoki katobolizm
Yosh organizmda moddalar almashinuvi jarayonida ASSIMILYATSIYA jarayonining ustunligi DISSIMILATSIYA ASSIMILYATSIYA Oqsillar va yog’lar Uglevodlar Yog’lar
Keksa odamlarda moddalar almashinuvi jarayonida DISSIMILATSIYA jarayonining ustun turishi DISSIMILATSIYA Oqsillar ASSIMILYATSIYA Yog’lar va oqsillar Yog’lar ar Uglevodla
Sezuvchi yoki retseptor neyronlar Ijrochi yoki effektor neyronlar Sezuvchi asab oxirlariretseptorlarning ta’sirlanishga javoban albatta asab tizimining ishtiroki bilan o’rganizmda ro’y beradigan reaksiyalar reflekslar deb ataladi. Asab hujayralari neyron deb ataladi va quyidagi guruhlarga bo’lanadi. Kontakt neyronlar
Taktil retseptorlar Retseptor turlari mexanoretseptorlar Presssoretseptorlar va baroretseptorlar aksellleretseptorlar fonoretseptorlar xemoretseptorlar termoretseptorlar osmoretseptorlar
Qon fiziologiyasi Reja: 1. Organizmning ichki muhiti 2. Qonning vazifalari 3. Qonning miqdori va tarkibi 4. Qonning solishtirma og’irligi, yopishqoqligi, osmotik bosimi 5. Fiziologik eritmalar, gemoliz xodisasi 6. Qonning faol reaksiyalari 7. Mushak faoliyatining qon tarkibiga ta’siri 8. Qonning bufer tizimi 9. Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari 10. Qonning ivishi. qonni ivituvchi omillar 11. Qonning shaklli elementlari. Eritrositlar 12. Gemoglobinning spektral taxlili 13. Leykositlar. Trombositlar 14. Qon ishlanishi va qon tizimining boshqarilishi 15. Limfa 16. Qon guruhlari 17. Immunitet
Qon ikki qismdan iborat: Birinchi qismi qonning suyuq qismi, ya’ni qon plazmasi. Ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, ya’ni shaklli elementlaridir.
Odam qonining tarkibi Suv 90 91 % Eritrositlar Qon zardobi 55 -60 % QON Shaklli elementlar 40 -45 % Leykositla r Trombosit lar
Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo’lib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid kabilar) bo’ladi. Qon plazmasi tarkibida organizmning hayoti-o’sishi va rivojlanishi uchun zarur barcha oziq moddalar bo’lib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga so’riladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o’tadi va o’zlashtiriladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo’lgan qoldiq moddalar qonga o’tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o’tishida va antitelalar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, qon hamda qon plazmasi odam tanasi hujayralarining oziqlanishida, ulardagi barcha hayotiy jarayonlar normal o’tishida va organizmni yuqumli kasalliklardan saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shunung uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo’llaniladi. Bu qon va plazma sog’lom odamlardan (donorlardan) olinadi.
Qonning shaklli elementlari. 1 - eritrotsitlar; 2 -8 leykotsitlarning har xii turlari; 2¬neytrofil leykotsitlar; 3 eozinofil leykotsitlar; 4 - bazofil leykotsitlar; 5, 6, 7 - limfotsitlar; 8 monotsitlar; 9 trombotsitlar.
Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombotsitlar kiradi. Ular qonning quyuq qismini tashkil etadi. Eritrositlar (qizil qon tanachalari) - suyaklarning ko’mik qismida hosil bo’ladi. Eritrositlarning hosil bo’lishi va soni normal miqdorda bo’lishi odamning sog’lig’iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog’liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, V guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishi zarur. Eritrositlarning asosiy vazifasi organinzmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin o’pkalardan kislorodni o’ziga biriktirib hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidridni yana o’ziga biriktirib o’pkalarga olib boradi.
