YAPONIYA IQTISODIYOTI YAPONIYA IQTISODIYOTI Reja 1 Yaponiya makroiqtisodiy

  • Slides: 52
Download presentation
YAPONIYA IQTISODIYOTI

YAPONIYA IQTISODIYOTI

YAPONIYA IQTISODIYOTI Reja: 1. Yaponiya makroiqtisodiy rivojlanish modelining bosqichlari, omillari va xususiyatlari 2. Yaponiya

YAPONIYA IQTISODIYOTI Reja: 1. Yaponiya makroiqtisodiy rivojlanish modelining bosqichlari, omillari va xususiyatlari 2. Yaponiya iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish dinamikasi 3. Yaponiya iqtisodiyotiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziiing ta’siri va undan chiqish yo’llari 4. O’zbekiston va YAponiya iqtisodiy hamkorligi

YAponiya makroiqtisodiy rivojlanish modelining bosqichlari, omillari va xususiyatlari • YAponiya zamonaviy jahon xo’jaligida alohida

YAponiya makroiqtisodiy rivojlanish modelining bosqichlari, omillari va xususiyatlari • YAponiya zamonaviy jahon xo’jaligida alohida o’ringa ega mamlakat bo’lib, Meydzi (1868) inqilobidan keyin yuz yil ichida feodal davlatdan rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatiga aylandi. Bu davrda YAponiya iqtisodiy jihatdan o’zini tiklabgina qolmasdan sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin oldi.

YAponiyaning bu davrdagi iqtisodiy rivojlanishini olti bosqichga: bo’lib o’rganish mumkin. Birinchi bosqich 1896 yildan

YAponiyaning bu davrdagi iqtisodiy rivojlanishini olti bosqichga: bo’lib o’rganish mumkin. Birinchi bosqich 1896 yildan Ikkinchi jahon urishining oxirigacha bo’lgan davrni qamrab oladi va YAponiyada harbiylashgan iqtisodiy tizimni shakllantirish bosqichi xisoblanadi. "YAngi iqtisodiy tizim" xususiy firmalar mavqeini faqat maxsulot ishlab chiqarish uchungina mas’ullik darajasigacha pasaytirib qo’ydi. Ikkinchi bosqich 1945 yildan 1958 yilgacha davom etdi. Ushbu bosqich 7 yillik Amerika xukmronligi hamda qator institutsional va iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi bilan ajralib turadi. Ular tarkibida 1946— 1950 yillardagi agrar hamda, Dzaybatsularni tarqatib yuborish bilan bog’liq islohotlarni va amerikalik iqtisodchilar Dodj va SHoular tomonidan inflyatsiyaga qarshi kurashga qaratilgan, "falajli davolash" nomini olgan islohotlar alohida ahamiyatga ega. Bu davr YAponiya iqtisodiyotining urushdan keyingi qayta tiklanish davri xisoblanadi. Uchinchi bosqich 1958 1973 yillarni o’z ichiga oladi va barqaror yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari tufayli yapon iqtisodiy mo’’jizasi nomiga ega bo’ldi. O’n besh yil ichida mamlakat yalpi milliy maxsuloti 6, 5 martaga, sanoat ishlab chiqarish hajmi esa 10 martaga oshdi. Ushbu davrda yapon iqtisodiyotining o’sish sur’atlari yiliga o’rtacha 11% ni tashkil etgani holda rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etdi.

To’rtinchi bosqich 1973 yildan boshlanadi va mamlakat iqtisodiyotiga 1970 yillardagi jahon yoqilg’i inqirozlarining ta’siri

To’rtinchi bosqich 1973 yildan boshlanadi va mamlakat iqtisodiyotiga 1970 yillardagi jahon yoqilg’i inqirozlarining ta’siri tufayli o’rtacha o’sish sur’atlari va tarkibiy o’zgarishlar (1973 1980) davri nomini oldi. YAponiyada inqiroz 1976 yidda bartaraf etildi, ammo mamlakat iqtisodiy jonlanish bosqichiga "tarkibiy kasal tarmoqlar" energiya va material sig’imkorligi yuqori tarmoqlar, yengal sanoatning mehnat sig’imkorligi yuqori tarmoqlari va kemasozlik tarmog’idagi muammolar bilan kirib keldi. Beshinchi bosqich "sovun ko’pigi" iqtisodiyotining shakllanishi bilan bog’liq bo’lib, bu davr YAponiyada yo’qotilgan o’n yillik nomini oldi, 1990 yilning 1 oktyabri aktsiyalar kursining pasayishi bilan boshlandi va Nikkey indeksi 20 ming ienagacha pasaydi, ya’ni 1989 yilning dekabriga nisbatan 49% ga qisqardi. Keyinchalik 1 oktyabr qora dushanba deb ataladigan bo’ldi. "Sovun ko’pigi” iqtisodiyoti inqirozi bilan bog’liq salbiy oqibatlarnint real sektorga ta’siri natijasida YAponiya iqtisodiyoti chuqur va davomli depressiya holatiga tushib qoldi. Ushbu holat 2004 2010 yillardagi biroz jonlanishni xisobga olmaganda 2011 yilgacha davom etdi.

To’rtinchi bosqich 1973 yildan boshlanadi va mamlakat iqtisodiyotiga 1970 yillardagi jahon yoqilg’i inqirozlarining ta’siri

To’rtinchi bosqich 1973 yildan boshlanadi va mamlakat iqtisodiyotiga 1970 yillardagi jahon yoqilg’i inqirozlarining ta’siri tufayli o’rtacha o’sish sur’atlari va tarkibiy o’zgarishlar (1973 1980) davri nomini oldi. YAponiyada inqiroz 1976 yidda bartaraf etildi, ammo mamlakat iqtisodiy jonlanish bosqichiga "tarkibiy kasal tarmoqlar" energiya va material sig’imkorligi yuqori tarmoqlar, yengal sanoatning mehnat sig’imkorligi yuqori tarmoqlari va kemasozlik tarmog’idagi muammolar bilan kirib keldi. Beshinchi bosqich "sovun ko’pigi" iqtisodiyotining shakllanishi bilan bog’liq bo’lib, bu davr YAponiyada yo’qotilgan o’n yillik nomini oldi, 1990 yilning 1 oktyabri aktsiyalar kursining pasayishi bilan boshlandi va Nikkey indeksi 20 ming ienagacha pasaydi, ya’ni 1989 yilning dekabriga nisbatan 49% ga qisqardi. Keyinchalik 1 oktyabr qora dushanba deb ataladigan bo’ldi. "Sovun ko’pigi” iqtisodiyoti inqirozi bilan bog’liq salbiy oqibatlarnint real sektorga ta’siri natijasida YAponiya iqtisodiyoti chuqur va davomli depressiya holatiga tushib qoldi. Ushbu holat 2004 2010 yillardagi biroz jonlanishni xisobga olmaganda 2011 yilgacha davom etdi.

 Fikrimizcha, 2011 yil 11 martdagi yer qimirlashi bilan bog’liq voqeadan so’ng YAponiya iqtisodiyotining

Fikrimizcha, 2011 yil 11 martdagi yer qimirlashi bilan bog’liq voqeadan so’ng YAponiya iqtisodiyotining rivojlanishidagi oltinchi bosqich boshlandi. YAponiyaning iqtisodiy rivojlanish modeliga xos quyidagi belgilarni ajratish mumkin: davlatning tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, savdo va investitsiyalar sohasidagi ulushining pastligi; firmalar va davlatning ishchi kuchi malakasini oshirish, ishchilarni ishlab chiqarishni boshqarishga jalo etishga alohida e’tibor qaratishi; davlatning tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki: mehnat bozorida firmalar darajasida bir marotabalik mehnat shart nomalarining qo’llanilishi. Mehnat munosabatlari «firma paternalizmi» ni (bir umr yollanib ishlash tizimi, firma bizning uyimiz) ifoda etadi; moliya sanoat guruhlarining keyretsularga asoslanishi.

