UMUMIY PEDAGOGIKA VA SHAXSIY RIVOJLANISH Teacher Otabek Bazarov
UMUMIY PEDAGOGIKA VA SHAXSIY RIVOJLANISH Teacher: Otabek Bazarov
8 - Mavzu: Tarbiya metodlari va vositalari 1. Tarbiya metodlari to'g'risida tushuncha 2. Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi 3. Tarbiya metodlari tasnifi 4. Tarbiya vositalari 5. Tarbiya shakllari.
1. Tarbiya metodlari to'g'risida tushuncha Tarbiya nazariyasida tarbiya metodi - tarbiya vazifalarini hal etishga yo'naltirilgan, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o'zaro aloqador faoliyati yo’li ekanligi ta'kidlab o'tilgan. Bu tarbiya jarayonini tarbiyaning asosiy qonuniga mosligini va o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro aloqador faoliyati sifatida tushunishni ifodalaydi.
Pedagoglar tarbiyalanuvchilarning turli faoliyatlarini tashkil etib. ishontirish, namuna, mashq, talab, jazolash va rag'batlantirish orqali ta'sir etadilar.
2. Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi Tahlillar shuni ko'satadiki, klassifikatsiyalar asosini shaxsning u yoki bu sohasiga (ongiga, xulqiga, hissiyotiga) ta'sir etish yo'naltirilishi bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda shaxsni bilimini, qaraslilarini, idrokini shakllantirishga yo'naltirilgan metodlar bor.
a) ongni shakllantirish metodlari: liikoya, suhbat, ma'ruza, munozara, muhokama; b) faoliyatni taslikil etish va xulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o'rgatish, topshiriq, talab va tarbiyaviy vaziyatlarni yaratish; d) xulqni stimullashtiruvchi metodlar: musobaqa, o'yin, taqdirlash va jazolash; e) nazorat, o'z-o'zini baholash metodlari: kuzatish, so'rov, faoliyat natijalarini tahlil qilish.
3. Tarbiya metodlari tasnifi Ongni shakllantiruvchi metodlar. Bu metodlar birinchi navbatda shaxsning ongiga, uning aqliy, intellektual, hissiy sohalariga murojaat qiladi. Ishontirishning asosiy manbai, instrumenti bu - so'z, xabar, ma'lumot va ma'lumot muhokamasi. Ma'ruza, hikoya, tushuntirish — bu og'zaki metodlar, ma’lumotni tahlil qilish va xabar berish bo'lib, tarbiyaviy mazmun va mohiyat kasb etadi.
Tarbiyachi metodik adabiyotlardan mavzularni, material mazmunini va o'quvchilar bilan tarbiyaviy suhbatiami o'tkazish bo’yicha tavsiyalarni topadi. Tarbiyachi o'quvchilar bilan suhbat uchun mamlakat, dunyo, yoshlar hayotining turli tomonlarini ifodalovchi materiallarini ominaviy axborot vositalaridan ham olishlari mumkin. Suhbat munozara, muhokama sifatida o'quvchilarni o'zlaridan intellektual va emotsional faollikni talab etuvchi metod liisoblanadi.
1) etik mavzular (ijtimoiy ma'naviy-axloqiy me'yorlar, jamiyatda ustuvor o'rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o'zini tutish qoidalari va boshqalar); 2) estetik mavzular (tabiat go'zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go'zalligi); 3) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va hokazolar); 4) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o'simliklar dunyosi, elektronika va boshqalar).
Muhokama— tarbiyaning maxsus metodi bo'lib, qarama-qarshi fikrlarning to'qnashuvini ifodalaydi.
Namuna - shaxsga atrofdagilar (xususan, o'qituvchilar, ota-onalar, yoshi katta kishilar)ning yurish-turish, muomala, tartib-intizom qoidalariga rioya qilish, kundalik faoliyatni tashkil etishda o'rnak, ibrat bo’la olislilarini ifodalovchi metod sanaladi.
Xulqni shakllantirish va faoliyatni tashkil etish metodlari. A. N. Leontevning takidlaslticha, faoliyat tarbilanuvchi uchun ahamiyatli, shaxsiy mohiyat kasb etganda tarbiyalanuvchi shaxsini tarbiyalaydi. Bunda tarbiyalanuvcli faoliyatda faol ishtirok etsa ularni vazifalari almashib turishi kerak. Tarbiyalanuvchlar faoliyatini boshqarish pedagogik vaziyatarga mos bo'lislii zarur.
