Mavzu Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja 1 Rivojlanish psixologiyasi

  • Slides: 41
Download presentation
Mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish

Mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish

Reja: 1. Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2. Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan

Reja: 1. Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2. Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi 3. Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari 4. Psixologik tadqiqotni o’tkazishga qo’yiladigan talablar

Adabiyotlar • 1. E. Goziey “Yosh davrlari psixologiyasi” Toshkent • 2. E. Goziey “Ontogenez”

Adabiyotlar • 1. E. Goziey “Yosh davrlari psixologiyasi” Toshkent • 2. E. Goziey “Ontogenez” Toshkent 2010 • 3. Z. T. Nishonova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullaeva, M. X. Xolnazarov “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” Toshkent 2017 • 4. F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova “Umumiy psixologiya” Toshkent 2010 TDPU nashriyoti, 2010 y • 5. Z. T. Nishonova, D. Qarshieva, N. Atabaeva, Z. Qurbonova “Psixodiognostika va eksperimental psixologiya” Toshkent 2014 • 6. Z. T. Nishonova, G. Alimova “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi” • 7. SH. A. Do’stmuhamedova, Z. T. Nishonova, S. X. Jalilova, SH. T. Karimova, SH. T. Alimbaeva “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” Toshkent-2013

Rivojlanish psixologiyasi – psixologiya fanlarining bir tarmog‘i bo‘lib, shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlari va aniq

Rivojlanish psixologiyasi – psixologiya fanlarining bir tarmog‘i bo‘lib, shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlari va aniq dallillari, yosh xususiyatlari va turli yosh davrlaridagi psixik o‘zgarishlar dinamikasini o‘rganadi. Rivojlanish psixologiyasining o‘rganish ob’ekti – ontogenez jarayonida shakllanuvchi, rivojlanuvchi va o‘zgaruvchi sog‘lom inson. Rivojlanish psixologiyasi turli yosh davrlarida inson hulq atvorida yuzaga keluvchi o‘zgarishlarni kelib chiqish sabablarini aniqlaydi va ularni tavsiflaydi, insonlardagi ko‘nikma va malakalarni hosil bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganadi

Rivojlanish psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi

Rivojlanish psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o’rganishdan iborat

 • Rivojlanish psixologiyasi o’z navbatida bir qancha • • • sohalarga bo’linadi. Bular.

• Rivojlanish psixologiyasi o’z navbatida bir qancha • • • sohalarga bo’linadi. Bular. Bolalar psixologiyasi Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi O’smir psixologiyasi Ilk o’spirinlik yoshi psixologiyasi Katta yoshdagilar psixologiyasi Gerontopsixologiya ( qarilik )psixologiyasi

Rivojlanish psixologiyasining umumiy vazifalari - Psixik jarayonlarning, bilimlarning o’zlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish. -

Rivojlanish psixologiyasining umumiy vazifalari - Psixik jarayonlarning, bilimlarning o’zlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish. - Shaxs rivojlanishining muhim omillarini o’rganish - Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish - Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o’rganadi

Rivojlanish psixologiyasining nazariy vazifalari: - insonning butun hayot yo‘li davomida psixik rivojlanishiga ta’sir etuvchi

Rivojlanish psixologiyasining nazariy vazifalari: - insonning butun hayot yo‘li davomida psixik rivojlanishiga ta’sir etuvchi va harakatga keltiruvchi kuchlar, mexanizmlarni o‘rganish; - ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish; - psixik rivojlanish davomida yosh xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va bilish jarayonlarini o‘rganish; - ma’lum tarixiy davrda shaxs rivojlanishi hamda shaxs sifatida shakllanishini tadqiq etish. Rivojlanish psixologiyasining amaliy vazifalari: - insonning psixik funksiyalarining yosh davriga mos me’yorlarni va ijodiy qobiliyatning mavjudligini aniqlash; - psixologik rivojlanishda bolaning rivojlanishi, psixologik salomatligini nazorat qilish va tizimlashtirish; - yosh va tibbiy diagnostika; - inson hayotining inqirozli davrlarida yordamni amalga oshirish.

 • Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi • Pedagogika va rivojlanish psixologiyasi- pedagogika

• Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi • Pedagogika va rivojlanish psixologiyasi- pedagogika ta’lim va tarbiya qonunlari, metod va usullari haqidagi fan. U ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalarini, ularning shaxs taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi o’rnini ochib beradi. Bolaga ta’lim va tarbiya berishga oid vazifalarni hal etishda pedagogika qanday qilib ta’lim-tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va tarbiyasida o’yin usullaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu yosh davrida o’yin etakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi.

 • Tibbiyot va rivojlanish psixologiyasi. Tibbiyot inson salomatligi va kasalliklarini, kasalliklarning oldini olish

• Tibbiyot va rivojlanish psixologiyasi. Tibbiyot inson salomatligi va kasalliklarini, kasalliklarning oldini olish va ularni da’volash, shuningdek, salomatlikni mustahkamlash haqidagi fan. Bolalarda uchraydigan ko’pgina kasalliklarning manbayi psixologik xatakterga egadir. Masalan, tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bronhial astma bilan og’rigan kasalliklarning ko’pchiligiga bolaligidan ota-onalari emosiyalarni erkin ifodalash, tashabbus ko’rsatish imkoniyatini chegaralaganlar. Kasallikning zo‘rayishi bir tomondan psixik omillarga (tushkunlikka berilish vasvasaga tushush, hadiksirash va shu kabilarga) bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan dardning o‘zi ham, jumladan terapevtik muolajaning samaradorligini pasaytirib yuborishi mumkin bo‘lgan alohida psixik holatlarni keltirib chiqaradiki, bu hol vrach va psixologning kuch-g‘ayratlari birlashtirilishini zarurat qilib qo‘yadi.

 • Umumiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi. Umumiy psixologiya umumiy psixologik qonuniyatlarini, psixologiyaning nazariy

• Umumiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi. Umumiy psixologiya umumiy psixologik qonuniyatlarini, psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini, metodlarini o’rganuvchi nazariy va eksperimental tadqiqotlardir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatining xususiyatlari, tafakkur turlari va operasiyalari haqida umumiy tasavvurni hosil qiladi. Rivojlanish psixologiyasi esa turli yosh bosqichlarida tafakkurning qanday xususiyatlar kasb etishini, tafakkurning qanday rivojlanishini o’rganadi. Bunda u, albatta, umumiy psixologiyadagi tasavvurlarga tayanadi, uning metodlari va kategoriyalaridan foydalanadi

 • Ijtimoiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi. Ijtimoiy psixologiya fanining tarmog’i bo’lib, insonlarning ijtimoiy

• Ijtimoiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi. Ijtimoiy psixologiya fanining tarmog’i bo’lib, insonlarning ijtimoiy guruhlarga mansubligi bilan taqozolangan xulq-atvori va faoliyatini, shuningdek, shu ijtimoiy guruhlarning o’zini o’rganish bilan shug’ullanadi. Rivojlanish psixologiyasi shaxs psixik taraqqiyotini o’rganar ekan, albatta, shaxslar guruhi, bu guruhda shaxslar o’rtasida amalga oshuvchi munosabatlarni e’tibordan chetda qoldirmaydi. Rivojlanish psixologiyasi, ayniqsa, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bo’lgan muloqoti va uning bola rivojlanishiga ta’sirini o’rganishga alohida e’tibor qaratadi

Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari Kuzatish- psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali, biror maqsad asosida

Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari Kuzatish- psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali, biror maqsad asosida o’rganish. Rivojlanish psixologiyasida bu metodning ob’ektiv va sub’ektiv kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: -Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi -Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi -Sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi -Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi -Kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi -Kuzatish insonning qaysi faoliyatida ( o’yin, o’qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi -Kuzatishning shakli ( yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazilishi ) tayinlanadi -Kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari ( kundalik, kuzatish varaqasi va boshqalar) taxt qilinadi

Eksperiment metodi- tabiiy va labaratoriya eksperimenti turlariga bo’linadi. Tabiiy eksperiment- ( birinchi marta 1910

Eksperiment metodi- tabiiy va labaratoriya eksperimenti turlariga bo’linadi. Tabiiy eksperiment- ( birinchi marta 1910 yilda A. F. Lazurskiy taklif etgan) mo’ljallanganiga ko’ra, eksperiment o’tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo’ladigan zo’riqishga yo’l qo’ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga ( dars, suhbat, o’yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko’chirishi lozim. Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish to’g’risidagi ko’rsatmaga bog’liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga misol bo’la oladi. Labaratoriya eksperiment- ko’pincha individual ( goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’lyo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo’llanadi.