Leykositlar (oq qon tanachalari) - yadroli qon hujayralari bo’lib, yadrosining shakliga va bo’yalishiga qarab uch turga: monositlar-bir yadroli yirik leykositlar limfositlar-bir yadroli, lekin monositlardan bir oz maydaroq; donador leykositlar, ya’ni granulositlarga bo’linadi. Leykositlar sonining ko’payishi leykositoz, kamayishi leykopeniya deb ataladi. Leykositlar suyaklarning ko’mik qismida va taloqda (limfositlar) hosil bo’ladi. Leykositlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagositoz deb ataladi. Leykositlarning bu xossasini atoqli rus olimi I. I. Mechnikov aniqlagan. Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykositlarning soni ko’payib, 1 mm 3 qonda 10 -20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin. Odam uzoq vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun, hafta davomida og’ir mehnatdan charchasa, surunkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda leykositlar soni kamayadi. Bu esa organizm nihoyatda kuchsizlanganligidan dalolat beradi.
Trombositlar (qon plastinkalari) - suyaklarning ko’mik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Yadrosi bo’lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombositlarning yadrosi bo’ladi. 1 mm 3 qonda 300 -400 ming dona trombosit bo’ladi. Ular leykositlarga o’xshab 2 -5 kun yashaydi. Trombositlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlashdan iborat. Ularning soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday odamning jarohatlanishi juda xavfli, chunki qon oqishini to’xtatish qiyin bo’ladi. Salgina urilish, turtilish natijasida badandan ko’karish (qon quyilishi) yuzaga keladi, o’z-o’zidan burundan qon kelishi mumkin. Shuning uchun trombositi kamaygan odam har xil shikastlanishlardan saqlanishi zarur. Trombosit tarkibida serotonin moddasi bo’lib, u qon tomirlarini toraytirish va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega.
Qonni tindirish bosqichi. 1 vena tom!ridan endigina olinib probirkaga quyilgan qon; 2 pro¬birkada bir Ol turgan qon; 3 -sentrifugalangandan so`ng ikki qismga ajralgan qon (yuqoridagi rangsiz qismi qon plalmasi, pastki quyuq qismi - qonning shaklli elementlari bar qismi).
Qonning ivishi – organinzmning himoya reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi jarohatlanishlarda organizmni ortiqcha qon yo’qotishdan saqlaydi. Qonning ivish xossasi o’zgarsa, ozgina jarohatlanish ham odam sog’lig’iga katta xavf tug’diradi, chunki organizm ko’p qon yo’qotishi mumkin. Qonning ivishi murakkab biologik jarayon bo’lib, bunda quyidagi omillar ishtirok etadi: qon plazmasidagi fibrinogen (oqsil modda) mayda zarrachalardan ingichka tolachalarga (fibringa) aylanadi. Fibrin tolachalari qon tomiri devorining jarohatlangan (kesilgan) joyida to’r hosil qiladi va unga qonning shaklli, elementlari, ayniqsa trombositlar ilinib, to’siq hosil bo’ladi. Natijada qon oqishi to’xtaydi. Bu jarayonda qon tarkibidagi trombin fermenti, Ca ionlari, K vitamin va qonning antigemofil omili muhim rol o’ynaydi. Sog’lom odamda qon 3 -4 minut ichida iviydi. Ba’zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan biologik moddaantigemofil omil yetarli bo’lmaydi. Bu kasallik gemofiliya deb atalib, u nasldannaslga, ya’ni ota-onadan bolaga o’tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko’p qon yo’qotish mumkin. Bundan tashqari, trombositlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida kaltsiy (Ca) ionlari, kaliy (K) vitaminining miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.
