jiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instiuti Filologiya fakulteti

  • Slides: 23
Download presentation
Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instiuti Filologiya fakulteti O`zbek adabiyoti kafedrasi O`qituvchi: Allambergenov Hamza

Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instiuti Filologiya fakulteti O`zbek adabiyoti kafedrasi O`qituvchi: Allambergenov Hamza

BOBUR LIRIKASI 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. Kirish. Bobur –

BOBUR LIRIKASI 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. Kirish. Bobur – dilbar shaxs. Hayoti va ijodiy merosi. Bobur she’riyati. Bobur g`azaliyoti. Bobur ijodida hasbi hol. Hayot zavqi, tabiat go’zalliklaridan zavqlanish, inson va insoniylikni ulug’lash, vatan va vatandoshlarni sevish, avaylash. Bobur ruboiylari. Boburning so`nggi to`rtligi. Xulosa.

Kirish. Bobur – dilbar shaxs Yuksak madaniyatga erishgan har bir xalqning shunday buyuk farzandlari

Kirish. Bobur – dilbar shaxs Yuksak madaniyatga erishgan har bir xalqning shunday buyuk farzandlari bo‘ladiki, ular nafaqat o‘z yurti, balki umumjahon tafakkur ahlining hurmat-e’tiborida bo‘ladi. O‘zbek xalqi tarixida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ana shunday ulug‘ allomalar, davlat arboblari ko‘plab topiladi. Ularning hayoti va ijodini dunyo olimlari keng miqyosda o‘rganib keladilar. Bu fikrimizga, ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Bobur ma’naviy merosining jahon ilmi fani, madaniyati va san’atida o‘rganilishi, targ‘ibu tashviq etilishi yaqqol misol bo‘la oladi.

Mashhur davlat arbobi Javoharla’l Neru o‘zining «Hindistonning kashf etilishi» , «Jahon tarixiga bir nazar»

Mashhur davlat arbobi Javoharla’l Neru o‘zining «Hindistonning kashf etilishi» , «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida shunday deb yozadi: «Bobur — dilbar shaxs. Uyg‘onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo‘lgan. Bobur o‘ta madaniyatli va jozibali inson bo‘lib, o‘z zamonasidagi eng yetuk shaxslardan biri edi. U mazhabparastlik kabi cheklanish va mutaassiblikdan yiroq edi… Bobur san’atni, ayniqsa, adabiyotni sevardi»

Andijonda xalqaro Bobur fondining tashabbusi bilan bunyod etilgan Bobur bog‘idagi «Bobur va jahon madaniyati»

Andijonda xalqaro Bobur fondining tashabbusi bilan bunyod etilgan Bobur bog‘idagi «Bobur va jahon madaniyati» kitob muzeyiga 1994 -yil oktabr oyida tashrif buyurgan hurmatli Prezidentimiz bog‘ning xotira daftariga quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi: “Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. O‘zbek xalqining dovrug‘ini dunyoga taratgan ulug‘ ajdodlarimizdan biri o‘laroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga o‘rgatadi”.

Hayoti va ijodiy merosi Bоburning hayot yo`li juda murakkabdir. U 12 yoshida Andijоn taхtiga

Hayoti va ijodiy merosi Bоburning hayot yo`li juda murakkabdir. U 12 yoshida Andijоn taхtiga o`tirganidan bоshlab 1530 yilgacha – vafоtigacha mashaqqatli va murakkab hayot yo`lini bоsib o`tdi. 1498 -, 1500 -, 1512 yillarda оta taхti Samarqandni egalladi. Ammо Mоvarоunnahrda markazlashgan davlat tuzish оrzusi amalga оshmadi. Shundan so`ng u Qоbulni pоytaхt qilib, Afg`оnistоnda o`z saltanatini qurishga muvaffaq bo`ldi. 1525 -yilda esa Hindistоnga muvaffaqqiyatli yurish qilib, Ibrоhim Lоdini yеngadi va hоzirgacha buyuk mo`g`ullar impеriyasi nоmi bilan mashhur bo`lgan impеriya tuzdi. Bu impеriya salkam 500 yil o`z mavqеyini saqlab turdi. U asоs sоlgan impеriya Afg`оnistоn va Hindistоnning siyosiy iqtisоdiy va madaniy taraqqiyotda muhim rоl o`ynadi.

Bоbur asarlari: Mеmuar asari “Vaqое’” (“Bоburnma”). 2. “Muхtasar” nоmi bilan mashхur bo`lgan aruzga оid

Bоbur asarlari: Mеmuar asari “Vaqое’” (“Bоburnma”). 2. “Muхtasar” nоmi bilan mashхur bo`lgan aruzga оid risоlasi. 3. “Harb ishi” risоlasi. 4. “Musiqiy ilmi” risоlasi. 5. Хo`ja Ao`rоr valiyning “Vоlidiya” asari tarjimasi. 6. Murakkab arab alifbоsini islоh qilishga оid “Хatti Bоburiy”. 7. Sоliq va zakоt ishlari haqidagi “Mubayyin” asari. 8. Bizgacha to`liq o`оlda еtib kеlmagan lirik 1.

