Shish sindromi Turli etiologiyali mahalliy allergik tomirli yalliglangan

  • Slides: 24
Download presentation
Shish sindromi. Turli etiologiyali (mahalliy - allergik, tomirli, yallig’langan; umumiy – qon aylanishi yetishmovchiligi,

Shish sindromi. Turli etiologiyali (mahalliy - allergik, tomirli, yallig’langan; umumiy – qon aylanishi yetishmovchiligi, buyrakka aloqador, endokrin, ochlik oqibatida).

O’quv mashg’uloti maqsadi UASH ni turli xil kasalliklar bilan bog’liq bo’lgan shish sindromini o’z

O’quv mashg’uloti maqsadi UASH ni turli xil kasalliklar bilan bog’liq bo’lgan shish sindromini o’z vaqtida tashhislash masalalariga hamda bemorlarni sog’liqni saqlashning birlamchi bo’g’ini sharoitida “Umumiy amaliyot vrachi kvalifikatsion tavsifnоmasiga” muvofiq olib borish tamoyillariga o’rgatish.

O’qitishning vazifalari: v Shish sindromin tashhislash masalalarini ko’rib chiqish; v Shish sindromi bo’lgan bemorlarni

O’qitishning vazifalari: v Shish sindromin tashhislash masalalarini ko’rib chiqish; v Shish sindromi bo’lgan bemorlarni talabalarga ko’rsatish. v Shish sindromida klinik, laborator – asbobiy tekshirishlarda boladigan o’zgarishlarni muhokama etish. v Shish sindromini qiyosiy tashhisoti. v Davolash tamoyillari muhokamasi. (dorilarsiz va dorilar yordamida) v QVP yoki OP sharoitida bemorlarni olib borish, kuzatish va monitoring qilish masalalarini ko’rib chiqish. v Ushbu kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktika tamoyillari bilan bog’liq masalalar muhokamasi.

UASH bilishi lozim: ü ü ü Shish sindromining rivojlanish mexanizmini Shish sindromi bilan kechuvchi

UASH bilishi lozim: ü ü ü Shish sindromining rivojlanish mexanizmini Shish sindromi bilan kechuvchi kasalliklarning klinik kechishini Shish sindromining diagnostikasini Shish sindromi bilan kechuvchi kasalliklarning qiyosiy tashxisotini UASH taktikasini Shish sindromini davolashda ishlatiladigan dorilarning dozasi va farmakodinamikasini ü Shish sindromini davolash tamoyillarini (dorilarsiz va dorilar yordamida) ü QVP va OP sharoitida bemorlarni dispanser kuzatuviga olish va monitoring o’tkazish tamoyillarini. ü Ushbu kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktika tamoyillarini.

UASH bajara olishi lozim: Ø Shish sindromini diagnostikasi uchun bemor shikoyatlari va anamnezini to’g’ri

UASH bajara olishi lozim: Ø Shish sindromini diagnostikasi uchun bemor shikoyatlari va anamnezini to’g’ri taxlil qila olishi; Ø Shish sindromi bilan kechuvchi kasalliklarni to’g’ri tashxislash, klinik kechishi va laborator – asbobiy tekshirish natijalariga asoslanib ularni bir – biridan qiyosiy tashhislash; Ø Samarasi isbotlangan guruh dori vositalarini tanlash; Ø Dorilarsiz davolash usullari bo’yicha tavsiyalar berish; Ø QVP yoki OP sharoitida monitoring o’tkazish.

Shish – organizm to’qimasi va seroz bo’shliqlarida me’yordan ortiqcha suyuqlik yig’ilishidir. To’qima hajmi va

Shish – organizm to’qimasi va seroz bo’shliqlarida me’yordan ortiqcha suyuqlik yig’ilishidir. To’qima hajmi va vaznini oshishi Seroz bo’shliqlar sig’imini kamayishi Shishgan to’qima va a’zolar faoliyatini buzilishi

Kapilyarlarda gidrostatik bosimni oshishi Kapilyarlar o’tkazuvchan-ligini oshishi Interstitsial suyuqlikning onkotik bosimini oshishi Mahalliy suv

Kapilyarlarda gidrostatik bosimni oshishi Kapilyarlar o’tkazuvchan-ligini oshishi Interstitsial suyuqlikning onkotik bosimini oshishi Mahalliy suv muvozanatini buzilishiga olib keladigan asosiy omillar To’qimaning mexanik bosimini pasayishi Qon zardobida onkotik bosimni pasayishi Limfa oqimini buzilishi