Longityud metodi- boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o’n

Longityud metodi- boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o’n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan nemis psixologi V. Shtern, fransuz psixologi R. Zazzo, rus psixologlari N. A. Menchinskaya, V. S. Muxina, o’zbek psixologi E. Goziev va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar. Mazkur metod orqali bir xil jinsli ( Hasan-Husan, Fotima-Zuhra yoki aralash jinsli Hasan. Zuhra, Fotima-Husan) egizaklar kuzatiladi

Test metodi • “Test”inglizcha so’z bo’lib sinash tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy

Test metodi • “Test”inglizcha so’z bo’lib sinash tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mumkinligi, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, istedodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda keng qo’llaniladi. 1905 yildan fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o’sishi va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodi qo’llanila boshladi.

Sosiometrik metod- bu metod kichik guruh a’zolari o’rtasidagi bevosita emosional munosabatlarni o’rganish va ularning

Sosiometrik metod- bu metod kichik guruh a’zolari o’rtasidagi bevosita emosional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Bunda Amerikalik sosiolog Dj. Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruh a’zolarining bir-birlari bilan munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matrisa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlar guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to’g’risida tasavvur hosil qiladi. Bu ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi.

Biografiya-(tarjimai hol) metodi- inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayot faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki

Biografiya-(tarjimai hol) metodi- inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayot faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, xotiralari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar, esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar o’rganilayotgan shaxsni to’liqroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Tarjimai hol ma’lumotlarni inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishga yordam beradi.

 • Proektiv metodlar test usullarining bir ko’rinishi bo’lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko’rinishga

• Proektiv metodlar test usullarining bir ko’rinishi bo’lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig’i beriladi. Proektiv testlar sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarurati tug’ilganda qo’llaniladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo’lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko’rinishi mavjud bo’lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o’zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtaiy nazaridan baholashi kutiladi. • Proektiv metodlar qatoriga Rorshaxning “Siyoh dog’lari”testini kiritish mumkin.

“Proyeksiya” tushunchasi dastlab Z. Freyd tomonidan sub’ektning ongli va ongsiz tarzda ko’chirilgan shaxsiy xususiyatlari,

“Proyeksiya” tushunchasi dastlab Z. Freyd tomonidan sub’ektning ongli va ongsiz tarzda ko’chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashqi ob’ektlarga nisbatan holatlarning mazmunini ifodalash uchun qo’llanilgan. Proyeksiya lotincha “proektio” so’zidan olingan bo’lib, oldinga irg’itish, tashlash ma’nosini bildiradi. Mashhur psixolog olim L. Frank proektiv metodikalarning klassifikasiyasini birinchilardan bo’lib ishlab chiqdi.

Konstitutiv metodlar • Rorshax metodikasi 10 ta jadvaldan iborat, bir xil rangdagi va polixromli

Konstitutiv metodlar • Rorshax metodikasi 10 ta jadvaldan iborat, bir xil rangdagi va polixromli simmetrik ko’rinishlar, dog’lar. Savol- “Bu nima bo’lishi mumkin, bu nimaga o’xshaydi”. Bunda insonning ichki ustanovkasini, xarakatlarini bilsa bo’ladi.

Konstruktiv metodlar • Senotestnarsalar, daraxtlar, figuralar yasaydi- bundan uni qurshagan atrof muhit xaqida bilib

Konstruktiv metodlar • Senotestnarsalar, daraxtlar, figuralar yasaydi- bundan uni qurshagan atrof muhit xaqida bilib olish mumkin.

Interpretativ metodlar. Bunda qandaydir vaziyat haqida bosh qotirib aniqlash topshiriladi. “Tematik appersepsion testi”. Insondagi

Interpretativ metodlar. Bunda qandaydir vaziyat haqida bosh qotirib aniqlash topshiriladi. “Tematik appersepsion testi”. Insondagi qiziqishlar, xissiy kechinmalar, ichki imkoniyat va yashirin maqsadlarni aniqlaydi. Metodika muallifi G. Murrey va Morganlar sanaladi.