LIMFA sistemasi
Qonning ivishi jarayonida ishtirok etuvchi oqsillar Qon plazmasidagi miqdori (mg/ 100 ml ) Nomi Molekulyar massasi Fibrinogen (I omil) 200 - 450 340000 Protrombin (II omil) 5 -10 72000 To’qima omili (III omil) 30 - 40 125000 Kalsiy ioni (IV omil) - - Plazma proakselerini (V omili) 0, 01 300000 Plazma akselerini (VI omili) - - Prokonvertin (VII omili) 0, 1 56000 Antigemofil omili (VIII omili) 0, 1 1100000 Kristmas – omil (IX omili) 0, 1 57000 Styuart – omili (X omili) 0, 2 60000 Plazma tromboplastini (XI omil) 0, 6 160000
Qonning ivishi jarayonida ishtirok etuvchi oqsillar Nomi Qon plazmasidagi miqdori (mg/ 100 ml ) Molekulyar massasi Xageman – omil (XII omil) 1, 5 - 4, 5 8000 Fibrin – transamidaza (XIII omil) 1 -4 340000 Prekallikrein 5, 0 90000 Kininogen 6, 0 120000 Plazminogen 10 -15 87000 Fibronektin 25 - 40 440000 Antitrombin - III 25 65000
Plazma guruhi Eritrotsitlar guruhi I (0) II (A) III (B) IV (AB) I (α va β) - + + + II (β) - - + + III (α) - + - - - IV (0)
Quyidagi qon guruhlari bo’lgan odamlar Quyidagi guruhlarga qon berishi mumkin Quyidagi guruhlardan qon qabul qilishi mumkin I I, III, IV I II II, IV I, III, IV IV IV I, III, IV
Qon aylanish fiziologiyasi Reja: 1. Qon aylanishning fiziologik ahamiyati 2. Yurak fiziologiyasi 3. Yurakning sistolik va diastolik hajmi 4. Yurakda qo’zg’alishning kelib chiqishi 5. Yurak avtomatiyasi 6. Elektrokardiografiya 7. Yurak tonlari 8. Yurak ishining boshqarilishi 9. Yurak faoliyatining gumoral boshqarilishi 10. Yurak faoliyatining reflektor boshqarilishi 11. Yurak faoliyatining boshqarilishida gipotalamusning ishtiroki 12. Qon tomirlar fiziologiyasi. Gemodinamika 13. Qon tomirlarning tasnifi 14. Qon tomirlar tizimining turli bo’limlarida bosimning o’zgarilishi 15. Tomir urishi 16. Arteriyalarda qon harakati
17. 18. 19. 20. 21. 22. 23. 24. 25. 26. 27. 28. Venalarda qon harakati Katta va kichik qon aylanish doiralari Tomirlarda qon harakatining boshqarilishi Tomir kengaytiruvchiasab tolalari Tomir tonusining gumoral boshqarilishi Tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar Tomirlar tonusini refleks yo’li bilan boshqarilishi Qon depolari Ichki gipermiya Mahalliy qon aylanishning o’ziga xos funksional xususiyatlari Tashqi muhit omillarining qon aylanishiga ta’siri Limfa va uning aylanishi
Qon aylanish sistemasiga quyidagilar kiradi
Yurak – muskuldan iborat a’zo bo‘lib, ko‘krak qafasining chap tomonidagi 2– 5 -qovurg‘alar orasida, yurak xaltasi (perikard) ichida joylashgan. Yurak uch qavatdan tashkil topgan: 1) ichki qavat – endokard 2) o‘rta qavat – muskullardan iborat bo‘lgan miokard 3) tashqi qavat – epikard.
I- yurakning ko'krak qafasida joyjashishi; II- yurakning tashqi ko'rinishi va tojsimon arteriyalari.
Yurakning elektrokardiogrammasi.
Yurakning ichki tuzilishi
A- odam tanasidagi yuzaroq joylashgan tomirliar; Bpulsni sanash.
Odam tanasidagi qon tomirlarning umumiy ko'rinishi. 1 - bosh va bo'yin qon tomirlari; 2 -qo'l tomirlari; 3 - aorta; 4 o'pka venalari; 5 - o'pka tomirlari; 6 - me'da tomirlari; 7 - taloq tomirlari; 8 ichak tomirlari; 9 - oyoq tomirlari; 10 buyrak tomirlari; 11 - jigar tomirlari; 12 - pastki kovak vena; 13 - yurakning chap qorinchasi; 14 -yurakning o'ng qorinchasi; 15 - yurakning o'ng bo'l¬machasi; 16 - yurakning chap bo'lmachasi; 17¬o'pka arteriyasi; 18 - yuqori kavak vena. Izoh: qizil rang - arteriya qoni; ko'k rang - vena qoni; to'q qizil rang - aralash qon (ko'proq arteriya qoni).