YAponiya XX asrning ikkinchi yarmida barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga ega bo’ldi va ushbu kursatkich

YAponiya XX asrning ikkinchi yarmida barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga ega bo’ldi va ushbu kursatkich 1951 1960 yillarda o’rtacha 8, 1%, 1961 1970 yillarda 10, 7%, 1971 1980 yillarda 4, 6%, 1981 1990 yillarda 4, 0% ni tashkil etdi. Fikrimizcha, YAponiyaning «iqtisodiy mu’jizaga» erishish omillari quyidagilarda namoyon bo’ladi: AQSH va G’arbiy yevropaga nisabatan yapon ishchi kuchining arzonligi, yuqori malakaga egaligi va mehnatsevarligi; yalpi jamg’arish normasining yuqoriligi ushbu ko’rsatkich 1990 yillarning o’rtalarigacha 30% dan yuqori bo’ldi; harbiy xarajatlarning pastligi davlat byudjetidan harbiy mudofaa uchun sarflanayotgan xarajatlar miqdori 1930 1940 yillarda yalpi ichki maxsulotning 9 10% ini tashkil etgani holda, ushbu ko’rsatkich 1947 1980 yillarda 1% dan oshmadi

 • iqtisodiyotni davlat tomonidan samarali tartibga solish — umummilliy iqtisodiy dasturlar, ustuvor tarmoqlarga

• iqtisodiyotni davlat tomonidan samarali tartibga solish — umummilliy iqtisodiy dasturlar, ustuvor tarmoqlarga soliq imtiyozlarini joriy etish, ichki bozorga raqobatchilarni kiritmaslik, inflyatsiyaning past darajasini ta’minlash; • mamlakat hududining qulay iqtisodiy geografik joylashganligi. Mamlakat Tinch okeani xavzasi mintaqasining markazida joylashganligi sababli, aksariyat halqaro dengiz va havo yo’llari bu hududni kesib o’tadi.

Transporti Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5, 5 mlrd. tonna

Transporti Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5, 5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uz. 1, 2 mln. km, shu jumladan, 4, 4 ming km tezyurar magistrallar. T. y. larning uzunligi 43, 7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan. 1964 yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "Shinkansen" poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53, 9 km) Honshu va Hokkaydo o. larini birlashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 1770 km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg. tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate. Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 km.

Tashqi savdosi • Yaponiya chetga mashina va uskunalar, metall buyumlar, elektronika, kimyo mahsulotlari, elektr

Tashqi savdosi • Yaponiya chetga mashina va uskunalar, metall buyumlar, elektronika, kimyo mahsulotlari, elektr asboblar chiqaradi; chetdan sanoat xom ashyosi, mineral yoqilgʻi, oziq ovqat va toʻqimachilik mahsulotlari oladi. 2003 yil Yaponiyaning importi 383, 3 mlrd. AQSH dollarini, eksporti 417, 8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi hamda Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — iyena.

19. 2. YAponiya iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish dinamikasi • YAponiya dunyoning yetakchi iqtisodiy markazlaridan

19. 2. YAponiya iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish dinamikasi • YAponiya dunyoning yetakchi iqtisodiy markazlaridan biri xisoblanadi. 2010 yilda YAponiyaning nominal YAIMning hajmi 5, 5 trln. dollarni tashkil etdi, ko’rsatkich bo’yicha AQSH va Xitoydan keyin uchinchi o’rinni egallaydi. SHunga qaramasdan oxirgi yillarda Xitoy, Hindiston, Braziliya kabi yirik rivojlanayottan mamlakatlarning barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishishlari tufayli YAponiyaning global iqtisodiy tizimdagi o’rni biroz sustlashdi. Misol uchun YAponiyaning dunyo YAIMdagi hissasi 1990 yilda 14, 3% ni tashkil etgan bo’lsa. 2010 yilga kelib ushbu ko’rsatkich 8, 7% ga teng bo’ldi. YAIMning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan hajmi bo’yicha YAponiya 2000 yilda dunyoda 3 o’rinni egallagan bo’lsa, 2010 yilda 23 o’rinni, Menejmentni rivojlantirish halqaro institutining halqaro raqobatbardoshlik reytingida mamlakat 1990 yilda 1 o’rinni egallagani holda 2010 yilda 27 o’niga tushib qoldi.

 • YAponiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibi ham rivojlangan mamlakatlar kabi postindustrial ko’rinishga ega. 2010

• YAponiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibi ham rivojlangan mamlakatlar kabi postindustrial ko’rinishga ega. 2010 yilda mamlakat yalpi ichki maxsulotining 71% i xizmatlar, 29% i sanoat, 1% i qishloq xo’jaligi sohasiga to’g’ri keldi. 1980 2010 yillarda yalpi ichki maxsulotning tarmoq tarkibida qishloq xo’jaligining ulushi 4% dan 1 % gacha, sanoatning ulushi 42% dan 28% gacha qisqargani holda, xizmatlar sohasining ulushi 24% dan 71% gacha ortdi.

 • Real sektor. YAponiya qishloq xo’jaligi mehnat unumdorligi bo’yicha boshqa tarmoqlardan ortda qoldi.

• Real sektor. YAponiya qishloq xo’jaligi mehnat unumdorligi bo’yicha boshqa tarmoqlardan ortda qoldi. Oxirgi yillarda mamlakatning o’zini o’zi oziq ovqat bilan ta’minlash koeffitsienti (40% dan past) pasayib, oziq ovqat importining ulushi ortib bormoqda. YApon hukumati qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish va o’zini o’zi oziq ovqat bilan ta’minlashni yaqin istiqbolda 45% ga oshirish chora tadbirlaridan iborat maxsus dasturlar ishlab chiqdi.

YAponiyaning hududiy joylashuvi dengiz bilan bog’liq tarmoqlarning rivojlanishi va aholining oziq ovqat iste’molida dengiz

YAponiyaning hududiy joylashuvi dengiz bilan bog’liq tarmoqlarning rivojlanishi va aholining oziq ovqat iste’molida dengiz maxsulotlarining yetakchi mavqega egaligini ta’minlagan. YAponiya dengiz maxsulot larini iste’mol qilish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi. YAponiya sanoati dunyo sanoat maxsulotlarining taxminan 12 foizini beradi va asosan qayta ishlash sanoati maxsulotlaridan iborat. Mamlakat qayta ishlash sanoatida material va energiya sig’imkorligi yuqori tarmoqlardan ilm fan sig’imkorligi yuqori tarmoqlarga o’tishi jarayoni ro’y bermoqda. YAponiya hozirga qadar katta miqdorda po’lat va prokat, kemalar, matolar ishlab chiqarsa da, elektron sanoat, avomobilsozlik, sanoat asbob uskunalarini ishlab chiqarish, kimyo sanoati tarmoqlari yuqori raqobatbardoshlikka ega.

YAponiya rivojlangan transport tizimiga ega va u muntazam ilmiy texnik yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.

YAponiya rivojlangan transport tizimiga ega va u muntazam ilmiy texnik yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. Avtomobil transporta yulovchi va yuk tashishda yetakchilik qiladi. Misol uchun 2003 yilda mamlakatda 77, 6 mln. avtotransport vositalari ro’yxatga olingan va uning 69% i yengil avtomobillarga to’g’ri keladi. YAponiyaning pul kredit tizimi YAponiya Banki (mamlakatning markaziy banki), shahar (3 mingta) va hududiy (12 mingta) filiallarga ega o’ndan ortiq banklardan tijorat banklari, trast banklar, uzoq muddatli kreditlar beruvchi banklar (0, 5 mingta filial) va 25 mingta pochta jamg’arma kassalaridan iborat.