Bоbur 16 -17 yoshlardan bоshlab badiy ijоd bilan shug`ullana bоshlaydi. U O`zbеk mumtоz shе’riyati,

Bоbur 16 -17 yoshlardan bоshlab badiy ijоd bilan shug`ullana bоshlaydi. U O`zbеk mumtоz shе’riyati, хususan, Navоiy mеrоsini qunt bilan o`rgandi, fоrs-tоjik shе’riyatining ustоz namоyandalari asarlari bilan yaqindan tanishdi. Bоburning ham turkiy ham fоrs-tоjik tilidagi yеtuk lirik shе’rlaridan tartib bеrilgan. Bоbur lirikasi ayrim g`оyaviy -badiiy ziddiyatlarga qaramay, o`z hayotiyligi, taraqqiyparvarоna fikrlarni ifоdalashi, badiiy sоddaligi (sahlе mumtanе) jo`shqinligi va til bоyligi bilan o`zbеk mumtоz adabiyoti taraqqiyotiga munоsib hissa bo`lib qo`shildi. Shоir, ayniqsa, g`azal va ruboiy janrlarini yangi taraqqiyot bоsqichiga ko`tardi. G`azalda musajja’lik va yappоralik, rubоiyda hasbi hоl ruhining kuchayishi Bоburning o`zbеk shе’riyati ravnaqiga qo`shgan ulug`vоr hissalaridandir.

Lirik merosi «Qobul devoni» (1519)ga, 1528 -29 yillarda «Hind devoni» ga jamlangan. To`liq devon

Lirik merosi «Qobul devoni» (1519)ga, 1528 -29 yillarda «Hind devoni» ga jamlangan. To`liq devon tuzgani haqida ma`lumot bor. She`rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g`azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit`a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratilgan. She`rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta`limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she`riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.

Bobur she’riyati. Boburning o’zbek tilidagi devoniga 120 ga yaqin g’azal, 210 ruboiy hamda qit’a,

Bobur she’riyati. Boburning o’zbek tilidagi devoniga 120 ga yaqin g’azal, 210 ruboiy hamda qit’a, fard, tuyuq, masnaviynomalar, muammo va masnu’lar o’rin olgan. Ular orasida son jihatidan ko’pchilikni g’azal va ruboiylar tashkil etadi. Boburning lirik she’rlari an’anaviy g’azal, ruboiy, tuyuq, fard va boshqa janrlarning shakliy xususiyatlarini davom ettirishi bilan bir qatorda o’ziga xos ayrim xususiyatlarga ham ega. Bulardan biri ko’pchilik g’azallarning 5 -7 baytlik bo’lishidir. Ruboiylarda taxallusni ko’proq ishlatish kuzatilsa, tuyuqlarda esa ba’zan qit’a shaklida qofiyalanishlar ham uchraydi. Masalan: Qilmasa ul oy nazar manga ne tong? Tengri tole’ chun manga yorotmadi. O’qi yorar erdi ko’nglum dardini, Netayin, ko’nglum uchun, yor otmadi. (Bobur. Devon, 106 -bet).

Bular Boburning an’anaviy janrlar xususiyatlarini saqlagan holda ularga ayrim yangiliklar kiritishga ham harakat qilganidan

Bular Boburning an’anaviy janrlar xususiyatlarini saqlagan holda ularga ayrim yangiliklar kiritishga ham harakat qilganidan dalolat beradi. Bobur yoshligidan she’riyat olamiga kirib kelgan bo’lsa-da, o’zining birinchi tugal g’azalini 18 yoshida, ya’ni 1501 yilda yozgan. Bu g’azalning matla’i quyidagicha: Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim, Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim. (Bobur. Devon, 37 -38 -betlar). Bu g’azalning Toshkent va Xo’jand oralig’idagi Turoq chorbog’ida yozilishi sabablari «Boburnoma» da (907 -hijriy yil voqealari) bayon etilgan. Keyinchalik umrining oxirigacha turli janrlarda she’r yozgan.

