Xorijiy mamlakatlar iqtisodi va mamlakatshunoslik fakulteti Mustaqil ish

















- Slides: 17
“Xorijiy mamlakatlar iqtisodi va mamlakatshunoslik” fakulteti Mustaqil ish Bajardi: 2 -kurs koreys – ingliz guruhi talabasi Buxorov Anvar Tekshirdi: Imomova N
Mavzu: Makroiqtisodiy muvozanatda Keynschilar nazariyasi REJA: I. Kirish II. Asosiy qism 1. Makroiqtisodiyot fanining kelib chiqishda Klassik va Keyns maktab vakillarining tutgan o’rni. 2. Klassik iqtisodchilar va Keynschilarning iqtisodiy muvazanat nazaryasi. 3. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. “Keyns xochi”. Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi. III. Xulosa IV. Adabiyotlar
KIRISH: 1936 yilda ingliz iqtisodchi Jon Meynard Keynsning «Bandlik, foiz va pulning asosiy nazariyasi» deb nomlangan asarining paydo bulishi bevosita buyuk depressiyaning natijasi bo‘lib makroiqtisodiyotni aloxida mustaqil fandek paydo bo’lishiga asos soladi. Keynsning asosiy g‘oyasiga kura narxlaming egilmasligi natijasida bozor iqtisodiyotlari xar doim ham o’zini tartibga solishga qodir emas. Bozor iqtisodiyotiga bunday qarash iqtisodiy nazariyada usha paytgacha xukum surgan klassiklar nazariyasidan farqliroq bo‘ladi. Yuqoridagi makroiqtisodiyotning keltirib chiqqan omildan tashqari fanning shakllanishiga ya’na bir muxim xodisa ta’sir etadi. Bu esa milliy hisobchilik buyicha doimiy statistik ma’lumotlaming paydo bulishi. Bunday ma’lumotlarni mavjudligi makroiqtisodiy xodislami kuzatish va ulaming dinamikasini izoxlash uchun sharoit yaratib beradi va bu o’z navbatida makroiqtisodiyot fanining rivojlanishi uchun dastlabki tashlangan qadam buladi. Rivojlanish jarayoni davomida makroiqtisodiyot fanida ikkita asosiy maktablar shakllanib boradi. Klassiklar maktabi erkin bozor mexanizmlari mexnat bozorida iqtisodiy muvozanatni umatilishiga va buning oqibatida resurslami samarali taqsimlanishiga o’zlari kifoya qilishini xamda bu jarayonga davlatning aralashuvi kerak emasligini taxmin qiladi. Keynschilar maktabi narxlaming ma’lum bir qisqa davr mobaynida egilmasligidan kelib chiqqib ayniqsa mexnat bozorida makroiqtisodiy muvozanatga erishish uchun bozor mexanizmlarini uzlarini yetarli emasigini takidlashadi. Buning natijasida davlat aralashuviga extiyoj paydo buladi va bunday aralashuv barqarorlashtirish siyosati nomini oladi.