Ijtimoiy soha. YAponiyaning ijtimoiy sohasidagi erishgan yutuqlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat: mehnat bozoridagi yangiliklar

Ijtimoiy soha. YAponiyaning ijtimoiy sohasidagi erishgan yutuqlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat: mehnat bozoridagi yangiliklar mehnat bozorida bir umr yollab ishlatish va ish haqini yoshga qarab to’lash tizimidan bosqichma bosqich Fapb mehnat tizimiga o’tish amalga oshirildi; ta’lim tizimini yangilash o’quvchilarda mustaqil fikrini va individuallikni tarbiyalash tizimiga o’tish boshlandi, umumta’lim maktablariga nisbatan tenglashtirish yondashuvi tutatilib, xususiy maktablarni yaratish rag’batlantirilmoqda; iste’mol talabi tarkibini o’zgartirish jamg’armalar qismi qisqarib, oila byudjetida shaxsiy iste’mol muhim o’ringa ega bo’lmoqda. YAponiyada yuqori sifatli tovarlar va xizmatlar iste’moli ortib bormoqda, uy egalarining soni, xonadon xo’jaliklarida sog’likni saqlash ta’lim, dam olish xarajatlari ortib bormoqda; pensiya tizimida islohotlar mamlakat keyingi vaqtlarda pensiya tizimida muammolarga duch keldi. Buning asosiy sabablaridan biri pensiya tizimidagi katta miqdordagi moliyaviy kamomad xisoblanadi. YAponiya hukumati pensiya tizimini isloh etishning 10 15 yilga mo’ljallangan dasturini ishlab chiqdi

 • Tashqi iqtisodiy strategiyasi. YAponiya "iqtisodiy mo’’jizasi"ning sabablaridan biri ichki bozorni himoyalash va

• Tashqi iqtisodiy strategiyasi. YAponiya "iqtisodiy mo’’jizasi"ning sabablaridan biri ichki bozorni himoyalash va maxsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqishni har tomonlama samarali qo’llab quvvatlashga yo’naltirilgan tashqi iqtisodiy strategiyaning tanlanganligidir. YAponiya uchun to’lov balansining joriy operatsiyalar schyoti bo’yicha katta miqdordagi ijobiy qoldiq xos bo’lib, 2010 yilda bu ko’rsatkich 195, 9 mlrd. dollarni yoki YAIMga nisbatan 3, 6°%ni tashkil etdi. • XXI asr boshlarida JST tomonidan yaqingacha ustun darajada notarif to’siqlar yordamida yopiq bo’lgan YAponiya ichki bozorini erkinlashtirish borasidagi talablar kuchayib bormoqda.

YAponiya uchun aholining qarishi muammosi eng jiddiy ijtimoiy muammolardan biri xisoblanadi. YAponiya dunyoda aholining

YAponiya uchun aholining qarishi muammosi eng jiddiy ijtimoiy muammolardan biri xisoblanadi. YAponiya dunyoda aholining kutilayotgan umri uzunligi bo’yicha birinchi o’rinda turadi va bu ko’rsatkich o’rtacha 82 yoshni tashkil etadi. Aholining qarishi jarayoni bilan bog’liq quyidagi salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin. • Birinchidan, aholi tarkibida yoshlar ulushi qisqarib boradi. YApon kompaniyalari hozirdanoq noan’anaviy dunyoqarashga ega xarakatchan yosh ishchi kuchining yetishmasligini sezishmoqda. YAponiyadagi yirik kompaniyalarning yuqori boshqaruv personalining o’rtacha yoshi 60 yoshga teng. • Ikkinchidan, aholi tarkibida qariyalar ulushining ortib borishi pensiya ta’minoti va sog’likni saqlash xarajatlarining ko’payishiga olib keladi. Mamlakatda ijtimoiy sohada yuzaga kelayotgan murakkab vaziyatni yumshatish maqsadida pensiyaga chiqish yoshini 60 yoshdan 65 yoshgacha uzaytirildi. YUqoridagi sabablarga ko’ra ijtimoiy xarajatlarning oshib ketishi davlat byudjeti kamomadi va davlat qarzining o’sib ketishiga olib kelmoqda.

 • YAponiya jahon tovarlar eksportida 2010 yilda 4 o’rinni, importida 4 o’rinni, jahon

• YAponiya jahon tovarlar eksportida 2010 yilda 4 o’rinni, importida 4 o’rinni, jahon xizmatlar eksportida 6 va 5 o’rinlarni egallaydi. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi YAponiya tashqi savdosiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi. Misol uchun 2009 yilda tovarlar eksporti va importi 2008 yilga nisbatan mos ravishda 26 va 28% ga pasaydi. • YAponiya tashqi savdosining tovar tarkibida sanoat maxsulotlari yetakchi mavqega ega. 2010 yilda sanoat maxsulotlarining tovarlar eksportidagi ulushi 94, 4% ni, tovarlar importida esa 63, 1% ni tashkil etdi.

 • YAponiya tashqi savdosining geografik tarkibida rivojlangan mamlakatlar yetakchi ulushga ega bo’lsa da,

• YAponiya tashqi savdosining geografik tarkibida rivojlangan mamlakatlar yetakchi ulushga ega bo’lsa da, oxirgi yillarda jiddiy o’zgarishlarga uchramoqda. Jumladan, 2000 2010 yillarda mamlakat tashqi savdo aylanmasida AQSH va ye. I 27 mamlakatlarining ulushi mos ravishda 25, 2, 14, 9% dan 13, 0, 10, 5% ga qadar qisqargani holda, asosiy iste’mol tovarlari va xomashyo yetkazib beruvchi Xitoy va YAqin SHarq ulushi mos ravishda 11, 4, 6, 9% dan 22, 2, 9, 8% gacha ortgan.

 • YAponiya iqtisodiyotning asosini maxsulotlar va xizmatlar eksporti tashkil etadi. SHarqiy Osiyo mamlakatlari

• YAponiya iqtisodiyotning asosini maxsulotlar va xizmatlar eksporti tashkil etadi. SHarqiy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdosining barqaror sur’atlarda rivojlanishi va yapon kompaniyalarining ushbu hududga investitsiya kiritishi istiqbolli xisoblanadi. Birinchidan, SHarqiy Osiyo bozorlari jadal va barqaror sur’atlarda kengayib bormoqda, iqtisodiy va siyosiy jihatdan hudud ichidagi iqtisodiy hamkorlik uchun ochiqdir. Ikkinchidan, SHarqiy Osiyoda JST, Ikki tomonlama iqtisodiy shartnomalar bo’yicha hamkorlik, erkin savdo to’g’risidagi kelishuv, Osiyo Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi kabi kelishuvlar doirasida savdo munosabatlarini rag’batlantirish dastaklari mavjud va amal qilmoqda.

 • • • Yaponiya mintaqaviy iqtisodiy diplomatiyasi APEC davlatlari doirasida Yaponiya hech kimga

• • • Yaponiya mintaqaviy iqtisodiy diplomatiyasi APEC davlatlari doirasida Yaponiya hech kimga sir emaski, bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatorida turadi. Bu eng avval davlatning mintaqada va butun dunyoda tutgan o’rni hamda iqtisodiy salohiyati bilan belgilanadi albatta. Yaponiya dunyoda Ya. IM hajmi bo’yicha AQSh va Xitoydan keying 3 o’rinda turadi[1]. Garchi so’nggi paytlardagi jiddiy kuchli tabiiy talafotlarga uchrashiga qaramasdan, Yaponiya o’zining yirik iqtisodiy ko’rsatkichlarini saqlab qolishga urinmoqda. Osiyo Tinch okeani mintaqasi Yaponiya uchun eng muhim iqtisodiy manfaatlar to’qnashgan hudud sanaladi. Buni birgina misol orqali ko’rishimiz mumkin. Yaponiyaning mintaqa mamlakakatlari bilan iqtisodiy savdo aloqalari ko’lami mamlakat umumiy savdo ko’rsatkichlari hajmining 3/4 qismiga teng. [2]. Dunyoning turli mintaqalarida yashovchi yapon millatiga mansub aholi 840 000 kishini tashkil etsa, shulardan 570 mingga yaqini, ya’ni 64. 8%i Osiyo – Tinch mintaqasida istiqomat qiladi. Birgina 2001 yilning o’zidayoq. Yaponiyaning ushbu mintaqaga ajratgan umumiy hisobdagi tog’ridan to’g’ri investitsiyalar hajmi 41. 34% gat eng. [3]

 • • Yaponiya hukumati iqtisodiy ko’rsatkichlarni yanada rivojlantirish maqsadida ushbu mintaqa davlatlari bilan