Katartik metodlar • O’yin faoliyati- psixodramma, ixtiyoriy teatr sahnasi, terapevtik chiqishlar – natijasida tadqiqotchi

Katartik metodlar • O’yin faoliyati- psixodramma, ixtiyoriy teatr sahnasi, terapevtik chiqishlar – natijasida tadqiqotchi insonning konfliktlarini, muammolarini ochib beradi. Psixoterapiya ko’p qo’llanadigan va shaxsni tarbiyalaydigan vosita hisoblanadi. Rollar, issiq stul o’yinlari.

 • Refraktiv metodlar – bu shaxs xususiyatlaridagi yashirin motivlarni aniqlashga yordam beradi. Masalan,

• Refraktiv metodlar – bu shaxs xususiyatlaridagi yashirin motivlarni aniqlashga yordam beradi. Masalan, insonning gapirganidan, yuz mimikalaridan, yozuvidan. Refraktiv taxlil – jinoyat turini aniqlashda yoki bo’lmasa davlat axamiyatiga molik rasmiy hujjatlardagi o’z boshimchalik va qonunbuzarlik holatlarini ochishda, mansabdor shaxslar yoki davlat xizmatchilari qo’ygan imzolarni aniqlashda refraktiv usul qo’l kelishi tadqiqotlarda ta’kidlangan.

Ekspressiv metodlar- bu alohida topshirilgan yoki erkin mavzu bo’yicha rasm chizdirish orqali o’tkaziladi. “Uy-daraxt-odam”,

Ekspressiv metodlar- bu alohida topshirilgan yoki erkin mavzu bo’yicha rasm chizdirish orqali o’tkaziladi. “Uy-daraxt-odam”, “Oila”, “Avtoportret”, “Odam qomati”, “Mavjud bo’lmagan hayvon”, “Ochiq eshiklar” testlari misol bo’la oladi. Metodika Dj. Morgan tomonidan 1948 -yilda qo’llangan. Kattalar va bolalarni o’rganish uchun ham qulay sanaladi.

“Avtoportret (Odam qomati)”

“Avtoportret (Odam qomati)”

“Avtoportret (Odam qomati)”

“Avtoportret (Odam qomati)”

Impressiv metodlar Bu stimul materialdan tanlangan narsalarning natijasiga ko’ra aniqlanadi. “ Lyusherning ranglarni tanlash

Impressiv metodlar Bu stimul materialdan tanlangan narsalarning natijasiga ko’ra aniqlanadi. “ Lyusherning ranglarni tanlash testi” 8 -rangli kvadratdan iborat. Ranglar orqali insonda qo’rquv, ichki dunyo sirliligini yashirin ochish, nizoli vaziyatga moyillik, emosional qiyofa kabi psixologik masalalar o’rganiladi.

Lyusher bo’yicha ranglarni ta’riflash 4 asosiy va 4 ta qo’shimcha ranglarni o’z ichiga oladi

Lyusher bo’yicha ranglarni ta’riflash 4 asosiy va 4 ta qo’shimcha ranglarni o’z ichiga oladi • • Asosiy ranglar Ko’k – qoniqishga, xotirjamlikka, barqaror ijobiy mehribonlikka bo’lgan ehtiyoj Yashil - o’zini ta’kidlashga bo’lgan ehtiyoj, dadillik, qatiylik gohida qaysarlik hissini ifodalaydi Qizil - faol harakatga va niyatga erishish ehtiyoji Sariq - istiqbolga, aktivlik, muloqotga intiluvchanlik, xushchaqlik hissi

Qo’shimcha ranglar Siyohrang, jigarrang, qora rang, nolga barobar bo’lgan ranglar. Ular salbiy yo’nalishlarni: xavotir,

Qo’shimcha ranglar Siyohrang, jigarrang, qora rang, nolga barobar bo’lgan ranglar. Ular salbiy yo’nalishlarni: xavotir, stress, qo’rquv, xafagarchilik hislarini bildiradi.

Additiv metodlar Gapni, hikoyani, tarixni tugallash “Tugallanmagan gaplar” metodikasi. Bu metodikalar xar hil shaxslik

Additiv metodlar Gapni, hikoyani, tarixni tugallash “Tugallanmagan gaplar” metodikasi. Bu metodikalar xar hil shaxslik o’zgaruvchilar, motivlardan u yoki bu xarakatlardan tortib, to jinsiy tarbiya munosabatlarigacha aniqlashga mo’ljallangan.

