MAVZU TALIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI 1

  • Slides: 17
Download presentation
MAVZU: TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI РЕЖА: 1. Ta’limni tashkil etishning shakllari. 2.

MAVZU: TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI РЕЖА: 1. Ta’limni tashkil etishning shakllari. 2. Dars ta’lim tashkil etishning asosiy shakli. 3. Darsning turlari va tuzilishi. 4. Darsga qo‘yiladigan talablar. 5. O‘qituvchining darsga tayyorlanishi. 6. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Pedagogika. X. Ibragimov, Sh. Abdullaeva. –Toshkent, 2007. 2. Pedagogika nazariyasi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Pedagogika. X. Ibragimov, Sh. Abdullaeva. –Toshkent, 2007. 2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R. Mavlonova va boshqalar. – Toshkent, fan va texnologiya. 2010. 3. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M. X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 4. Djuraev R. X. va boshq. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent, Fan, 2008. 5. Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar /O‘quv qo‘llanma. O‘. Asqarova. –Toshkent, Istiqlol, 2005. 6. Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. -Toshkent, 2012. 7. TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by Alex Moore 2012.

Asosiy tushunchalar: • • • in dividual vizual ma’ruza binar ma’ruza anjuman ma’ruza metodologik

Asosiy tushunchalar: • • • in dividual vizual ma’ruza binar ma’ruza anjuman ma’ruza metodologik

Ta’limni tashkil etish shakli - bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq

Ta’limni tashkil etish shakli - bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: in dividual, individual guruhli, sinf dars, leksiya seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari O‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi individual; sinf dars; ma’ruza seminar

Ta’limni tashkil etish shakllari: An’anaviy ta’lim shakli, noan’anaviy ta’lim shakli va yordamchi ta’lim shakli.

Ta’limni tashkil etish shakllari: An’anaviy ta’lim shakli, noan’anaviy ta’lim shakli va yordamchi ta’lim shakli. Dars – (maktabdagi) o’quv ishining asosiy tashkiliy shakli bo’lib, unda o’qituvchi aniq belgilangan dars doirasida o’quvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval bo’yicha shug’ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o’quv dasturiga o’zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilmaxil metodlardan foydalanadi

MA’RUZA VA UNING O’ZIGA XOSLIKLARI 1) yo’naltiruvchi: talabalarni o’quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga

MA’RUZA VA UNING O’ZIGA XOSLIKLARI 1) yo’naltiruvchi: talabalarni o’quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga imkon berish 2) axborot: o’qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog’liq asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi 3) metodologik: ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari namoyon etiladi 4) tarbiyalovchi: talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirish 5) rivojlantiruvchi: talabalarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish

Ma’ruza turlari Kirish ma’ruzasi Ma’lumotli ma’ruza Anjuman ma’ruza Muammoli ma’ruza Ma’ruza munozara Vizual ma’ruza

Ma’ruza turlari Kirish ma’ruzasi Ma’lumotli ma’ruza Anjuman ma’ruza Muammoli ma’ruza Ma’ruza munozara Vizual ma’ruza Konspektli ma’ruza Maslahatli ma’ruza Binar ma’ruza O’ziga xos xususiyatlari Talabalarda o’quv fani to’g’risidagi umumiy tasavvurlarni shakllantirish Talabalarda muammoga doir ma’lumotlarni axboriy retseptli tarzda taqdim etish Talabalar tomonidan o’quv materialini izlanishli tarzda o’zlashtirilishiga erishish Talabalarga muammoli savol, muammoli vaziyat va muammoli topshiriqlarni taqdim etish orqali o’quv birliklarini bayon etish Fikrlar almashinuvini tashkil etish asosida ma’ruza qismlarini o’zlashtirishga erishish Vizual materiallarni taqdim etish orqali talabalar tomonidan materialni o’zlashtirishga erishish Talabalar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirishga erishish maqsadida tushuntirish bilan birga eng asosiy qismlarini yozdirib borish Savol va javoblar tarzida ma’ruza mashg’ulotini tashkil etish Muammo yuzasidan tadqiqot olib borgan mutaxassis olim bilan birgalikda ma’ruzani tashkil etish

SEMINAR VA UNING O’ZIGA XOSLIKLARI Seminar – bu o’qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga

SEMINAR VA UNING O’ZIGA XOSLIKLARI Seminar – bu o’qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga yo’naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir Seminar mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish: Nima uchun? – Seminarni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad. 2. Qanday tarzda? – Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish. 3. Nimani muhokama qilish? – Seminarni olib borish vaqtida muhokama qilinadigan materiallar mazmuni. 4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? – Seminarni tashkil etish jarayonida ma’lum omillarni hisobga olish

Darsning turlari va tuzilishi Darsning quyidagi turlari mavjud: 1. Aralash (kombinatsion dars). 2. Yangi

Darsning turlari va tuzilishi Darsning quyidagi turlari mavjud: 1. Aralash (kombinatsion dars). 2. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. 3. O’rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi. 4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsi. 5. Laboratoriya darslari. 6. Amaliy darslar.

1. Aralash darsning tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o’tilgan mavzuni takrorlash (uy tekshirish); v)

1. Aralash darsning tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o’tilgan mavzuni takrorlash (uy tekshirish); v) yangi mavzuni bayon qilish; g) o’rganilgan materialni mustahkamlash; d) o’quvchilarni baholash; e) uy vazifasini berish. 2. Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; vazifasini b) yangi mavzuni bayon qilish; v) o’rganilgan materialni mustahkamlash; d) uy vazifasini berish. 3. O’rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o’rganilgan mavzularga doir savol-javob o’tkazish; v) o’rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish; g) o’quvchilarni baholash. 5. Laboratoriya darslarining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) nazariy materiallarni mustahkamlash; v) laboratoriya ishini o’tkazish; g) o’quvchilarni baholash; d) uy vazifasi. 4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o’rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish); v) nazorat ishini o’tkazish; g) uy vazifasi (o’rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida). 6. Amaliy darslarning tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) nazariy materiallarni mustahkamlash; v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish; g) o’quvchilarni baholash; d) uy vazifasi.

Amerikalik o’qituvchi va nashriyotchi William Chandler Bagley o’zining "Ta’lim jarayoni" (The educative process) kitobida

Amerikalik o’qituvchi va nashriyotchi William Chandler Bagley o’zining "Ta’lim jarayoni" (The educative process) kitobida dars turlarini quyidagicha bayon etadi. 1. Rivojlantirish darslari (The development lesson) 2. O’rganish darslari (Study lesson) 3. So’rov darslari (The recitation lesson) 4. Mashg’ulot darslari (The drill lesson) 5. Takrorlashya’niqaytako’ribchiqishdarslari (The review lesson) 6. Imtihon( tekshiruv ) darslari. (The examination) Hozirgi kunda bularda 3 tasi yani rivojlantirish darslari, mashg’ulot darslari va ya’ni qayta ko’rib chiqish darslari asosiy qilib ko’rsatilgan. The Educative Process - William Chandler Bagley. P/70

Darsga qo’yiladigan talablar Didaktik Tarbiyaviy Rivojlantiruvchi

Darsga qo’yiladigan talablar Didaktik Tarbiyaviy Rivojlantiruvchi

Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim: -fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish,

Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim: -fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish; -darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash; o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish; o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish; ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish; shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish; o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi; pedagogik vositalardan samarali foydalanish; ; zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish; -mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish; har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish.

O‘qituvchining darsga tayyorgarligi: tashxislash; bashoratlash; loyihalashtirish; rejalashtirish

O‘qituvchining darsga tayyorgarligi: tashxislash; bashoratlash; loyihalashtirish; rejalashtirish

Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashg’ulotlar sanaladi. Ular o’quvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi:

Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashg’ulotlar sanaladi. Ular o’quvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: -to’garaklar; -klublar; -olimpiadalar; -viktorinalar; -ko’rgazmalar; -ekspeditsiyalar va hokazolar.

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Hozirgi vaqtda ta’limni tashkil etishning qanday shakllari keng

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Hozirgi vaqtda ta’limni tashkil etishning qanday shakllari keng tarqalgan? 2. Ta’limni tashkil etishning individual tizimiga izoh bering. 3. Sinf-dars tizimining afzalligi va kamchiliklari nimalarda namoyon bo‘ladi? 4. Ma’ruza-seminar tizimining o‘ziga xosligini izohlang. 5. Dars deb nimaga aytiladi? 6. Darsning qanday turlari mavjud? 7. Darsga qo‘yiladigan talablarni tushuntirib bering. 8. O‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rishi qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi? 9. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllariga nimalar kiradi?

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!