• • Yaponiya hukumati iqtisodiy ko’rsatkichlarni yanada rivojlantirish maqsadida ushbu mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni yanada rivojlantirish lozim deb hisoblaydi. Bu yo’lda ayiqsa so’nggi yilarda olib borilayotgan “Ochiq Yaponiya” siyosati mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etib kelmoqda. Yaponiya uchun muhim strategik hudud sanalgan Osiyo Tinch okeani mintaqasida erkin iqtisodiy hudud yaratish hamda ushbu hududda va butun dunyoda Yaponiya mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash, shuningdek, mamlakat nufuzini mustahkamlash maqsadida faol tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantyasidairish muhim ahamiyat kasb etadi. [4] Yaponiya mintaqaviy iqtisodiy diplomatisida 1989 yilda tuzilgan va asosiy maqsadi Osiyo Tinch okeani mintaqasida ekin savdo sotiqni rivojlantirish hamda amaliy iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash bo’lgan va tarkibida 21 ta mamlakatni birlashtirgan “Osiyo – Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy hamkorlik tashkiloti”ning o’rni beqiyosdir. Yaponiya ham bevosita ushbu tashkilotning a’zosi sanaladi. Ushbu tashkilot a’zolarining umumiy hisobdagi daromadi birgina 1999 yilning o’zidayoq butun dunyo iqtisodiy savdo ko’rsatkichlarining 43. 85 %ga , ya’ni yalpi ichki mahsulot hajmida esa 18 trln AQSH dollariga teng bo’lgan. [5]

 • Mintaqada Yaponiyaning yirik iqtisodiy hamkorlari AQSH 22, 8%, Xitoy 14, 3%, Janubiy

• Mintaqada Yaponiyaning yirik iqtisodiy hamkorlari AQSH 22, 8%, Xitoy 14, 3%, Janubiy Коreya 7, 8%, Tayvan 6, 8% va Gonkong 5, 6% (2006 yil ma’lumotlari) hisobigato’g’ri keladi[6]. Asosiy eksport mahsulotlari – transport uskunalari, avtomobil, elektronika, elektr jihozlari va kimyoviy moddalar. Import mahsulotlari – neft, suyultirilgan tabiiy gaz, to’qimachilik mahsulotlari, baliq va dengiz mahsulotlari. • 2011 yil mart oyida yuz bergan dahshatli tabiat hodisalari Yaponiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan bo’lsa da, mamlakat avvalgidek APEC davlatlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga harakat qilib kelmoqda. Shunindek, Yaponiya quyosh energiyasini o’zlashtirish tezligi bo’yicha yirik bozorlardan biri sanaladi. 2020 yilga kelib bu tezlik 37 GVt, ya’ni 2005 yilgi darajadan 26 barobar ko’p degani[7].

 • Osiyo–Tinch mintaqasida Yaponiya o’z iqtisodiy mintaqaviy diplomatiyasini APEC, ASEAN+3, Sharqiy Osiyo mamlakatlari

• Osiyo–Tinch mintaqasida Yaponiya o’z iqtisodiy mintaqaviy diplomatiyasini APEC, ASEAN+3, Sharqiy Osiyo mamlakatlari hamkorlik Sammitlari, ASEAN mintaqaviy Forumlari doirasida olib boradi. [8]Yaponiyaning APEC doirasidagi faoliyatiga nazar solsak, 2010 yil 13 14 noyabr kunlari Yaponiya boshchilik qilgan Yokohama sammiti natijalariga ko’ra, 1994 yildan 2009 yilgacha APEC davlatlari iqtisodiyoti 7, 1 %ga, Chet el investitsiyalar hajmi 13 % ga oshgan[9]. Bu mintaqa davlatlarining o’zaro manfaatli savdo aloqalari olib borganligidan dalolat beradi. Shuningdek, Yaponiya 1997 yildan beri APEC doirasida ilgari surilgan tashabbuslarni qo’llab quvvatlashga jami bo’lib 4, 5 mlrd yen miqdorida mablag’ ajratgan. [10] • Ishonch bilan ayta olamizki, Yaponiya Osiyo – Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy faoliyatining faol sub’yekti sanaladi. Buni birgina APEC doirasida mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning hajmida ko’rib chiqdik. Yaponiya dunyoda eng rivojlangam davlatlar qatorida turishi hech kimga sir emas. Bu nafaqat ma’lum mintaqa misolida balki butun dunyoda Yaponiyaning egallagan o’rni va amalga oshirayotgan iqtisodiy diplomatiyasi orqali asoslash mumkin.

 • Yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalari Yaponiyada tashqi savdo asosini sanoat mollari tashkil qiladi.

• Yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalari Yaponiyada tashqi savdo asosini sanoat mollari tashkil qiladi. Shu munosabat bilan tashqi savdo vazirligida tashqi savdo boshqarmasi, sanoat boshqarmasi bilan birlashtirilgan. Bosh vazirlik yoqilg‘i resurslari va xom ashyo sotib olinishini quvvatlaydi. Sanoat sohalarida tarkibiy qayta qo‘rishlarga ko‘maklashadi, ularni oqilona joylashtirishda kichik va o‘rta tadbirkorlikka yordam beradi va nihoyat u sanoat mulkini qo‘riqlash huquqiga ega. Tashqi savdo vazirligining samarali ish faoliyati yetakchi xususiy monopolistik birlashmalar bilan mustahkam bog‘liq. Chunki bu birlashmalarda Yaponiyaning kapital harakati va tashqi savdoning strategik taraqqiyoti masalalari bo‘yicha yapon korporatsiyasi pozitsiyasi shakllanadi.

 • Ikkinchi jahon urushidan keyingi butun davrda Yaponiya eksportining fizik hajmi 70 martaga

• Ikkinchi jahon urushidan keyingi butun davrda Yaponiya eksportining fizik hajmi 70 martaga ko‘paydi. Bu muvaffaqiyatlar zamirida esa mahsulotlarning raqobatbardoshligi, yuqori darajadagi yangi texnologiyalar, kadrlar siyosati va firmalar obro‘si yotibdi. Raqobat uchun kurashda Yaponiya firmalarining usullaridan biri bu tovar modellarini tez almashtirishdir. Yaponiya eksportida yarim o‘tkazgichlar 50%, yengil avtomobillar 22 %, telekommunikatsiya uskunalari 23 % po‘lat 17% ga to‘g‘ri keladi. Importda esa yarim fabrikatlar va xom ashyolar asosiy rol o‘ynaydi. Yaponiyaga jahon temir rudasi eksportining 30% dan ko‘prog‘i, rangli metallar, toshko‘mir, paxta va junning 19 % to‘g‘ri keladi. Yaponiya to‘g‘ridan to‘g‘ri kapital quyilmalar bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Sakkiz yapon kompaniyasi chet eldagi hajmi bo‘yicha jahondagi yirik 50 yirik investorlari qatoriga kiradi ( «Xitachi» , «Toyota» , «Soni» va boshqalar). Asosiy kapital quyilmalar kredit sohasiga qaratilgan (42, 4%), savdoda (11, 3%), ko‘chmas mulk (11, 1%). Kapital quyishda asosiy bozor bo‘lib, Tinch okeani qirg‘og‘i mamlakatlari ATR, AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari hisoblanadi.

 • Madaniyatlar, til va an’analar yaqinligi iqtisodiy aloqalarda Sharq bilan hamkorlikka yordam berayapti,

• Madaniyatlar, til va an’analar yaqinligi iqtisodiy aloqalarda Sharq bilan hamkorlikka yordam berayapti, Yaponiya atrofida uning strategik maqsadlarida barqarorlikni ta’minlayapti. Sharq mamlakatlariga eksportning 50%, xalqaro kapital chiqarishning 3% dan ko‘prog‘i Yaponiyaga to‘g‘ri keladi. Yaponiya savdo dialoglarida tashabbus o‘zidan chiqishini ma’kul ko‘radi. Muzokaralar chog‘ida sheriklariga ham shunday yo‘lni taklif qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlarda Yaponiyaga xos xususiyatlar ularning ichki bozorini qayta o‘rganadi, erkin savdo imkoniyatlari mavjud hududlarga, davlatlarga ular uchun ham manfaatli bo‘lgan xizmatlar, texnologiyalar, tovarlar taklif qiladi. Sharqiy Yevropa bilan munosabatlarda (Chexiya, Vengriya) Yaponiya tomoni ularning yuksak darajada rivojlangandan kelib chiqib siyosat yuritadi. XXR, MDH davlatlari, Osiyo mamlakatlari bilan esa Yaponiya firmalari infratuzilmalari rivojlanmaganligi, mamlakatlar ichida kooperatsion yetkazib berishlar uyg‘unligi, energiya, xom ashyo taqchilligi omillarini hisobga oladi. •