Nafas olish fiziologiyasi Reja: 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. 10. 11. 12. 13. 14. 15. 16. 17. Nafas haqida tushuncha Nafas apparatining tuzilishi Nafas olish mexanizmi Nafas chiqarish mexanizmi Plevra bo’shlig’idagi manfiy bosim Nafas olish, chiqarish va alveola havosining tarkibi O’pka tiriklik sig’imi, qoldiq havo, pnevmotorks O’pka ventilisiyasi, nafas olish tiplari Gazlarning porsial bosimi va tarangligi Qonning kislorod tashish funksiyasi Qonning karbonat angidrid tashish funksiyasi O’pka va to’qimalarda gaz almashinuvi To’qimalarda gaz almashinuvi Nafasning boshqarilishi Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish Yuqori atmosfera bosimida nafas olish Sun’iy nafas oldirish
Tashqi nafas yoki o’pka ventilatsiyasi Alveolyar havo bilan qon kapillarlari orasidagi gazlar almashinuvi Qon tomonidan kislorod va karbonat angidridni tashilishi Qon kapillarlari va organizmning to’qimalari orasidagi gazlar almashinuvi Hujayralarda yoki to’qimalardagi nafas olish
Nafas yo’llari. 1. burun bo’shlig’i; 2. halqum 3. hiqildoq; 4. kekirdak (traxeya); 5. bronxlar; traxeya; 6. bronxiolalar (mayda bronxlar); 7. alveola pufakchalari; 10. diafragma
Nafas olish mexanizmi Nafas olish markazi Harakatlantiruvch i neyronlar Nafas olish mushaklari (diafragma, qovurg`alararo mushaklar) Alveolalar Nafas olish yo`llari Nafas hajmi Butun tanadagi sirkulyatsiya Kimyoviy reseptorlar (periferik va markaziy, Pa. O 2, p. H). O`pkadagi sirkulyatsiya
Sun’iy nafas oldirish. Odam shikastlanganda, suvga cho’kkanda va boshqa og’ir kasalliklarda miyadagi nafas markazining ishi buzilib, nafas to’xtab qolishi mumkin. Bunday vaqtda bemorga yordam berish maqsadida sun’iy nafas oldiriladi. Sun’iy nafas oldirish ikki usulda: “ og’izdanog’izga “ yoki “ og’izdan – burunga “ usulida amalga oshiriladi. Og’izdan-og’izga sun’iy nafas oldirish quyidagicha bajariladi:
Ovqat hazm qilish fiziologiyasi Reja: 1. Me’da ichak yo’lining funksiyasi 2. I. Pavlov – ovqat hazm qilish haqidagi hozirgi zamon ta’limotining asoschisi 3. Ovqatning og’izda hazm bo’lishi 4. So’lak bezlari, tarkibi, xossalari va fermentlari 5. Ovqatning me’dada hazm bo’lishi 6. Me’da shirasining tarkibi va xossalari 7. Me’da shirasining miqdori va tarkibiga turli oziq moddalarning ta’siri 8. Me’da shirasining ajralish mexanizmi 9. O’n ikki barmoq ichakda ovqat hazm bo’lishi 10. Me’da osti bezi shirasining tarkibi va xossalari 11. Me’da osti bezi shirasi tarkibining ovqat sifatiga bog’liqligi 12. O’t safroning hosil bo’lishi, arjalib chiqishi va ovqat hazm qilish jarayonida qatnashishi 13. Ingichka ichakda ovqat hazm bo’lishi 14. Ichak shirasining tarkibib, xossalari va ahamiyati 15. Ovqatning yo’g’on ichakda hazm bo’lishi 16. Surilish. Oqsil, yog’, karbonsuvlar, suv va mineral tuzlarning surilishi 17. Jigar va uning funksiyasi
Me’da – ichak yo’lining funksiyalari
1 - V. A. Bas. Qvning medaga fistula qo'yish usuli; 2 - IP. Pavlovning soxta ovqatlantirish operatsiyasi yordamida oshqozon shirasini o'rganish.
