UMUMIY PEDAGOGIKA VA SHAXSIY RIVOJLANISH Teacher Otabek Bazarov
UMUMIY PEDAGOGIKA VA SHAXSIY RIVOJLANISH Teacher: Otabek Bazarov
9 - Mavzu: Ijtimоiy dunyoqarashni shakllantirish. O’quvchilarni aqliy, iqtisоdiy va ekоlоgik tarbiyalash 1. O’quvchilar dunyoqarashini shakllantirish 2. Aqliy, iqtisodiy va atrof muhitga munosabatini shakllantirish.
1. O’quvchilar dunyoqarashini shakllantirish Dunyoqarashga ega bo'lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub'ektlarga nisbatan ma'lum munosabatning qaror topishi, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to'laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas'uliyat tuyg'usiga ega bo'lishi uchun zamin yaratadi. Shunga ko'ra shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.
Aqliy tarbiyaning shaxs ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdagi roli.
Aqliy tarbiya o'quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi. Aqliy ta'lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to'laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi.
Ilmiy qarash (yunoncha “idea” – g'oya, tasavvur va tushunchalar yig'indisi) muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g'oya bo'lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o'zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi.
Ilmiy tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisa va jarayonlarga ilmiy yondashuvni anglatadi.
2. Aqliy, iqtisodiy va atrof muhitga munosabatini shakllantirish. Ekologik tarbiyaning vazifalari quyidagilarda aks etadi: tabiat haqidagi asosiy tushunchalar va ilmiy dalillarni o'zlashtirish; jamiyat va har bir insonning moddiy va ma'naviy quvvati manbai sifatida tabiatning ko'p qirrali ahamiyatini tushunib yetish; amaliy bilimlar hamda atrof-muhitning holatini o'rganish va baholash ko'nikmalarini egallash; tabiat bilan muloqot ehtiyojlarini, tabiatdagi xulq-atvor me'yorlariga ongli amal qilishni rivojlantirish.
“Ekologiya” tushunchasi ilk bor nemis olimi E. Gekkel tomonidan qo'llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha “oikos” – turar joy, makon, “logos” – fan) o'quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir
Ekologik ta'lim o'quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo'naltirilgan ta'limiy jarayoni
Oila va jamiyatda ekologik mavzulardagi suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, hashar, ko'kalamzorlashtirish) kabilar ekologik tarbiya samaradorligini oshiradi.
Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Jamiyatning atrof-muhit bilan o'zaro buzilgan aloqasi keng jamoatchilik o'rtasida katta tashvish uyg'otmoqda.
Inson tabiatga, o'zini o'rab olgan muhitga nisbatan o'z munosabatini o'zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, o'rganishi va ular asosida o'z hayotini rivojlantirishi shart.
Tabiat musaffo bo'lsa, odam ham sog'lom, baquvvat bo'ladi. Odam har nafas olganda uning o'pkasiga yarim litrgacha havo kiradi. Odam bir minutda 16 -18 marta nafas oladi yoki tanaga 8 -9 litr havo kiradi. Bu miqdor bir kecha-kunduzda 11 ming litrdan ortadi. Demak, havo inson tanasi uchun eng muhim va zarur tabiat in'omidir.
Yer yuzi ekologiyasi ham keskin buzilmoqda. “Tabiatni yengamiz”, “Tabiatdan in'om-ehson kutib o'tirmay, uni jilovlaymiz”, degan noo'rin shiorlar, daraxtlarning kesib yuborilishi, qush va hayvonlarning shavqatsizlik bilan ovlab, yo'q qilinishi tabiat muvozanati qonunlarining buzilishiga sabab bo'ldi va bo'lmoqda.
Iqtisodiy tarbiyaning asosiy maqsadi – shaxsda bozor iqtisodiyoti sharoitlariga hamda maqsadga muvofiq iqtisodiy faoliyatni amalga oshira olish qobiliyatini shakllantirish.
Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda treninglar, ishlab chiqarish ilg'orlari bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar, tadbirkorlik yoki muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish ko'nikmalarini shakllantiruvchi ishchanlik o'yinlari, o'quvchilarning ishlab chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beruvchi ko'rik-tanlovlar, iqtisodiy yo'nalishdagi konferentsiya, seminar, munozaralarni tashkil etish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta'minlaydi.
Iqtisodiy tarbiya — o'quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga qaratilgan, uyushgan (tashkil etilgan) pedagogik faoliyat, maxsus o'ylangan ish sistemasidir.
E’tiboringiz uchun rahmat!
- Slides: 19