Bobur g`azaliyoti Bobur lirik she’riyatining, jumladan g’azaliyotining mavzusi, bir tomondan, mumtoz g’azalchilikda yetakchi o’rin

Bobur g`azaliyoti Bobur lirik she’riyatining, jumladan g’azaliyotining mavzusi, bir tomondan, mumtoz g’azalchilikda yetakchi o’rin egallagan ishq mavzusi bo’lsa, ikkinchi tomondan, shoirning hayot hodisavoqealaridan olgan taassurotlari: muvaffaqiyatlar shodiyonasi, muvaffaqiyatsizlik tufayli zamon va uning jafokorligidan nolish; o’zi tug’ilgan vatandan uzoqlashgani tufayli vatan va vatandoshlarini qo’msash, o’rni bilan pand-nasihat berish kabi mavzulardan iborat. Masalan, oshiqona mavzudagi quyidagi g’azalda yor - mahbubaning yog’lig’i-boshga o’raydigan ro’molchasi tasvirlangan. Bu tasvir shunchalik go’zalki, uni o’qigan kishi shoirning yog’liqrumolcha bahonasida yoriga bo’lgan samimiy muhabbatini anglay oladi. G’azalning matla’ va maqta’i quyidagichadir:

Matla’: Yog’lig’ingkim, jon bila men xastadurmen zor anga, Xasta jonlar rishtasidindur, magar har tor

Matla’: Yog’lig’ingkim, jon bila men xastadurmen zor anga, Xasta jonlar rishtasidindur, magar har tor anga… Maqta’: Ko’nglum istar yog’lig’ingni, balki andin bir nasim, Yetsa Boburga erur jon birla minnatdor anga. Mazkur g’azalda an’anaviy tasvirlar yangicha talqin qilinadi, ya’ni ma’shuqa go’zalligi tasviri uning yog’lig’i – ro’molchasi orqali amalga oshadi. Buning natijasida Bobur xossa tasvirni, ya’ni yangi poetik timsolni (yog’lig’ni) yaratadi.

G’azalda yog’lig’-ro’molcha tasviri yetakchi bo’lganidan unda gullar, binafshalar ko’rinadi; qizil va binafsha rang jilolari

G’azalda yog’lig’-ro’molcha tasviri yetakchi bo’lganidan unda gullar, binafshalar ko’rinadi; qizil va binafsha rang jilolari ko’zlarni qamashtiradi; ularning muattar hidi anqib turadi. G’azal o’qilar ekan, o’quvchi o’zini go’zal tabiat manzaralari og’ushida his etadi, ulardan zavqlanadi. Bularning hammasi shoir Boburning nihoyatda baland mahoratidan dalolat beradi. Bu mavzu Boburning o’ziga ham ma’qul bo’lib qolganidan uni bir ruboiysida shunday davom ettiradi: Ruhum qushini tori bila band ettim, Yor yog’lig’idin ko’ngulni xursand ettim, Jon rishtasini torig’a payvand ettim. Ko’nglumni ne nav’ uzay o’shal yog’lig’din, (Bobur. Devon, 85 -bet).

Bobur devonida oshiqona mavzudagi g’azallar anchagina. Jumladan: Matla’: Ko’ngulga bo’ldi ajoyib balo qaro soching,

Bobur devonida oshiqona mavzudagi g’azallar anchagina. Jumladan: Matla’: Ko’ngulga bo’ldi ajoyib balo qaro soching, Shikasta ko’ngluma ermish qaro balo soching (Bobur. Devon, 34 -35 -betlar). Yana: Ko’rmagay erdim jamoli olamoro koshki, Bo’lmag’ay erdim bori olamg’a rasvo koshki. (Bobur. Devon, 63 -bet). Bu g’azallar Alisher Navoiydan ilhomlanish natijasida maydonga kelgan. Ma’lumki, Alisher Navoiyning «Badoye’ ul-bidoya» devonida: Ko’zung ne balo qaro bo’lubtur, Kim jonga qaro balo bo’lubtur, matla’li 7 baytlik g’azali bor (MAT, 1 -tom, 140 -141 betlar).

Bobur ijodida hasbi hol Bobur g’azallarida shoirning hayotiy voqealardan olgan taassurotlari, hasbi holi, kayfiyati

Bobur ijodida hasbi hol Bobur g’azallarida shoirning hayotiy voqealardan olgan taassurotlari, hasbi holi, kayfiyati bilan bog’liq bo’lgan mavzulardan bahs yuritish ham ko’zga tashlanadi. Jumladan: Charxning men ko’rmagan javru jafosi qoldimu? Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi qoldimu? (Bobur. Devon, 51 -52 -betlar). Yana: Keldi ul vaqteki, boshimni olib ketgaymen, Olam ichra ayog’im yetganicha yetgaymen… Dema Boburga netarsen, bosh olib ketmak ne? Tangrining xosti mundoq esa, men netg’aymen? (Bobur. Devon. 48 -49 -betlar). Bunday kayfiyat Boburning ruboiylarida ham o’z aksini topgan: Tole’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi, Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi. O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim, Yo rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi. (Bobur. Devon, 101 -bet)

Hayot zavqi, tabiat go’zalliklaridan zavqlanish, inson va insoniylikni ulug’lash, vatan va vatandoshlarni sevish, avaylash