19. 3. YAponiya iqtisodiyotiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziiing ta’siri va undan chiqish yo’llari • Rivojlangan

19. 3. YAponiya iqtisodiyotiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziiing ta’siri va undan chiqish yo’llari • Rivojlangan mamlakatlar ichida YAponiya jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozidan eng ko’p zarar ko’rgan mamlakat xisoblanadi. YAponiya hukumati iqtisodiyotda retsessiya holatining boshlanganligini 2008 yil noyabrining oxirida rasmiy e’lon qildi. 2008 yilda YAponiya iqtisodiyoti xom ashyo narxlarining o’sib ketishi va jahon moliyaviy bozorlarida boshlangan tushkunlik ta’sirini boshidan kechirdi. Bu holat pul resurslarining moliyaviy bozorlardan tovarlar bozoriga okib utishi va dollar kursining pasayishi bilan bog’liq. 2008 yilda YAponiya tashqi savdo balansi 1960 yillardan keyin birinchi marta kamomad bilan (172, 8 mlrd. ien yoki 1, 74 mlrd. doll. ) yopildi.

 • Jahon moliya bozorlarida boshlangan inqiroz ienaning revalvatsiyalashuvini tezlashtirdi. YAponiyada inflyatsiya darajasi dunyodagi

• Jahon moliya bozorlarida boshlangan inqiroz ienaning revalvatsiyalashuvini tezlashtirdi. YAponiyada inflyatsiya darajasi dunyodagi eng past ko’rsatkichga teng bo’lganligi bois yapon ienasi jahon valyuta bozorida arzon likvidlik manbaiga aylandi. Iena kursi 2007 yilning oxirida 1 dollar 113 ienadan 2009 yilning sentyabrida 1 dollar 90 92 ienagacha, yevroga nisbatan esa 1 yevro 160 ienadan 130 132 ienaga oshdi.

Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida YAponiya sanoati maxsulotlari xorijiy bozorlarda "ortiqchalik" qilib qoldi va

Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida YAponiya sanoati maxsulotlari xorijiy bozorlarda "ortiqchalik" qilib qoldi va eksport hajmi keskin qisqardi. Sanoat ishlab chiqarish indeksi 2009 yilning fevralida 2005 yilga nisbatan 69, 5% ga teng bo’ldi va pasayish 36, 9 foizni tashkil etdi. Mamlakat YAIM 2008 yilda 1, 2%, 2009 yilda esa 6, 3% ga pasaydi va ushbu pasayishning 70% i yapon tovarlariga bo’lgan tashqi talabning, qolgan 30% i ichki bozordagi talabning qisqarishi bilan bog’liq.

 • Ienaning revalvatsiyaga uchrashi yoqilg’i, xomashyo va oziq ovqat narxining o’sishini qoplagan bo’lsa

• Ienaning revalvatsiyaga uchrashi yoqilg’i, xomashyo va oziq ovqat narxining o’sishini qoplagan bo’lsa da, xorijiy bozorlarda talabning pasayishi tufayli mamlakat eksportining qisqarishiga olib keldi. 2009 yilda aynan asosiy eksport bozorlaridagi yapon maxsulotlariga bo’lgan talabning qisqarishi YAponiya iqtisodiyotiking pasayishida xal qiluvchi rol o’ynadi. Buning sababi YAponiya eksport kvotasi XXI asr boshida 11 12% dan 15 17% ga qadar oshdi. Mamlakat eksportining 2/3 qismi mashinasozlik maxsulotlaridan iborat. Iqtisodiy inqirozgacha bo’lgan vaqtda mashina va asbob uskunalarning 28% i, jumladan, transport maxsulotlarining 28% i va elektrotexnika mashinasozligi maxsulotlarining 30% i tashqi bozorlarga chiqarilgan. Jahon retsessiyasi ushbu bozorlarda avtomobillar, uzoq muddat xizmat qiluvchi iste’mol tovarlari va investitsiya tovarlariga bo’lgan talabning keskin qisqarishiga olib keldi.

 • Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi yirik yapon kompaniyalari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Jumladan,

• Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi yirik yapon kompaniyalari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Jumladan, elektrotexnika va elektronika sanoati ( «Xitachi» , «Panasonik» , «NEC» , «Tosiba» va «Soni» ) va avtomobilsozlik sanoati ( «Toyota» , «Nissan» va «Xonda» ) kompaniyalari katta zarar ko’rishdi. Misol uchun «Toyota» kompaniyasining sotish hajmi SHimoliy Amerika, yevropa, Osiyo va YAponiyaning o’zida 22% ga qisqardi va 461 mlrd. ien (4, 85 mlrd. doll. ) miqdorida zarar ko’rdi.

 • YAponiyada ishsizlik darajasi jahon moliyaviy inqirozi ta’sirida 2009 yilda 5, 7% ga

• YAponiyada ishsizlik darajasi jahon moliyaviy inqirozi ta’sirida 2009 yilda 5, 7% ga yetdi, bu ko’rsatkich halqaro darajadan past bo’lsa da, YAponiya uchun juda yuqori xisoblanadi. Ishdan asosan mehnat shartnomalari tugayotgan, vaqtinchalik va to’liqsiz ish kunida ishlayotganlar bo’shatildi. Keng miqyosda ishdan bo’shatishlar esa zavod va fabrikalar yopilgan vaqtincha berdi, ammo kompaniyalar davlatning bandlikni saqlab qolgani uchun ajratgan maqsadli subsidiyalaridan foydalangan holda doimiy ishchilarini ishdan bo’shatmaslikka xarakat qilishmoqda.

 • YAponiya jahon moliya inqirozining markazi bo’lmagan bo’lsada yapon kompaniyalarining aktsiyalari yevropa va

• YAponiya jahon moliya inqirozining markazi bo’lmagan bo’lsada yapon kompaniyalarining aktsiyalari yevropa va AQSH kompaniyalari aktsiyalariga qaraganda ko’proq qadrsizlandi. Nikkey 225 birja indeksi 2008 yil maydagi 14 400 punktdan 2009 aprelidagi 7 560 punktgacha pasaydi. Fond bozoridagi ilk pasayish eksportyor kompaniyalar foydasining pasayishi va xorijiy filiallaridagi aktivlarining qadrsizlanishi tufayli ro’y berdi. Tokio fond birjasi ma’lumotlariga ko’ra 2009 yilning boshida listingdagi 30% gacha aktsiyalar xorijliklarga tegishli bo’lgan va ularning umumiy birja aylanmasidagi ulushi 60% ni tashkil etgan. Inqiroz boshlanishi bilan xorijiy investorlar o’z aktsiyalarini sota boshlashdi. Tahlillar ko’rsatishicha, xorijiy investorlar 2003 2007 yillarda sotib olgan aktsiyalarnning 39% ini 16% li kurs qiymati bo’yicha sotishgan.

YAponiya hukumati 2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiyotni rag’batlantirish maqsadida

YAponiya hukumati 2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiyotni rag’batlantirish maqsadida umumiy qiymati 75 trln. ienaga teng uchta (2008 yil 28 avgustф, 30 oktyabr, 12 dekabr) inqirozga qarshi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi va ushbu tadbirlarga mablag’larning 12 trln. ienasini bevosita byudjet mablag’lari (YAIMga nisbatan 2%) tashkil etdi. Inqirozga qarshi qabul qilingan chora-tadbirlar dasturlari quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oldi: moliya tizimini qo’llab quvvatlash fond bozorini barqarorlashtirish, ichki kreditlash shartlarining yomonlashuvini bartaraf etish, moliyaviy institutlarga davlat tomonidan yordam ko’rsatish, xususiy banklarga kichik va o’rta korxonalarga kredit ajratishlari uchun hukumat kafolatlari tizimini kengaytirish ko’zda tutildi; aholini ijtimoiy himoyalash aholiga bevosita pulli to’lovlar taqdim etish, tibbiy va maktab muassasalariga moliyaviy yordam berish, ayrim import qilinayotgan oziq ovqat maxsulotlari narxi ustidan davlat nazoratini o’rnatish, tez yurar avtomobil yo’llaridan foydalanganlik uchun to’lovlarni pasaytirish, tibbiy xarajatlarni qisman qoplash kabi chora tadbirlarni qamrab oldi;

bandlikni qo’llab quvvatlash — hukumat tomonidan bandlik darajasini saqlab kolayotgan, ishga nogironlarni qabul qilayotgan

bandlikni qo’llab quvvatlash — hukumat tomonidan bandlik darajasini saqlab kolayotgan, ishga nogironlarni qabul qilayotgan shtatdan tashqari ishlayotganlarni shtatga qabul qilayotgan kompaniyalarni moliyaviy rag’batlantirish tizimining joriy qilinishi, qisqartirishga tushib qolgan ishchilarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, uy joy ijarasi va yangi ish o’rnini qidirish xarajatlari uchun kreditlar berish kabi chora tadbirlardan iborat; hududlarga yordam berish jamoat ishlarini moliyalashtirishni ko’paytirish, qishloq xo’jaligi, ta’lim va tibbiy xizmat sohalarida hududiy loyihalarni amalga oshirish chora tadbirlari.