Makroiqtisod iyot fanining kelib chiqishda Kl assik va Keyn s maktab vakillarining t utgan o’rni. 0‘tgan asming 70 yillarigacha Keynsning modeli makroiqtisodiy jarayonlami o‘rganishda va izohlashda keng kulamda foydalanilib kelinadi. Lekin shu davrda yangi muammoning paydo bulishi ya’ni yuqori darajadagi inflyatsiya bilan bir vaqtning o’zida ishlab chiqarish hajmlarida pasayish hamda ishsizlik darajasini ko’tarilishi davlat aralashuv siyosatining samaradorligini shubha ostiga qo’yadi. Bunga javoban klassiklaming qarashlari qayta ko’rilib chiqiladi va natijada Milton
Monetarchilar bozorlar uzini boshqarish g‘oyasini qaytatdan ilgari surib birinchi uringa pul taklifini kuyshadi. Ulaming fikricha davlat tomonidan pul taklifini uzliksiz ravishda o‘zgartirilishi makroiqtisodiy beqarorlikga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni saqlash uchun pul taklifi bir tekisda usib borishi lozim buladi. Monetarizm nazariyasi keyinchalik bozorlar uzini tartibga solish goyasiga tayangan yangi iqtisodiy nazariyalar paydo bulishiga va Makroiqtisodiyot fanida neoklassiklar maktabini shakllanishiga sabab buladi. Bu bilan birgalikda fanda muqobil mikroiqtisodiy modellami asos qilib olgan neokeynschilar yunalishi rivojlanib boradi. Shunday qilib, Makroiqtisodiyot fanida shu kunga kelib turtda asosiy maktablar mavjud. Bular: keynschilar, davlat aralashuvi masalalariga alohida e’tibor berib borishadi, bunday aralashuv siyosatlaridan ko‘proq fiskal siyosatga urg‘u berishadi va nisbatan kamroq darajada monetar siyosatga; neoklassiklar, davlat aralushuvi siyosatining doimiy opponentlari; monetaristlar, ko’p masalada neoklassiklar bilan fikrlari bir, lekin pul instrumentlar orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solish zarurligini e’tirof etishadi; yangi Makroiqtisodiyot maktabi, xozirgi vaqtda davlat aralashuv siyosatining eng katta raqiblaridan biri.
Bu to‘rtda maktablar o‘rtasida davom etayotgan baxslar asosan bozor mexanizmlarini faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, aniqrogi, makroiqti sodiy maqsadlarga erishishda bozor mexanizmlarining samaralidorlik masalasi ko‘ndalang turadi. Asosiy kelishmovchiliklar uchta savolga taqaladi: 1) narxlar va ish xaqi stavkalari egiluvchalinligi; 2) umumiy taklifning egiluvchanligi;
Ishsizlik bo‘yicha davlat siyosati: klassik va keynscha yondashuvlar Davlatning ishsizlikka nisbatan olib boradigan siyosatiga kelsa, bu yerda bir xil nuqtai nazar yo‘qligini aytib o‘tish joizdir. Ishsizlikka va uni tartibga solish masalalariga klassik va keynscha yondashuvlar mavjuddir. Bu qarashlar mehnat bozori faliyatini klassiklar va keynschilar tomonidan turlicha tushunishga asoslangan. Klassik maktabda mehnat bozoridagi muvozanat g‘oyasi hukmronlik qiladi. Har qanday bozordagi kabi, mehnat bozorida ham, agar u o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, muvozanat yuzaga keladi, iqtisodiyot esa uzoq muddat mobaynida to‘liq bandlik darajasiga, ya’ni tabiiy ishsizlik darajasiga intiladi. Ishlab chiqarishning tabiiy darajasi gipotezasi (ishsizlikning tabiiy darajasi) amerikalik iqtisodchi M. Fridmenga mansubdir. Agar so‘nish davrida ishsizlik ortsa, buni vaqtinchalik holat deb baholash lozim, jonlanish boshlangach, mehnat bozori o‘zining tabiiy holatiga to‘liq bandlik darajasiga qaytadi. Keyns maktabi vakillari tabiiy daraja gipotezasini inkor qiladilar va unga muqobil ravishda ishsizlikning gisterezisi konsepsiyasini ilgari suradilar.
ssik iq tisodch muvaz ilar va anat n Keyns azarya chilarn si. ing iq Klassiklar nazariyasi asosida ikkita asosiy tushuncha mavjud. Birinchidan, to‘liq bandlik sharoitida mahsulotlarni sotib olish uchun xarajatlar miqdorining (Y = S+I+G+Xn) yetishmasligi (ya’ni, AD AS bo‘lishi) mumkin emas. Ikkinchidan, umumiy xarajatlar miqdori yetishmay qolgan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi. Pul bozori investitsiya va jamg‘armalar tengligini hamda to‘liq bandlik sharoitini ta’minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo‘lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potensial hajmiga (Y*) teng. Klassik iqtisodchilar jamg‘arish talabning yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg‘arilgan so‘m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta’kidlashadi. Agarda, tadbirkorlar uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari miqdorida investitsiya qilishsa, ishlab chikarish hamda bandlik darajalari doimiy bo‘lib qoladi. Klassik iqtisodchilar ta’kidlashlaricha, kapitalizmning o‘ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamg‘arma va investasiyalarning tengligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham to‘liq bandlik mavjud bo‘ladi.