SHISHLAR Umumiy (tarqalgan) Organizmdagi suv – tuz almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladi Mahalliy (chegaralangan)

SHISHLAR Umumiy (tarqalgan) Organizmdagi suv – tuz almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladi Mahalliy (chegaralangan) – tananing ma’lum bir chegaralangan qismida suyuqlik ushlanib qolishi oqibatida rivojlanadi

Shish sindromi rivojlanishining asosiy sabablari Yurak kasalliklari Buyrak kasalliklari Umumiy shishlar Jigar kasalliklari Gipoproteine-mik

Shish sindromi rivojlanishining asosiy sabablari Yurak kasalliklari Buyrak kasalliklari Umumiy shishlar Jigar kasalliklari Gipoproteine-mik shishlar Idiopatik shishlar

А. Venoz shishlar: 1. chuqur venalarni o’tkir trombozi; 2. surunkali venoz yetishmovchiligi; 3. venoz

А. Venoz shishlar: 1. chuqur venalarni o’tkir trombozi; 2. surunkali venoz yetishmovchiligi; 3. venoz obstruksiya. Limfatik shishlar (limfedema): 1. idiopatik; 2. yallig’lanishli; 3. obstruksiyali. Mahalliy shishlar Yog’li shishlar Boshqa turdagi shishlar

Ortostatik Tomirda o’tkazilgan operatsiyalar Suyak – mushak tizimi shikastlanishi Arterio - venoz Reflektor simpatik

Ortostatik Tomirda o’tkazilgan operatsiyalar Suyak – mushak tizimi shikastlanishi Arterio - venoz Reflektor simpatik distrofiya BOSHQA TURDAGI SHISHLAR Tug’ma angionevrotik Asab tizimi kasalliklari Allergik Predmenstrual

Гипотензив воситалар (раувольфи Gormonlar (GKS, ayollar jinsiy gormonlari, esterogenlar, progesteronlar, testosteron) алкалоидлари, апрессин, метилдофа,

Гипотензив воситалар (раувольфи Gormonlar (GKS, ayollar jinsiy gormonlari, esterogenlar, progesteronlar, testosteron) алкалоидлари, апрессин, метилдофа, βблокаторлар, клофеллин, миноксидил, кальций каналлари блокаторлари) DORI VOSITALAR TA’SIRIDA YUZAGA KELGAN SHISHLAR Steroid bo’lmagan yallig’lanishga qarshi vositalar (butadion, naproksen, ibuprofen, indometatsin) Boshqa dori vositalari (antidepressantlar, midantan)

Miksedema Tizimli sklerodermiya SOXTA SHISHLAR Dermatomiozit

Miksedema Tizimli sklerodermiya SOXTA SHISHLAR Dermatomiozit

Miokard shikastlanishi: YIK, miokarditlar, dilatatsion kardiomiopatiya, miokardiodistrofiya Yurak mushaklarini bosim bilan zo’riqishi: AG (tizimli

Miokard shikastlanishi: YIK, miokarditlar, dilatatsion kardiomiopatiya, miokardiodistrofiya Yurak mushaklarini bosim bilan zo’riqishi: AG (tizimli va o’pka gipertenziyasi), aorta va o’pka arteriyasi of’zini torayishi Yurak kasalliklarida shishlarni rivojlanish sabablari Yurak mushaklarini hajm bilan zo’riqishi: aortal va mitral regurgitatsiya, qorinchalararo to’siq nuqsoni, ochiq arterial yo’lak

Yurak mushaklarini kombinatsiyalangan zo’riqishi: yuqoridagi ikkinchi va uchinchi guruh sabablarini birgalikda kelishi, murakkab tug’ma

Yurak mushaklarini kombinatsiyalangan zo’riqishi: yuqoridagi ikkinchi va uchinchi guruh sabablarini birgalikda kelishi, murakkab tug’ma va orttirilgan yurak nuqsonlari Yurakning qon otish hajmi ortishi bilan kechadigan holatlar: tireotoksikoz, yuqori darajadagi kamqonlik, tana vaznining oshishi, jigar sirrozi Yurak kasalliklarida shishlarni rivojlanish sabablari Qorinchalarni diastolik to’lishini buzilishi: gipertrofik va restriktiv kardiomiopatiya, gipertonik yurak (chap qorincha dilatatsiyasibo’lmaganda), mitral stenoz, ekssudatli va konstriktiv perikarditlar.