2009 yil 10 aprelda yangi inqirozga qarshi iqtisodiyotni rag’batlantirishga qaratilgan chora tadbirlar dasturi qabul

2009 yil 10 aprelda yangi inqirozga qarshi iqtisodiyotni rag’batlantirishga qaratilgan chora tadbirlar dasturi qabul qilindi. Bu rejada umumiy xarajatlar 56, 8 trln. ienani (570 mlrd. doll. ), bevosita byudjet xarajatlari esa 15, 4 trln. ienani (YAIMga nisbatan 3%) tashkil etdi. Birinchi va ikkinchi chora tadbirlar dasturida asosiy e’tibor kichik va o’rta korxonalarni bank kreditlari ko’rinishida qo’llab quvvatlashga qaratildi. Ushbu korxonalarda iqtisodiyotda yollanib ishlayotganlarning 70% i band bo’lgani bois qabul qilingan chora tadbirlar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo’ldi. Ikkinchi dasturda aholiga 2 trln. iena (20 mlrd. doll. ), aholi jon boshiga 12 ming ienadan (120 doll. ) "jonli" pullar tarqatish ko’zda tutildi. 18 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta yaponiyaliklar qo’shimcha 8 ming ienadan olishdi. Bu dastur 2009 yilning bahorida amalga oshirildi va YAIMga nisbatan 0, 15% ni tashkil etdi.

2011 yil 11 martdagi yer kimirlashi Xonsyu orolida joylashgan Ivate, Miyagi va Fukusima prefekturalarida

2011 yil 11 martdagi yer kimirlashi Xonsyu orolida joylashgan Ivate, Miyagi va Fukusima prefekturalarida yuz berdi. Zilzila oqibati Fukusima atom elektr stantsiyasining ishdan chiqishi natijasida zarar ko’rgan prefekturalar qatoriga Xokkaydo, Aomori, Ibaraki va CHibalarni ham kiritish mumkin. Zarar ko’rgan hududlar hissasiga jami aholining 17% i, (22 mln. kishi), mamlakat YAIMning 15% i (74 trln. «ena), asosiy kapitalning 20% i (133 trln. iena) to’g’ri keldi. YAponiya hukumati tomonidan amalga oshirilgan inqirozga qarshi choralar dasturlari natijasida 2009 2010 yillarda mamlakat iqtisodiyotida kuzatilayotgan ijobiy tendentsiyalar 2011 yil II martdagi yer qimirlashi oqibatida to’xtab qoldi.

 • Ushbu zilzila va tsunami YAponiya tarixidagi eng kuchlisi bo’lib, katta iqtisodiy yo’qotishlarga

• Ushbu zilzila va tsunami YAponiya tarixidagi eng kuchlisi bo’lib, katta iqtisodiy yo’qotishlarga olib keldi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda; uy xo’jaligi, ijtimoiy infratuzilma va xususiy firmalarga yetkazilgai zarar miqdori mamlakat YAIMning 3, 3 5, 2% ini tashkil qilgan. Bundan tashqari tashqi savdo hajmi, valyuta qiymati, iste’mol buyumlari narxiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi va YAponiyaning istiqboldagi iqtisodiy rivojlanishi haqida noaniqliklar keltirib chiqardi (elektr tarmoq laridagi uzilishlar, Fukusimadagi atom stantsiyasidagi muammolar, davlatning rekonstruktsiya xarajatlari). Zilzila natijasida Tokio viloyatidagi fabrikalarga yetkazilgan zarar sanoat maxsulotlari, xususan, avtomobil sanoati maxsulotlariga bo’lgan talabga salbiy ta’sir ko’rsatdi. YAponiya Banki ma’lumotlariga ko’ra mamlakatdagi to’qqizta iqtisodiy hududning yettitasida maxsulotlar ishlab chiqarishda iqtisodiy pasayish yuz berdi.

19. 4. O’zbekiston va YAponiya iqtisodiy hamkorligi • YAponiya O’zbekiston Respublikasining muhim savdo iqtisodiy

19. 4. O’zbekiston va YAponiya iqtisodiy hamkorligi • YAponiya O’zbekiston Respublikasining muhim savdo iqtisodiy hamkorlaridan biri xisoblanadi. 1992 yildan O’zbekiston va YAponiya o’rtasida iqtisodiy hamkorlikning barcha yo’nalishlari bo’yicha faol aloqalar o’rnatilgan. Ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqalari oziq ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish, tarkibiy qayta qurishlarni amalga oshirish, gumanitar va rasmiy yordam shaklidagi kreditlar, qaytarilmaydigan ssudalar ko’rsatishdan boshlangan.

 • 1994 yilda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi va «Mitsibisi Korporeyshn» ,

• 1994 yilda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi va «Mitsibisi Korporeyshn» , «Mitsui va Ko» LTD, «Sumitomo Korporeyshn» , «Nishe Ivai Korpor. EIshn» kompaniyalari, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va YAponiyaning «Bank of Tokio» va «Sakura bankom» banklari o’rtasida hamkorlik kelishuvlari imzolandi. O’zbekiston va YAponiya o’rtasida Farg’ona neftni qayta ishlash zavodini ta’mirlash, SHahrisabz va CHinoz tumanlarida tekstil maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalar bunyod etish. Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida aeroportlarni halqaro talablar darajasida ta’mirlash to’g’risidagi xujjatlar imzolandi, Rishton va Komatsu shaharlari birodar shaharlar maqomini olishdi.

YAponiya O’zbekistonning yirik investorlaridan biri xisoblanadi. O’zbekiston va YAponiya o’rtasidagi investitsion hamkorlikning ustuvor yo’nalishlari

YAponiya O’zbekistonning yirik investorlaridan biri xisoblanadi. O’zbekiston va YAponiya o’rtasidagi investitsion hamkorlikning ustuvor yo’nalishlari sifatida tog’ kon sanoati, neft va gaz sohasi, agrosanoat majmuasi, aloqa sektori belgilangan. O’zbekistonning eksport import tarkibida YAponiyaning ulushi 2000 yilda tegishlicha 0, 4 va 1, 9% ni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilga kelib bu ko’rsatkich 0, 1 va 1, 2% ga teng bo’ldi.

