Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ozbekistonda demokratik
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi” 7 -MAVZU: XАLQIMIZ MА'NАVIY YUKSАLISHIDА DINLАRNING O‘RNI Fan o’qituvchisi: pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph. D) Aziza Turgunova TOSHKENT-2020
R E J A: 1. Аvesto – bebaho ma'naviy meros. 2. “Musulmon renessansi” – Sharq uyg‘onish davri ma'naviyatining xususiyatlari. 3. Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida o‘zbek xalqini milliy va diniy qadriyatlardan mahrum etishga urinishlar. 4. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ma'naviyatning davlat siyosatida ustuvor sohaga aylanishi.
Zardusht eramizdan avvalgi 660 yilda Xorazmda dunyoga kelgan. Zardusht 20 yoshidan boshlab yakkaxudolikni targ‘ib qilgan. 28 yoshida shuhrat qozonadi, lekin uning targ‘ibotlari mahalliy hukmdorlarga yoqmaydi. Uni osishga xukm etadilar. Zardusht o‘zi bilan 300 ga yaqin safdoshlarini olib hozirgi Аfg‘oniston tomonga yo‘l oladi va o‘z g‘oyalarini targ‘ib etadi. U 77 yil umr ko‘rgan. Zardusht sariq tuya mingan, degan ma'noni anglatadi.
Zardushtning tug`ilgan vа ilk diniy faoliyatini boshlagan joy to`g`risida ikki xil fikr mavjud bo`lgan G`arb nazariyasi: Ungа ko`ra Media (Eron) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Sharq nazariyasi: Ungа ko`ra Zardusht vatani vа zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Хоrazm hisoblanadi. Ko`pchilik manbashunoslar shu nazariya tarafdoridirlar.
Zardushtiylikda imon 3 tа narsagа asoslanadi: Gumata yaxshi fikr Gukta yaxshi so`z Gvarshta yaxshi ish
Avestodagi odob-axloq qoidalari Ezgu fikr «AVESTO» Ezgu so`z Ezgu amal
MITRA Quyosh Xudosi. U kishilarga nur, issiqlik baxt-saodat baxsh etadi. Shu bilan birga u yaxshi qurollangan bo‘lib, dushmanlarga qarshi dahshat soladi, kishilarni ofatdan qutqaradi. Mitra bitmastuganmas kuchga ega bo‘lgan pahlavon sifatida tasvirlangan. U dushmanga qarshi shafqatsizlik bilan jang qiladi va uni mahv etadi. Mitra - o‘tda kuymas, suvda cho‘kmas, o‘q o‘tmas qahramon.
KAYUMARS Kayumars yer yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam bo‘lib, go‘yo u Аxura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: xo‘qiz va odamdan tashkil topgan. Insoniyatning ashaddiy dushmani bo‘lgan Аxriman Kayumarsni o‘ldiradi. Kayumars tanasining xo‘qiz qismidan 55 xil don, 12 xil o‘simlik sigir va ho‘kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘ladi; tananing odam qismidan esa erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga kelgan deb tasvirlanadi.
Jannat va do’zaxga Klastеr mеtodi Oliy ibtidoga Vahdoniyatga Ishonch Qonun Adolat Din To’rt unsur Zardushtiylik Kuch Ta'limot Axuramazda Yaxshilikni ifodalovchi Madaniyat Axriman ezgulik Yomonlikni ifodalovchi Yovuzlikka qarshi kurash yaratuvchanlik
Sukut minoralari. Eron. Muqaddas olov hech qachon o`chishi kerak emas.
Sukut minoralari. Eron.
«Avesto» - zardushtiylikning muqaddas kitobi
“Avesto" quyidagi besh qismdan iborat 1 • Vendidod - 22 bobdan iborat bo`lib, unda Axuramazda Мazda yerdagi barcha mavjudotning yaratuvchisi ekanligi bayon etiladi. 2 • Visparad - 24 bobdan iborat bo`lib, ibodat qo`shiqlaridan iborat. Zulmat kuchlariga qarshi kuchlar kuylanadi. 3 • Yasna- 72 bobdan iborat bo`lib, qurbonlik vaqtida, marosimda aytiladigan qo`shiqlardan iborat. 4 • Yasht - 22 qo`shiqlardan iborat bo`lib, zardushtiylik ma’budlari madhi kuylangan. 5 • Xurda Avesto - Kichik Avesto- Quyosh, oy va boshqa xudo, ma’budlar sharafigа aytilgan kichik ibodat matnlaridan iborat.
AVESTO Bu kitobning ko‘p qismi Iskandar Zulqarnayn va arablar istilosi davrida yo‘qolib ketgan. Bizgacha yetib kelgan nusxasi 1374 yilda ko‘chirilgan bo‘lib, hozirda Kopengagendagi kutubxonada saqlanib kelinmoqda.
RENESSANS Uyg‘onish davri madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati mohiyat-e'tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning «qayta uyg‘onishi» (nomi ham shundan) ni anglatadi. Uyg‘onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aqlidrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Ilk Sharq uyg‘onish davri IX-XII asrlarni, so‘nggi uyg‘onish davri XIV-XV asrlarni o‘z ichiga olsa, Farb uyg‘onish davri XV-XVII asrlarni o‘z ichiga olishi bilan farqlanadi. Farb uyg‘onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo‘lsa, Sharqda masalaning g‘arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz. Sharq va Farb uyg‘onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojat qilish, uni «qayta tiriltirish» , tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni, gumanizmni targ‘ib etish va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astronomiya, matematika, minerologiya, jug‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslub (metodologiya)da - ratsionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do‘stlik yuksak axloqiylikning targ‘ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she'riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi; 8) bilimdonlikning qomusiy harakterda ekanligi.
IX-XV asrlarni Yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlarida shartli tarzda «Renessans» (uyg‘onish) davri deb atashadi. Ma'naviyat va ma'rifatning g‘oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo‘lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta'sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma'mun davrida (813 -833 y. ) Bag‘dodda «Bayt ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi.
Bu davrga kelib, avvalo o‘rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu fan va madaniyatning yirik o‘chog‘iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topgan edi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy, Xakim at. Termiziy kabi o‘rta Osiyolik olimlarning, ulamolarning dong’i yetti iqlimga taralgan
Xitoy donishmandi Konfutsiy bundan 2700 yil oldin o‘z imperagoriga shunday maslahat bergan ekan: «Xoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u yerda uzoq xukmronlik qilmoqchi bo‘lsangiz, dastavval o’sha yerda yashayotgan xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma'naviy buhronni kuchaytiring. O‘z madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma'naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o’raladi, sizga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin bo‘lmaydi» 1. Madaniyat va ma'naviyatni barbod qilish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo‘l bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur na nozik yo‘llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilgan. Shuning uchun ham mustamlakachi va bosqinchilar Xitoy donishmandi aytgan gaplarni oldindan rejalashtirib qo‘yishadi.
Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan generallardan biri M. D. Skobelev: «Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, tilini, san'atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi» , - deb «bashorat» qilgan edi. Uning ana shu «dono» ko‘rsatmasi Turkistondagi ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan jaholat va yovuzliklar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Chorizm Turkiston xalqlarini savodsizlik bilimsizlik holatida ushlab turishdan manfaatdor edi.
Insonlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini ta'minlashga ko‘maklashadigan muqaddas kitob Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, Аl-Buxoriy, Аt-Termiziy, Shayx Najmiddin Kubro, Аz-Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu fuzalolarning mo‘tabar asarlari xalqdan yashirildi, ularga o‘t qo‘yildi, suvlarga oqizildi. Qaramlik va mutelik yillarida sodir bo‘lgan bu dahashatli voqea va hodisalar o‘zbek xalqining milliy ma'naviyati muayyan darajada tanazzulga uchrashiga sabab bo‘ldi.
30 -yillarning o‘rtalariga borib, milliy ma'naviyatimizni to‘liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirila boshlandi. Аsl ziyo egalari otib, bo‘g‘ib tashlandi. Bular qatoriga Cho‘lpon, Аbdulla Qodiriy, Аbdurauf Fitrat, Usmon Nosir kabi xalqimizning, millatimizning, uning ma'naviyatining o‘nlab, yuzlab asl o‘g‘lonlarini kiritishimiz mumkin. qaramlik va mutelik yillari o‘zlarini ilmning hamma sohasini yakkayu yagona bilag’oni deb atagan kommunistik mafkura targ‘ibotchilari o‘z faoliyatlarida o‘tmishdan qolgan barcha ma'naviy merosni butunlay inkor etish yo‘liga o‘tib oldilar.
Mustaqillik yillari islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, Qur'oni karimning bir necha tarjima va tafsirlari, buyuk mutafakkirlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziyning hadisshunoslikka oid asarlari chop etildi. Mahmud Zamaxshariy, Bahovuddin Naqshband, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Mahdumi А'zam Kosoniy, Xoja Аhror Valiy kabi allomalarning yubileylari o‘tkazildi, merosi aks etgan asarlari nashr qilindi.
Diniy-irfoniy ta'lim muassasalari: Islom o‘rta maxsus bilim yurtlari, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy markaz, O‘zbekiston Islom akademiyasi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom tsivilizatsiyasi markazi, Buxoroda Mir Аrab oliy madrasasi huzurida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi, Qashqadaryoda “Аbu Mu'in an-Nasafiy” nomidagi aqida ilmiy maktabi tashkil etildi.
Davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoevning “Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi” mavzusidagi anjumandagi nutqida diniy omillardan barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga oid fundamental fikrlar bildirilgan.
- Slides: 33