SYY da shishlar: - Anamnezida yurak kasalliklari mavjud. Shishlar ma’lum bir muddat davom etgan

SYY da shishlar: - Anamnezida yurak kasalliklari mavjud. Shishlar ma’lum bir muddat davom etgan xansirash, yurak urib ketishidan keyin yuzaga keladi; - Asta – sekin simmetrik ravishda rivojlanadi; - Asosan pastdan yuqoriga qarab, yotoq bolalarda esa yelka, bel va quymich sohalarida joylashadi; - Ushlab ko’rganda teri sovuq, ko’kargan, shishlar uzoq davom etganda trofik o’zgarishlar kuzatiladi; - Shishlar odatda zich, barmoq bilan bosganda uzoq saqlanib qoluvchi chuqurcha qoladi, tana holati o’zgarishiga mutanosib ravishda sekin siljiydi; - Teri va teri osti to’qimasi shishi astit, gidrotoraks bilan birga kechadi; - Bo’yin venalari bo’rtishi, jigar kattalashishi kuzatiladi.

Surunkali yurak yetishmovchiligini N. D, Strajesko va V. X. Vasilenko bo’yicha tasnifi I bosqich

Surunkali yurak yetishmovchiligini N. D, Strajesko va V. X. Vasilenko bo’yicha tasnifi I bosqich Boshlang’ich: SYY ning yashirin davri bo’lib, sub’yektiv belgilari ma’lum bir jismoniy zo’riqishlardan keyin paydo bo’ladi. Tinch holatda va odatiy jismoniy zo’riqishda gemodinamik buzilishlar kuzatilmaydi. IIА bosqich SYYning klinik belgilari tinch holatda biroz bezovta qiladi, jismoniy zo’riqishga chidamlilik kamayadi, katta yoki kichik qon aylanish doiralarida uncha kuchli bo’lmagan gemodinamik buzilishlar, bo’g’olish xurujlari, ikkilamchi o’pka gipertenziyasining rentgenografik, ayrim hollarda EKG belgilari, shishlar paydo bo’lishi va jigarni biroz kattalashishi kuzatiladi. Kardiomegaliya va hilpillovchi aritmiya ushbu bosqichning asosiy belgisi bo’lishi mumkin.

IIB bosqich SYY ning klinik belgilari tinch holatda ham yaqqol namoyon bo’ladi, katta hamda

IIB bosqich SYY ning klinik belgilari tinch holatda ham yaqqol namoyon bo’ladi, katta hamda kichik qon aylanish doiralarida kuchli gemodinamik buzilishlar kuzatiladi. Yurak astmasi xurujlari tez – tez qaytalanadi. Doimiy periferik yoki bo’shliqlarda qaytalanuvchi shishlar paydo bo’ladi. Jigar turg’un kattalashadi va davolash natijasida biroz kichrayadi, lekin o’z holiga qaytmaydi. III bosqich Biroz harakat yoki tinch holatda ham og’ir gemodinamik siljishlar, a’zo va to’qimalardagi chuqur, qaytmas distrofik o’zgarishlar hamda modda almashinuvini buzilishi kuzatiladi.

Nyu – York kardiologlari uyushmasi tomonidan qabul qilingan SYY tasnifi I- sinf Belgilarsiz chap

Nyu – York kardiologlari uyushmasi tomonidan qabul qilingan SYY tasnifi I- sinf Belgilarsiz chap qorincha disfunksiyasi: yurak kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda jismoniy harakatlar chegaralanmagan II- sinf Yengil yurak yetishmovchiligi: : yurak kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda jismoniy harakatlar biroz chegaralangan III- sinf O’rta og’irlik darajadagi yurak yetishmovchiligi: yurak kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda jismoniy harakat sezilarli chegaralangan. IV- sinf Og’ir darajadagi yurak yetishmovchiligi: yurak kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda yengil harakat ham noxushlik chaqiradi.

Buyrak kasalliklarida uchraydigan shishlar ØShish diurezni kamayishi (≤ 500 ml/kunda) bilan kechadi ØTana vazni

Buyrak kasalliklarida uchraydigan shishlar ØShish diurezni kamayishi (≤ 500 ml/kunda) bilan kechadi ØTana vazni qisqa vaqt ichida keskin oshadi ØShish ertalablari paydo bo’lib (ko’payib) kun davomida yo’qoladi (kamayadi); ØShish yuzdan (ko’z atrofida, qovoqlarda, yanoqlarda) boshlanib tana va oyoqlarga tarqaladi ØTeri osti to’qimasi shishi avval chegaralangan, keyinchalik anasarka darajasigacha yetadi ØShishlar tez paydo bo’lib tez qaytish xususiyatiga ega