I. P. Pavlovning. kichik me'da. hosil qilish usuli
Qizilo'ngach o'rtacha 23 -25 srn bo'lib, shilliq va muskul qavat¬dan iborat. U ko'krak qafasi to'sh suyagining orqa qismida joylashgan. Vazifasi ovqatni tomoqdan oshqozonga o'tkazishdan iborat. Me'da qorin bo'shlig'ining yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan. U to'rt qismdan: kirish, tub, tana va pilorik (chiqish) qismlardan iborat. Katta odamda me'daning hajmi o'rtacha 2, 5 L atrofida bo'ladi. Ko'p ovqat va suyuqlik iste'mol qiluvchilarda me'da devorining cho'zilishi natijasida uning hajmi ancha kattalashishi mumkin. Me'daning ichki shilliq pardasi ostida juda ko'p - 14 millionga yaqin mayda bezlar joylashgan bo'lib, ular pepsin, lipaza fermentlari va xlorid kislota ajratadi. Pepsin ovqat tarkibidagi oqsillarni, lipaza yog'larni parchalaydi. Xlorid kislota esa pepsin fermentining faollik kuchini oshiradi. Bu bezlardan bir kecha- kunduzda 3 L ga yaqin me'da shirasi ajraladi. Me'dada ovqat kislotali sharoitda hazm bo'ladi. Me'dada ovqat fizik va kimyoviy o'zgarisharga uchraydi va may¬dalanib, parchalanib, hazm bo'lib o'n ikki barmoq ichakka o'tkaziladi. Aralash ovqatlar oshqozonda 3 -4 soat, yog'li ovqatlar esa 5 -6 soatgacha saqlanishi mumkin. Suv, sut, non va shirinliklar oshqozonda juda qisqa vaqt (2 -3 soat) saqlanadi. Me'dada spirtli ichimliklar qonga tez so'riladi, shuning uchun ularning ta'siri tez seziladi. Ovqatlanish tartibini tuzishda ovqatning me'dada hazm bo'lish vaqti hisobga olinadi. Aralash ovqatlar 34 soatda hazm bo'lganligi uchun har 4 soatda ovqatlanish kerak (uyqu vaqti bundan mustasno). Ovqatlanish tartibining buzilishi, ya'ni 5 -7 soat och yurib, so'ngra birdaniga ko'p ovqat iste'mol qilish me'daning ichki shilliq pardasini yallig'lantirib, gastrit va me'da yarasi kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu kasalliklarda me'da shirasida avvalo xlorid kislota va fermentlar ko'payadi. Shuning uchun odam zarda bo'ladi, nordon kekirish, me'da sohasida achishish va og'riq seziladi. Kasallikning boshlanish davrida davolash chorasi ko'rilmasa, me'da shirasi tarkibidagi xlorid kislota va fermentlar kamayadi, me'dada ovqatning hazm bo'lishi buzilib, odamda yoqimsiz kekirish, qorin sohasida og'riq sezish belgilari yuzaga keladi. Fermentlar va xlorid kislota kam ajralganligi tufayli ovqatning parchalanishi qiyinlashib, u me'dada uzoq vaqt (6 -8 soat) turib qoladi. Shuning uchun ham odamning ishtahasi pasayadi, ozadi, quvvatsizlanadi.
O'n ikki barmoq ichak. Bu ingichka ichakning boshlang'ich qismi bo'lib, uzunligi o'n ikkita barmoq eniga teng (25 -30 srn) bo'ladi. Shuning uchun u o'n ikki barmoq ichak deb ataladi. Bu ichak bo'shlig'iga me'da osti bezining shirasi va jigarning o't suyuqligi quyilib turadi. Me'da osti bezi suyuqligining tarkibida oqsilni parchalaydigan tripsin, yog'larni parchalaydigan lipaza va uglevodlarni parcha¬laydigan amilaza fermentlari bo'ladi. O'n ikki barmoq ichakka jigardan quyiladigan o't suyuqligi ovqat tarkibidagi yog'larni emulsiya holatiga keltiradi va lipaza fermentining faolligini oshiradi. Katta yoshli odamda bir kecha-kunduzda o'n ikki barmoq ichakka 500 -800 ml me'da osti bezi suyuqligi, 700 -1200 ml o't suyuqligi quyiladi. Shuning uchun ham bu ichakda ovqat hazm bo'lish jarayoni juda faol o'tadi. Ingichka ichak o'n ikki barmoq ichakning davomi bo'lib, uning uzunligi katta odamda 5 -6 m, kengligi 2 -2, 5 srn bo'ladi. Devori uzunasiga va aylanasiga joylashgan silliq muskullardan tashkil topgan. Bu muskullar ichakning mayatniksimon va pe¬ristaitik (to'lqinsimon) harakatini ta'minlaydi. Ichakning ma¬yatniksimon harakati natijasida ovqat moddalari ichak shirasi bilan aralashadi. Bu ovqatning parchalanib, hazm bo'lishini ta'¬minlaydi. Ichakning peristaitik, ya'ni to'lqinsimon harakati ovqat moddalari ichak bo'shlig'i bo'ylab yuqoridan pastga tomon siljishini ta'minlaydi. lngichka ichak shilliq qavati ostida juda ko'p mayda bezchalar joylashgan. Ulardan 'ajraladigan suyuqlik tarkibidagi enterokinaza, lipaza kabi fermentlar oshqozon osti bezi suyuqlig'idagi tripsin va boshqa fermentlar ta'sirini faollashtiradi. lchak shilliq qavati yuzasida mayda so'rg'ichlar - vorsinkalar bor. Ular juda murakkab tuzilishga ega bo'lib, qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta'minlangan. lchak shilliq qavatining 1 - va 2 sathida 30 -40 ta, ichakning blltun yuzasida esa 4 millionga yaqin vorsinka bo'ladi Vorsinkalar ovqat modda- 3 larini ichak devorida (membrana orqali) hazm bo'lishini ta' minlaydi. Buni akademik A. I. Ugolev aniqlagan. Bu jarayonda avval ichak bo'shlig'ida chala parchalangan ovqat moddalari ichak devoriga shimilgan oshqozon osti bezining fermentlari ta'sirida, so'ngra esa ichak shilliq qavati bezlaridan ajralgan y - amilaza, maltaza, ishqoriy fosfataza va boshqa fer¬mentlari ta'sirida juda mayda molekulyar holatgacha parchalanadi. Parchalangan ovqat moddalari vorsinkalar orqali qon va limfa tomirlariga so'riladi. lngichka ichakda ovqatning hazm bo'lishi 6 -8 soat davom etadi. Bu jarayon kuchsiz ishqoriy (p. H 7, 5 -8, 0) sharoitda kechadi.
Yo'g'on ichak ingichka ichakning davomi bo'lib, uning uzunligi katta odamda o'rtacha 1, 5 m. U qorin bo'shlig'ida ingichka ichakning atrofini o'rab turadi. Yo'g'on ichak quyidagi qismlarga bo'linadi: I) ko'richak va uning chuvalchangsimon o'simtasi (appendiks); 2) ko'tariluvchi chambar ichak; 3) ko'ndalang chambar ichak; 4) tushuvchi chambar ichak; 5) sigmasimon ichak; 6) to'g'ri ichak. Ko'richak ingichka ichakning yo'g'on ichakka o'tish qismidajoylashgan bo'lib, uning pastki qismida chuvalchangsimon o'simta (appendiks) osilib turadi. Appendiksning eni 6 -8 mm, uzunligi 3 -9 srn, ba'zi odamlarda 18 -24 srn gacha bo'lishi mumkin. Bu o'simta qorin bo'sh. Jig'ining o'ng tomonida, kindikdan bir oz pastroqda joylashgan. Ko'richak o'simtasida qon va limfa tomirlari ko'p bo'ladi. Bu esa qonga tushgan mikroblarning o'simta to'qimasida ko'payishiga va uning yallig'lanishiga qulay sharoit yaratadi. Buning natijasida appenditsit kasalligi kelib chiqishi mumkin.
Yo'g'on ichak ichki shilliq pardasi ostida joylashgan bez su¬yuqligida fermentlar kam, shilliq modda esa ko'p bo'ladi. Bu shilliq modda ovqat qoldig'i bilan aralashib, uni silliqlashtiradi va ichakning yuqori qismidan pastki qismiga o'tishini qulaylashtiradi. Yo'g'on ichak shilliq pardasida vorsinkalar bo'lmaydi. Shuning uchun ovqat moddalarining so'rilish jarayoni ham ingichka ichakdagiga nisbatan kam bo'ladi. Yo'g'on ichak devoridagi muskul qavatining harakati ingichka ichakdagiga nisbatan sekin bo'ladi. Shu sababli ovqat qoldig'i unda uzoq vaqt (18 -20 soat) saqlanadi. Yo'g'on ichakda asosan suv, mineral tuzlar so'riladi, oqsil¬laming faqat 3% i, uglevodlarning 2% i so'riladi. Bu yerda ovqat qoldig'i quyulib, axlat ko'rinishida to'g'ri ichak orqali tashqariga chiqariladi.
Ingichka ichak vorsinkalarin ing mikroskopik tuzilishi: 1 - vorsinkalarning tashqi ko'rinishi; 2 vorninkalarning ichki ko'rishi; 3¬vorsinka ichidagi limfa tomirlari; 4 vorsinka ichidagi arteriya va vena qontomirlari.
- Slides: 62