Bilamizki, iqtisodiyotda to‘liq bandlik sharoitiga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham boshqa bir iqtisodchilar klassik nazariyaning asosiy jihatlarini tankid qila boshladilar. Keyns nazariyasining eng qimmatli jihati shuki, u bozor iqtisodiyotida ish bilan to‘la bandlikni ta’minlaydigan xech qanday mexanizm yo‘qligini isbotladi. Makroko‘lamda iqtisodiyot muvozanatga erishish mumkinligi, lekin shunda ham ma’lum miqdorda ishsizlik va inflyasiya saqlanib qolinishini, to‘la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tasodif ekanligini, kapitalizm o‘zidan tartibga tushib, rivojlanib ketavermasligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog‘liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyasiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg‘armalarga bevosita bog‘liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga
Bunday nomutonosiblikning asosiy sabablaridan biri rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg‘armalarning bir-biriga mos kelmasligidir. Bunga sabablardan biri shundaki, jamg‘arish va investitsiyalash to‘g‘risidagi qonunlarni har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishadi. Ikkinchidan, jamg‘aruvchilar va investorlarni jamg‘arish va Jamg‘arish-investitsiya grafigi investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamg‘arma va investitsiyalar bitta omilga bog‘liq bo‘lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati o‘zining ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg‘arishadi. Jamg‘armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida, ya’ni, uy xo‘jaliklari oila boshlig‘ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg‘armalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi. Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.
Keyns modelida jamg'arish va investitsiya Klassiklar nazariyasi bo‘yicha jamg‘arma va investitsiya¬lar miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo‘jaliklari kamroq iste’mol qilib, ko‘proq jamg‘arishga harakat kilishadi. Uy xo‘jaliklarida jamg‘armalarning ko‘payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o‘z vaqtida investitsiyaning o‘sishini ta’minlaydi. Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste’mol va jamg‘arish dinamikasini belgilab beradi.
* Haqiqiy va rejala shtirilgan xara * «Keyns xochi» . jatlar. Ishlab chikaris h xajmining muvozanat da rajasiga erishi sh mexanizmi Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko‘p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa eng barqaror komponent bo‘lgan investitsiyalarning o‘zgarishi makroiqtisodiy barqarorlik sabablaridan biridir. Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o‘z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar — moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o‘zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg‘arma va investitsiyalar miadorining o‘zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiktisodiy muvozanatni ta’minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo‘ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan uzgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiyiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi. Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi (E=C+I+G+Xn) grafigi, iste’mol funksiyasi (S = a + v(U-T)) grafigi ko‘rinishidagidek bo‘lib unga nisbatan I+G+Xn mqdorda yuqoriga surilgan bo‘ladi. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko‘rib chiqish jarayonini soddalaiggirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (U) o‘zgarishiga bog‘liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to‘lig‘icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo‘shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar. (a+I+G+Xn) Avtonom xarajatlar mi^dori sof eksport funksiyasini hisobga olgan holda quyidagiga teng bo‘ladi: a+I+G+g
Sof eksport funksiyasi esa quyidagi ko‘rinishga ega: Xp = g - m’Y Bu erda: Xp — sof eksport; g — avtonom sof eksport; m’ - importga chegaraviy moyillik; Y — daromad. m’ = DM / AY; Bu srda: DM - importga xarajatlarning o‘zgarishi; AY - daromadlarning o‘zgarishi. Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda iste’molchilar va investorlar milliy va import mahsulotlarga bo‘lgan xarajatlar miqdorini oshiradi. Bunda mamlakatdan eksport miqdori shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (U) miqdoriga bog‘lik bo‘lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (U) o‘zgarishi bilan sof eksport (Xp) o‘rtasidagi bog‘liklik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi. Rejalashtirilgan xarajatlar chizig‘i haqiqiy va reja¬lashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo‘lgan (U=E) chiziqni qaysidir A nuqtada kesib o‘tadi. Keltirilgan ushbu chizma “Keyns xochi” nomini olgan. U=E chizig‘da haqiqiy inve-stitsiyalar va jamg‘armalar tengligi saqlanadi. A nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo‘ladi. Shuningdek, bu yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o‘zaro tengligiga erishiladi. Ya’ni, makroiqtisodiy muvozanat ta’minlanadi.
Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U 1) uning muvozanat darajasidan (UO) ko‘p bo‘lsa, iste’molchilar maxsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (AD<AS). Sotilmagan mahsulotlar TMZ ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Zaxiralarning o‘sishi firmalarda ishlab chiqarish hamda bandlik darajalarini pasaytirishiga olib keladi. Bu esa Ya. MM hajmini kamaytiradi. Asta sekin U 1 UO gacha ka¬mayadi, ya’ni daromad va rejalashtirilgan xarajatlar tenglashadi. O‘z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga (AD=AS) erishiladi. Aksincha, haqiqiy ishlab chiqarish (U 2) uning muvozanat darajasidan (UO) kam bo‘lgan vaziyatda esa, firmalar iste’molchilar Keyns xochi (Keymsning makroiktisodiy talabiga nisbatan kam ishlab muvozanat modeli) chiqarayotganligini (AD>AS) ko‘ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zaxirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, Ya. MM asta sekin U 2 dan U 1 ga qarab o‘sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi. Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (UO), yalpi xarajatlar tarkibining har qanday o‘zgarishi natijasida (iste’¬mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning o‘sishi rejalashti¬rilgan xarajatlar egri chizig‘ini yuqoriga suradi va aksincha.
* XULOSA Klassik iqtisodchilar to‘liq bandlik sharoitida mahsulotlarni sotib olish uchun xarajatlar miqdori yetishmasligi mumkin emas, shunday bo‘lgan taqdirda ham baho va ish haqi kabi dastaklar ishga tushib, barcha muammolarni hal qilishadi, deb hisoblashadi. Klassik iqtisodchilar nazariyalarining noto‘g‘ri jihatlarini birinchilardan bo‘lib ingliz iqtisodchisi Jon Keyns o’zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» nomli asarida isbotlab bergan. Klassiklar fikricha, jami talab egri chizig‘i vertikal to‘g‘ri chiziqdan iborat va ishlab chiqarishning real hajmini ifodalaydi. Keynsianchilar fikricha, mahsulotlar narxi va ish haqi egiluvchan emas, shuning uchun jami taklif egri chizig‘i gorizontal o‘qdan iborat. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelida muvozanat darajadagi ishlab chiqarishni ta’minlovchi ikkita omil umumiy xarajatlar va umumiy daromadlarning kesishuv nuqtasida ro‘y beradi. Bu modelda tovar zahiralarining o‘zgarishi muvozanatni ta’minlovchi omil deb saraladi. Makroiqtisodiy muvozanat potensial Ya. MM hajmidan kamroq bo‘lgan haqiqiy Ya. MM hajmida o‘riatilsa retsession uzilish, aksincha bo‘lsa iiflyasion uzilish ro‘y beradi. Avtonom xarajat¬larning oz miqdorga o‘zgarishi yalpi daromadlar hajmida bunga nisbatan bir necha bor ortiq o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Multiplikator iqtisodiy tebranishlar darajasini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.
1. Agapova G. A. , Seregina S. F. Makroekonomika. - M. : DIS, 1997. 2. Borr. R. Politicheski ekonomika v 2 -x tomax. 1 -tom. -M. , 1995. 3. Burdo M. , Viplash CH. Makroekonomika (Evrapeyskiy tekst). -S. Pb: Sudoistroenie, 1998. 4. Ishmuxamedov A. E. , Jumaev K. X. , Jumaev Z. A. Makro- i^tisodiyot (ma’ruzalar matnlari). — T. : TDIU, 2000. 5. Makkonell, Kempbell R. , Bryustenli JI. Ekonomika. Prin¬sipы problemы i politika. V 2 -x tomax. - M. : Respublika, 1992. 6. Richard Leyard. Makroekonomika. Kurs leksiy dlya rossiy¬skix chitateley. — M. : 1994. 7. www. google. com. 8. www. Yandex. ru

