Hayot zavqi, tabiat go’zalliklaridan zavqlanish, inson va insoniylikni ulug’lash, vatan va vatandoshlarni sevish, avaylash 6. Hayot zavqi, tabiat go’zalliklaridan zavqlanish, inson va insoniylikni ulug’lash, vatan va vatandoshlarni sevish, avaylash ham Bobur she’riyatida katta o’rin egallaydi. Bunday she’rlarda xushchaq, hayotsevar Bobur namoyon bo’lib turadi: Yoz fasli, yor vasli , do’stlarning suhbati, She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati. Yoz faslida chog’ir ichmakning o’zga holi bor, Kimga bu nash’a muyassar bo’lsa, bordur davlati. Ishq dardini chekib, har kimki topsa vasli yor Ul zamon o’lg’ay unut yuz yilg’i hijron shiddati. Do’stlarning suhbatida ne xush ulg’ay bahsi she’r, To bilingay har kishining tab’i birla holati. Gar bu uch ishni muvofiq topsang ul uch vaqt ila, Mundin ortuq bo’lmag’ay, Bobur, jahonning ishrati. (Bobur. Devon, 66 -bet)

Bobur ruboiylari Boburning lirik asarlari orasida ruboiy janri ham diqqat va e’tiborga sazovordir. Boburning

Bobur ruboiylari Boburning lirik asarlari orasida ruboiy janri ham diqqat va e’tiborga sazovordir. Boburning ruboiylari an’anaviy xususiyat va mavzuga ega bo’lsa-da, ammo ularda, xuddi g’azallarida bo’lgani kabi, shoirning ko’rgan-kechirganlari ko’proq o’z aksini topgan, ruboiylarda ham soddabayonlik va samimiylik bo’rtib turadi. Boburning ruboiylari shoir hasbi holi, kayfiyati, botiniy kechinmalarining ko’zgusidek bo’lib tuyuladi. Bu jihatdan Boburning: Har vaqtki, ko’rgasen mening so’zumni, So’zumni o’qub, sog’ing’aysen o’zumni, (Bobur. Devon, 102 -bet) baytida bayon etgan fikri ruboiylariga ham daxldordir. Bobur ruboiylaridan ayrimlarini keltirishning o’zi ularning qandayligini tasavvur etishga va tahlilu talqin etishga ko’maklashadi:

Kim bor anga ilm tolibi – ilm kerak, O’rgangani ilm- tolibi ilm kerak. Men

Kim bor anga ilm tolibi – ilm kerak, O’rgangani ilm- tolibi ilm kerak. Men tolibi ilmu tolibilme yo’q, Men bormen ilm tolibi – ilm kerak. (Bobur. Devon, 78 -bet). Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz, Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur. (Bobur. Devon, 72 -bet).

Boburning so`nggi to`rtligi Boburshunos Sabohat Azimjonovaning ma’lumotiga ko’ra, Boburning umri oxirida yozgan so’nggi to’rtligi

Boburning so`nggi to`rtligi Boburshunos Sabohat Azimjonovaning ma’lumotiga ko’ra, Boburning umri oxirida yozgan so’nggi to’rtligi fors tilida bo’lib, uni mazkur olima shunday tarjima qilgan: Umrim hama firoqu hijronda o’tdi g’amu g’ussa bila, Bu qimmatbaho umr arzon o’tdi ranju alamla, Samarqandu Hirotda o’tmagan umr ayshu ishratla, Afsus, Agrada vayrona bo’ldi jabru sitamla. (Xalq so’zi, 1993, 16 mart, 3 -bet).

Xulosa Istiqlol yillarida Bobur asarlarining ilmiy va ommabop nashrlari uzluksiz va tizimli ravishda zahmatkash

Xulosa Istiqlol yillarida Bobur asarlarining ilmiy va ommabop nashrlari uzluksiz va tizimli ravishda zahmatkash olimlarimiz — akademik Aziz Qayumov, professor Saidbek Hasanov, Abdug‘afur Abdurashidov, Hasanxo‘ja Muhammadxo‘jayev, Vahob Rahmonov, Ergash Ochilovlar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Muxtasar qilib aytganda, yuqorida zikr etilgan ma’lumotlar Bobur ijodi jahon miqyosida tobora ommaviylashib borayotganini ko‘rsatadi. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining hozirga qadar o‘ttizdan ortiq jahon tillariga tarjima etilgani, dunyo olimlari tomonidan ulug‘ ajdodimiz merosini har tomonlama tadqiq etishga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borayotgani o‘zbek xalqining, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga hissa qo‘shishi shubhasiz.

Darsni baholang A’LO YAXSHI QONIQARLI

Darsni baholang A’LO YAXSHI QONIQARLI

E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT!

E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT!