UMUMIY PEDAGOGIKA VA SHAXSIY RIVOJLANISH Teacher Otabek Bazarov
UMUMIY PEDAGOGIKA VA SHAXSIY RIVOJLANISH Teacher: Otabek Bazarov
5 - Mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari. 1. Metod tushunchasi va mohiyati 2. Ta’lim metodlari evolutsiyasi 3. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi 4. Ta’lim vositalari 5. Ta’lim metodlari va vositalarini tanlash.
1. Metod tushunchasi va mohiyati Metod – yunoncha atama bo'lib, aynan nimagadir yo'l ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi – zamonaviy darajada o'quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan pedagogik va o'quvchilarning o'zaro bog'liq faoliyat usullaridir (V. I. Zagazinskiy); ta'lim metodlari – o'quv jarayonining murakkab tarkibiy komponenti bo'lib, o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining barcha yo'nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o'rtasida ko'p sonli aloqa va bog'lanishlarni yuzaga keltiradi (G. I. Xukina);
O'qitish usullarini quyidagilarga bo’lish mumkin: -tafakkur, xotira, diqqat va xayolning alohida operatsiyalarini tarkib toptiradigan va faollashtiradigan usullar; -fikrlash faoliyatida muammoli va izlanishli vaziyatlarni vujudga keltiradigan usullar; -o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish bilan bog'liq kechinmalari va hissiyotlarini faollashtiradigan usullar; -nazorat va o'quvchilarning o'zini-o'zi nazorat qilish usullari; -o'qitish jarayonida o'quvchilarning jamoaviy va shaxsiy o'zaro munosabatlarini boshqarish usullari.
2. Ta’lim metodlari evolutsiyasi Ta’lim metodlari — tarixiy kategoriya hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganlik darajasi pedagogik jarayon maqsadi, mazmuni, vositalariga ta’sir qiladi. Ularning o'zgarishi bilan ta’lim metodlari ham o'zgaradi.
Amerikalik pedagog K. Kerr « ta’lim metodlari sohasidagi tub burihshlarni » to’rt bosqichga ajratadi. Kishilik jamiyatining dasdabki rivojlanish bosqichida bolalarni asosiy o'qituvchilari ota-onalar hisoblangan. Birinchi tub burilish ularning o'rniga professional o'qituvchilarning kelishi davri. Ikkinchi tub burilish og'zaki so'zni, nutqni yozuv bilan almashinuvi bilan bog'liq. Uchinchi tub burilish ta'limga bosma so'zning kiritihshi davri. To'rtinchisi ta'limni avtomatizatsiyalashtirish va kompyuterizatsiyalashtirish bilan bog'liq.
3. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi T. A. Ilina olimlarning tasniflarini umumlashtirib, Yu. K. Babanskiyning tasnifini ma'qullagan va tasniflashning quyidagi tartibini tavsiya etgan: -yangi bilimlarni berish metodlari (o'qituvchining so'zlariga tayangan holda berish uchun foydalanilgan tushuntirish, hikoya, maktab ma'ruza); -yangi bilimlar o'zlashtirilishi, mustahkam malakalar shakllanishi uchun foydalaniladigan metodlar: suhbat, ekskursiya, eksperiment va laboratoriya ishi, darslik va kitob bilan ishlash, o'yin, mashqlar; -darsning har bir bosqichida foydalansa bo'ladigan texnik vositalar bilan ishlash metodlari; -mustaqil ish.
Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi mezonlarga layaniladi: 1) ta’lim metodlarini ta’lim maqsadi va vazifalariga mos kelishi; 2) ta’lim metodlarini ta’lim prinsiplariga mosligi; 3) metodlarni o'rganilayotgan mavzu mazmuniga mosligi; 4) metodlarni o'quvchilar o'quv imkoniyatlari (yosh, jismoniy, psixologik, tayyorgarlik darajasi, talabalarni tarbiyalanganligi va rivojlanganligi)ga mosligi; 5) metodlarni texnik sharoit va ta’lim uchun ajratilgan vaqtga mosligi; 6) ta’lim metodlarini o'qituvchilarning o'z imkoniyatlari (tajribasi, nazariy va amaliy tayyorgarligi, faohyatning individual stili, o'qituvchining shaxsiy sifatlari)ga mosligi.
Ta’lim metodlari podgrappa Og'zaki Ma'ruza, suhbat, hikoya, tushuntirish, munozara, kitob bilan ishlash Ko'rgazmali Illyustratsiya va demonstratsiya Amaliy Mashq, pedagogik vazifalarni yechish, didaktik va rolli o'yinlar, treninglar, laboratoriya ishi Induktiv va deduktiv Anahz, taqqoslash, qiyoslash, umumlashtirish, sintez, modellashtirish, pedagogik vaziyatlarni talilil qilish Reproduktiv Tushuntirish, ma'ruza, hikoya, instruktaj, kitob bilan ishlash, mashq Muammoli-izlanuvchan Evristik suhbat, muammoli savol, vaziyatlar tahlili, umumlashtirish, tizimlashtirish, modellashtirish, Mustaqil ish metodlari Kitob bilan ishlash, mashq, pedagogik vazifalarni yechish, laboratoriya ishi, loyiha ishlab chiqish, «keys-stadi»
Turli ta'lim metodlarining qiyosiy xarakteristikasi
Hikoya—o'quv materiali mazmunini jonh, obrazli, ta'sirli ravishda bayon qihshdir. Hikoya qilib berish mahoratini egallagan o'qituvchi o'quvchilarni bilimlarni muayyan tizimda o'zlashtirishlarini ta'minlaydi, ularni fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Ko'rgazmali metodlarga kuzatish illyustratsiya va demonstratsiya metodlari kiradi. Demonstratsiya metodi ta’lim vositalari asosida turli tasvirlarni namoyish qilish.
4. Ta’lim vositalari Oddiy vositalar: 1) og’zaki vositalar: darslik va boshqa matnlar; 2) oddiy ko’rish vositalari: real predmetlar, modellar, rasmlar. Murakkab vositalar: 1) mexanik ko’rish vositalari: kodoskop, diaproyektor 2) eshitish vositalari: proigrivatel, magnitofon, radio; 3) audiovizual (ko'rish-eshitish): ovozli film, TV, video; 4) ta’lim jarayonini avtomatlashtiruvchi vositalar: multimediali kabinetlar, kompyuterlar, axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmog'i.
5. Ta’lim metodlari va vositalarini tanlash. Ta’lim jarayonida o'qitish metodlarini va vositalarini tanlash ko'plab obyektiv va subyektiv omillarga bog'liq. -ta’lim qonuniyatlariga va prinsiplariga; -insonni rivojlanishi , tarbiyasi va ta’limi maqsadiga;
Ta‘lim metodlarini tanlash: — o'quvchilarni tarbiyalash, rivojlantirish, ta’lim berish, ma'lumotli qilish umumiy maqsadlariga; — o'quv predmeti va mavzu mazmuniga: — aniq o'quv predmetini o'qitish metodikasi xususiyatiariga; — aniq bir darsni maqsad va vazifasiga hamda mazmuniga; — materialni o’rgatish uchun ajratilgan vaqtga; — o'quvchilarni yosh xususiyatiariga hamda ularni bilish imkoniyatiari darajalariga va o'quvchilarni tayyorgarlik darajalariga; — o’quv muassasasini moddiy, uslubiy ta'minlanganligiga; — o'qituvchini xususiyat va imkoniyatiariga, nazariy va amaliy tayyorgarligi darajasiga, uslubiy, kasbiy mahoratiga, shaxsiy sifadariga bog'liq.
Nazorat uchun savollar: 1. Ta’lim metodining mohiyati nima? 2. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi mohiyatini tavsiflang. 3. Sizningcha qaysi ta’lim metodlari klassifikatsiyasi asosiy hisoblanadi? 4. Ta’lim vositasi qanday vazifalarni bajaradi? 5. Ta’lim vositalari qaysi asoslarga ko’ra klassifikatsiya qilinadi?
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. B. P. Esipov “Pedagogika” T. O’qituvchi 1969. 2. A. Radugin “Pedagogika” M. Centre, 2002. 3. Danilov M. A. “Didaktika”. M. 1980. 4. Kazanskiy Y. G. Nazarova T. S. Didaktika. M, 1978 5. V. Okon. Введение в общую дидактику M. 1990.
E’tiboringiz uchun rahmat!
- Slides: 18