SUXBAT METODI Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa

SUXBAT METODI Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suxbat metodidan moxirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.

Psixologik tadqiqotni o’tkazishga qo’yiladigan talablar • Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qo’llaniladigan metod va metodikalarni

Psixologik tadqiqotni o’tkazishga qo’yiladigan talablar • Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qo’llaniladigan metod va metodikalarni tanlash handa sinab ko’rishni o’z ichiga oladi. Tadqiqotga tayorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi. • Tadqiqot o’tkazish joyi turli xil tashqi shovqinlardan holi bo’lishi, shu bilan birga sanitariya-gigiena qoidalariga javob berishi lozim. Majbur qilmaydigan ish holati ta’minlanishi kerak. • Tadqiqotning texnik ta’minlanishi hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarga mos tushishi kerak.

. Sinaluvchilarni sifat jihatdan bir xil qilib tanlash zarur • Tadqiqotchi tadqiqotning borishiga, uning

. Sinaluvchilarni sifat jihatdan bir xil qilib tanlash zarur • Tadqiqotchi tadqiqotning borishiga, uning barcha bosqichlarini o’tkazishga ta’sir etadi ( rejalashtirishdan, to xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishgacha) • Yo’riqnoma yoki ko’rsatma tadqiqot boshlanishidan oldin, tayorgarlik bosqichida tuziladi. U aniq, qisqa va bir ma’noli bo’lishi lozim • Tadqiqot natijalari bayonnomalarda qayd etilib, u bir vaqtning o’zida ham to’la, ham maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak • Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar sifat va miqdor jihatdan analiz, sintez qilinishi, y’ani qayta ishlanishi zarur

Psixodiognostik metodikalarga qo’yiladigan talablar Psixodiagnostik metodikalar qo’llanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini ko’rsatuvchi mezonlar

Psixodiognostik metodikalarga qo’yiladigan talablar Psixodiagnostik metodikalar qo’llanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini ko’rsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan o’tkazilishi zarur. Psixodiagnostik metodikalarni baholashning asosiy mezonlari sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligi- psixodiagnostik metodikaning sifati bo’lib, u ushbu metodika yordamida etarlicha barqaror natijalarga erishish imkoniyati bilan belgilanadi. Ishonchli metodikalarni qayta o’tkazish o’xshash natijani ko’rsatishi kerak

Metodikani baholashning yana bir muhim mezoni validlik hisoblanadi Validlik atamasi Evtopa tillaridan olingan bo’lib

Metodikani baholashning yana bir muhim mezoni validlik hisoblanadi Validlik atamasi Evtopa tillaridan olingan bo’lib u quyidagi ma’noni anglatadi: “to’laqonli”, “yaroqli”, “mos”. Metodika validligi – metodika yordamida olingan ma’lumotlarning nimani aniqlashga qaratilganligi, y’ani metodika mohiyati bilan mosligi. Validlik – metodikaning samaradorligi, amaliy foydasini ko’rsatuvchi mezon.

Nazariy validlik Qo’llanilgan metodika yordamida olingan ko’rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko’rsatkichlar bilan ya’ni

Nazariy validlik Qo’llanilgan metodika yordamida olingan ko’rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko’rsatkichlar bilan ya’ni ko’rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog’liqlik borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko’rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi Empirik validlik Sinaluvchining reaksiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy xulqidagi diagnostik ko’rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi

Ichki validlik Metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi Tashqi validlik Xuddi empirik

Ichki validlik Metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi Tashqi validlik Xuddi empirik validlikka o’xshash, undan farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko’rinishlarning ko’rsatkichlari bilan metodikadagi ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligiga e’tibor qaratiladi

Savollar - Rivojlanish psixologiyasi o’z navbatida bir qancha sohalarga bo’linadi. Bular-? - Kuzatish metodining

Savollar - Rivojlanish psixologiyasi o’z navbatida bir qancha sohalarga bo’linadi. Bular-? - Kuzatish metodining avzalligi va kamchiligi ? - Longityud metodining asoschilari kimlar ? - Test metodining asoschilari kimlar ? - Sosiometrik metodning asoschisi kim?