 • • Oʻzbekiston — Yaponiya munosabatlari Ikki davlatning oʻzaro munosabatlari tarixi qadimiy asrlarga

• • Oʻzbekiston — Yaponiya munosabatlari Ikki davlatning oʻzaro munosabatlari tarixi qadimiy asrlarga borib taqaladi. Buyuk ipak yoʻli orqali oʻzbek va yapon xalqlari oʻrtasida savdoiqtisodiy va madaniy aloqalar boʻlganligi i. t. larda ham oʻz tasdigʻini topmoqda. Olimlarning tadqiqoti va oʻzbekyapon arxeologik ekspeditsiyalari natijasiga koʻra, Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan Kushon podsholigining asosiy dinlaridan biri boʻlgan buddizm Oʻrta Osiyo xalqlari milliy qadriyatlari va anʼanalari bilan boyigan holda 6 asrda Xitoy va Koreya orqali Yaponiya orollarida tarqalgan. Oʻzbekistonda topilgan qadimiy budda ibodatxonalarining hoz. Yaponiyadagi ibodatxonalar bilan mushtarakligi namoyon boʻlmoqda. Yaponiyaning birinchi poytaxti Nara shahridagi Xoruji ibodatxonasi xazinaxonasida 8 asrda Samarqand va Toshkentda tayyorlangan osoriatiqalar, 9— 10 asrlarga oid ud musiqa asbobi saqlanmoqda. Afrosiyobdagi arxeologik qazilmalar vaqtida topilgan va 12 asrga mansub nafis yapon chinni idishi ham oʻzbek va yapon xalqlari oʻrtasida aloqalar boʻlganini koʻrsatadi. Yaponiya 19 asrning 2 yarmidan Oʻrta Osiyo regioni bilan jiddiy qiziqa boshlagan. 1880 yilning yozida yapon diplomati Nisi Tokujiro (keyinchalik u tashqi ishlar vaziri boʻlgan) oʻlkamiz boʻylab sayohat qilgan. U Toshkent, Samarqand, Buxoro shahrilari va Fargʻona vodiysida boʻlgan. Buxoroda amir Muzaffar bilan uchrashgan. Bu hodisa yaponlarning musulmon oʻlkalari bilan dastlabki rasmiy aloqalaridan biri edi. 1886 yilda Nisi Tokudzironing "Turkiston sayohatnomasi" kitobi yapon tilida bosilib chiqqan. 19 asr oxiri — 20 asr boshlarida Oʻrta Osiyoga Yasumashi Fukushima, Kazuo Otani, Masaji Inoue, Zuicho Toshibana kabi yapon tadqiqotchilari sayohat qilgan.

 • Oʻzbekiston Milliy un tining Ilmiy kutubxonasida 1927— 41 yillarda Yaponiyada chop etilgan

• Oʻzbekiston Milliy un tining Ilmiy kutubxonasida 1927— 41 yillarda Yaponiyada chop etilgan kitob va jur. larning katta fondi mavjud. 1930 y. larda Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasida pillachilik va tutchilik sohasida hamkorlik oʻrnatilgach, Yaponiyaga borgan bir guruh oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan bu sohadagi ilgʻor yapon tajribasi atroflicha oʻrganilgan va respublikada joriy qilingan. Yaponiyadan oʻnlab madaniylashtirilgan serbargli tut navlari va mahsuldor pilla qurtining urugʻlari keltirilib mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan. Bundan tashqari, ipakchilik sanoati ehtiyojlari uchun yapon mashina va uskunalari xarid qilingan. 1929 yil Oʻrta Osiyo un ti prof. E. F. Poyarkov Yaponiyada pillachilar anjumanida maʼruza qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 1920 y. larda Yaponiyaga borib qolgan Volgaboʻyi tatarlari orasida oʻzbeklar ham boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 1920 y. larda Yaponiyaga borib qolgan Volgaboʻyi tatarlari orasida oʻzbeklar ham boʻlgan. Ular Tokio shahrida masjid qurilishi va islom dinini yoyilishida oʻz hissalarini qoʻshishgan. 1945 yildagi sovetyapon urushi natijasida asir olingan 24 mingga yaqin yapon 1945— 50 yillarda Oʻzbekistonning Andijon, Buxoro, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida ushlab turildi. Ular koʻplab sanoat korxonalari, q. x. , qurilish va boshqalar sohalarda mehnat qildilar. Jumladan, Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatr binosi qurilishida 600 ga yaqin yapon ishtirok etgan. Oʻzbekistonda vafot etgan 812 yapon fuqarosi respublikamiz hududidagi 13 qabristonda dafn etilgan. 1990 yil may oyida Toshkentning Yakkasaroy qabristonida 2 jahon urushi (1939— 45)dan keyin Toshkentda vafot etgan 79 ta yapon harbiy asiri xotirasiga memorial oʻrnatildi. 1960— 80 yillarda Yaponiya Oʻzbekistondan paxta tolasi, chigit, shirinmiya ildizi, asal, ipak va boshqalar mahsulotlar xarid qilgan. 1970 y. lar boshidan Yaponiya yiliga 190 mln. AQSH dollari hajmida paxta tolasi sotib olgan. Xususan, Sumitomo kompaniyasi 1971— 93 yillar 547, 3 mln. AQSH dollariga paxta tolasi xarid qilgan. Shu yillar Yaponiyaning qator kompaniyalari Oʻzbekistonning yengil, kimyo va neft sanoatini modernizatsiya qilishga jalb etildi. Fargʻona va Chirchiq shahrilarida ammiak ishlab chiqarish uchun yapon texnologiyalari oʻrnatildi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Margʻilon, Namangan, Shahrisabz va Urganchdagi ipakchilik fkalarida Yamato firmasining pilla quritish mashinalari qoʻllandi. 1989 yil Oʻzbekistonda xorijiy firmalar orasida birinchi boʻlib Yaponiyaning "Chori" kompaniyasi oʻz vakolatxonasini ochdi.

 • • Ilmiy va madaniy sohalarda ham oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Yapon va

• • Ilmiy va madaniy sohalarda ham oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Yapon va oʻzbek olimlari tomonidan zilzilani oldindan aniqlash, sanoat mahsulotlarini statistik qabul qilish nazorati usullari atroflicha oʻrganildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ayniqsa, tarix, tilshunoslik va arxeologiya fanlari boʻyicha samarali hamkorlik amalga oshirildi. Itaro Kumatsuning yaponlar uchun "Oʻzbek tili" qoʻllanmasi (1978), "Oʻzbekcha soʻzlashuv" (1983), "Oʻzbekchayaponcha lugʻat" (1980, 1985) kitoblari koʻp ming nusxada nashr etildi. 1950— 80 yillarda adabiyot sohasida ham salmoqli aloqalar boʻldi. Xususan, 1956 yil Oʻzbekistonga kelgan tanikdi yapon yozuvchisi va tarjimoni Man Inoue atoqli shoir Gʻafur Gʻulom bilan uchrashgan hamda Yaponiyada chop etilgan "Toshkentda bir oqshom" asarida oʻzbek va yapon xalqlari madaniyati, anʼana va turmush tarzidagi mushtaraklik haqida hikoya qilgan. Shu davrda Yosie Xotta, Kobo Abe, Yasunari Kavabata, Ryunoske Akutagava, Takeo Arishima, Masuji Ibuse va boshqalar mashhur yapon ijodkorlarining 30 ga yaqin roman, qissa, sheʼr va hikoyalari oʻzbek tilida chop etilgan. Oʻz navbatida, Yaponiyada Alisher Navoiy, Sh. Rashidov, Zulfiya, Ramz Bobojon ijodi namunalari, Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari yapon tiliga tarjima qilinib, bir necha marta nashr qilingan. 1991 yil Yaponiya Oʻz. R mustaqilligini tan olib, 1992 yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatgach, 1992 yilda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1996 yilda esa Oʻz. Rning Tokiodagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi. Ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatildi. Oʻtgan 14 yil mobaynida ikki davlat oʻrtasida koʻplab rasmiy hujjatlar imzolandi. Shu davr davomida Oʻz. R Prezidenti I. Karimov 2 marta (1994, 2002) rasmiy tashrif bilan Yaponiyada boʻldi. Bundan tashqari, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari, hukumatning rahbar va masʼul xodimlari, Parlament delegatsiyasi va boshqalarning oʻzaro tashriflari amalga oshirildi. Oʻz. R Prezidenti I. Karimovning 1994 yilning mayida Yaponiyaga qilgan birinchi tashrifi oʻzaro siyosiy muloqotni faollashtirdi.

 • • Ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishda Oʻz. R Prezidenti I.

• • Ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishda Oʻz. R Prezidenti I. Karimovning 2002 yil 28— 31 mayda Yaponiyaga qilgan ikkinchi rasmiy tashrifi muhim rol oʻynadi. Tashrif chogʻida 14 hujjat imzolandi. Bular qatoriga Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik, strategik sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya, Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarga koʻmaklashish haqida qoʻshma bayonot va boshqalar hujjatlar kiradi. Tashrif chogʻida I. Karimov Oʻzbekistonning Yaponiya bilan hamkorlik qoʻmitasi va Yaponiyaning Oʻzbekiston bilan hamkorlik qoʻmitasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqsi. Qoʻmitalar tashkil etilib, uning birinchi qoʻshma majlisi 2004 yil iyulda Tokio shahrida oʻtkazildi. Bugungi kunda Yaponiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan moliyaviy resurslarining umumiy qiymati 1, 9 mlrd. AQSH dollariga yaqinlashdi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonga 160 mln. AQSH dollari mikdorida begʻaraz va insonparvarlik yordami koʻrsatilib, u, asosan, maorif va sogʻliqni saqlash sohasiga sarflandi. Yapon sarmoyasi mamlakat iqtisodiyotining yoqilgʻienergetika, transport va kommunikatsiya, yengil sanoat tarmoqlarini, kadrlar tayyorlash va boshqalar sohalarni yuksaltirish, xususan, respublikaning telekommunikatsiya tizimini rivojlantirish, Toshkentdagi t. y. vagonlarini taʼmirlash z di, Samarqand, Buxoro, Urganch shahrilari aeroportlarini modernizatsiya qilishga sarflandi.

 • • Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining imtiyozli qarzlari tufayli Koʻkdumaloq neftgaz konini jihozlash,

• • Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining imtiyozli qarzlari tufayli Koʻkdumaloq neftgaz konini jihozlash, Buxoro viloyatida neftni qayta ishlash z dini qurish, Fargʻona neftni qayta ishlash z dini modernizatsiyalash, Shoʻrtan gazkimyo majmuasini qurish, toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish ishlari amalga oshirildi. Gʻuzor— Boysun—Qumqoʻrgʻon t. y. ni qurishda ichki resurslar bilan bir qatorda Yaponiya sarmoyasi ham qatnashmoqda. 1993— 2004 yillar qariyb 300 yaponiyalik mutaxassis iqtisodiyot, telekommunikatsiya, turizm, transport infratuzilmasi, ipakchilik sohalari va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda faoliyat koʻrsatdi. 1994 yil mayda Toshkentda Oʻzbekyapon iqtisodiy hamkorlik qoʻmitasi, Tokioda esa Yaponoʻzbek iqtisodiy hamkorlik qoʻmitasi tashkil etildi. Yaponoʻzbek iqtisodiy hamkorlik qoʻmitasi Yaponiyaning 30 ga yaqin yirik kompaniya, firma va banklarini birlashtiradi. Hozirgacha qoʻshma qoʻmitalarning 8 majlisi boʻlib, unda ikkala mamlakatdagi sanoat korxonalari, moliya muassasalari va tadbirkorlarining toʻgʻridantoʻgʻri aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonda 10 ta oʻzbekyapon qoʻshma korxonasi, 3 ta 100% Yaponiya sarmoyasi hisobidagi korxona, yapon kompaniyalarining 22 vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdoiqtisodiy aloqalar kengayib, 2004 yilda tovar ayirboshlash hajmi 102 mln. AQSH dollariga yaqin boʻldi. Oʻzbekiston Yaponiyaga paxta va ipak mahsulotlari, gazlama, noorganik kimyo mahsulotlari eksport qiladi, turli sayyohlik xizmatlari koʻrsatadi. Yaponiyadan esa elektr va mexanik uskunalar, kauchuk va rezina buyumlar va boshqalar oladi. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi 2001 yildan Toshkent — Osaka, 2002 yildan Toshkent—Tokio yoʻnalishida doimiy havo qatnovini yoʻlga qoʻydi.

Yaponiya bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlaridan biri kadrlar tayyorlashdir. Hozirgacha respublikaning turli vazirlik

Yaponiya bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlaridan biri kadrlar tayyorlashdir. Hozirgacha respublikaning turli vazirlik va idoralaridan 800 ga yaqin kishi Yaponiyada tajriba orttirib qaytdi, 98 yosh mutaxassis Yaponiyaning yetakchi untlarida magistratura kursini bitirdi. 2000 yildan boshlab Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi stipendiyasi asosida yiliga oʻzbekistonlik 20 magistrant Yaponiyaga ikki yillik oʻqishga bormoqda. 2001 yil Toshkentda Oʻzbekiston — Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. Hozirgacha ushbu markazning biznes, yapon tili va kompyuter kurslarini 1500 dan ortiq kishi tugatdi. Umuman markaz oʻtkazgan turli madaniy maʼrifiy dasturlarda 100 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Oʻzbekyapon ilmiy aloqalari ham kengayib bormoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va boshqalar shaharlardagi oliy oʻquv yurtlarining oʻquv dasturiga yapon tilini oʻrganish ham kiritilgan. Oʻzbekiston FAning elektronika, seysmologiya, immunologiya, biokimyo, umumiy va noorganik kimyo, fiziologiya va biofizika, sharqshunoslik, arxeologiya intlari, "Botanika" ilmiyi. ch. markazi bilan Yaponiyaning tegishli unt, in t va boshqa tashkilotlari oʻrtasida muntazam hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, elektronika in tida yaratilgan metallurgiya sohasiga oid ekologik toza texnologiya Yaponiyaning "Nippon stil korporeyshn" firmasi tomonidan litsenziyali shartnoma asosida sotib olingan. 1989— 98 yillarda Sanʼatshunoslik instituti xodimlari Soka un ti prof. Kyudzo Kato boshchiligida Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanida joylashgan Dalvarzintepada buddizm yodgorliklarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib bordilar.

 • • • Ikki mamlakat oʻrtasida madaniy aloqalar ham keng rivojlanmoqda. Xususan, Tokiodagi

• • • Ikki mamlakat oʻrtasida madaniy aloqalar ham keng rivojlanmoqda. Xususan, Tokiodagi milliy nafis sanʼat va musiqa un ti bilan hamkorlikda Toshkentda Xalqaro madaniyat karvonsaroyining ishga tushirilishi, "Jahon tinchlik qoʻngʻirogʻi"ning barpo etilishi, Yaponiyadagi bir qancha ijtimoiy tashkilotlar koʻmagida Osaka, Fukusima, Maebasi shahrilarida doimiy faoliyat olib boruvchi Oʻzbekiston madaniyat uylarining ochilishi bunga yorqin misoldir. Yaponiya va Oʻzbekistonda koʻplab koʻrgazma, takdimot, kinofestival, milliy musiqa va raqs guruhlarining konsertlari, shuningdek, 1996 yildan Oʻzbekistonda Yaponiya madaniyati kunlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda. 1996 yil Oʻz. R Prezidenti I. Karimovning "Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida" va 1999 yil "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarlari Yaponiyada yapon tiliga tarjima qilinib chop etildi. Davlatni boshqarish, oʻzbekyapon hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Oʻz. R Prezidenti Yaponiyadagi Vaseda va Soka untlarining faxriy d ri unvoniga sazovor boʻldi. Oʻzbekyapon doʻstlik aloqalarini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun sanʼatshunos Ikuo Xirayama Oʻzbekiston Respublikasi BAning faxriy xorijiy aʼzosi etib saylandi (2002), prof. Kyudzo Kato va Vaseda un ti prezidenti Takayasi Okushima Oʻz. Rning "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2002). 2004 yil martda Tokiodagi Soka untida buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi ^haykaltarosh R. Mirtojiyev). 2004 yil Oʻzbekistonga 3000 yapon sayyohi kelgan. Ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga Yaponiyada "Yaponiya. Oʻzbekiston" doʻstlik jamiyati (|998 yil tashkil etilgan), Fukusima. Oʻzbekiston iqtisodiy va madaniy aloqalar uyushmasi, "Fukuoka. Oʻzbekiston" jamiyati, "Ota. Toshkent" doʻstlik jamiyati, Oʻz. Rda "Oʻzbekiston. Yaponiya" doʻstlik jamiyati (1999 yil tashkil etilgan) munosib hissa qoʻshib kelmoqda. 2002 yil apr. da Yaponiya parlamentida mamlakatning nufuzli siyosiy arboblari Taro Aso, Yosiro Mori va boshqalar tashabbusi bilan "Yaponiya liberaldemokratik partiyasi — Oʻzbekiston" doʻstlik ligasi tashkil etilgan.