MANAVIYATNING RIVOJLANISH QONUNLARI Reja Jamiyat rivojlanishi umumiy qonunlarining

  • Slides: 12
Download presentation
MA’NAVIYATNING RIVOJLANISH QONUNLARI

MA’NAVIYATNING RIVOJLANISH QONUNLARI

Reja: Jamiyat rivojlanishi umumiy qonunlarining ma’naviy yuksalishga ta’siri. 2. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida sog‘lom ijtimoiy

Reja: Jamiyat rivojlanishi umumiy qonunlarining ma’naviy yuksalishga ta’siri. 2. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida sog‘lom ijtimoiy -ma’naviy ehtiyojlar muttasil o‘sib borishi qonuni. 3. Ma’naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasiga bog‘liqlik qonuni. 1.

JAMIYAT RIVOJLANISHI UMUMIY QONUNLARINING MA’NAVIY YUKSALISHGA TA’SIRI. Ma’naviy yuksalishga, avvalo, jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari

JAMIYAT RIVOJLANISHI UMUMIY QONUNLARINING MA’NAVIY YUKSALISHGA TA’SIRI. Ma’naviy yuksalishga, avvalo, jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari ta’sir ko‘rsatadi. Chunki ma’naviy hayot jamiyat hayotining bir bo‘lagidir. Jamiyat rivojlanishi tabiat va ong qatorida, birinchi galda, universal, dialektik qonunlar asosida kechadi. Bular miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor qonunlaridir. 2009 yilda chop etilgan «Ma’naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lug‘ati» da «Ma’naviyat qonunlari» maqolasida uch qonun: Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi qonuni; Ma’naviyatning inson va jamiyat bilan uzviy aloqadorligi qonuni; Ma’naviy hayotning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liqligi qonuni qayd etilgan va qisqacha izohlangan. Qonunlarning o‘ziga kelsak, ularning birinchi va ikkinchisi umumijtimoiy, ya’ni jamiyat qonunlaridir. Birinchi qonunda bu yaqqol ko‘rinib turibdi. Ikkinchi qonunda «ma’naviyat» o‘rniga istagan ijtimoiy hodisani qo‘ying, mantiq buzilmaydi. Masalan, «Iqtisodiyotning inson va jamiyat bilan uzviy aloqadorligi qonuni» .

Ma’naviyatshunos olim Abdurahim Erkayev ma’naviyat yuksalishining xususiyatlarini hisobga olib, uning quyidagi qonunlarini alohida ajratib

Ma’naviyatshunos olim Abdurahim Erkayev ma’naviyat yuksalishining xususiyatlarini hisobga olib, uning quyidagi qonunlarini alohida ajratib ko‘rsatadi: 1. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida sog‘lom ijtimoiyma’naviy ehtiyojlar muttasil o‘sib borishi qonuni; 2. Ma’naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasiga bog‘liqlik qonuni (yoki lug‘atdagi «ma’naviy hayotning ijtimoiy hayotga bog‘liqligi qonuni» ); 3. Ma’naviyat rivojlanishining ijtimoiy ong va ijtimoiy munosabatlar rivojlanish darajasi bilan o‘zaro bog‘liqlik qonuni.

* Insonning moddiy ehtiyojlari qanday o‘sishi ham uning aqli, zaruratni anglay olishi, o‘zligini namoyon

* Insonning moddiy ehtiyojlari qanday o‘sishi ham uning aqli, zaruratni anglay olishi, o‘zligini namoyon etishga harakat qilishi bilan, ya’ni uning ma’naviy ongi bilan bog‘liq. Hatto boylik orttirish, molparastlik hirsi ma’naviyatdagi noqislik bo‘lsa-da, aslida u ibtidoiy odamlarning ertangi kunda ov o‘ngidan kelmasa yoki kurg‘oqchilik tufayli mo‘ljaldagi hosil olinmay qolsa, ochlikdan azob chekmaslik uchun ehtiyot zahira to‘plash kerak, degan ishonchiga borib taqaladi. U, avvalo, insoniyat ongosti qatlamidagi arxetipdir, jamoaviy ongsizlik unsuridir. Biroq u faqat jamoaviy ongsizlik, ibtidoiy arhetip ko‘rinishigina emas. U ijtimoiy tabaqalashgan jamiyatdagi ba’zi bir axloqiy, ma’naviy va ziddiyatli sinfiytabaqaviy qoida va me’yorlarga ham aloqador. Iqtisodiy-moliyaviy imkoniyat, boylik insonning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini, mavqeini belgilagan, aloqalarini kengaytirgan va o‘zligini, o‘z irodasini, xohishistaqlarini yuzaga chiqarish imkoniyatlarini ko‘paytirgan. Xulosa qilish mumkinki, insonning barcha ijtimoiy ehtiyojlari asosida uning ongi, ma’naviyati turadi, bundan fiziologik (biologik) ehtiyojlar qisman mustasno.

� Ma’naviyat insonda sog‘lom ehtiyojlarning, jumladan, sog‘lom moddiy ehtiyojlarning shakllanishidan, o‘z shaxsi bilan ixtilofga

� Ma’naviyat insonda sog‘lom ehtiyojlarning, jumladan, sog‘lom moddiy ehtiyojlarning shakllanishidan, o‘z shaxsi bilan ixtilofga bordirmasdan, asl insoniy mavjudligini ta’minlashga xizmat qiluvchi aqliy va hissiy muhitdan, falsafiy, axloqiy, ilmiy, diniy, badiiy va boshqa madaniy qadriyatlardan hamda shaxsning ijodiy faolligidan tashqil topadi. Ma’naviy ehtiyojlarni sotsiumning turli birliklariga oid individual ehtiyojlarga, jamoaviy (oilaviy, guruhiy, korporativ), sinfiy-tabaqaviy, mahalliy-mintaqaviy, umummilliy ehtiyojlarga bo‘lish mumkin. Shaxs ma’naviyati yuksalishi uchun, uning individual ehtiyojlarini sotsiumning boshqa yuqori birliklari ehtiyojlariga qurbon qilmay, ular bilan uyg‘unlashtirish lozim. � Oila ma’naviyati, bir tomondan, uning har bir a’zosining, ikkinchi tomondan, oilaning yaxlit birlik sifatidagi tegishli ehtiyojlari o‘sishi va qondirilishiga bog‘liq

Oila ma’naviyati, bir tomondan, uning har bir a’zosining, ikkinchi tomondan, oilaning yaxlit birlik sifatidagi

Oila ma’naviyati, bir tomondan, uning har bir a’zosining, ikkinchi tomondan, oilaning yaxlit birlik sifatidagi tegishli ehtiyojlari o‘sishi va qondirilishiga bog‘liq. Oila ehtiyojlari uning a’zolari va butun jamiyat ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirilishi lozim. Oila manfaatlarini uning alohida a’zosi, aytaylik, oila boshlig‘i yoki oilaning tantiq erkatoy farzandining injiqliklariga kurbon qilib bo‘lmaganidek, umumjamiyat manfaatlariga ham qurbon qilib bo‘lmaydi. Oilaning yangi avlodi - bilimliroq, dunyoqarashi, muloqot va axborot maydoni kengroq, hayotiy mo‘ljallari, maqsadlari yuksakroq, o‘z qobiliyatlarini yuzaga chiqarish imkoniyatlari kattaroq bo‘lishi lozim. Shunda oila nafaqat moddiy- iqtisodiy, shuningdek, ma’naviy jihatdan yuksaladi

Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarni mazmuniga, vazifalariga, ahamiyatiga, muayyan ijtimoiy ong shakliga mansubligiga qarab ikki guruhga bo‘lish

Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarni mazmuniga, vazifalariga, ahamiyatiga, muayyan ijtimoiy ong shakliga mansubligiga qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1. Umumma’naviy ehtiyojlar, ya’ni ma’naviyat yaxlit tizim, bus-butunlik sifatida taqozo etadigan va vujudga keltiradigan ehtiyojlar. 2. Ma’naviyatning nisbatan alohida mustaqil tarkibiy qismlari sifatida ijtimoiy ong shakllari takozo etadigan va vujudga keltiradigan ehtiyojlar.

Birinchi guruhga mansub ehtiyojlar quyidagilardan iborat: a) inson o‘z tabiatini (mohiyatini) takomillashtirish ehtiyojlari; b)

Birinchi guruhga mansub ehtiyojlar quyidagilardan iborat: a) inson o‘z tabiatini (mohiyatini) takomillashtirish ehtiyojlari; b) insonning o‘z ijtimoiy yaratuvchilik imkoniyatlarini (salohiyatini) o‘stirish ehtiyojlari; v) insonning shaxs sifatida o‘z qobiliyatlarini, imkoniyatlarini yuzaga chiqarish ehtiyojlari; g) insonning o‘z erkinlik darajasini orttirib borish ehtiyojlari. Ularning har biri ko‘plab talablar, me’yorlar, mezonlar, ko‘rsatkichlarni qamrab oladi. Masalan, insonning o‘z tabiatini (insoniy mohiyatini) takomillashtirish ehtiyojlarini oladigan bo‘lsak, u, avvalo, insonning aqlli, ongli bioijtimoiy mavjudot ekanligidan kelib chiqadi. Demak, umumma’naviy ehtiyojlar, birinchi navbatda, insonning aqli, tafakkuri, bilimlari, tuyg‘ulari, ijtimoiy faolligi va aloqalari boyishiga bog‘liq.

Ikkinchi guruhga ijtimoiy ongning alohidalashgan shakllariga oid ehtiyojlar tizimi kiradi: a) etiqodiy, ya’ni ilmiy-falsafiy

Ikkinchi guruhga ijtimoiy ongning alohidalashgan shakllariga oid ehtiyojlar tizimi kiradi: a) etiqodiy, ya’ni ilmiy-falsafiy va diniy ehtiyojlar - narsa va hodisalarning, jamiyat va insonning, abadiyat va foniylikning mohiyatini anglashga intilish, hayotning ma’nisini, yashashdan maqsadni bilish; b) axloqiy ehtiyojlar - ezgulikka, insonparvarlikka, vatanparvarlikka intilish, vijdon talablariga mos yashash; baxtli turmush kechirish (gedonizm); v) estetik ehtiyojlar - go‘zallikka intilish, hayotni, tabiat va jamiyatni go‘zallashtirish ( «go‘zallik qonunlari bo‘yicha» qayta yaratish), go‘zallikdan zavq-shavq tuyish, huzurhalovat olish (evdemonizm), nozik didli, nozik ta’bli inson bo‘lish, ijod qilish; g) huquqiy ehtiyojlar: adolatni qaror toptirish, insonni, jamiyatni har xil adolatsizlik, zo‘ravonlik va ekstremistik tajovuzlardan himoya qilish, inson huquqlarini, qonun ustuvorligi va barchaga birdayligini har tomonlama ta’minlash; d) siyosiy ehtiyojlar - huquqiy-demokratik davlat, ochiq fuqarolik jamiyati qurish, demokratiya va ijtimoiy adolatga asoslangan boshqaruv tizimini yaratish va uzluksiz takomillashtirib borish, davlat va fuqaro, jamiyat va shaxs manfaatlarini uyg‘unlashtiradigan ijtimoiy-siyosiy va hukuqiy mexanizmni ishlab chiqish va doimiy ravishda takomillashtirib borish;

MA’NAVIYAT YUKSALISHINING IJTIMOIY ONG VA IJTIMOIY MUNOSABATLAR RIVOJLANISH DARAJASIGA BOG‘LIQLIK QONUNI. Uchinchi qonun to‘g‘risida

MA’NAVIYAT YUKSALISHINING IJTIMOIY ONG VA IJTIMOIY MUNOSABATLAR RIVOJLANISH DARAJASIGA BOG‘LIQLIK QONUNI. Uchinchi qonun to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, ma’naviyatga e’tiqod (mifologiya, din, falsafa), axloq, adabiyot va san’at, ilmfan, huquq, siyosat hamda ta’lim- tarbiya tizimi ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy ong shakllarining ma’naviyatga ta’siri va munosabatlari qismlarning bus-butunlikka, tizim tarkiblarining yaxlit tizimga ta’siri va munosabati kabidir. Butunlikning qismlari, tizimning tarkibiy tuzilmalari takomillashsa, butunlik, tizim rivojlanadi va, aksincha. Masalan, viloyatlari, shahar, qishloqlari boy mamlakat kambag‘al, qoloq bo‘lmaydi. Boy va rivojlangan mamlakatlarning viloyatlari, shahar, qishloklari qashshoqlikka, qoloqlikka yuz tutmaydi. Ma’naviyat bus-butunlik, yaxlit tizimdir. Ijgimoiy ong shakllari esa uning tarkibiy qismlari, tuzilmalaridir. To‘g‘ri, butunlikning barcha qismlari, tizimning barcha tarkibiy tuzilmalari birdek, bir tekis rivojlanmaydi. Ayrimlari ortda qoladi, ayrimlari ilgarilab ketadi. Ammo ular o‘rtasida o‘ziga xos dinamik muvozanat qaror topadi. Lekin qismlar, tarkibiy tuzilmalar rivojlanishda bir-biridan tamomila uzilib qolmaydi. Har qanday qonun, aloqa, zarurat namoyon bo‘lishi negizida me’yor turadi.

E’tiboringiz uchun rahmat

E’tiboringiz uchun rahmat