Ozbekiston davlat sanat va madaniyat instituti Teatr sanati
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Teatr san’ati” fakulteti “Musiqali teatr aktyorligi” bo’limi MUSTAQIL ISH Bajardi: Suxrob Xayriyev Tekshirdi: Husnida Qodirova
Buyuk nemis kompozitori Ludvig van Betxoven (Beethoven) Bonn shahrida 1770 -yil dekabr oyida dunyoga keldi. Betxovenning onasi saroy oshpazining qizi bo’lgan. Otasi — saroy xonandasi (tenori) bo’lib, ashula, musiqa nazariyasi va klavesindan dars berardi.
To’rt yoshga kirganidayoq, boladagi qobiliyatni sezmaslikmumkin emas edi. Otasi bu hodisaga birdaniga yangi daromad manbai sifatida qaraydi. Ludvigning o’sishi, qobiliyatli o’qituvchi bilan mashqlar qilishi zarur edi, otada esa majbur qilish va kaltaklashdangina iborat yagona usul mavjud bo’lgan, xolos.
Birinchi konsert Kyolnda bo’Iib o’tdi. Unda sakkiz yoshli bola reklama maqsadida olti yoshli deb e'lon qilinadi. Biroq chiqishlar kutilgan daromadni bermadi, balki shuning uchundir uning bolaligidagi konsertlari haqida boshqa hech qanday ma'lumot mavjud emas.
1782 -yilda Betxoven 12 ga kiradi. Bu yoshda u klavesin, skripka, organni bemalol chalar, nota varaqlarini osonlik bilan o’qirdi. Xuddi shu yili yosh Betxovenning bundan keyingi hayoti va faoliyatini belgilab bergan muhim voqealar ro’y beradi.
Ludvig 13 yoshidan boshlab, ishlashga majbur bo’lgan. Amalda oilani boqish uning zimmasiga tushgan edi. U kapellada organchining yordamchisi vazifasida, teatrda ishlaydi, bu yerda qo’shiqchilar bilan partiyalarni yodlaydi, repetitsiyalarda ularga qo’shilib turadi. Bunday mashaqqatli va ko’p qirrali ishlar jarayonida Betxoven shaharning musiqiy dunyosida sezilarli san'atkorga aylana boradi. Yosh musiqachi buyuk san'atkorlarning e'tiborini tortish va, ayniqsa, Motsartning mashg’ulotlarida ishtirok etishni orzu qilardi.
1795 -yildan 1802 -yilgacha Betxoven o’n to’qqizta fortepiano uchun sonatalari, uchta fortepiano va orkestr uchun konsert, ikkita simfoniya, oltita torli kvartet op. 18, fortepiano va torli trio, shuningdek, ko’plab boshqa asarlarini yaratadi. Ushbu asarlarning barchasini Uchinchi «Qahramonnoma» simfoniyasi bezab turadi. U Betxoven yetukligining inkor qilib bo’lmaydigan dalilidir.
Musiqachi va inson fojiasi. O’z san’atini tasdiqlash uchun keskin kurash yillarida Betxoven daxshatli baxtsizlikka uchraydi — uning eshitish qobiliyati yo’qoladi. Karlikning birinchi belgilari uning 28 yoshida sezila boshlaydi. Bu qadar achinarli holatga tushganiga qaramasdan, Betxoven sog’lom aqlini saqlab qola biladi.
Uchinchi simfoniya ( «Qahramonnoma) yaratilar ekan, xuddi shu davrda, Beshinchi simfoniyaning hamda «Ap-pasionata» ning qoralamasi ham paydo bo’lgan edi. «Qahramonnoma» simfoniyasi va «Avrora» sonatasi oxiriga yaqinlashib qol-ganda Betxoven «Fidelio» operasi ustidagi ishlarni ham allaqa-chon boshlab yuborgan edi. Bu operadan keyin yana Beshinchi simfoniya ustidagi ishlar jonlanadi. Ammo bu ham uzoqqa cho’zilmaydi, chunki endi To’rtinchi simfoniya boshlanib ketadi. 1806— 1808 -yillar oralig’ida To’rtinchi, Beshinchi va Oltinchi ( «Pastoral» ) simfoniyalar, «Koriolan» uverturasi, fortepiano, xor va orkestr uchun fantaziya yaratiladi.
Uchinchi simfoniyadan keyin «Fidelio» operasi dunyoga ke-ladi. U Betxoven yaratgan yakka-yu yagona operadir. Uni muallifningo’zi ham juda yaxshi ko’rardi. U fransuz dramaturgi Buyining «Leonora yoki er-xotin sadoqati» asari asosida yaratilgan.
Bastakor tomonidan yaratilgan ulkan ijodiy boylik uning shaxsiy hayotidagi parokandalik, nobarqaror moddiy taininot bilan ziddiyatga kelib qolardi. o’zgarishlar kompozitorning bevosita shaxsiy hayotiga ham daxl qiladi. 1799 -yilda Ludvig ikki yoqimtoy opa-singillar — Tereza va Jozefina Brunsviklarga dars bera boshlaydi. Yaqin-yaqinlargacha u aynan Terezaga ko’ngil qo’ygan deb hisoblanardi, biroq, yigirmanchi asrda Betxovenning bir xati topildi. Bu xat o’sha davrga tegishli bo’lib, Jozefinaga atalgan.
So’nggi davrdagi barcha asarlardan To’qqizinchi simfoniya ustun turadi. U jahon musiqa asarlari orasida eng mahobatli asar sifatida tan olingan. To’qqizinchi simfoniya inqiroz yillaridayoq o’ylab qo’yilgan edi, ammo bu g’oyani amalga oshirish 1822 -yildagina nasib etdi. U Tantanavor messa (Missa solemnis) bilan bir paytda yaratilgan.
1823 -yilda Betxoven messani yaratadi, biryildan keyin esa simfoniya dunyoga keladi. Muallif o’zining o’lmas asaridagi final qismiga xor va yakkaxon xonandalarni kiritadi. Ularga Shillerning «Shodlik uchun» qasidagi quyidagi so’zlari kiritilgan edi: «Odamlar bir-birlari bilan aka-ukadirlar! Millionlar, bag’ringizga bosing bir-biringizni! Bir shodlikdan quvoning birga!» Bunday ulkan g’oyalar uchun musiqada ham xuddi shunday ulug’vor ifodalar topilgan cdi.
O’limidan biroz oldin Betxoven o’z ukalaridan biri loganning yoniga boradi. Ludvig bu baxtsiz safarni loganni jiyani Karlga atalgan vasiyatiga ko’ndirish uchun rejalashtirgan edi. Istagan natijasiga erisha olmagan Betxoven darg’azab holda uyga qaytadi. Bu sayohat uning taqdirida hal qiluvchi bo’ldi. Qaytayotgan paytda Lyudvig qattiq shamollab qoladi, shundan keyin u oyoqqa turolmaydi, uning madori butunlay qurigan edi. Bir necha oy og’ir yotganidan keyin Ludvig van Betxoven 1827 -yilning 26 -martida vafot etadi. Vena, garchi, uning kasalligiga beparvo qaragan bo’lsa-da, vafoti haqidagi xabar tarqalishi bilan ko’p ming kishilik muxlislar buyuk kompozitorni qabrga kuzatishdi.
Lyudvig Van Betxovenning Bonn shahridagi haykali
Lyudvig Van Betxovenning Bonn shahridagi haykali
Lyudvig Van Betxovenning Bonn shahridagi haykali
Lyudvig Van Betxovenning Bonn shahridagi haykali
Lyudvig Van Betxovenning Bonn shahridagi haykali
Lyudvig Van Betxovenning asarlari
Lyudvig Van Betxovenning asarlari
Lyudvig Van Betxoven
Lyudvig Van Betxoven
E’tiboringiz uchun rahmat!
- Slides: 25