Jamoatchilik fikri — bu guruh talablarini ifodalaydi. Ular rivojlangan jamoalarda butun jamoaning xatti-liarakadarini baholashda qo'llaniladi. Bu barcha gur h a'zolarining hayotga bo'lgan qarashlarida, qadriyatlarida, me'yorlarida ifodalanadi.
Mashq - muayyan xatti-harakatiarni k o ' p marotaba takrorlashga qaratilgan harakat mohiyatini ifodalovchi metod hisoblanadi. Tarbiya amaliyotida mashqning quyidagi turlari mavjud: 1) faoliyatda mashq qilish; 2) kun tartibi doirasida bajariladigan mashqlar; 3) maxsus mashqlar. Tarbiyaviy vaziyatlar — bu harakatga undov, tanlash holati bo'lib. tarbiyachi tomonidan maxsus taslikil etilishi ham mumkin.
Xulq va faoliyatni stimullashtiravchi metodlar. Taqdirlash —bu tarbiyalanuvchi va guruh a'zolarini xulq-atvorini, xattiharakatlarini, fazilatlarini ijobiy baholash, ma'qullashda ifodalanadi. Rag’bat turlari: 1) o'quvcliining zimmasiga mas'uliyatli vazifani yuklash; 2) maqtashi; 3) estalik sovg'asini berish; 4) maqtov yorlig'i bilan taqdirlash; 5) maxsus stipendiyalar tayinlash; 6) qo'llab-quwatlash; 7) fotosuratni hurmat taxtasiga qo'yish; 8) j a m o a nomidan mimiatdorchilik bildirish; 9) safdabirinchi o'rnida turishini ta'minlash;
Jazolash — bu xulq normalariga qarama-qarshi bo'lgan xattiharakatlarni salbiy baholashda ifodalanadi. Jazolash metodi salbiy xattiharakat sabablarini tahlil etishni, o'quvchi shaxsini kamsitmaslikni, obdon o'ylab chiqilgan xattiharakatlarni talab etadi. Tarbiya jarayonida jazolash metodini qo'llashda quyidagi jazo choralari qo'llaniladi: - tanbeh berish; - ogohlantirish; - uyaltirish; - hayf sail berish.
4. Tarbiya vositalari Tarbiya vositasi — kam o'rganilgan pedagogik kategoriya isoblanadi. Biroq oxirgi yillarda ushbu muammoni o'rganish dolzarb. Ugi oshganligini kuzatilmoqda. Sababi maktab, o'qish, kitob, o'qituvchi nutqi, ota-ona so'zi bolaga ta’sir etishning, shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omili, yagona manbai bo’lmay qoldi.
«Vosita» tushunchasi izohli lug'atlarda bir necha ma'nolarni bildiradi. Vosita bu birinchidan maqsadga erishishdagi harakat usuli, ikkinchidan - biror narsa uchun qo'Uaniladigan predmetlar, moddiy qadriyat, uchinchidan - falsafa, iqtisodda «vosita» xomashyo, inson faoliyati obyekti, ishlab chiqarish uchun dastlabki material, to'rtinchidan, pedagogikada ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan mehnat qurollari, narsa va predmetlar yig'indisi.
5. Tarbiya shakllari. Ta'limni tashkd etish shakli muammosi tarbiya jarayonini tashkil etish shakliga nisbatan ko’p o'rganilgan soha hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda tarbiyachi tomonidan quyidagilarga e'tibor berilishi maqsadga muvofiq: - tadbirning nomlanishini, vazifalarini, shaklini aniqlash; - mazmun bo’yicha materiallarni to'plash; - ish ketma-ketligini rejalashtirish; - ishtirokchilarni tayyorlash; - tadbirni o'tkazish; - tahlil va o'z-o'zini tahlil qilish.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Tarbiya shakllari, metodlari vositalari o'rtasida qanday aloqadorliklar mavjud? 2. Tarbiya metodlari, vositalari, shakllari klassifikatsiyalarini izohlang. 3. Tarbiyaning asosiy metodlarini tavsiflang. 4. Tarbiya vositalarini izohlang.
E’tiboringiz uchun rahmat!
- Slides: 22